O’zbekiston Xalq Harakati

Xorijdagi o'zbek ayoli, holing nechuk?

Xorijdagi o'zbek ayoli, holing nechuk?
03 Eylül 2013 - 9:42 'da yuklandi va 3979 marta o'qildi.

157919646O'tgan hafta oxirida Turkiyada yana bir o'zbek ayoli bu mamlakat fuqarosining shar'iy nikohiga kirdi.

Mavlono Rumiy umrguzaronlik qilgan Ko'nyo shahrida hech bir dabdabasiz tashkil toptirilgan yangi oilaning Turkiya qonunlari dorasida rasmiy qaydga olinishi uchun hujjatlar tegishli idoraga topshirildi.

Namanganlik Sohibaxon (ism o'zgartirilgan – tahr.,) o'tgan yilning kuzida Istanbulga kelganini aytadi:

Uch nafar farzandim bor. To'ng'ichim balog'at yoshida. Bolalarning otasi bilan ko'p janjal bo'lavergandan keyin, bundan o'n yil avval ajrashganmiz. ZAGSimiz qirqilgan edi. Shunga qaramay, u odam hadeb ota-onamning uyiga ichib kelib rashkidan meni do'pposlaverganidan keyin jonimni qutqarish uchun bu yoqqa (Istanbul shahriga, demoqchi – tahr) qochdim. So'nggi paytlar rashkdan pichoq o'qtab zo'rlik qiladigan bo'lib qolgan edi, – deydi Sohibaxon.

Ayol bir qancha vaqt Istanbulda yashab, xususiy shirkatlarda ishlab  turganini va 2013 yil boshida BMTning Qochqinlar bilan ishlash Anqaradagi idorasiga murojaat qilganini aytdi:

U erda yozgan arizamda erim tomonidan jonimga tahdid borligi uchun O'zbekistonni tashlab chiqqanimni bildirganman. Oradan etti oy o'tib mening muammoim shaxsiy bo'lgani uchun ishim ijobiy yakun topmadi. Takroran murojaat qilib vaqtni boy berish o'rniga shu erda birovi bilan nikohdan o'tib, O'zbekistonga deport bo'lishdan qutilib qolganim ma'qul, deb bildim. Bu odam mendan 25 yosh katta. Avvalgi turmushi qazo qilgan, uylangan o'g'li bilan bir hovlida yashayapmiz, deydi namanganlik 40 yoshli Sohibaxon.

U ikkinchi turmushidan mamnun emasligini va  shartli ravishda Turkiya fuqarosi bilan nikohga rozi bo'lganini yashirmaydi:

Namanganda onamning qo'lida qolgan farzandlarimning kelajagini o'ylab ham shunaqa sharoitga rozi bo'ldim. Boshqa choram qolmagan edi. O'zbekistonda bolalarni oliy ma'lumotli qilish, bir erga ishga joylash tobora ushalmas orzuga aylanib borayapti. Turkiyada xorijlik fuqarolar uchun ta'lim sohasida ko'pgina imtiyozlar berilgan. Bu erda til bilsang ish har qadamda. ZAGSdan o'tib olay keyin bolalarimni chaqirtiraman, ishga kiraman, xullas odamlardek hayot boshlayman, deydi Sohibaxon kelajakdagi rejalari bilan o'rtoqlashib.

Sizning nikoh to'yingiz O'zbekiston Mustaqilligining 22 yillik to'yiga to'g'ri keldi. Suhbatlarda ko'pchilik o'zbekistonliklar mustaqil davlatni ko'p yillar orzu qilgani aytiladi…

To'g'ri, mustaqil davlatimiz bo'lishini biz ham orzu qilganmiz, lekin mening xayolimda boshqacha mustaqil davlat bo'lgan, bugungidaqa emas. Undan o'sha sovet davrida yashaganimiz ancha yaxshi edi. Aslida mening oilam buzilib, bolalarim tirik etim bo'lishiga mustaqil davlatni o'z foydasiga boshqarayotgan kattalarimiz sabab, deb bilaman. Nega desangiz, oiladagi janjalga aslida etishmovchilik turtki bo'ladi. U davrda o'nta bolang bo'lsayam boqarding. Hozir faqat yurtboshi va uning atrofidagilar rohatda, biz oddiy o'zbekistonliklar xorlikdamiz. Kimni so'ramang xorijda ishlab o'sha erda yashayapti, erga tegayapti… hunari yo'qlar – endi hamma ham emas, lekin men Istanbulda ko'p uchratdim – fohishalik qilayapti. Sovet davrida xorijga borib fohisha bo'lgan o'zbek ayolini eshitganmisiz?, deya savol tashlaydi Sohiba.

U o'zining bunday jirkanch ishdan ko'ra, shartli bo'lsa ham shar'iy nikoh bilan yashayotgani ayb emasligini va shu jihatdan vijdonan qiynalmasligini bir necha marta takrorlaydi.

Allohga shukr, unaqa yo'llarga kirmadik… erta bir kun vatanimiz obod bo'lsa, Alloh fazli bilan bir insofli odam prezident bo'lsa, yurtimizga qaytib borsak vijdonimiz qiynalmaydi. Lekin bugun bizni shu kuyga solgan, yana ustimizdan “dangasalar”, deb kulgan Karimovni har oqshom to'shakda unsiz yig'lab la'natlayman. Ish erlar bo'lganida, bolalarimiz o'qishga porasiz kira olganida, oilamiz tinch bo'lganida biz shu erlarda mana shunaqa sarson bo'lib yurarmidik?, – deydi ko'z yoshlarini kaftlari bilan artib suhbatdoshimiz.

Dunyo bo'lab, jumladan Turkiyada, yana qancha o'zbekistonlik qiz-juvon notavonlik iskanjasida qolgan Sohibaxon singari o'zga millat fuqarosi bilan shartli sha'riy nikohdan o'tgani borasida aniq ma'lumot yo'q. Ammo Turkiyaning Istanbul shahriga kelsangiz, bir jihati bilan xuddi O'zbekistonga tushib qolgandek his qilasiz o'zingizni. Bu shaharda o'zbekistonlik ayollarni tez-tez uchratish mumkin.

Taqdir taqozosi bilan bir kun o'zbekistonlik ayollarning mehmoni bo'ldik. Ikki xonadan iborat ijara uyda o'n bitta ayol va bir yigit yashayotgan ekan. Ular turli kasb egasi, oralarida oliy ma'lumotli vrachlar ham bor. O'zbek ayollari yashayotgan uy sanitariya-gigienik holati juda achinarli edi.

Asli toshkentlikman, Toshkent shahridagi markaziy kasalxonada 15 yil ishladim. Qudam hukumat odami edi. Ishida nimadir bo'lib qamalib ketganidan keyin davlat idoralarida ishlagan yaqinlarining hammasi ishdan haydaldi, men ham shularning biriman. O'tgan yili qizim Toshkentdagi tibbiyot kollejiga ikki ming dollar bilan kirdi, qarzdor bo'lib qoldik. O'sha qarzimdan qutilish uchun mana shu erdaman. Shaxsiy korxonada ishlayman, oyiga 500 dollar olaman. Shu pulni Toshkentda topganimda bu erlarni elkamning chuquri ko'rsin edi. Istanbul men uchun emas, yurtdosh qizlarimizning pul uchun har qanday pastlikka borayotganlari ezib yuboradi meni, degan edi o'zbek muhojir ayollaridan biri Mavluda.

Turkiyaning Bursa shahridagi o'ziga to'q oilalardan birining bolasiga enagalik qilayotgan andijonlik Zuhra ismli ayol bugun dunyoning musulmon o'lkalarida nikoh bilan oila qurayotgan o'zbek ayollarini dastaklashini aytadi.

Men bunday ayollarimizni qoralamayman, aksincha fohishalik qilish yoki g'ayridinga turmushga chiqqandan ko'ra, o'zidan katta yoshda bo'lsayam mo'min-musulmon erkakning nikohiga kirgani ma'qul. Bu o'sha ayolning taqdiridagi bitik-da endi, nima qilsin… Hozir o'zbek ayollari turli millat vakili bilan turmush qurayapti, ko'pi zarurat ortidan. Hukumat tepasidagilar, prezidentimiz shu ishdan or qilmagandan keyin, “ey o'zbek ayoli, holing nechuk?”, demagandan keyin bechora ayollar nima qilsin? Ish yo'q, bola boqish kerak, o'qitib hayotga tayyorlash kerak. Men shunaqa ayollardan bittasini bilaman, uch yil oldin G'oziyantepda bittasiga tegdi. Turkiyalik erkak ayolning bolalariga qarashib, mana o'qishlariga yordam berib, bir yaxshi yashayapti, buning nimasi yomon? deydi Zuhra aya.

Zulfiya

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Sultan. Sulayman ;

    Xozirda dunyoning kupgina davlatlari kushni Kozoxiston, Rossiya, Xindiston, Dubay va kupgina davlatlarda uzbek ayollarini foxishalikni ochikchasiga kasb kilib olganlarini kurish mumkin. Uzbekistondan erlari yillab Rossiya va boshka davlatlarga ish izlab ketgan ayollarning xam erlariga xiyonat kilib yurganlarini kurish mumkin. Zino eng katta xorlik va zulmdir. Rossiyada ochikchasiga Uzbek foxishaxonalari ochilib faoliyat olib bormokda. Bu ayollarga xaridor topib berayotgan xam uzbek erkaklarining uzidir. Men bir makola ukigan edim. Makolaning nomi “Yigit nega yiglaydi”deb nomlanadi. Makolaning mazmunida, yigit ayollardan kuprok yiglashi aytiladi. Men uni uzini nomusli deb keriladigan uzbek erkaklari xolatiga solishtirib kurdim. Afsus. Men birorta uzbek erkagini uz ayollari sha'nini uylab kayguga tushganini xech kurmadim xali. Rossiyaning birorta joyida uzbek ayollarining sha'nini saklash yoki ularga tugrilik bilan birorta amaliy yordam berish tashabbusi bilan chikkan shaxsni xam bilmayman. Bularni yozayapmanu uzimga uzim aytaman. Ey nodon Imom Buxoriyning yurtiga bir kara nimalar bulayapdi. U erning diniy olimu ulamolari ayollarni be'malol ochik liboslarda yurishiga fatvo berib uz boshliklaridan mukofotlar olishayapdi, sen bulsa Rossiyada yurgan uzbek ayollari xakida bong urasan. Yanayam Zuxra opani yozganlariga koyil kolish mumkin. Musulmon erkak bilan nikoxdan utib yashash turgi va insoniy ish deb tushunib etibdi. Uning bu ishini ancha muncha uzini uzbek ayoliman deb kerilib yurgan korakuz opalarimizga urnak kilib kursatish xam mumkindir. Lekin nochorlikdan deymizmi yoki adashganlikdan deymizmi, uz tanasini sotib kun kurayotgan ayollarimiz uchun kim javobgar? Biz kim edigu, kim buldik deydiga prezidentmi yoki Soxta din arboblarimi? Balkim uzini bekman deb yurgan uzbek erkaklaridir. Xech kachon biz mustakil davlatmiz, bizning kelajagimiz buyuk deb kerilmaylik. Biz aslida tagini zax bosib sekin emiriliyotgan bir millatmiz. Biz bu uyni uz vaktida buzib boshkatdan kurmasak u ertaga uzimizning ustimizga kulashi anik.

    03/09/2013 15:08
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube