O’zbekiston Xalq Harakati

Obidxon Qoriga suiqasdda o'zbek juftligi ayblanadi

Salkam olti oydan beri davom etayotgan tergov-surishtiruv ishlaridan so'ng nihoyat Ostersund sudi hibsga olingan juftlikga nisbatan ayblov e'lon qilish qaroriga keldi.

Obidxon Qoriga suiqasdda o'zbek juftligi ayblanadi
05 Temmuz 2012 - 16:54 'da yuklandi va 1765 marta o'qildi.

Shu yilning 22 fevral' kunida Shvetsiyaning Stromsund shahri yaqinidagi aholi punktlaridan birida taniqlik o'zbek imomi Obid qori Nazarovga nisbatan suiqasd uyushtirilgandi. Imomning o'zbeklar orasida tutgan o'rni, uning tarafdorlari sonining ko'pligi kabi jihatlaridan kelib chiqiladigan bo'lsa, bu suiqasdning ortida O'zbekistondagi jinoyatchi rejim turganligi aniq edi. Har qalay, muhojirotdagi o'zbek muxolifati ayni mana shu fikrda qat'iy turdi. Shu yilning may oyida Obid qori Nazarovga uyushtirilgan suiqasdga ko'maklashganlikda gumonlangan bir nafar erkak va ayoldan iborat o'zbekistonliklar, ya'ni er-xotin hibsga olingandi. Lekin shu vaqtgacha asosiy aybdor, suiqasdning bevosita ishtirokchisi bo'lgan O'zbekiston rejimi tomonidan yollangan qotil qo'lga olingani yo'q.

Salkam olti oydan beri davom etayotgan tergov-surishtiruv ishlaridan so'ng nihoyat Ostersund sudi hibsga olingan juftlikga nisbatan ayblov e'lon qilish qaroriga keldi. Bu haqida tergov tomoni Shved televideniyasiga ma'lumot bergan.

“Suiqasd siyosiy edi”, – deb xabar berdi shu yilning 5 iyun' kunida Shved televideniyasi, – “Juma kuni Ostersundda Obid qori Nazarovga nisbatan uyushtirilgan suiqadsga yordam berganlikda gumonlanayotgan juftlikka nisbatan ayblov e'lon qilishga qaror berildi”, – deya boshlanadi televideniya lavhasi. Ushbu xabar bilan shved tilini biladigan mushtariylarimiz  quyidagi link orqalik tanishishlari mumkin:  http://www.svt.se/nyheter/regionalt/jamtlandsnytt/par-atalas-for-imamdad

“Tergov-surishtiruv ishlarining borishida asosiy omil uning siyosiy sabablarga ega ekanligiga qaratildi. Nazarov  O'zbekistonda taniqlik diniy ulamo va dissident sanaladi va u 2006 yilda Shvetsiyaga kelgandi.  22 fevral' kunida uning boshiga o'q uzildi va hozirgi kunlarda ham kasalxonada saqlanmoqda. Uning joniga suiqasdda ayblanayotgan asosiy aybdor esa sirtdan qamoqqa olingan. Ismi e'lon qilinmayotgan bu shaxs Sharqiy Evropa mamlakatlaridan birida va hozirda u qidiruvga berilgan”, – deyiladi Shved televideniyasining ma'lumotida.

Imomga nisbatan uyushtirilgan bu suiqasd nafaqat shved jamoatchiligini, balki butun Evropa jamoatchiligini ham g'azablantirdi. Islom Karimov rahbarlik qilayotgan jinoyatchi rejim dunyoning turli burchaklarida bo'lsin, jinoyat sodir qilishdan qaytmaydigan guruh ekanligi ko'pchilikga oshkor bo'lib bormoqda. Bu rejim O'zbekiston ichkarisida o'ldirayotgan odamlarining hisobini o'zi ham bilmaydi, lekin chet ellarda killer yollash bilan Obid qori Nazarovgacha Fuad Rustamxo'jaev (Rossiyaning Ivanova shahrida) va jurnalist Alisher Soipovlarning (Qirg'izistonning O'sh shahrida) ham o'ldirilishida aybdordir. Rossiya va Qirg'iziston tergovchilari o'zimizning o'zbek tergovchilaridan sira sira faqr qilmasliklari boisidan bu qotilliklar shundoqgina yopib yuborilgan bo'lsada, shvetsiyada  o'zbekona ish ko'rishlar mutloq begonadir. Chunki bu mamlakatda politsiya va tergov organlari xodimlari pora olishmaydi. Demak, yaqin orada Obid qori Nazarovga nisbatan uyushtirilgan suiqasd haqida yangi ma'lumot va tafsilotlar ham chiqib qolsa ajab emas.

To'lqin Qoraev

Shvetsiya

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube