O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Umrga badal bir kecha “Qadr kechasi”

Umrga badal bir kecha “Qadr kechasi”
25 Ağustos 2011 - 14:14 'da yuklandi va 1440 marta o'qildi.

 

Undan o'zga haq iloh bo'lmagan Zot, Olamlarning Rabbi bo'lmish Alloh taolo, mo'minlarning hidoyat kitobi bo'lmish Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi:
“1. Albatta Biz uni Qadr kechasida nozil qildik. 2. Qadr kechasi nima ekanligini siz qaerdan bilar edingiz? 3. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir. 4. Unda farishtalar va Ruh Parvardigorlarining izni-ixtiyori ila barcha ishlar bilan tushurlar. 5. U (kecha) to tong otgunicha tinchlik-omonlikdir”(1)
Ming oydan ham yaxshiroq bo'lgan kecha “Ming oy” sakson uch yil, to'rt oy bo'lar ekan. Bunday uzoq bir umrda sog'lom bir iymon bilan qilinadigan solih amaldan ham yaxshiroq bo'lgan bir kecha… Bu erda ming oydan murod, tarkibida Qadr kechasi bo'lmagan ming oydir.

Shayxul-islom Abu-Su'udning mashhur tafsirida ushbularni yozadi: “Bu ifoda Qur'on sha'nining naqadar yuksak va oliy ekanini bildirmoqda. Zero Qur'onning zamir o'laroq ifoda etilishi ham (“… UNI Qadr kechasida nozil qildik”) uning sarih zikr etilishiga ehtiyoj qoldirmaydigan darajada ma'lum va mashhur bo'lganini bildirmoqda. Go'yoki Qur'on barcha zehnlarda mavjuddir, va yana Qur'onni nozil etmoq fe'lining NUNga isnod etilishi (“BIZ uni … nozil qildik”) uning nihoyat darajada muhimligini bildirmoqda. Qur'onning nozil qilingani ZAMON ham “Qadr kechasi nima ekanligini siz qaerdan bilar edingiz?” oyati bilan ta'zimot-buyuklik kasb etmoqda. Zero bu kalima Qur'onning oliy qadrini mushohada etmoq maxluqot idroki doirasining tashqari bo'lganiga, va uning mohiyatiniAllomul-g'uyub (barcha g'ayblarni bilguvchi) bo'lgan Allohdan o'zga hech kim idrok eta olmasligiga dalolat qilmoqda. “Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir” oyati ham shu haqiqatni quvvatlamoqda. Zero bu oyatdan oldin Payg'ambarimiz s.a.v. idrok etmoqqa tashviq etilmoqdalar va bu kechaning ne ekanligining bildirilishiga ishorat qilinmoqda. Bu oyat ham, o'z navbatida, uning sha'nini ijmoliy holda bayon etmoqda”(2).
Qadr kechasi haqida manbalarda quyidagilar bayon etiladi.

Hokim va Ibn Abu Shayba, ibn Abbos r.a.ning shunday deganini rivoyat etadi: “Qur'oni karim to'laligicha (Qadr kechasida) Lavhul-Mahfuzdan dunyo osmonidagi Baytul-Izzatga tushirildi va 23 yil mobaynida bu erdan Jabroil a.s. vositasi ila Muhammad s.a.v.ga paydar-pay nozil etildi”(3).
Hokim, Bayhaqiy va Nasoiy, ibn Abbosning shunday deganini rivoyat etganlar: “Qur'oni karim avval bir butun holda Qadr kechasida dunyo osmoniga, so'ngra 20 (hijriy – tarj.) yil mobaynida Rasululloh s.a.v.ga uning parcha-parcha inzoli tamomlandi”(4).
“al-Qadr: Hukm bermoq ma'nosidadir. Alloh taolo bu kechada bir yil ichida bo'lajak narsalar haqida hukm bergani uchun bu kechaga ushbu nom berilgandir”(5).

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“1. Ho, Mim. 2-3. Ochiq-ravshan Kitobga — Qur'onga qasamki, albatta Biz uni bir muborak-barakotli kechada nozil qildik. Darhaqiqat Biz ogohlantirguvchi bo'ldik. 4. U (kecha)da barcha puxta-aniq ish(lar) ayrilur (belgilanur)”(6).
“Muborak kecha”ning aksar olimlar Qadr kechasi ekaniga ittifoq qilganlar. Imom Faxruddin ar-Roziy mashhur tafsirida bu ko'rishning dalillarini shunday bayon etgandir:
1. Alloh taolo “Albatta Biz uni Qadr kechasida nozil qildik” degan. Bu erda ham “Biz uni bir muborak kechada nozil qildik” demoqda. Shunday ekan, bu erda zikr etilgan muborak kecha, oyatlar orasida biror ixtilof yo'qligi sababli, Qadr kechasi bo'lishi kerak.

2. Haq taoloning “Ramazon oyidirki, bu oyda (…) Qur'on nozil qilingan” oyatidan, Qur'onning Ramazon oyida nozil etilganini anglaymiz. Bu erda esa “Biz uni bir muborak kechada nozil qildik” deyilmoqda. Demak, bu barakotli kecha Ramazon oyida bo'lishi kerak. Bu muborak kechaning Ramazon oyida ekanini aytgan har kim buning Qadr kechasi ekanini aytadi. Shuning uchun bu muborak kechaning Qadr kechasi ekani tushuniladi.
3. Alloh taolo Qadr kechasini zikr etarkan: “Unda farishtalar va Ruh Parvardigorlarining izni-ixtiyori ila barcha ishlar bilan tushurlar. U to tong otgunicha tinchlik-omonlikdir” deya marhamat qiladi. Bu oyatda esa “U (kecha)da barcha puxta-aniq ish(lar) ayrilur” deyilgan. Bu ifoda Qadr surasidagi ifodaga uyg'unlik kasb etadi. Navbatdagi oyatda “…Bizning huzurimizdan bo'lgan Ishdir” (Duxon:5) deyilsa, Qadr surasida esa “Parvardigorlarining izni-ixtiyori ila barcha ishlar bilan…” deyiladi. Yana keyinroq “Parvardigoringiz tomonidan bo'lgan rahmat-mehribonlikdir” (Duxon:6) deyilsa, Qadr surasida “U (kecha) to tong otgunicha tinchlik-omonlikdir” deyiladi. Bu vasflar bir-biri bilan qiyoslanganda, bu ikki kechaning ayni kecha ekanini anglamog'imiz kerak”(7).

Muborak Qadr kechasi Alloh taoloning: “Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo'lib va hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo'lib Qur'on nozil qilingan”(8) deya yuksak sha'nini bayon etgani Ramazon oyidagi bir kechadir. Bu muborak kechani haqqi ila ihyo etgan mu'min-musulmonlarga “Rahmatan lil-Olamiyn” Muhammad s.a.v. mag'firat mujdasini berganlar.
Abu Hurayra r.a. rivoyati: Rasululloh s.a.v. shunday dedilar: “Kimki Laylat-ul-Qadr kechasining haqligiga ishonib, Allohdan savob umidida ibodat qilsa, o'tgan gunohlarining hammasi kechiriladi”(9).
Hoh erkak, hoh ayol har bir mu'min-musulmon, Qadr kechasini toatda, ya'ni itoat va ibodatda o'tkazgani taqdirda, Rasululloh s.a.v. va'da etgani mukofotga loyiq bo'ladi. Ya'ni, Alloh uning o'tgan gunohlarini kechirib, o'zini esa mag'firat etilgan bandalari safiga kiritadi. Bu savobga noil bo'lish va bu mukofotni haq eta olish uchun, ihyo etilgan kechaning Qadr kechasi ekanligida biror shubha bo'lmasligi lozim. Bu shubhani ketkazmoq uchun esa, Ramazon oyi hilolini Rasululloh s.a.v.ning ta'yin etgani o'lchovga muvofiq tasbit etish kerakdir. Ramazon hilolining to'g'ri tasbit etilishi bilan boshlangan Ro'za oyida, yana Rasululloh s.a.v.ning ta'yin etgani o'lchovga muvofiq tarzda Qadr kechasi tasbit etilishi kerak.

Bu mavzuda Alloma Ibn Hajar al-Asqaloniy “Fathul-Boriy” asarida shunday deydi: “Qadr kechasini ihyo etish bilan Ramazonni ihyo etish orasida bog'liqlik ochiq-oydindir. Chunki Qadr kechasini izlamoq alohida bir ahamiyat va butun bir mujohadani talab etadi. Shu bilan birga kishi Qadr kechasini topsin yo topolmasin, baribir Qadr kechasini izlagani uchun ajr-savobini olaveradi. Mabodo, Qadr kechasini topsa, ajri yana-da ko'proq bo'ladi”(10).
Sahihi-Muslim sharhida bu mavzuda shular bayon etilgandir: “Qadr kechasi haqidagi ajr-savobga erishmoq uchun ulamolardan ba'zilariga ko'ra, butun kechani ibodat-la ihyo etish shart emas. Xuftonning farzini o'qishning o'ziyoq bu kecha uchun va'da etilgan ajr-savobiga erishmoqqa kifoyadir. Faqat zohirga qaralsa, bu kechaning ajr-savobiga erisha olmoq uchun, kechaning tamomini toat-ibodat bilan o'tkazmoq shart bo'ladi. Bu kunning birgina qismida yoki ko'proq qismida ro'za tutish bilan kishi ro'za tutgan sanalmagani kabi, Qadr kechasining bir qismida ibodat qilish bilan birga, u kecha ihyo etilgan sanalmaydi.
Bu hadislarning zohiriga qaralsa, mazkur ibodat sababli, o'tgan gunohlarning barchasi, ham kabira, ham sag'iralari avf etiladi. Alloh taoloning fazlu-karami cheksizdir. Shunga qaramay, har ikki tur gunohlarning kechirilishi mumkin bo'lsa-da, bu kabi hadislar xususida ulamoi kiromlarning mashhur bo'lgan mazhabi – faqat kichik gunohlar qasd etilganidir”(11).

Muborak Qadr kechasining to'g'ri-sahih tasbiti Ramazonning ilk kuni hilolini ko'rish bilan ro'yobga chiqadi. Agar Ramazon “ru'yatul-hilol”ga ko'ra tasbit etilmasdan, xato ehtimoli buyuk bo'lgan bugungi taqvim yo hisobchilarning hisobiga ko'ra e'lon etiladigan bo'lsa, Rasululloh s.a.v.ning bergani o'lchovdan chekinish va zalolat bo'ladi. Shunday qilib, Ramazon ro'zasi yanglish boshlangan va ming oydan yaxshiroq bo'lgan Qadr kechasi tasbit etilmagan, va va'da etilgan ajru-savoblarga erisholmagan bo'ladi. Qadr kechasining tasbit etmoq, Ramazon oyini Rasululloh s.a.v.ning bayon etgani “Ramazon hiloli”ni ko'rish bilan boshlansagina sahih bir tasbit yuzaga keladi…

Uboda ibn Somit r.a.dan rivoyat qilingan hadisda shunday deyiladi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam Laylatul-Qadr qaysi kuni bo'lishini xabar qilmoq uchun chiqdilar. Yo'lda ikki musulmonning janjallashayotganini ko'rib, o'sha kun yodlaridan chiqib qoldi. Janob Rasululloh sahobalarga: “Men sizlarga Laylat ul-Qadr bo'ladigan kunni xabar qilmoqchi bo'lib chiqqan edim, biroq yo'lda falonchi bilan falonchining janjallashayotganini ko'rib, yodimdan ko'tarilib ketdi, Qadr Kechasini Ramazonning yigirma to'qqiz yoki yigirma etti yoki yigirma beshinchi kunlarida kutingiz!” dedilar”(12).
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Laylatul-Qadrni Ramazonning oxirgi o'n kunligida, ro'zaning to'qqiz kuni qolganda yoki etti kuni qolganda yohud besh kuni qolganda kutingiz!» der edilar», deydilar(13).
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Laylat ul-Qadrni Ramazonning oxirgi o'n kunligining toq kunlari kutingiz, deb aytdilar», deydilar(14).

Muoviya ibn Abu Sufyon r.a.dan: Rasululloh s.a.v. shunday dedilar: “Qadr kechasi yigirma ettinchi kechadir”(15)
Zirr ibn Hubaysh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Ubay ibn Ka'bga dedim: «Birodaring Ibn Mas'ud, kim yilni bedor o'tkazsa, Laylatul Qadrni topadi», deydi».
«Unga Alloh rahm qilsin. Odamlar suyanib qolmasin demoqchi bo'lgandir. Aslida u batahqiq u(kecha)ning Ramazonda ekanini, oxirgi o'n kunlikda ekanini va yigirma ettinchi kechada ekanini bilgan», dedi.
So'ngra, inshaalloh, demasdan qasam ichib, u yigirma ettinchi kecha ekanini aytdi.
«Buni nimaga asoslanib aytmoqdasan, ey Abu Munzir?» dedim.
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga xabar bergan alomat asosida, o'sha kuni quyosh yog'du sochmay chiqadi», dedi». (16)

Alloma ibn Hojar al-Asqaloniy Qadr kechasining vaqti haqidagi qarashlarni naql etarkan, shunday deydi: “Qadr kechasining vaqti haqida yigirma birinchi ko'rish, bu kechaning yigirma ettinchi kecha ekanidir. Bu – Ahmad ibn Hanbalning va (u kishidan rivoyat etilganiga ko'ra) Abu Hanifaning ko'rishidir. Ubay ibn Ka'b bu ko'rishni qat'iyan qabul qilib, Sahihi Muslimda kelishicha, bu haqda qasam ham ichganlar”.
Abu Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Rasululloh s.a.v. huzurlarida Qadr kechasini zikr qildik. Shunda u zot: “Qaysi biringiz oy chiqqanini eslaydi? O'shanda u likopchaning yarmidek edi”, dedilar.”(17)
Abul-Hasan al-Farisiy esa buning yigirma ettinchi kecha ekanini aytgan. Chunki oy yigirma ettinchi kechada bu shaklni oladi.

Ibn-al-Munzir: “Qadr kechasini izlagan kishi yigirma ettinchi kecha izlasin” degan.
Shofeiylardan “Al-Hilya” nomli asar muallifi buni ulamolarning ko'pchiligidan naql etgandir. Yigirma beshinchi ko'rish: Qadr kechasini so'nggi 10 kunning toq kechalarida ekaninidir. Oisha r.a. va boshqa sahobalarning rivoyatlari ham buni ko'rsatmoqda. Bu eng ko'p tanlangan ko'rishdir. Abu Savr, Muzariy, Ibn Huzayma va boshqa mazhablar olimlardan bir qismi bu ko'rishni qabul etgan. Naql etganimiz bu ko'rishlarning barchasi 23-kechadan keyingi toq kechalarga to'g'ri keladi. Bu ko'rishlar, Qadr kechasining bu kechalarda ekanini bildirgani kabi, Qadr kechasini bu kunlarga to'g'ri kelishida ham ittifoq qilgandir.

Ibn Arabiy: “To'g'risi, bu kechaning qaysi kechada ekani noma'lumdir” degan. Bunga raddiya sifatida Imom Navaviy shunday deganlar: “Hadislar buni bilish mumkin ekanini tasdiqlaydi. Ba'zi solih kishilar bu haqda ma'lumot ham berganlar. Buni inkor etib, qay kechada ekanini bilish mumkin emas, demoq bema'nilikdir”(18).
Insoniyat uchun shohid va vasatan ummat, hayot namunalari Rasululloh s.a.v.ning sunnatida bayon etilgan o'zgarmas o'lchovga ko'ra, “Ramazon Hiloli”ni ko'rib, Ramazon ro'zasini boshlagani taqdirda, Qadr kechasi vaqtini to'g'ri tasbit eta oladi, hamda bir umrga badal bir muazzam kechaning eng buyuk xayrlarga erisha oladi. To'g'ri tasbit-la bu kecha nasib bo'lganida esa, ushbu duo o'qiladi:
“Ummul-mu'minin Oisha r.a.dan: “Agar Qadr kechasini topsam, qanday duo qilishimni menga bildiring” dedim. Rasululloh s.a.v. dedilar: “Allohim, shubhasiz, Sen avf etuvchisan, avf etmoqni sevasan, bas meni avf etgin!” degin”(19).

Turkcha “VUSLAT” nashridan Rayhona Mirabdulvahhob tarjimasi.

http://vuslatdergisi.com/article.php?id=8463051792

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube