O’zbekiston Xalq Harakati

Tahayyul

Tahayyul
04 Eylül 2013 - 11:21 'da yuklandi va 1600 marta o'qildi.

Sh.Bobojon

(Rassom  va jurnalist Shuhrat Bobojonning  tug'ilganiga  50 yil to'lishi munosabati bilan)

Shuhrat Bobojon juda zakiy jurnalist. Balki jurnalistlik sifatidan uning zakiyligi og'irroq bosar.  Ha, u shubhasiz oddiy jurnalistlikdan kattaroq sifatga sohib.  Bu sifatning ismini topsam aytaman bir kun.

Shuhrat Bobojonning rassomligi alohida mavzu, uning jiddiy va aqlli maqolalari haqda ham boshqalar aytsin.

Men uning jamoatchlik qarshisida muntazam ko'rsatib kelayotgan kichik, ammo effektiv aktsiyalari haqda qisqa gapirmoqchiman.

Uning feysbukda “shunchaki” qo'yayotgan rasmlari va bu rasmlarga qisqa izohlari doim bir kontseptual mag'iz tashiydi.

Bu kichik chizgilarda, deylik, bir kishi, bir shaxs, ba'zan xatto bir jamoaning u yoki bu vaziyatda ko'rsatgan va yoki ko'rsataolmagan ijtimoiy jasoratini va yoki ikkiyuzliligini ifsho qiladi.

Yaqinda bir rasm, uning yoniga Abdulla Oripovning shu she'rini ilova qildi feysbukka:

“Biz ham yuksaklarga tikkandik ko'zni,

Bizda ham bor edi matonat, bardosh.

Arslon chorlagandi qoshiga bizni,

Lekin qumursqalar bo'ldi safardosh.

Jami tiriklikka tanish shu xatar,

Qumursqa yaralgan yoppa talarga.

Do'stim, alam qilar, arslon bexabar,

Em bo'lib ketsak shu qumursqalarga”.

Rasm O'zbekistondagi rejim muxoliflarining chet elda o'tkazgan majlisidan bir sahna-fragment: tanaffusda qo'lini cho'ntagiga tiqib, u yoq-buyoqqa yurayotgan insonlarning tasviri xolos.

Ammo Abdulla Oripovni ham, muxoliflarni ham taniydigan bittasi uchun, masalan, kamina uchun Shuhratning bu mini-aktsiyasi tahayyul chegaralarini kengaytiradigan bir omil.

Tahayyulimizni she'rda yuritib ko'raylik. Bu she'r muhtamalan Turg'unlik yillarida yozilgan. Shu ikki misra juda go'zal!

“Biz ham yuksaklarga tikkandik ko'zni,

Bizda ham bor edi matonat, bardosh”.

Biz kabi Sovet davrida  voyaga etgan o'quvchining ko'z oldiga Rus Dekabristlarining shukuhli tarixini  keltiradi.

Bir qutlug' g'oya uchun o'limga hozir bir avlod chizadi tahayulimiz.

Inson yashagisi keladi, qisqasi.

Ammo she'rning uchinchi misrasidagi “Arslon chorlovi” va unga labbay deb javob bergan “safardosh qumursqalar” bizni yaqindagina hayajonlantirgan motivni darhol zaiflatadi. Ikkinchi to'rtlik esa bu ko'tarinkilik ruhini chil-parchin qiladi.

Boshlanayotgan ijtimoiy doston Arslon (yoki Podshox) huzuriga borib, bir-biri bilan sarpo  “talashgan” tamagir qumursqalarning zarbulmasaliga aylanadi.

Bu tipik Abdulla Oripov she'riyati.

Aslida, shoir yaxshi niyatli shaxs va, xar bir shoirda bo'lgani kabi, uning ham asl qaxramoni –  Yaxshilik va Yomonlik.

Ammo uning deyarli butun she'rlarida yomonlikning manbai totalitar yoki dikator rejimlar emas, balki bu rejimlardan mukofot olaman deb  mamlakatning Buyuk Shoirining oyog'idan chalgan hasadguy “qumursqalar” bo'lib chiqadi.

Bu “qumursqalar”  ro'yxati o'tgan asrning 60 yillarida adabiyot saxnasiga chiqqan Erkin Vohid bilan boshlanib, 21 asrda paydo bo'lgan eng yosh shoirgacha davom etadi.

She'r fabulasi, undagi konflikt, ziddiyat va echim ko'pincha shu qumursqalar (ba'zan  itlar) obraziga quriladi.

Oripov faqat she'rlarida emas, kundalik hayotida ham “aktiv grajdanlik pozitsiyasi”da turgan va yaqin tariximizning ja'mi  chorraxalarida  “safdosh qumursqalarga”  zarba berib, rejim qarshisida tartibga chaqirgan.

Shu ma'noda, A.Oripov she'riyati orzu  qilingan ijtimoiy yukaklikka chiqolmasdan, maishiy saviyada qolib ketdi.  Uning 60- yillardan keyin yozilgan she'rlarini to'plasa, ularning ijtimoiy vazni  shoirning ilk kitobidagi “Tilla baliqcha”  she'ridan og'ir emas.

Shuhrat Bobojonning topog'onligi shundaki, bu she'rning fosh kiluvchi kuchi faqat muallifning o'ziga emas,  she'rga ilova qilingan rasm personajlariga ham ishora qiladi.

Muxoliflarning ilk majlisida xuddi A.Oripovning she'ridagi kabi  “biz ham yuksaklarga tikkandik ko'zni, bizda ham bor edi matonat, bardosh”.

Hatto ba'zilarimiz “8 oydan so'ngra Vatanga qaytamiz”, deb  hayqirgandik u shukuhli damlarda.

Ammo “bu matonat,bu bardosh” uzoqqa bormadi.

MXX odamlarini Dyusseldorfga yubordi va ish yana “qumursqalar”ga borib taqaldi…

Shuhrat Bobojon qo'ygan rasm va she'rning matnosti mazmuni kaminaning  tahayyulida shulardan iborat edi.

 Muhammad  Solih

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Guzal bir maqola bulibdi.
    Istardikki, shunday taxliliy maqolalar M.Solix imzosi bilan tez-tez nashr qilinib tursa.

    04/09/2013 15:57
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube