O’zbekiston Xalq Harakati

Shvetsiya prokurori: “Obid qori suiqasdi ortida MXX turgan”

Shvetsiyada o'zbek Obidxon qori Nazarovga qilingan suiqasdda ko'maklashganlikda ayblanayotganlar ustidan o'tayotgan mahkamaning so'nggi kunida prokuror suiqasd buyurtmachisi O'zbekiston maxfiy xizmati bo'lganini bayon qildi.

Shvetsiya prokurori: “Obid qori suiqasdi ortida MXX turgan”
18 Temmuz 2012 - 17:06 'da yuklandi va 1931 marta o'qildi.

Shvetsiyada o'zbek Obidxon qori Nazarovga qilingan suiqasdda ko'maklashganlikda ayblanayotganlar ustidan o'tayotgan mahkamaning so'nggi kunida prokuror suiqasd buyurtmachisi O'zbekiston maxfiy xizmati bo'lganini bayon qildi.

Prokuror ayblanuvchilarga 15 yilgacha qamoq jazosi so'radi

Mahkama prokurori Krister Peterson ayblanuvchilarga 8 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi so'ragan. Sud majlisini kuzatgan Östersunds-Posten gazetasi muxbiri Tord Andersonga ko'ra, prokuror sud tergovidagi ko'rsatmalardan suiqasd ortida O'zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati turgan, degan xulosani bergan.

“Biz taqdim etgan faktlar hujum tuzum tanqid qilinganligi uchun sodir etilganligi va uning o'zbek xavfsizlik xizmatlari topshirig'i bilan amalga oshirilganiga hech qanday shubha qoldirmaydi”, deya ta'kidladi prokuror Peterson, deydi jurnalist.

Obid qori Nazarovga qilingan suiqasd yuzasidan sud 12 iyul kuni Ostershund shahar sudida boshlangan edi. Shvetsiya prokuraturasi mamlakatda 2010 yildan buyon yashab kelgan O'zbekiston fuqarolari Bahodir Po'latov va Nodira Aminovalarni suiqasd ijrochisiga ko'maklashganlikda ayblamoqda.

Suiqasdning bevosita ijrochisi hamon ochiqda qolmoqda va uning ham O'zbekiston fuqarosi ekani taxmin qilinmoqda. Sud jarayoni davomida uning shaxsiga to'xtalgan prokuror 1978 yilda tug'ilgan Yuriy Jukovskiy ismini tilga oldi.

Obidxon qori Nazarovning o'g'li ko'rsatma berdi

Ostershund shahrida bo'layotgan mahkamada chorshanba kuni o'zbekistonlik taniqli ulamo Obidxon qori Nazarovning o'g'li Dovudxon Obidxon o'g'liga so'z berildi.
O'zbekistonda imomlarga bo'lgan tazyiqlar va otasi Obidxon qori Nazarov ham shu tazyiqlar sabab O'zbekistonni tark etishga majbur bo'lganini aytgan dovudxon, otasi xorijga chiqib ketganiga qaramasdan O'zbekiston maxsus hizmatlarining doimiy nishonida bo'lib kelganini gapirdi. Oilamiz, dedi Dovudxon “tahlikani har doim his qilib yashab kelgan”.

Chorshanba kuni mahkamani kuzatgan imom Muhammadsolih A. gapiradi:

– Otasiga qilingan suiqad o'zbek rejimi tarafidan qilingan amal ekanligiga, shunaqa xavfni ular doim his qilib yashaganliklari, shunaqa xavf aynan O'zbekiston tarafidan kutilganini, O'zbekiston davlat televideniesida otasi terrorchi sifatida tasvirlangan ko'rsatuv namoyish etilgani bunga misol qilib keltirdi,- deydi mahkamani kuzatayotgan o'zbekistonlik imom Muhammadsolih A.

54 yoshli Obidxon qori Nazarov shu yilning 22 fevralida Shvetsiya shimolidagi Stromshund shaharchasida o'z uyi yo'lagida noma'lum shaxs tomonidan o'qqa tutilgan edi. U hamon shifoxonada koma holatida yotibdi.

[soundcloud id=’53284671′ playerType=’Standard’]

ozodlik.org

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Shoira Yuldasheva ;

    Shved prokurori faqat ijrochi JALLODLARGA – MXX (Milliy xavfsizlik emas, butun O'zbekiston xalqi, asosan musulmonlar hayotiga katta XAVF solib, ularni yo'qotib kelayotgan)iga urg'u berib, asosiy qotil-buyurtmachi QOTIL KARIMOVNI shu damgacha hamma qatori tilga olmagan. Demak ,qarg'a qarg'ani ko'zini cho'qimaydi. Jinoyatchi sifatida ikki er-xotindan boshqa, yarlaqasa, yana bir eng pastdagi xoin (qotil, agar rost bo'lsa, Yu.Jukovsikiy kabi) topilib, jazoga tortilishi mumkin. Ammo, na bosh qotil, va na uning yalovka bosh ijrochilarini nomi xatto tilga ham olinmaydi, albatta. Chunki SIX ham, KABOB ham kuymaydi- da!!!

    19/07/2012 03:51
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube