Ўзбекистон Халқ Ҳаракати

BBC: Istanbulda O‘XH norozilik chiqishi o‘tkazdi

BBC: Istanbulda O‘XH norozilik chiqishi o‘tkazdi
01 Eylül 2011 - 15:21 'да юкланди ва 4316 марта ўқилди.

Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston Xalq Harakati faollari Karimov tuzumiga qarshi norozilik namoyishiga chiqdilar.

O‘zbekiston Mustaqilligiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil qilingan ushbu yig‘in O‘zbekistonning Istanbuldagi konsulligi qarshisida o‘tdi. Yig‘inda faollar va o‘zbekistonlik muhojirlar bilan bir qatorda Turkiyadagi ayrim inson huquqlari tashkilotlari a‘zolari doxil 50ga yaqin kishi ishtirok etgan.

“Birinchi maqsad – O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabriklash. Va uning orqa tarafida bu mustaqillik biz haqiqiy intilgan mustaqillik emas, ya‘ni, bu so‘zdagi mustaqillik, Karimov e‘lon qilayotgan yutuqlar aslida yo‘qotishlar ekanligiga O‘zbekiston ichidagi xalqni va umuman, matbuot orqali xalqaro hamjamiyatni shunga diqqatini qaratish”, deydi tashkilotchilardan biri Kamoliddin Yo‘ldoshev.

Kamoliddin Yo‘ldoshevga ko‘ra, ikkinchi maqsad “O‘zbekiston hukumatidan qo‘rquvni darajasini pasaytirish” va “O‘zbekiston tashqarisidagi Karimovning qo‘l yetmaydigan hududlarda bo‘lsa ham unga qarshi norozilikni bildirish”dir.

Tashkilotchilar O‘zbekiston konsulligiga bir qator talablarni yetkazishgan.

“Birinchi talab – O‘zbekistondagi barcha to‘siqlarni olib tashlash, din erkinligi, so‘z erkinligi, ayniqsa, vijon erkinligiga qarshi to‘siqlarni olib tashlanishi va diniy – siyosiy mahbuslarni hech qanday shartsiz oqlanishi, ozod etilishi, O‘zbekistondan tashqarida yurgan dinparvar, siyosiy muhojirlarni vatanga qaytishiga sharoitlarni yaratilishi”, deya bildiradi Kamoliddin Yo‘ldoshev.

Ammo, O‘zbekiston konsulligi rasmiylari namoyishchilarning talablariga biron bir munosabat bildirishmagan.

Norozilik chiqishida diniy – siyosiy mahbuslarni hech qanday shartsiz oqlanishi va qiynoqlar to‘xtatilishi ham talab qilingan.

O‘zbekiston Xalq Harakatining tashkil etilganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Tashkilotchilari arab davlatlarida ro‘y bergan inqiloblardan ilhomlanganlarini yashirishmaydi.

Ammo, kuzatuvchilar O‘zbekiston siyosiy sahnasida inqiloblar yuz berishi ehtimoli deyarli yo‘q ekanini aytadilar.

Bugun O‘zbekiston konsulligi qarshisida norozilik namoyishi o‘tkazgan faollar esa, “albatta, birgina namoyish bilan O‘zbekistondagi tuzumni o‘zgartirib bo‘lmasligi”, kurash davom etishini aytishadi.

bbc.co.uk/uzbek/ (audio)

Etiketler :
Хабарга ўз изоҳингизни қолдиринг

Сўнгги хабарлар
Ўхшаш хабарлар
istanbul escort