O’zbekiston Xalq Harakati

Qashshoqlik – zulm!

Qashshoqlik – zulm!
31 Ağustos 2013 - 14:52 'da yuklandi va 2017 marta o'qildi.

2287   O'zingizga ma'lumki, bizning tahririyatimizga O'zbekistonning turli burchaklaridan turli mavzudagi matublar tez-tez kelib turadi. Ularning barchasida turfa xil dardlar, o'zbekning muammolari aks etgan. Ana shunday maktublardan birini e'tiboringizga havola etdik. O'qing, mulohaza qiling va fikrlaringizni  bizning saytga yuboring.

Qashshoqlik deb, inson huquqlaridan mahrum bo'lgan va mehnat faoliyatisiz, zaruriy tibbiy yordamsiz, oziq-ovqat va xizmat ko'rsatish bilan etarli ta'minlanmagan  aholi qatlamining ijtimoiy ahvoliga aytiladi.

Qashshoqlik  bir shaxsni  yoki oilani, o'z qarindosh urug'lari bilan ham o'zaro bordi keldi qilish imkoniyatini  kamaytiradi.

Inson  qashshoqlikka ko'p hollarda  o'zi sababchi bo'ladi. Xalq, jamiyat idealogiyasi va hukmdorlarning  aybi bilan ham qashshoqlashadi.Qashshoqlik, odamning fikrlash doirasini toraytiradi va faqat moddiy ehtiyojni o'ylashga majbur qiladi. O'zbekiston ishlab chiqarish korxonalarida, ma'muriy va moliyaviy intimzomlarning nihoyatda pastligi natijasida  ishchi o'rinlari  doimiy ravishda  qisqartirilayapti.Ba'zi kerakli  kadrlar ham  ko'chada qolib ketyapti va qashshoqlar safini to'ldiryapti.

Qashshoqlikning asosiy  sabablaridan biri, mamlakatda katta miqdorda  ishchi o'rinlarning etishmasligidandir. Ishchi o'rinlarni barpo qilish  hukumat zimmasidagi vazifa hisoblanadi. Hukumat, mamlakatdagi mehnat rezervlarini va moddiy resurslarini hisoblab, xalqning iste'mol mollariga bo'lgan talabidan kelib chiqib  ishchi o'rinlarini barpo qilishi shart.   Bu muammo echimida  mamlakatning intellektual salohiyati muhim rol' o'ynaydi. Dunyo texnologiya bozori bilan qilinadigan hamkorlik  zamonaviy texnologik tizimlarning ko'plab va jadal ishga tushishini ta'minlaydi.

Xalqimizning tinkasini quritayotgan  yana bir muammo, bu iste'mol mollarining,  kommunal va transport  to'lov tariflarining nihoyatda balandligidir. Joriy hukumat  shu yo'l bilan davlat  g'aznasida hosil bo'ladigan  to'lovlar balansini to'ldirish maqsadida  xalqning cho'ntagidan, uning real mablag'ini  tortib olyapti. Natija- qashshoqlik.

Inflyatsiya, ya'ni  pulning qadrsizlanishi  iqtisodimizda boshqarib  bo'lmaydigan moliyaviy jarayonga aylangan. Yil davomida  mamlakatda  ishlab chiqarilgan mahsulotlarning  ma'lum bir vaqti belgilangan. Vaqt mobaynida  mahsulot tugallanmaydi. Tugallanmagan mahsulotni tugatish   uchun kerakli miqdorda  yangi qog'oz pul ishlab chiqariladi. Pul qadrsizlanadi. Mahsulot qimmatlashadi.  Bu esa xalqqa navbatdagi qashshoqlikni olib keladi.

Bizning mamlakatimizda sodir bo'layotgan hisobsiz pul inflyatsiyasi, mamlakat bank tizimidagi moliyaviy intizomga rioya qilmaslik va o'g'irlik oqibatidir. Mamlakatda  ishlab chiqarish korxonalarining  etarli emasligi tufayli   ular keltirgan  inflyatsiya miqdori  pul qadrsizlanishiga  faol ta'sir ko'rsatadi.

Karimov rejimi davomida  uy-joy qurilishi hajmi  hech qachon xalq ehtiyoji talabini qanoatlantirmagan. Ommabop, arzon uylar qurilmayapti. Qurilayotgan uylar juda qimmat narxda bozorga qo'yilgan. Shaharlarda qurilayotgan turar joylarning narxi(150-300) ming dollar bilan baholanadi. Qishloq joyda qurilgan turar joylarning o'rtacha bahosi (75-100)ming dollar atrofida. Yuqori malakali ishchi  o'ziga 150 ming dollarlik turar joy sotib olishi uchun,oyiga 150 dollardan ishlaganda, taxminan  ming oydan ko'proq, ya'ni 85-100 yil ishlashi kerak ekan. Yuqori malakali ishchining ish haqi (150-200) dollardir.  Endi savol: bu imoratlar nima uchun va kim uchun qurilgan?

Bir necha misollar bilan Karimov rejimining mohiyatini tushunib olganday bo'ldik. Ya'ni, diktator  rejimining boshqaruv usuli  zulm bilan xalqning jilovini ushlashdan iboratdir. Shuning uchun  mamlakat boshqaruv tizimida o'zboshimcha moliyaviy va iqtisodiy amallarning o'ta ko'pligi natijasida  xalq azob chekyapti.

Karimovning, mamlakatni uquvsiz boshqarayotganligi tufayli, siyosatda va iqtisodda katta chalkashliklarga yo'l qo'yilyapti. O'z navbatida hukumat a'zolarining qonunga rioya qilmasligi va savodsizligi tufayli  bo'layotgan  noxaqliklardan ham xalq zulm chekyapti.

Karimov mamlakat ichki bozoriga ko'p miqdorda xorij valyutasini  kiritayotgan mardikorlarni “dangasalar” deb masxara qildi. Vaholanki,  prezident  tengsizlik va xorlik zulmini nima ekanini o'z qalblarida sinovdan  o'tkazayotgan mardikorlarning  tarafida turib, ularning himoyasi bilan shug'ullanishi lozim edi.

Hokimiyat tomonidan ochiqchasiga yo'l qo'yilgan, er oldi sotdi qonunlari  xalq boshiga tushgan eng og'ir zulmlardan biridir. Puli yo'q odam  uy joy u yoqda tursin, imorat qurish uchun er ham,  loy ham ololmaydi.Chunki, loy ham pul turadi.

Rejim tufayli  xalq kambag'allashgan. Hukumat qonun qoidalari  shaxsning  tashabbusini qo'llab quvvatlashga emas, xalqni hamisha nochor holda ushlab turish uchun mo'ljallangan. O'zbekistonda hatto, bir burda non uchungina ishlayotganlar ham  bor.

O'zbek  tinib tinchimaydigan xalq. U  nochor ahvolga tushib qolsa, vaziyatni to'g'rilash uchun qattiq harakat qiladi. Bugungi kunda millatdoshlarimiz  uchun, pulsizlikdan chiqishning eng yaxshi usuli, mardikorga ketish bo'lib qoldi.

Xalqimizning mardikorga ketishini kamaytirishning birdan bir yo'li, bu mikrokreditlar berish amallarini soddalashtirishdir. Mikrokredit, tirikchilik masalalarini madaniyatli va unumli echadi.

Bankdan oddiy molboqar  kredit ololmaydi. Chunki  kredit banklardan  olinadi. Oddiy cho'ponning bunday amallar uchun puli yo'q. Puldor odam puli evaziga, bankdan katta kredit olishi mumkin. Chunki u ulgurji savdodan bir zumda foydalanib, olgan kreditini o'rniga qo'yishi mumkin. Bu epizodda, faqat bank egasi va katta savdogar foyda ko'ryapti.

Mamlakatimizdagi zulm tafsilotlarini yozib ado qilish mumkin emas. Xalqimiz zolimlar kim ekanini allaqachon tushungan. Zulmga qarshi kurash, bu Karimov rejimiga qarshi kurashmoq demakdir. Bu rejim qulasa va o'rniga adolatparvar inson kelsagina bugungi zulm barham topadi.

Adolatparvar insonlar deb kimlarga aytamiz?  Bugungi hukumat ishlariga aralashmay,uni ochiqchasiga tanqid qilib,  jamiyatning xolis boshqara oladigan va oilasini halol daromad bilan boqayotgan, mavjud  rejim  bilan astoydil kurashni hech qachon  to'xtatmagan, e'tiqodli va mard insonga aytiladi.

Shunday insonlardan biri  mamlakatimizga  prezident bo'lishi kerak. O'zbekistonimizda shunday  voqea ro'y bersa, unda mamlakatimiz adolatli jamiyat qurish yo'liga o'tgan bo'ladi.

Haq Subhanahu va Taolo  xolis niyatlarimizni ro'yobga chiqarsin. Amin.

                Nuraddin  Jumaniyoz

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Murod ;

    Omin.

    31/08/2013 16:03
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube