Ўзбекистон Халқ Ҳаракати

Исроил Туркиядан узр сўради

Исроил Туркиядан узр сўради
23 Mart 2013 - 7:49 'да юкланди ва 1970 марта ўқилди.

Исроил Туркиядан узр сўради

Маълумки бундан икки йил олдин Туркиянинг “Мовий Мармара” кемаси Фаластиннинг Ғаззо шаҳрига инсоний ёрдам сафари билан бораётганда Исроил ҳарбий кучлари бу кемаган ҳужум уюштирган ва кемадаги тўққиз кишини ўлдирганди. Ушбу воқеадан кейин Туркия ва Исроил муносабатлари совуқлашиб кетганди.

images (3)

Туркия Бош Вазири Тоййиб Эрдўғон Исроилга қарши уч талаб билан чиққан ва бу талаблар бажарилмаса икки давлат муносабатларининг нормаллашмаслигини айтганди. Ушбу талаблар Исроилнинг Туркиядан расман узр сўраши, ҳалок бўлганларнинг оилаларга моддий тўлов берилмаси ва Ғаззо минтақасидан қуршовнинг олиб ташланишидан иборат эди. Шу кунларда Исроилга ташриф билан келган АҚШ президенти Барак Обама Исроил Бош Вазири Бенямин Нетаняҳуни Туркиядан расман узр сўрашга кўндирган. Тоййиб Эрдўғонга телефон қилган Исроил Бош Вазири Туркия халқи ва давлатидан узр сўраган. Шунингдек, Ғаззодаги “Хамас” ҳукуматининг раҳбари Исмоил Ҳания тез орада Туркия Бош Вазири Эрдўғоннинг Ғаззога сафар қилишини ҳам айтган.

Расмда: Туркия Жумҳурияти Бош Вазири Т. Эрдўғон

ЎХҲ Ахборот Маркази

23.03.2013

Etiketler :
Хабарга ўз изоҳингизни қолдиринг

 Ушбу хабарга қолдирилган изоҳлар

( 3 Yorum )

  • Adil ;

    Hurmatli tahriyat! Bizningcha sahifangizdagi xabar va izohlarda tilga hurmatsizlik, uning qimmatli o`quvchilariga, ayniqsa o`bek atalmish elatga ham hurmatsizlik bo`ladi. Shuning uchun bunday savodsiz yozilgan materiallar(izohlar ham) e`lon qilinmasligi, ya`ni sahifada turmaligi lozim.
    Bu “ahmad” ismli kishining izohini darhol o`chirib tashlanglar.

    23/03/2013 11:36
  • ahmad ;

    uzr bunda hammaga kurinib kolarkan olib tashlashlaringizni surardim

    23/03/2013 09:41
  • ahmad ;

    Assalomu alaykum ,shoshilmasdan uqib tahlil kilishlaringizni surardim,bu malumot omma uchun emas .http://www.akadmvd.uz/files/bibl.htm. Mana shu saytagi Isxakov.s boshchiligida yozilgan kitoblarni bir kurib chiksangizlar degandim.Xalqimiz hayotiy muomalalarida qullayotgan meros va shunga uhshash masalalarni asli islomga borib taqalish ehtimoli bor deb uylayman.Shuning uchun ham R im qonunlari degan kitobni kiritilishi amaldagi qullanilayotgan qoidalarni badaliga bulsa kerak deb uylayman.Rim va usha paytda yashagan insonlar haqida tuliq malumotga ega emasman lekin eshitgan va kurgan narsalarimdan hulosa kilsam, butun boshli jamiyatlar amaldorlar manfaatlari uchun ishlashgan.Bizdagi, esi paslar 21 asrda yashayapmiz deb ogzidan tupuk sochib gapirishadi va yana islom bizni urta aslarga qaytardi deyishadi. Nima seni islom eshak bilan tuyaga mindirib quyarmidi .Agarda bular esini yigib olmasa, Islomdan oldingi quldorlik davriga qaytishligi ehtimoli bor deb uylayman.Quyidagi yozayotgan malumotim meni tahminlarim 25 may 2012 yilda akademiyada Tohirmalikni odamiylik mulki kitobini taqdimot marosimi zal liq tula bulgan holatda utkazildi .Kup utmasdan ozodlik radiosida akademiya rahbari ishdan olinganligi haqida malumot paydo buldi ,ishdan olinish sababani,uqishga kirishda tulanadigan noqonuniy pullar ekanligi tahmin qilindi .Shu vaqtni uzida boshqa viloyatlarda ham kollej va kabul komisiyalai pahbarlari haqida ham yuqoridagiga uhshash habarlar paydo buldi.Meni fikrimcha hozirgi tuzum siyosatini bir qismi bulgan bu uquv dargohida islom va musulmonlar haqida tugri yoki ijobiy fikr aytilishi,bularni siyosatlariga teskari buladi ,Eshitishimcha milichiya hodimlariga masjidda namoz uqishgan ogzaki ravishda qaytarilar ekan chegara qushinlariga kirishda ham oilanhizda islomga amal kiladigan odam bulsa juda pasayib ketarkan ,MXX ni gapirmasam ham bulsa kerak pahbarning ishdan olinishligini sababi uzbek va musulmon bulgan yuqorida ismi keltirilgan uztozga yul ochib bergani bulsa kerak.(Vallohu alam)Eslatma saytga juda ham kup tashrif buyirmasliklaringizni surardim sababi isxakov.s shugulanayotgan bulim haqidagi malumotni topolmadim, oldin bir kuruvdim. Kitoblarni yuklab olinsa maqsadga muofiq bulardi .Boshqa saytlarni ham kuzatishga harakat kilaman juddiyroq malumot bulsa junatib turaman inshAlloh.

    23/03/2013 09:38
Сўнгги хабарлар
Ўхшаш хабарлар