O’zbekiston Xalq Harakati

Sho'ro va Demokratiya

Sho'ro va Demokratiya
27 Haziran 2012 - 15:16 'da yuklandi va 1941 marta o'qildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

MUSTOFA O'ZJON

Keyingi vaqtlarda Islomiy atamalar bilan g'arbiy atamallarni tenglashtirishga urinishlar boshlandi. Holbuki bu atamalarning chiqish sabablari, manbasi va taraqqiyoti bir xil emas va ayni asosga ega emasdir. Holbuki bu atamalar farqli tushunchalarning va o'lchovlarning natijalaridir. Bularni tenglashtirish ularning ma'nolarini bug'ga aylantiradi (ma'nosiz qiladi) va bu turli tushunchalarni bir xil tushunchaga aylantiradi. Shuning uchun ham Qur'oni Karim yahudiy atamalarni olishga qarshi chiqqan va mo'minlardan “roina” atamasi o'rniga “unzurna” deyishni istagandir. Shu bilan birga boshqa jamiyatlardan go'zal (yaxshi ma'noli) urf odatlar qabul ham qilingan. Masalan, Payg'ambarimiz (sav) va u zot bilan birga bo'lganlar yamanliklarning qo'l belib ko'rishish odatini qabul qilgan edilar.

Atamalar bir jamiyatning hayot kodlaridir.

Bugungi kunda modernizimga (zamonaviylikka) bog'lik holda o'zaro tenglashtirishga urinilayotgan atamalardan biri demokratiya va sho'rodir. Holbuki, bu ikki tushunchaning o'rtaga chiqishi va taraqqiyotida farq bor. Roshid Gannushiy kabilar Qur'oni Karimda “istibroq” kabi ajnabiy tildan olingan kalimalar va tushunchalar borligini aytib, bunday tenglashtirish uchun ma'zurat (uzr) izlaydilar. Qur'oni Karimda istimolat, ya'ni arab tiliga begona bo'lgan kalimalar mavjudligi to'g'ri, ammo bu buni dalil qilib, o'zaro zid bo'lgan atamalarni tenglashtirish to'g'ri emas. Chunki muhim bo'lgan narsa atamalarning arabcha yoki ajnabiy tilida ekanligi emas, ular orqali ifodalangan islomiy ma'nolardir. Islom johiliyat davrida ishlatilgan so'zlarga islomiy ma'no va ramzlar berib, ulardan tushunchalar maydonga chiqargandir. Bu shaklda salot (namoz), zakot kabi terimlar yangi ma'noga ega bo'ldilar.

 Kalimalar va'zda (arablar ishlatgan lafzda) qolmagan. Shuning uchun ham Sho'ro va Demokratiya farqli atamalardir va ularni o'zaro tenglashtirish hozir kundagi ajuba (g'ayritabiiy) hijoblarga o'xshab ketadi. Chunki ba'zi musulmon ayollar tasatturga (hijobga) o'ralgan holda  ro'molli bo'lishni ayni paytda g'arblik ayollarga o'xshashni, maqsad qilib olganlar. Holbuki buning natijasida na unisiga nada bunisiga erishmoqdalar. Bunday tenglashtirish esa ularni ochiq sochiq hijobga yopilgan ayollar vaziyatiga tushirmoqda. Xuddi hazrati payg'ambar (sav) xabar berganidek: rubbe kasiyatin ariyat, ya'ni “qancha hijoblilar borki, aslida ular yalong'onchdirlar”.

¥

Demokratiya va Sho'roni tenglashtirish vujudining bir qismi ochiq ayolni hijobli ayolga tenglashtirish kabidir. Ularning ruhlari farqlidir. Demokratiya kamiyatchi, ya'ni ko'p jihatli va ko'pchilikning qaroriga asoslangan tuzumdir. Islom esa kayfiyatga (ma'lum ma'noga) asoslanadi. Islomda kamiyat mavjuddir, ammo u asos emas, ilova unsurdir. Chunki Islomda ko'p jihatlilik chegaralangan tanlov masalasidir. Sho'roning o'lchovi esa kamiyat emasdir. Sho'roning vazifasi qonun chiqarish emas, idoriy va texnik (juz'iy) masalalarni hal qilishdir. Texnik (juz'iy) masalalar esa xalq bilan emas, arbobi (mutaxissislar) bilan maslahatlashib hal qilinadi. Ya'ni, bu masalalarda ko'pchilikning, faqat mutaxassis ko'pchilikning fikri inobatga olinadi. Ammo idoriy masalalarda xalqning irodasiga murojaat qilinsa bo'ladi. Bu hollarda xalqning tanlovi hal qiluvchi bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham vahiyning maydonida sho'ro (maslahatlashish) bo'lmaydi. Boshqaruv masalasida esa sho'ro (maslahatlashish) mavjuddir. Chunki Alloh taolo musulmon rahbarlarga sho'roga amal qilishni va maslahatlashishni amr qilgandir. Lekin sho'roda olingan natijalar majburiymi yoki majburiy emasmi, bu masalada ham ixtilof mavjud. Ba'zan rahbariyat ozchilikning fikriga mayl qilishi mumkin. Chunki ko'pchilikning fikri haqning o'lchovi hisoblanmaydi, qolaversa oyat ham maslahatdan (sho'rodan) keyin ko'pchilikning fikriga ergash yoki uni bajar, demagan. Aksincha, Qur'oni Karimda ko'pchilikning fikri umumiy ma'noda manfiylik o'rnida ko'riladi. Zero, ko'pchilikdan tashkil topgan olomonning fikri haqiqatni tadqiqot qiluvchilarning (olimlarning) fikri hisoblanmaydi. Shuning uchun bunday fikr to'g'ri ham, noto'g'ri ham bo'lishi mumkin.

¥

Shu bilan birga keyingi vaqtlarda kamiyatchi va ko'pchilikning fikriga  ergashish musulmonlar orasida tarqalib bormoqda. Bu ma'noda Musulmon Birodarlar (Ihvon vakillari) Sho'roda olingan qarorlarning majburiy ekanligini himoya qilmoqdalar. Yoki umumiy moyillik shundaydir. Holbuki, hech shubhasiz bu ishda G'arb shamoli va dunyo  siyosatining ta'siri mavjuddir. Ammo sifatni asos olgan ko'pchilikning fikri, ya'ni Islom olimlarining qarorlari, albatta, majburiydir. Payg'ambarimiz (sav) ko'pchilikning fikriga ergashib, Uhud jangida Madinaning tashqarisiga chiqishni qabul qilgan edilar. Aksincha, Hudaybiya shartnomasi imzolanganda bunga tamoman zid bo'lgan ishni qilgan edilar. U erda hech kimning fikrini e'tiborga olmagan edilar. Uhudda inkisor (askarlarning birligini yo'qotishi) o'rtaga chiqar ekan, Hudaybiyada g'alaba ufqlari ko'zga tashlangandi.

Muhammad Husayn Fadlallah Islomiy atamalarning asolati (to'g'ri ma'nolaridan) bahs yuritadi. Turli atamalarni o'zaro tenglashtirish esa ularning asoratiga (ularga asir, taslim bo'lishga) olib keladi. Shuning uchun ham Misrlik faylasuf Tavfiq Tavil Inglizlarning bu mamlakatni tark etayotganda o'z atamalarini mamlakat xalqiga meros qilib qoldirganini va bu orqali Misrni yana 100 yil boshqarganini aytadi. Fadlallah ta'rif etgani kabi demokratiya ko'pchilikning fikriga asoslangan tuzumdir, xalq hokimiyatidir. (Muhammed Hüseyin Fadlallah: 100 sual ve cevab, S: 18-19). Bu rejimda xalqning nuqtai nazari va ko'pchilikning irodasi majburiy kuchga egadir. Islomda esa, xalq yo'q hisoblanmasada, uning qarorlari mutlaq kuchga ega emas. Islomiy idora ilohiy va bashariy (insoniy, ya'ni xalqning) irodalarni bir oraga keltirish bilan o'z ishlarini yuritadi. Bu erda albatta xalqning irodasiga ham ma'lum o'rin beriladi. Bu rahbarlarni saylash va ular bilan maslahatlashishdan iboratdir.

 

Abdurrahmon Muhammad tarjimasi

Manba:   habervaktim.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube