O’zbekiston Xalq Harakati

Bir “tush” ta'biri

Bu javob “tush” muallifiga (I.Dadajonovga) emas, uning toifasidagi insonlarga qaratilgandir. Va bu insonlar orqasida turgan Karimov rejimiga qarshi qaratilgandir.

Bir “tush” ta'biri
11 Temmuz 2012 - 11:42 'da yuklandi va 3459 marta o'qildi.

O'XH Muassislar Majlisining  sobiq a'zosi I. Dadajonov “Tush” deb nomlangan “maqola”sida O'XHdan chiqqanligini ma'lum qildi. Bu qaroriga sabab sifatida qator vajlar keltiribdi.

Albatta, bu vajlarning orqasida haqiqiy sabablar yashiringan. Buni Dadajonov atrofidagilar bilishadi. Masalan, yaqindagina uning  “O'zbekistonga ketishim shart, vatanda o'lishim kerak”, deb yurganini hamma   eshitgan. Ammo O'zbekistonga qaytish uchun O'XH ga tosh otib ketish shartmidi? Shart edi, chunki u erga borishning vizasi  –  O'XH  va M. Solihga dushmanligini oshkora e'lon  qilishdan iboratdir.

Xo'sh, unga javob yozish shartmidi?

Agar Dadajonovning xati internetda e'lon qilinmaganida edi, javob  bermaslik mumkin  edi. Qolaversa, O'XHni parchalanayotgan bir tashkilot sifatida ko'rsatishga urinayotgan kimsalarning aslida O'XH da hech bir faoliyati bo'lmagani va ularning faqat fisqu-fasod bilan shug'ullanganini ko'rsatish uchun ham javob berishga qaror qildik. Bu javob O'XHning bir g'oya va bir rahbar atrofida jipslashgan bir siyosiy iroda ekanligini ko'rsatish uchun ham yozildi. Shu ma'noda, bu javob “tush” muallifiga emas, uning toifasidagi insonlarga qaratilgandir. Va bu insonlar orqasida turgan Karimov rejimiga qarshi qaratilgandir.

Shuni ham aytish kerakki, Andijon Tashkiloti Harakatdan chiqqanida, o'zlarining  faoliyatidan qoniqmaganini ro'kach qilishgan va Dadajonovga nisbatan ancha oliyjanob xarakat  qilgandilar, ular Harakat a'zolarini munofiqlikda ayblamadilar, Harakat raisi M. Solihga uydirma ayblar qo'ymadilar.

Dadajonov o'z “maqola”sida tush ko'rganini yozadi va qarang-ki, tushida o'yg'onibdi va “Men sizlar bilan ketmayman” deb, O'XHning kattakon  kemasidan tushib qolibdi. Bu tush chinakam bir tush bo'pti. Haqiqatan ham, Dadajonov bu kemaning tryumida 1 yil uxlab, uyg'onib, palubaga chiqqanda, kema allaqachon Berlindan Pragaga etib kelgandi, u uyqusirab do'sti Rabbimovdan ” qaerga keldik”, deb so'raganida, Rabbimovning unga javob beraolmaganini tushunish mumkin, albatta. Tryumda uxlash va buni faoliyat deb bilish faqat bizning ba'zi o'zbeklarga xos bir hissiyot shekilli, chunki dunyoning hech bir millatida o'yquni faoliyat deydigan “arbob” uchragan emas.

Haqiqatan ham Dadajonov 1 yil davomida Harakat uchun jimjilog'ini ham qimirlatmagan, ayni paytda Harakat rahbariyatidan bu faoliyatsizligi uchun bir marta xam dakki emagan g'aroyib a'zoi muhtaramdir. Mard bo'lsa:  “Men shu cho'pni falon kuni falon soatda shu erdan bu erga olib quydim”, desin-chi.

Biz shu Harakat ichida faoliyatdamiz va kimning nima ish qilayotganini ko'rib-bilib turibmiz.

Va bu nuqtada adolat bilan  guvohlik beramiz:

1. Maqoladan Iqtibos:

“Bundan bir yil muqaddam O'zbekiston Xalq Harakatining  tuzilishidagi ishtirokim aynan millat, vatan tuyg'usining oromsiz kechalarda yuragimga sanchilgan nishlari, ohu-nolalarimning sadosi edi… Bu dard, bu og'riq, bu istak yumshoq to'shagimizni tikonzorga aylantiradi”.

Bu balandparvoz loflarni o'qigan yoki eshitgan kishi I.Dadajonovni Vatan qayg'usida yonayotgan vatanparvar degan fikrga borishi tabiiydir.

Aslida shundaymi?

Dadajonov O'XH safiga kirganida, “O'zbekiston demokratik kuchlar forumi” raisi sifatida kirgandi. Bu tashkilotning taxminan nechta a'zosi borligini bugungacha bila olmadik. Dadajonov bu tashkilot nomidan O'XHning Markaziy Kotibiyati safiga kirishga taklif etgan uch kishidan birortasi biror marta bo'lsin Harakat majlislarida ishtirok etishmadi. Badal to'lovini ham hech biri to'lagan emas… Albatta, odam yo'q bulsa, u kanday badal to'laydi. (Shu erda O'XH faoli Abdulla Abdurazzoqning quyidagi fikrini beramiz: “DEMOKRATIK KUChLAR FORUMI Dadajonovga emas, ko'proq M.Solihga taaluqlidir. Bu tashkilot 1992 yilda aynan M.Solih boshchiligida tuzildi va unga vatanimizning eng kuchli ekonomist olimlari a'zo bo'lib, jumhuriyatimizni rivojlantirish rejasini tuza boshlagandi. Karimov hozir ham FORUMning yashirin mavjud bo'lishi mumkinligidan havotirda”).

Dadajonov kasalligini ro'kach qilib, Muassislar Majlisiga bor-yo'g'i  ikki marta ishtirok etdi, keyin o'rniga Abdullatif Abdurahimovni tavsiya qildi va so'nggi 8 oy ichida Harakat majlisida biror marta qatnashmadi.

Dadajonov o'tgan yili yozda, Harakat tuzilganiga yarim yil bo'lmasdan, H.Xudoyberdiev bilan o'z uyida janjallashib, o'sha paytdayoq O'XHdan chiqaman deb turib olgani ham bir voqea. O'sha uchrashuvda Dadajonov bu maqola mualliflaridan biriga (ya'ni Namoz Normo'minga) o'zining ba'zi sirlarini ham ochgan edi. Uning gapi bo'yicha, Oliy Majlisning sobiq Raisi Yo'ldoshev o'z vaqtida prezident Karimov ustidan Moskvaga shikoyat yozgan. Ammo Karimov maxsus xizmat vakillari orqali Dadajonovga topshiriq berib, bu xatni Moskvadan qaytarib olib kelgan. Yana o'sha suhbatda Dadajonov o'zbek muxolifati ichida kimlarning MXXga (eski KGBga) aloqasi borligini bilishini aytgan. “Masalan, men (Dadajonov) Abdurahim akaning (Po'latovning) qachon KGBga yollanganini aniq bilaman”, degan. Albatta, MXXga aloqasi bo'lmagan kishida bunday ma'lumotlarning topilishi dargumondir. Shunday bo'lsa, Dadajonov nega o'z vaqtida O'XHdan quvilmadi savoliga keladigan bo'lsak, mana shu janjalli majlisdan keyin uning o'zi harakat faoliyatidan uzoqlashdi va to Pragada qurultoyiga qadar uyquni urib yotdi…

Boshqa tarafdan Harakat faoliyatiga qolganda, o'zini kasal qilib ko'rsatgan Dadajonov, Marat Zohidov va shunga o'xshash O'zbekiston maxsus xizmatiga yaqin odamlarga “asal” bo'lib ko'rinishdan ham aslo  voz kechmadi.

Iqtibos:

“Tikonlar ustida tunni bedor o'tkazayotgan bu bosh kimlarga egilmadi deysiz. Kimlar bu boshni oyoq osti qilishga intilmadi deysiz. Tikonzorga qo'yilgan boshlar egilsa-egilsin dedik. Zotan, asl maqsadimiz ham millat rushnoligi uchun bu boshni qurbon qilish emasmidi?”, den yozg'iradi Dadajanov.

Millat ro'shnoligi uchun bosh uyoqda tursin, badal puli 10 kronni qurbon qila olmagan kimsaning gapiga qarang!

Dabdabali gaplaringiz puch, rost deb gapirgan gaplaringiz yolg'on sizning.

Munofiqlikning 3 ta belgisini keltiribsiz, bu belgilar sizning shaxsingizga uzukka ko'z qo'yganday tushibdi.

Bu hadisni yaxshilab yodlab oling. Balki, bir kun bu so'zlardan ta'sirlanib, qalbingizga insof uchqunlari tushib qolar.

2. Iqtibos:

“Muhammad Solihni rais qilib saylash eng to'g'ri yo'l deb ko'rildi va unga ovoz berildi. Zotan kim rais bolishidan qat'iy nazar faqat bir yilga va faqat bir marotaba rais bo'la oladi degan qarorga keldik. Bir yildan so'ng qurultoyda qatnashgan bilimdon yoshlardan qaysi birini eng munosib ekanligini bilib, shundan keyin ularga boshqaruvni berishimiz lozim edi.” deb yozadi yana Dadajanov.

Biz, o'sha qurultoyda qatnashganlar guvohmiz-ki, u erda “kim rais bo'lishidan qat'iy nazar, faqat bir yilga va faqat bir marotaba rais bo'ladi”, degan qaror olinmadi. Qo'limizda Nizom bor edi. U erda Raislik muddati emas, balki Qurultoy muddatini ko'rsatilgandi. Tabiiyki, kim rais bo'lsa qurultoy muddatigacha bo'ladi. Lekin Nizomda rais bir yildan keyin almashtiriladi va bir kishi faqat bir marta rais bo'ladi, degan joyi yo'q. Bu gap yolg'on gap.  Yana raislikning yuki, mas'uliyati hech kimga sir emas. Bugungi kunda Harakatning mavjud rahbari istisno, O'XHga a'zo tashkilotlar vakillaridan hech biri raislik qilishga qodir deb o'ylamaymiz. Bu qaror bugungi vaziyatda to'g'ri qabul qilingan qaror degan fikrdamiz. Rais bo'lgan shaxs Harakatning Qurultoyini o'tkazishiga ham mas'uldir. Arzimagan badal pulini to'lay olmayotgan shaxslar qanday qilib qurultoy chaqira oladi?!

“Boz ustiga 2-qurultoyda boshqa odamni rais bo'lishi kerakligi haqida gapiradiganlar ham chiqib qoldi ichimizdan. Ana o'shalar haqiqiy hoinlar edi…” deb yozadi Dadajonov

Bu iqtibosdagi odam Dadajanovning o'zi, bu haqda birinchi bo'lib gap boshlagan o'zi edi. Shunga qaramay, uni hech kim Xoinga chiqarmagan. O'sha gaplaridan so'ng u kishi Istanbulga safar qilib, M. Solihning mehmoni bo'lib keldi, u erda davolandi. Lekin maqolada bu haqda hech narsa gapirilmagan. Agar o'sha paytda uni xoinga chiqarilganda, u Turkiyaga Raisning uyiga bormagan bo'lardi.

“Harakatda Muhammad Solihga sodiq bo'lgan, yillar davomida uning jamoasida bo'lib, sinovdan o'tganlarnigina saqlab qoldik”, deb yozadi Dadajonov

Bu gap kimga tegishli, bu bizga qorong'u. Hozirgi kunda Harakatdagi tashkilotlar M Solihga “yillar davomida sodiq bo'lgan odamlar“ emas, yangi odamlar.

3. Iqtibos:

“meni ko'nglimda umid yoqqan yoshlarni qurultoydan bir hafta o'tmasdan uzoqlashtirishga intilishlar sezilib qoldi.”

Bu erda gap o'tgan yilgi Qurultoyda taftish komissiyasiga a'zo bo'lib kirgan Bel'giyada yashayotgan Dilmurod Tillaxo'jaev haqida ketayapti. U kishi asli O'shlik bo'lib, O'XHga a'zo ham bo'lmagandi. Chunki u o'zbek hukumatiga muxolif bo'lgan bu tashkilot safida yurishni istamayotgandi. Buni o'zi ham aytdi. Uning O'XH safida taftish komissiyasida bo'lishiga Hazratqul Xudoyberdiev qarshi bo'ldi. Va Tillaxo'jaev ham istamadi. Shu sababli saflardan chiqib ketdi. Bu erda O'XH rahbariyatini ayblashga hech qanday asos yo'q. Insofi bor odam o'ylab ko'rib, hamma narsani o'zi tushunib oladi.

Iqtibos:

“Harakatda erkin fikr, bir-birini tanqid qila olish degan narsalarga mutlaqo yo'l berilmadi. Men umid qilgandek hamma teng huquqli bo'lmadi. Harakatda asosan Solihningina gapi-gap, boshqalarniki esa ikkinchi darajali maslahat deb qaraldi. Muhammad Solih o'zini tanqid qilgan, qilishi mumkin bo'lgan odamlarni chetlatishga urindi”

Tanqidga chidamli odam bu gapni gapirsa mayli edi. Dadajonov aslida o'ziga qarshi gap gapirgan odamga toqat qila olmaydiganlarning eng ashaddiysi. Bu kattalarga tekkan kasal. Hamma yoshi kattalar o'zi kabi boshqa bir yoshi katta muxolifatchini ko'rgani ko'zi yo'q. Va hatto ba'zilari “falonchi kelsa men qatnashmayman”, qabilida gap qilishadi. Yoshlarga ibrat bo'lgudek hech narsasi yo'q. O'zlari bir lider ortidan ergashib, birlashib bir ish qila olmaganlar. Va haligacha eski ixtiloflarini ko'tarib, vaysab yurishibdi.

Muhammad Solih o'zbek muxolifatining dunyo tanigan lideri. Uning atrofida birlashib, diktatorga qarshi kurashish o'rniga, fitna-fasod tarqatib yurishibdi bu “yoshi kattalar”.

Tenghuquqlilik masalasiga kelsak, MM a'zolari teng huquqli, ammo har kimning iste'dodi va qobiliyati o'ziga yarasha, odamlarning ishlash va fikrlash saviyasi ham bir xil emas. Chunki kimdir mol va joni bilan harakat qiladi, boshqa biri “bersang – eyman, ursang – o'laman“ qabilida harakat qiladi.

4. Iqtibos:

“Uning mutakabbirligi aslida yo'q narsa emasligiga yana bir karra ishondim. Esingizda bo'lsa Birdamlik raisi Choriev Muhammad Solihni debatga taklif qilganda “U mening tengim emas”,- deb javob bergandi. Ayni javobni Galima Buharbaeva debatga chorlaganda ham takrorladi. Buni ko'pchilik to'g'ri deb bildi. Na Choriev va na Buharbaeva u bilan zukkolikda, mavqe'da teng emas, deguvchilar ham topildi. Aslida Solihning debatlarga qatnashmasligi ulardan donolik jihatidan ustunligidan emas, balki mutakabbirligidan ekanligi haqiqat. Muhammad Solih harakat a'zolariga ham shunday muomila qilmoqda. Hech kimni o'ziga teng bilmay, hammadan o'zini bir necha pag'ona ustun tutib keldi. Islom ahkomlariga ergashgan, taqvo qilishga harakat qilayotgan bir insonning o'zini bunday tutishi meni juda ham ranjitdi. Zero islom ahkomlariga ergashgan inson, kibr harom ekanligini bilishi kerak.”

Islomda Haqni rad qilish va boshqalarning ayblarini aytib masxara qilish kibr hisoblanadi. Kibrning bundan boshqa sifat va alomatlari ham bor, lekin M. Solihning o'sha kimsalar bilan gaplashmagani shar'an aslo kibr emas. Avvalo, bu uning haqqi. U istamasa, gaplashmaslikka haqlidir. Qolaversa, nodon kimsa bilan tortishib o'tirish aqlli odam uchun ma'qul ish emas. Nodonga javob sukutdir, degan maqol bor.

Dadajonov keltirgan “A'rof” surasining 146-oyati esa Islom dinini inkor qiladigan kofir kimsalar haqidagi oyatdir. Uni tushunmasdan tafsir qilish, o'z fikrini tasdiqlash uchun musulmonlarga qarshi ishlatish, oyatlardan foydalanish gunohi kabiradir. Dadajonov bundan qo'rqishi kerak edi.

Dadajonov Harakat yangi tuzilgan paytda, undan tashkilotingizning a'zolari ro'yxatini bering, umumiy ro'yxatga qo'shaylik, deyilganda, “Biz alohida tashkilotmiz, va a'zolarimizning ro'yxatini bermaymiz. Biz O'XHga qo'shilib ketmaymiz. O'XH doirasida mustaqil faoliyat qilamiz”, degandi. Bu yolg'oni bilan mavjud bo'lmagan a'zolar ro'yxatini berishdan qutulgandi.

Iqtibos:

“Zotan 2012 yil yanvar oyida Muassislar Majlisi a'zolarining hammasi bilan gaplashganda, “Biz xalqqa va'da berganmiz, bir yilda raisni almashtiramiz, hatto u eng yuksak natijaga erishganda ham biz bergan va'damizning ustidan chiqishimiz va bir yil muddat tugagach yangi rais saylashimiz kerak”,- deb kelishgandik.”

Bu gap Dadajonovning yolg'onlaridan eng kattasi.

Muassislar Majlisining birorta majlisi bizsiz o'tmagan. Bunaqa kelishuv mutlaqo bo'lmagan. Dadajonov qachon, kim bilan kelishgan, bu bizga qorong'u. Bu  kabi yolg'onlarni gapirishdan odam ozgina qo'rqishi kerak.

5. Iqtibos:

“Qurultoyga kelgan Harakat a'zolarining soni o'tgan yilgi Harakatni tuzishda qatnashgan odamlarning uchdan birini ham tashkil qilmas edi.”

Kurultoyda – 10 kishiga yaqin mehmonlar, jurnalistlardan  tashqari – 56 kishi qatnashdi. O'tgan yilgi Kurultoyda balki bundan 2-3 kishi ko'proq qatnashgan bo'lishi mumkin. Qurultoyda Kanada, Turkiya, Rossiya, O'zbekiston, Shvetsiya, Norvegiyadan faollar kelishdi. Bu Qurultoyni chaqirishga bir tiyin pul sarf qilmagan odamni u erga borib mehmon bo'lib ketib, bunaqa gaplarni gapirishi pastkashlik emasmi?!

Iqtibos:

“Harakat safida o'tgan yili ko'rganim iqtisodni, siyosatni tushunidigan, tajribali yoshlarni bu yil ko'rmadim.”

Qiziq kim ekan o'sha o'tgan yilgi kelgan iqtisodni va siyosatni tushunadigan yoshlar?!

O'tgan yilgi qurultoyda biz ham ishtirok etganmiz-ku?!

Qani o'sha yoshlar?

Iqtibos:

“Afsuski O'zbekiston Xalq Harakati Muhammad Solihning shaxsiy tashkilotiga aylandi. Faqat va faqat uni manfaati uchun hizmat qiladigan tashkilotga aylandi. Yodimga bir nima tushdi va bu men uchun yuqoridagi fikrlarimning isboti bo'ldi. Qori akaga suyqasd bolgandan keyin Shvetsiyada O'zbekiston Xalq Harakati ham piket o'tkazmoqchi bo'lgandi. Shvetsiyadagi O'zbeklarning ba'zilari “Biz o'zbeklar nomidan chiqamiz. Xalq harakati nomidan emas”,- deyishgandi. Shunda Muhammad Solih “O'zbekiston Xalq Harakati”ni nomidan chiqishmasa biz qatnashmaymiz”,- deb piketni bekor qilishini aytgandi. Piket O'zbekiston Xalq Harakatisiz o'tdi. O'shanda Qori akaning hayoti, uning havfsizligini taminlash, jinoyatchilarni javobgarlikka tortishga erishishdan ham O'zbekiston Xalq Harakati – Muhammad Solihning o'z-o'zini reklama qilishi muhimroq ekan, degan fikrga kelgandim. O'zini manfaati yo'lida qori akani boshiga tushgan kulfatdan ham foydalanishdan toymasligini bilgandim. Bugun bular men uchun isbotini topdi.”

Albatta, Xudodan qo'rqqan odam bu gapni gapirmagan va birovga tuhmat qilmagan bo'lardi. Bu namoyishga O'XH vakillari qatnashdi. Va ayni kuni Turkiyada ham shu kabi namoyish bo'lib o'tdi. Buni Obidxon qori jamoasidagilar juda yaxshi bilishadi.

Agar M.Solih istamaganida, nafaqat Turkiya, balki Stokholmda ham namoyish qilinmagan bo'lardi.

6. Iqtibos:

“Amma, O'zbekiston Xalq Harakati deb tashkil qilganimiz bu harakatni ham nizomlariga o'zgartirish kiritib o'z-o'zini saylashga Muhammad Solihning haqqi yo'q edi.Bu nafaqat Muhammad Solih balki bunga yo'q demaganlar, ovoz berganlar tomonidan ham O'zbekiston Xalq Harakatiga hiyonat edi. Xalqning ishonchiga, omonatiga xiyonat bo'ldi. Majlisda qatnashganlarning aksariyati islom ahkomlariga ergashgan odamlar. Ular  omonatga xiyonat qilishlik munofiqlikning belgisi ekanligini bilishadi.”

Biz Dadajonovdan olingan iqtiboslarda imlo xatolarini to'g'rilashga urinmadik. Aftidan, Dadajonov Nizomni o'qib ham ko'rmaganga o'xshaydi. Nizomda Qurultoy bir yilda o'tishi belgilangan. Va demak, raislik muddati ham shu bo'ladi. Nizomga o'zgartirish kiritish esa o'zbek xalqiga xiyonat deb talqin qilinayapti.

Har yili Qurultoy o'tkazishning o'zi bo'ladimi?! Qurultoyni 1 yil emas, 3 yilda bir marta chaqirishni biz – Muassislar Majlisi – qaror berdik, Muhammad Solih emas!

Ha, O'XHga qarshi bugungi kunda nafaqat o'zbek rejimi,  balki xorijdagi fitnachilar ham jonbozlik ko'rsatib, tuhmat va bo'htonlar yog'dirishayapti.  Va shu sababli,  bu kabi maqola yozib tarqatilsa, uni ilib olib olamga jar soluvchilar ko'p va tayyor. I Dadajonov bularni bilib turibdi.

Bu harakat O'zbek muxolifatini ko'zga ko'ringan lideri atrofida uyushgan  o'zbekistonliklar harakatidir. O'XH xalqimizning Milliy Ozodlik Harakatidir. Bunday harakat o'z zamonida mo'g'ul bosqinchilariga qarshi Jaloliddin Manguberdi, 20 asrning boshlarida sovet bosqinchilariga qarshi “Bosmachi qo'rboshilar” tarafidan yuritilgan.

20 asr oxirida o'zbek xalqining ichidan Muhammad Solih bunday harakatni boshlatdi va u xalqimiz ozodlikka erishgunga qadar bu harakatni boshqarishga loyiq, deb bilamiz.

Nelson Mandela 40 yilga yaqin janubiy afrikaliklarning milliy ozodlik kurashini boshqardi, bu yo'lda juda kam insonlar bardosh beradigan sinovlardan o'tdi va nihoyat uning va safdoshlarining kurashi xalq g'alabasi bilan yukunlandi. Shundan keyin Mandela bir muddat (5 yil) Prezident bo'ldi va keyin iste'foga ketdi.

Nega hech kim “Mandela, sen 40 yil rahbarlikda qolding”, demadi?

Chunki u erkin jamiyatda 40 yil diktatorlik havasida bo'lmadi, aksincha, zulm jamiyatini erkinlik jamiyatiga aylantirish uchun 40 yil Milliy Ozodlik harakatini boshqardi.

Xuddi shunday Muhammad Solih ham o'zbek xalqining avval kommunistik rejimga, keyin Karimov diktaturasiga qarshi kurashayotgan milliy ozodlik harakatini tuzdi, bu yo'lda boshiga tushmagan qiyinchiliklar va azoblar  qolmadi. Uning zimmasiga tushgan mas'uliyat – Allohning izni bilan – diktator Karimov tuzumiga barham berish va diktaturadan yangi jamiyatga o'tish davrini boshqarishdir.

Alohida ta'kidlamoqchimizki, Karimov diktaturasidan erkin jamiyatga o'tish, ba'zilar o'ylayotgandek, silliqqina bo'lmaydi. Bunday o'tish davri qiyin va tahlikali jarayonlarga to'la bo'ladi. Uni boshqarish uchun esa yillar davomida chiniqqan siyosiy iroda, kuchli tashkilotga va aniq g'oya va maqsadlarga ega bo'lgan Xalq Harakati lozim. Bugungi kunda bunday harakat – O'zbekiston Xalq Harakati ekanligi va bunday siyosatchi – Muhammad Solih ekanligida bizning shubhamiz yo'q.

Bunday qarashga qarshi bo'lganlar marhamat qilsinlar, bizning harakatimizdan yaxshiroq va bizning rahbarimizdan iste'dodliroq rahbar o'rtaga chiqarsinlar. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin o'tgan 21 yil davomida bunday harakat o'rtaga chiqdimi, bunday rahbar paydo bo'ldimi?

Yo'q. Buning siri Allohga ma'lum. Bizning fikrimizcha bo'lmaydi ham. Chunki bu ish bir kunda va o'z-o'zidan bo'ladigan ish emas. Buning uchun O'XH qo'shilgan insonlarning yo'li qayta bosib o'tilishi kerak. Ya'ni, o'n yillar davomida sabr-matonat bilan kurashadigan, aniq maqsadga va yaxshi tashkilotga ega bo'lgan harakat lozim bo'ladi.

Dadajonov Muhammad Solihning Harakat rahbarligidan chetlatilish uni deyarli yo'q qilish bilan teng ekanligini juda yaxshi biladi. Bunday fitna, ya'ni Muhammad Solihni u boshqarayotgan siyosiy tashkilot rahbarlarligidan uzoqlashtirish 1993 yilda ham shaxsan prezident Karimovning topshirig'i bilan Shodi Karimov va Sodiqjon Yigitaliev tomonidan muvaffaqiyatsiz shaklda amalga oshirilgandi. (ushbu xatni imzolaganlardan Namoz Normo'min o'sha fitnaning tirik guvohlaridandir). Chunki diktator Karimov Muhammad Solihni ERK partiyasi raisligidan uzoqlashtirish bilan bir tomondan uni siyosiy izolyatsiya qilishni, ikkinchidan esa bu partiyani o'zining cho'ntak partiyasiga aylantirishni o'ylagandi.

Bugun O'XH favqulodda vaziyatda ish olib bormoqda. Biz siyosiy surgundamiz, butun imkonlarimiz cheklangan, xalqimiz bilan aloqa qilishimiz oson emas va h.k. Buning ustiga diktator Karimovning ham yagona maqsadi Muhammad Solihni jismonan yo'q qilishdan iborat ekanligi ham ma'lum. Hozir Muhammad Solih va u boshqarayotgan Harakatni yo'q qilish Stalinning 20 asrning 30-yillarida “bosmachilar” harakatini yo'q qilishining aynisi bo'ladi. Dadajonov va unga o'xshagan “nomi ulug', suprasi quruq” insonlar o'zlarining havoi-nafslari yo'lida xalq ichidan chiqqan millatparvar harakat va uning liderini yo'q qilishni astoydil istaydilar.

Ammo taqdir Allohning amridadir. Bizning maqsadimiz ezgulikdir. Uni ro'yobga chiqish yo chiqmasligi, ba'zi kimsalarning safimizda borligi yoki yo'qligiga bog'liq emas. Maqsadimizning ro'yobga chiqishi faqat Allohning irodasigagina bog'liq deb tushunamiz. Alloh iroda qilgan bo'lsa, bu Harakat natijaga erishajak. Aks holda – yo'q.

So'zimiz oxiri: Barcha maqtovlar Olamlarning Parvardigori Allohga hamd bo'lsin!

 

O'XH Muassislar Majlisi a'zolari
1. Abdulla Tojiboev
2. Namoz Normo'min
3. G'ayrat Xolmatov

11 iyul' 2012 yil

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 4 Yorum )

  • Vatanparvar ;

    Xalq harakatini ichidan yemiraman digan insonlaram bor ekande!? Nima bo’sayam Muhammad Solih akamiz va ularni izdoshlarini alloh o’z panohida asrasin. Xarakat natija beradimi yo’qmi, avvalambor u bor. Tuzumlar o’tkinchi qahramonlar esa mangu yashashadi.

    13/07/2012 13:04
  • Umar ;

    Assalomu alaykum Aziz vatandoshlar men vatanimiz Uzbekiston uchun hos biror harakat azosi emasman, chunki aslini oladigan bulsak Uzbekistonimiz ham unda Musulmonlar yashayotganligi uchun va mana shu musulmonlar asosan zulm kurayotganligi sababli (tugri hozir nohaqlikga har qadamda duch kelayotgan boshqa dinlar vakillari ham juda kup) u erdagi ZOLIM diktatorga qarshi kurashish muhim bir masuliyyat bulib turibdi. shu jihatdan Sizlar boshlagan harakat kamchilik va uytuqlari bilan (Olloh isloh qilsin!) etiborga loyiq deb uylayman. lekin Sizlarnikidan unchalik farq qilmaydigan bir milliy harakatga Ismoil aka Dadajonovning qushgan hissalarini hisobga olishlik urinli buladi. Biror kishini maqtashlikda Halqimiz oshirib yuboradi yoki kamchiligi kurinib qolgudek bulsa ayblashlikda ham shunday yul tutishadi. Qissadan hissa Robbim meni ham Ismoil akani ham va Sizlarni ham magfirat qilib uz fazlidan nasibador qilsin!!!

    12/07/2012 20:24
  • MUHOJIR ;

    qoyillll zur yozibsizlar bu insonga atalgan maqolani, ogzidan olib yoqasiga yopishtiribsizlar, uzi uylab yurgandim ohirgi paytda yuzidan nuri yuqolib achigan piyozni rangi urib ketganidan,

    11/07/2012 20:12
  • Shaydo ;

    Mayli kimligingizni vakt kursatadi. Amaliyotga utasizlarmi?

    11/07/2012 17:14
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube