O’zbekiston Xalq Harakati

Obid Qori suiqasdchisining tasviri paydo bo'ldi

O'zbek imomiga o'q uzishdan ikki soat ilgari jinoyatchi Strumsonddagi Ica Simonsson do'koniga kirib chiqdi. Shu erda uni video kuzatuv kamerasi tasvirga tushirdi.

Obid Qori suiqasdchisining tasviri paydo bo'ldi
06 Temmuz 2012 - 16:43 'da yuklandi va 1922 marta o'qildi.

Ostersunddagi Stadium do'konida ryukzak sotib olayotgan vaqti. Qurol shu ryukzakda topilgan

O'zbek imomiga o'q uzishdan ikki soat ilgari jinoyatchi Strumsonddagi Ica Simonsson do'koniga kirib chiqdi. Shu erda uni video kuzatuv kamerasi tasvirga tushirdi.

Mal'moda yashovchi er-xotin juftlik bugun imom Obidxon qori Nazarovga nisbatan amalga oshirilgan suiqasdga yordam berganliklari uchun aybdor deb topildilar. Politsiyaning 830 sahifadan iborat tergov surishturuv xulosasi obdon rejalashtirilgan bir suikasdga dalolat berayapti.

Videokuzatuv kameralari bu jinoyatchining Arlanda bojxona postidan o'tguncha Stokgol'm shaxrida bir avtomashina ijaraga olishi paytida va Ostersundda joylashgan Stadium do'konida qurolni saqlash uchun  bir rugzak sotib olayotgani asnosida tasvirga tushib qolgan.

Boshka bir tasvirda esa bu kimsani  suikasdni amalga oshirishdan ikki soat oldin Stromsunddagi Ica Simonsson do'koniga kirib chiqganligini  ko'rish mumkin. Ikki soatdan keyin jinoyatchi Obidxon qoriga o'q uzdi va u etkazgan jidiiy jarohatdan so'ng imom hali-hamon komada yotibdi.

Politsiya  har xil do'konlardagi kvitantsiyalar, telefon aloqalari, suratlar, bank ma'lumotlari va kompyuter aloqalari yordamida suiqasd qanday rejalashtirilgani va amalga oshirilganini aniqladi.

Tag'in topilgan qurol saqlangan rugzakda DNKA analizi olindi va  bu  jinoyatchi yashagan mexmonxona o'tog'idagi DNKA  bilan solishtirilganida ular bir biriga mos tushdi. Jinoyatchi hali ham ozodlikda. Jinoyatchiga ko'mak berilganlikda aybdor deb topilganlar nafaqat yordam berganlikda, balki bu suiqasdda juda faol ishtirok etganlikda ham ayblanishayapti.

Noyabr' oyida (biz juftlikni Ol'ga va Sergey deb ismlarini o'zgartirib ataymiz) ayolning akasi Moskvadan telefon qiladi. U ularga bir odamni kutib olib unga ba'zi xizmatlarni bajarib berishni iltimos qildi. Bu vaqtda Ol'ga va Sergey birinchi marotaba bu 35 yoshlik jinoyatda gumonlanuvchini uchratishdi. Olga va Sergey uni kutib olib o'zlarining Mal'modagi talabalar yotokxonasiga olib borib u erda yashashga ruxsat berishdi. Shuningdek ular unga Nazarovni qidirishda yordam berishadi. Ammo Nazarov Shvedtsiyada boshqa rasmiy nom bilan yashayotgandi. Faqat yanvar' oyiga kelib Olga imomning adresini topdi.

“Uning bir dugonasining bizga hikoya qilishicha u bir kun juda ham xursand bo'ldi va aytdiki,  ko'pdan beri qidirayotgan bir kishisini topibdi”, – deydi Ostersund politsiyasi tergovchisi Ulf berg (Ulf Berg).

Jinoyatchi Moskvada ekan,  Olga va Sergey rejalashtirishni boshlashdi. 1 yanvar' kuni ular Stromsundga safar qilishdi. O'zlari bilan olti yoshli qizchalarini xam olishgan edi va kizcha ota-onasi bilan birga ba'zi tunlarni mashinada o'tkazar edi.

Sergey masjidga kelib o'zini boshka nom bilan tanishtiradi va ular Yoteborg (Göteborg.) shahridan kelishganliklarini aytadi. U Nazarov imomlik qilgan bir namozda qatnashadi va namozdan so'ng bir-birlariga salom berib shirin so'zlashadilar.

Uch kundan keyin juftlik Mal'moga kelib ijaraga olingan avtomashinani qaytarib topshirishadi. Jinoyatni rejasini tuzish davom etardi. Olga Moskvadagi akasi bilan telefon orqali  tez-tez aloqaga chiqib turardi.  Bu davrda jinoyatchi Shvedtsiyada emasdi va  ko'rinib turibdiki, Ol'ganing akasi  uning uchun  vositachi shaxs bo'ldi.

4 fevral' kuni jinoyatchi birinchi marta yolg'iz o'zi Stromsundga yo'l oldi. Ol'ga bu qishloqda  bir shaxsning uyida jinoyatchi uchun yashash joyini ijaraga olgan edi.  Undan so'ng o'lja qurbonlik sinchkovlik bilan aniqlandi. U erda bir necha kishi jinoyatchini ijaraga olgan Renault Megane rusumli mashinada o'tirib qisqa muddatda video kamera bilan tasvirga olishini paykagan ham. U Lagmansgatan (Lagmansgatan ) ko'chasidagi avtomobillar to'xtash joyidan masjidgacha Nazarov yashaydigan uyning derazasi va pod'ezdini kuzatgan. Keyin u bir necha kunga yukoladi. Politsiya uning izini yana topdi. Killer kemaga o'tirib Latviya poytaxti Rigaga borib qaytib kelgan.

Bu paytda u Rossiyada ishlab chiqarilgan to'pponcha va ovoz pasaytiruvchi moslamani olib kelgan bo'lishi ham mumkin.

15 fevral' kuni suiqasdan bir hafta ilgari u Shvetsiyaga kelib, Ostersunddagi Ledkrysset sayyohlar bazasida joylashadi. U bu erdan har kuni Stromsundga borib kelar edi. Suiqasddan ikki kun oldin u Ostersundda bir qizil rangli Volvo V50 avtomashinasini ijaraga oladi. Suiqasddan bir kun oldin esa, ya'ni  21 fevral' kuni Stromsundga yo'l oladi. Bu erda kechqurun va suiqasd bo'lgan kunning tongida mazkur mashinani odamlar ko'rishgandi.

“Bizningcha u mashinada tunni o'tkazgan yoki atrofni kuzatgan”, – deydi Ul'f Berge (Ulf Berg).

Soat 12.30 da Nazarov yashaydigan uy pod'ezdi ichkarisida yashirinib olgan killer uning boshining ort tomoniga o'q uzdi.

Oradan bir soatcha vaqt o'tgan bo'lsa ham ko'chaning o'rtasida joylashgan politsiya puntktida voqea ro'y berganligini anglay olishmaydi.  Ular bir ma'lumot olishga ham muvaffaq bo'lishdi xolos, lekin bu ijaraga olingan boshqa bir Renault avtomobili haqidagi xato ma'lumot edi. Soat 14:30 da jinoyatchi ijaraga olingan qizil rang Volvo avtomashinasini (Herz biluthyrning) Herz avtomobillarni ijaraga beradigan shirkatga qaytarib poezdda Stokgol'mga, keyinchalik Mal'moga  yo'l oladi va Olga bilan Sergeynikida tunab qoladi.

Killer poezdga bilet sotib olishga harakat qilarkan, uning bank hisobida puli qolmagandi. Moskvaga qo'ng'iroq qilganidan keyin bank hisob raqamiga pul tushadi va shundan so'ng poezdga bilet olishga muvaffaq bo'ladi.

Ko'rinib turibdiki, bu galda u tezroq harakat qilish uchun ko'proq pul olgan.  Politsiyaning tergov-surishtiruv jarayonida yana bir izni ko'rish mumkin.U pulni olgandan so'ng xarajatlarni kattalashtiradi. U arzon mehmonxonadagi buyurtmani bekor kilib qimmat mehmonxona Royal Vikingga joylashadi. Shu bilan birga 5 000 kron bahoga yangi smartfon mobil' telefonini ham xarid qildi.

Suiqasddan ikki kun o'tib Kopengagenda samoletga o'tirgan jinoyatchi Moskvaga uchib ketdi va shu erda uning izi uzilgan.

Tergov-surishtiruv davom etadi, ammo Ul'f Berge va uning hamkori Anders Yemtebu (Anders Jämteby) bu kimsaning Shvetsiyaga ektraditsiya qilinishiga umid qilishmoqda. Agar killer Rossiyada yashirinayotgan bo'lsa, Shvetsiya bu mamlakat bilan jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish haqida kelishuvga ega emas va bunda jinoyatchining ektraditsiya qilinishi imkoniyati unchalik katta emas.

Ul'f Bergning ta'kidlashiga ko'ra Ol'ga va Sergeyga qarshi kuchli isbot va dalillar mavjud.

“Masalan suiqasd amalga oshirilgandan ikki soat o'tib ayolning Moskvadan SMS olganligi kishining diqqatini tortadi. Undan keyin aloqa batamom uzilgan. Bu SMS xabarining mazmuni nimadan iborat ekanligi ham kishini o'yga soladi. Men buni bilishni juda ham istardim”, – deydi Ul'f Berge.

Tord Adresson 

Ostersund posten gazetasidan
To'lqin Qoraev tarjimasi.  

http://op.se/lanet/stromsund/1.4877743-attentatsmannen-fangades-pa-bild

 

 

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube