O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Kim aslida kim edi yoki o'rganilmagan tarix (2)

Kim aslida kim edi yoki o'rganilmagan tarix (2)
04 Ağustos 2012 - 10:34 'da yuklandi va 1956 marta o'qildi.

“Kim aslida kim edi yoki O'rganilmagan tarix” nomi ostida berilayotgan turkum maqolalarimizning bugun ikkinchisi qismini taqdim etamiz. Bu maqolalardan asosan ikki  maqsad ko'zlangan va shu o'rinda ularni yana bir bor takrorlab o'tamiz.

Birinchidan, O'zbekiston eng yangi tarixi (Mustaqillikdan keyingi davr) haqida yolg'on ma'lumotlarning tarqatilayotgani bois, o'zbek o'quvchilarining real faktlar va ob'ektiv munosabatlarga asoslangan xolis ma'lumotlarni olish imkonini vujudga keltirish.

Ikkinchidan esa, bu ma'lumotlar o'z davrida chop etilganiga qaramay, xorijdagi ko'pchilik muxolifatchilarga etib bormagan, O'zbekiston ichkarisidagilar haqida aytmasak ham bo'ladi. Ushbu maqolalarning mualliflari Erk partiyasi yoki O'XH a'zolari emas, ammo mazkur voqea-hodisalarni yaqindan kuzatib borgan, hatto o'zlari ham ularda ishtirok etgan zamonamizning xolis fikrli ziyolilaridir.

***

Bo'ysunmayman hech kimga Allohdan boshqa

Muhammad Solihning Turkiyada nashrdan chiqqan “Davlat sirlari” (Devlet Sırları, Toker yayınları, İstanbul-1997, Sayfa: 5-8) kitobiga Ozarbayjon sobiq prezidenti Abulfayz Elchibey davlat maslahatchisi, Istandul Bilgi Universiteti dotsenti, falsafa fanlari doktori Orif Ojolo'g'li Turontosh tarafidan yozilgan so'zboshi
Baku, 21 Shubot (Fevral) 1997

Orif Ojolo'g'li Turontosh

“Bo'ysunmayman hech kimga Ollohdan boshqa”, bu satr qizil kommunistlar tazyiqlarining so'nggi bosqichlarida, kommunistik imperializmning nafaqat Sovetlarda balki undan tashqarida ham, ayniqsa, Polsha va  Afgonistonda qonli aktsiyalar uyushtirayotgan bir onda, ko'pchilikning sindirilib, ovozlari o'chirilgan bir paytda, temir parda orqasidagi asir o'lkada yozilgan va albatta, nashr etilmagan, ammo tildan tilga o'tib yurgan bir she'rning satridir.

1981 yil. Mamlakat O'zbekiston. “Temir parda” haqida eshitmagan bugungi o'quvchilarimiz uchun yuqoridagi satrning muallifi Muhammad Solih ismining bir narsani ifoda qilishi amri mahol albatta. Ammo tarixning katta bir bosqichini o'nlarcha asir xalqning ichki dunyosini va qutulish uchun kurash davrini anglashning yo'li shu sirli xotiralar ustidan o'tadi. U erlarda yashalgan va izlarini adabiyotda, san'atda qoldirgan xotiralarda voqealarning hammasi ibratdir.
Ayniqsa, bu ibratlarni namoyish etgan kishi oddiy odam emas, balki voqelarning markazida turgan inson  bo'lsa. So'zi bilan, harakatlari bilan, yo'lboshchilik qobiliyati bilan milliy hayotning har jabhasida mujodala bergan va butun bir avlodning umidi, iftixori bo'lgan bir inson bo'lsa, bu haqiqatni topganmiz demakdir.
Muhammad Solih ismini Turkiya asosan gazeta va televidenie xabarlaridan bir siyosatchi sifatida eshitdi va tanidi. Aslida, mavzu bu  bilan cheklanmagan. Muhammad Solih kurashchan, o'z e'tiqodiga, printsiplariga sodiq va to'g'riso'z siyosatchi sifatidagina emas, modern Turk dunyosining buyuk shoiri, fikr odami va bu sifatlari bilan bir avlodning ustozidir.
U 1949 yil Ulug' Turkistonning, mahalliy ibora bilan aytganda, Turonzaminning Xorazm mintaqasida tug'ildi. Erli rivoyatlar, afsonalar va o'zining ifodasiga ko'ra buvisining “Xorazm tarixi” deya tushungani “Qo'rqut Ota” dostonini tinglayarak voyaga etdi. Askarlikdan so'ng, 1970 yilda, Toshkent Universiteti jurnalistika fakultetiga kirdi, adabiyot dunyosiga qadam tashladi. Bu davrda 1960 larni tamsil etgan zohiran isyonkor, botinan konformist adabiy avlod yo'l ko'rsatuvchi sifatida yangi etishgan munavvar yoshlarni qoniqtirmas edi. Faqat O'zbekistonda emas, boshqa Sovet jumhuriyatlrida ham ahvol shunday edi. Ayni paytda chiqish yo'li topish ham oson  emasdi. Haqiqatan ham, boshqa bo'lgalarda bu yo'l izlashlar faqat izlanish saviyasida qolib ketdi. O'zbekistonda esa bu izlanishlar g'alaba bilan xuloslandi va Muhammad Solihning boshchilik etgani bir guruh san'atning turli shoxobchalarida yangi adabiy va ijtimoiy tushunchani jamiyatda aks ettirishga erishganini qat'iy bir shaklda urg'ulashimiz mumkin.
Bu oqimning professional printsiplarini adabiyotda: murosasizlik, insoniy halollik, to'g'riso'zlik va e'tiqod yo'lida kurashchanlik, siyosiy pritsiplarini   esa  ta'qiqilangan milliy til va adabiyotning oqlanishi o'laroq tanitish mumkin. Bular Muhammad Solihning qalamidan chiqqan she'r, suhbat va maqolalarida aniq ravshan ko'rinadi. Muhammad Solih tarafidan o'zbekchaga o'girilgan “Frantsuz shoirlari she'riyati”, “Dada Qo'rqut kitobi”, Yunus Emra devoni ham o'sha davrga to'g'ri keladi.
Muhammad Solih Sovet davrida qizilllarning eng ko'p sindirmoq istagani o'zbek turklarining – insoniy haqlari qo'lidan olingan, moddiy va ma'naviy borliqlariga katta ziyon etkazilgan insonlarning tilmochidir.
Ayni paytda, Muhammad Solih dunyo turklarining masalalarini chuqur tushungan va ularni ochiq-oydin aytaolgan fikr odami. Adabiyotdagi da'vosi, siyosatdagi mujodalasi aynan shu istiqomatda (yunalishda) davom etdi.
Muhammad Solih haqqi eyilgan har qanday insonga, har qanday xalqqa hamdardlik fazilatiga ega  va bu tuyg'uni o'z milliy da'vosi ichida  yashatabilgan keng ufqli bir lider.
U siyosiy sharoit yuzasidan o'lkasini tark etishga majbur bo'ldi, endi yurtidan tashqarida yashamoqda.
Muhammad Solih shunday xotirlaydi: “1970 yillarda shoir Abdurauf Parfi bilan shunday orzu qilardik: bir kun uyg'onib, butun toshkentliklarning o'zbekcha gapirayotganini ko'rsak, deya orzu qilardik. Mana, O'zbekiston mustaqil bo'ldi, endi Toshkentda hamma, hatto ruslar ham o'zbekcha gapirishayapti..”
Ammo bu kunni orzu qilganlarning, bu kun uchun hayotini hiyba qilganlarning o'zbekcha yozgan kitoblari bu o'lkada ta'qiqlangan, ularning vatanlariga kirishi ta'qiqilangandir. Ularning aybi millati uchun dushmanlardan sadaqa emas, haqiqiy istiqlol istashi edi. 1981 da degani kabi ularga “bo'ysunishni” istamagani edi.  Hech shubha yo'q-ki, yosh umri mag'lubiyatlar, zafarlar, bir so'z bilan aytganda, mujodala solnomasi bo'lgan Muhammad Solih quyoshning munis tug'ilgan kunida Turonzaminga qaytajak va yangidan so'zga boshlayajak, O'zbekcha so'zga.

(1997)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube