O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Payg'ambarlar tarixi” – bizning Ramazon tuhfamiz!

Muborak Ramazon kunlarida saytimizning aziz muxlislari uchun tuhfamiz bor. Bugundan e'tiboran shoir va siyosatchi Muhammad Solih tayyorlagan “Payg'ambarlar tarixi” kitobini e'tiboringizga havola qilib boramiz.

“Payg'ambarlar tarixi” – bizning Ramazon tuhfamiz!
24 Temmuz 2012 - 11:26 'da yuklandi va 2312 marta o'qildi.

Muborak Ramazon kunlarida saytimizning aziz muxlislari uchun  tuhfamiz bor. Bugundan e'tiboran shoir va siyosatchi Muhammad Solih tayyorlagan “Payg'ambarlar tarixi” kitobini e'tiboringizga havola qilib boramiz.
Quyida ushbu kitobning muqaddimasida o'rin olgan shoir Maqsud Bekjon qalamiga mansub so'zboshini keltiramiz:

“Payg'ambarlar tarixi” kitobi va uning tuzuvchisi haqda 

Bismillahir rohmanir rohiym

Mana, endi qo'limizda Muhammad Solih  tayyorlagan, O'zbekiston tarixida va o'zbek tili tarixida ilk bor chop etilayotgan 4 jilddan iborat “Payg'ambarlar tarixi” kitobini tutib turibmiz.

Bungacha o'zbek tilida butun payg'amabarlar tarixi bunday to'la va yaxlit shaklda hech chop etilmagandi. Bu yo'nalishda o'zbek tilida kichik hajmdagi Rabg'uziyning (13-14 asr) “Qissasul anbiyo” va Alixon To'ra Sog'uniyning (1885-1976) payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) tarixiga oid “Tarixi Muhammadiya” kitoblari mavjud edi, xolos.

Muhammad Solih  tayyorlagan bunday bir kitob esa bugungi kunda faqat O'zbekistonda emas, sobiq Sovet Ittifoqi hududida ham hech bir tilda mavjud emas.

Butun payg'ambarlar tarixini qamrab olgan ushbu kitobning o'zbek tilida paydo bo'lishini o'zbek jamiyati ma'naviy hayotida so'nggi yillar ichida yuz bergan eng katta voqealardan biri, deyish mumkin.

Aslida, xalqimiz ma'naviyati uchun ulkan ahamiyat kasb etgan bunday kitoblar xorijda emas, balki, mamlakat ichkarisida, O'zbekistonning o'zida chop etilishi kerak edi. Ramziy ma'no tashigan bunday favqulodda voqe'likni hatto (shunday vaziyatning yuzaga kelishida asosiy rol' o'ynagan) diktator Karimovning o'zi ham ilg'agan, shekilli, majlislardan birida u mulozimlariga qarata: “Mamlakatdan oltin boshlar chiqib ketib, faqat oltin tishlar qolgan ko'rinadi, a?”, deya zaharxanda qilgan ekan.

Taassuflar bo'lsin-ki, bugun o'lkamiz  asrlardir sharaf bilan ko'tarib kelgan o'zining “Ma'naviy O'choq” maqomini yo'qotib, o'rniga “Ma'naviy Krematoriy” maqomini oldi, o'lkadagi ma'naviyat tom shaytoniy bir reja  bilan, iblisona bir izchillik bilan kuydirilmoqda, mahv etilmoqdadir. Shu ma'noda, vatanimiz bugun  ma'naviyat tarqatishdan ko'ra, o'zi ma'naviyatga muhtoj bir mintaqaga aylanib qoldi, desak, sira lof bo'lmaydi.

Bunday sharoitda “Payg'ambarlar tarixi” singari kitobning xorijdan O'zbekistonga kirib borishini faqat zulmatga yo'nalgan bir  nur sifatida baholash mumkin.

“Payg'ambarlar tarixi” kitobining ahamiyati

Payg'ambarlar tarixiga  insoniyat tarixining bir parchasi deb emas, balki, aksincha, butun insoniyat tarixiga Payg'ambarlar tarixining bir parchasi deb qarash to'g'ri bo'ladi. Chunki, dunyo xalqlarining tarixi, madaniyati, ma'naviyati va falsafasi u yoki bu shaklda doimo din atrofida aylangan va davlatchilik asoslari va g'oyalari doimo diniy zaminlarga qurilgandir. Insonlar zamonlar osha kibr bilan pisanda qilib kelgan Ilm va Taraqqiyot tantanasi, aslida, Allohning bitmas-tuganmas qudrati va inson ko'zi uchun abadul-abad ochilmas sir-asrorlariga o'qilgan madhiyadan boshqa narsa emasdir. Ilm-fan yuksalgani sayin insonlar Allohning haqiqatiga tobora yaqinlashmoqdalar, bugun ilm-fan sohasida o'tkazilayotgan eng so'nggi tadqiqotlarda “xudo” so'zi (“xudoning zanjiri”- «god particle»)  bejiz ishlatilayotgani yo'q.

Ushbu kitobda Qur'oni karimda nomlari zikr etilgan barcha payg'ambarlar kechmishi haqda hikoya qilinadi. Tarix Odam alayhissalomdan boshlanib, Muhammad sallallohu alayhi vasallam hayoti bilan yakunlanadi. Kitobning uchinchi va to'rtinchi jildlari payg'ambarimiz Muhammad sallalohu alayhi vasallam tarixiga bag'ishlangan bo'lib, bu tarix eng mufassal shaklda yozilgandir.

Kitobdagi ma'lumotlar Qur'oni karim oyatlari, Hadislar, Payg'ambarimizning ashob va tobiinlari bergan guvohliklar va islom dunyosining buyuk allomalari asarlaridan to'plangandir.

Kitobdagi har bir payg'ambar tarixi yakunida keng bibliografik manbalar ro'yxati berilgandir, keltirilgan bibliografik manbalar soni shu qadar ko'pki, ba'zi hollarda matnning har ikki yoki uch satriga bittadan manba ko'rstailadi va bu jihat kitobning ilmiy bazasi naqadar mustahkamligini namoyish qilib turadi. Kitobning zamonaviy o'quvchi tarafidan iste'mol qilinishi nuqtai nazaridan, texnik jixatdan yana bir ustunligi – uning shu mavzudagi tarixiy asarlarga xos bo'lgan arxaizm va eskirgan, zerikarli, jimjimador ta'rif uslubidan holiligidir.

Kitobning tuzuvchisi haqda

“Payg'ambarlar tarixi” kitobining o'zbekcha tayyorlab, chiqarilishi –  jamiyatimizning ma'naviy hayotida o'pqonday qorayib turgan kemtikni to'ldirish yo'lida otilgan katta odimdir. Shu ma'noda, bu kitobni bir maksimalist insonning qilgan eng xayirli ishi deb hisoblash mumkin.

Nega maksimalist?

1980 yillarning boshlarida  yozuvchi Temur Po'latov menga Muhammad Solihning shaxs va ijodkor sifatini xarakterlaydigan o'z kuzatishini aytib qoldi, to'g'rirog'i, kuzatish ham emas, balki bu “ratsional” ish qilishga o'rgangan odamning “irratsional” kishi harakatlari oldidagi hayrati edi. “Solih fanatik ekan-ku, nashriyotlardan birontasi ham uning Frants Kafkani tarjima qilib, chop etish haqdagi taklifini qabul qilmagan bo'lsa ham, u: “men Kafkani baribir tarjima qilaman”, deb tarjimada davom etyapti”, degandi Temur Po'latov.

Aslida, Muhammad Solihni bilganlar uchun uning bu “fanatik”ligi hayratlanarli bir narsa emas, chunki, Sovet davrida “zamon senga boqmasa gar , sen ham boqma zamonga” deya she'r yozgan bir insonning boshqacha yo'l tutishini tasavvur qilish qiyin. Ezgu ishlarga yo'nalgan bunday “fanatik””lik, yurtimizda nodir va o'rnakka arzigulik bunday “mutaassiblik” Muhammad Solih hayoti va ijodining yorqin qirralaridan biridir. Muhammad Solih xarakteridagi bunday maksimalizm u vatanini tark etishga majbur bo'lib, dunyo keza boshlaganida ham yo'qolgani yo'q. U muhojirlikda o'z siyosiy faoliyatini davom ettirib, o'lkamizda hukm surayotgan mustabid tuzumga qarshi kurashar ekan, ayni paytda, bu kitoblarning  chop etilishi va O'zbekistonda tarqatilishiga deyarli hech qanday umid bo'lmagan eng og'ir paytlarda ham, o'z siyosiy maqolalarini yozish barobarida  hech ikkilanmay, Musannif Ahmad Ziyovuddin Gumushxonaevining “Hadislar daryosi” (Ramuz-al-ahodis) kitobi tarjimasiga qo'l urdi va uni muvaffaqiyatli tarzda yakuniga etkazdi.

Alloh “Payg'ambarlar tarixi” kitobini tuzgan va bu ishga bosh qo'shgan boshqa barcha birodarlardan rozi bo'lsin.

Maqsud Bekjon,
shoir.

“Payg'ambarlar tarixi” kitobining 1-jildini ushbu linkdan yuklab olishingiz mumkin:
http://uzxalqharakati.com/books/PT_01.pdf 

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube