O’zbekiston Xalq Harakati

“Paxtakor”da chiroq o'chdi…

“Paxtakor”da chiroq o'chdi…
11 Eylül 2013 - 12:56 'da yuklandi va 1859 marta o'qildi.
press-loja

“Bu odamlar kimlar? Nega jurnalistlarning joyini egallab o'tirishibdi?”

Chiroq o'chishi O'zbekistonning chekka joylaridagi qandaydir “Paxtakor” jamoa xo'jaligi yoki fermerlar uyushmasida emas, mamlakat poytaxti Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida ro'y berdi. Ro'y berganda ham milliy chempionat yoki Osiyo chempionlari ligasi o'yinlarida emas, Jahon chempionatiga chiqish uchun o'tkazilgan pley-off o'yinida ro'y berdi. O'zbekiston-Iordaniya uchrashuviga tayyorgarlik ko'rgan stadion rahbariyati va elektriklari O'zbekistonni butun olamga “chiroq voqeasi” bilan “ko'z-ko'z” qilishdi.

“Stadioninggayam, stadioningning direktorigayam!..”

Bu gaplar meniki emas, rahmatli Hojiboy Tojiboevniki. Agar u kishi 10 sentyabr' kuni “Paxtakor”da sodir bo'lgan “chiroq voqeasi”ga guvoh bo'lganida, menimcha, o'sha gaplarini yana takrorlagan bo'lardi.

Kechagi o'yin payti “Paxtakor” stadioni matbuot lojasidagi jurnalistlar o'tirishi kerak bo'lgan o'rindiqlarda notanish, jurnalist bo'lmagan kimsalarning muqim o'tirishlarini, jurnalistlarimizning esa o'yinni tik turib tomosha qilayotganini ko'rib, rahmatli qiziqchining gaplariga o'xshatma qilgim keldi.

“Bu odamlar kimlar? Nega jurnalistlarning joyini egallab o'tirishibdi?” – deb so'raganimda, O'FF matbuot markazi xodimlaridan biri: “Aka, tsss! Bular vahimali idoralarning vakillari. Ular xohlagan joyida o'tirishadi. Ularni na siz, na biz va na Federatsiya rahbariyati bezovta qilolmaydi. Tak chto, tinchgina tik turib ko'ravering o'yinni” – deb menga o'zbekona va “oqilona” maslahat berdi.

Gap qaysi idora vakillari haqida ketayotganini fahmlaganday bo'ldim. Shu notanish kimsalarning xalqaro o'yinlarda har safar paydo bo'lishi va aynan jurnalistlarning orasida o'tirib futbol ko'rishi qaysi maqsadlarga xizmat qilar ekan-a?! Jurnalistlarning fikrlariga “quloq” tutib, o'z idorasi uchun axborot yig'ish uchunmi yoki jurnalistlarni “yovuz” kuchlardan himoya qilish uchunmi? Yoki mazza qilib, futbol tomosha qilish uchunmi?

Bu savollarga javob topolmaganimdan: “Press-lojanggayam, press-lojangning notanish kimsalarigayam!..” – deb yubordim. Ichimdan, albatta! Men ham o'zbekman-da: millatdoshlarim kabi bor dardimni ichimga yutib, fikrlarimni ham ichimdan aytaman! “Och qornim, zato tinch qulog'im”, – degan o'zbekona milliy tarbiya ko'rganman, axir. Axir, fikrlarimni birov, ayniqsa, “vahimali idoralar”ning vakillari eshitib qolsa, meni vahimali ahvolga solib qo'yishlari mumkin.

Stadionlarimizda xalqaro o'yinlar payti muntazam sodir bo'ladigan bu holat aslida davlat tomonidan yo'lga qo'yilgan “hamma erga burun va quloq tiqish” ishlarining bir ko'rinishidir. Eronga yutqazgandan keyin Abramov bir qo'ng'iroq bilan ishdan olinib, o'rniga zudlik bilan Qosimov tayinlangani – burun tiqish ishlariga misol bo'lsa, press-lojaga “notanish kimsalar”ni joylashtirish – quloq tiqishdan boshqa narsa emas.

O'zi “quloq”lar jurnalistlarning ichida ham tiqilib yotibdi. Lekin “vahimali idoralar” “jurnaquloq”larning “quloqchilik” faoliyatidan qoniqish hosil qilmaydilar yoki ularga ishonmaydilar, shekilli, jurnalistlarning ichiga har safar o'zlarining “shtatniy” xodimlarini ham safarbar qiladilar.

Professional idoralar “quloq”larni hech kimga sezdirmasdan va bildirmasdan tiqishtirishadi, “vahimali idoralar” esa hammaga ko'z-ko'z qilib, jurnalistlar uchun mo'ljallangan o'rindiqlarga joylab, tiqishtirishadi. Bunday vaziyatda “kutilmagan mehmonlar”ning tashrifidan cho'chigan jurnalistlar press-lojada og'izlariga mahkam bo'lib o'tirishadi.

Professionalizm tanqisligi

Ha, bizda professionalizm tobora tanqislashib bormoqda. 10 sentyabr' kuni o'tkazilgan O'zbekiston-Iordaniya o'yinida bu hol har tomonlama namoyon bo'ldi: press-lojaga “notanish kimsalar”ning joylashtirilishi, chiroq o'chib qolishi, futbolchilarimizning yaqin masofalar va qulay vaziyatlardan gol ura olmaganliklari, hatto penal'tini eplab tepmaganliklari va hokazo.

Jasur Hasanov degan o'yinchi qanotdan yugurib borib, raqib jarima maydonida sherigi bo'lsa-bo'lmasa pas oshiraveradi. Ushbu futbolchi darvozaga 5-6 metr masofadan zarba bermaydi, lekin 25-30 metr uzoqlikdan bir tepishda gol urishga harakat qiladi. Unda kalla ishlamaydimi yoki gol urish xohishi yo'qmi? Tushunib bo'lmaydi: xohishi yo'q desang – jon jahdi bilan yuguradi, xohishi bor desang – yaqin masofadan darvozaga tepgisi kelmaydi.

Sanjar Tursunov esa raqib darvozasiga 7-8 metrdan turib, to'pni yuqoriga tepib yubordi. Qiyshiq tepganiga achinmadi ham. Hech narsa bo'lmagandek yugurib ketaverdi.

Temur Kapadze har tomonlama “o'lib” bo'libdi. Terma uchun o'ynagisi kelmayotganini har bir vaziyatda ko'rsatdi: to'plarga yugurmadi, paslarni noaniq oshirdi, ko'zida olov ko'rinmadi.

Server esa burchak to'plarini tepa olmay hammani asabini buzdi. Atigi 450 gramm og'irlikdagi futbol to'pi nimjon Jeparovning oyoqlari uchun naqd 45 kilogramm bo'lib tuyulsa kerak. Aks holda 10 burchak to'pidan kamida 6 tasini futbolchilarning bel qismiga oshirarmidi?! Futbolchi faqat nimjon bo'lganda emas, o'ynagisi kelmasa yoki Jahon chempionatiga chiqishiga ishonmasa ham, to'pni shunday og'ir oshiradi.

Professionalizm tanqisligi xohish va ishonch tanqisligi bilan tutashib ketdi. Termamizning bir guruh futbolchilari Mirjalol Qosimov qo'li ostida o'ynagilari kelmaganini ochiqdan-ochiq namoyon qilishdi. O'ynagilari kelganlarining esa KONMEBOLning beshinchi jamoasini yutishiga ishonchlari yo'q edi.

O'zbekiston-Iordaniya o'yinidan oldingi matbuot anjumaniga tashrif buyurgan Amir Diib degan futbolchi hamkasblarimizdan birining: “Nega oxirgi paytlarda Iordaniya termasining o'yinlari chiqmayapti? Kutilmaganda murabbiy almashgani uchun shunday bo'lyaptimi?” – degan provokatsion savoliga ajoyib javob berdi.

“Professional futbolchi va qolaversa vatanparvar inson sifatida biz murabbiy tanlamaymiz. O'z yurti termasida o'ynaydigan futbolchi bosh murabbiyning sha'nini emas, o'z vatanining sha'nini himoya qiladi”, – dedi iordaniyalik futbolchi. O'zining aniq va haq javobi bilan arab o'yinchisi nafaqat vatnaparvarligini, balki kerakli kitoblarni ko'p o'qishini ko'rsatdi. Amir Diibning bu so'zlari kitob o'qimaydigan, savodsiz va ayrim sabotajchi futbolchilarimiz uchun o'ziga xos javob bo'ldi.

Iordaniyalik futbolchilar o'zlarining tarixiy g'alabalarini qanday nishonlaganlari ham e'tiborga loyiq. Penal'tilar seriyasi tugashi bilanoq ular butun jamoa bo'lib, qiblaga qarab sajda qilishdi va erishilgan g'alaba uchun Yaratganga hamdu-sano aytishdi. Iordaniyaliklarning kuchi shunda emasmi?

Zaiflangan, 5-6 etakchisiz qolgan jamoaning o'yin oxirgacha kurashishi va o'zidan ancha kuchli raqibni engishi har qanday taxsinga sazovordir. Iordaniyaliklar O'zbekiston termasini kuchli ruhiyat va katta shijoat evazigagina yutishdi.

Bizning futbolchilar erishgan g'alabalari uchun Yaratganga sajda qilishganmi hech? Yoki ular, rahmatli Hojiboy Tojiboev aytganidek, yutishsa: “O'zimiz yutdik!”, yutqazishsa esa: “Ob-havoning noqulay kelganligi tufayli…” – deyishadimi? Yoki bunday yutuqlardan keyin ular maqtovlarning barchasini Yaratgan bir chetda qolib, Yaratganning bandalariga aytishadimi?

Latta ruhiyat va shilta shijoat

Mirjalol Qosimov iste'foga chiqishini ma'lum qildi. Abramovdan qolgan futbolchilarni ortiq o'ynata olmasligini tushunib etdi. Qosimovga rahmim kelyapti: o'zi futbolchi sifatida chiqa olmagan Jahon chempionatiga shogirdlarini olib chiqmoqchi edi. Lekin shogirdlari Jahon chempionatiga chiqishni istashmadi. Bechora Qosimov sabotaj qurboni bo'ldi.

Raqiblarga qarshi to'p tepishga kelganda latta ruhiyat namoyish etadigan ayrim futbolchilar murabbiy masalasida lattalik qilishmadi: muntazamlik va qat'iyatlik namoyish qilib, murabbiyga qarshi bor “imkoniyatlari”ni ishga solishdi. Kechagina, ya'ni avvalgi murabbiy qo'l ostida shijoat bilan to'p tepib yurgan futbolchilarning yangi murabbiy qo'l ostida birdan “shijoatsizlanib” qolishlarini yana qanday tushunish mumkin?

Bunday ayirmachi va sabotajchi futbolchilarga terma, termaning ortida turgan Vatan va xalq kerakmaydi. Ularga murabbiy kerak! Vatan, xalq va muxlislar ularni ruhlantirmaydi, ularni faqat murabbiy ruhlantiradi. Ular Yaratganga emas, murabbiyga “sajda” qilishadi.

Klublarida murabbiylaridan tonnalab so'kishlarni eshitadigan va eshitganda ham mulla mingan eshshakday yuradigan yuziqalin futbolchilarimiz termaga kelganda nozik qalbli va ko'ngli gul, or-nomusli va g'ururli insonlarga aylanib, ozgina dakkidan ta'sirlanadigan bo'lib qolishadi. Bunday vaziyatda ular hushmuomala va shirinso'z murabbiylarni istab qolishadi.

Kecha “Paxtakor” stadioniga yig'ilgan bechora muxlislarga, xalqqa achinib ketdim: ularning orzu va umidlari bir zumda sarobga aylandi. Xalqdan faqat Mirjalol Qosimov uzr so'radi. Futbolchilar-chi? Muxlislarga, xalqqa etkazilgan ruhiy azob uchun futbolchilar uzr so'rashdimi? Yo'q, albatta. Ular o'z klublariga xotirjam ravona bo'lishdi.

Termani kimga topshirish kerak?

Bizda futzal termasiga xorijdan malakali murabbiy olib kelish urfga kirgan. Natijalar yomon emas. Lekin futbol bo'yicha milliy termaga xorijdan murabbiy olib kelishga kelganda negadir odatda ko'rinmaydigan milliy g'ururimiz ishga tushib, “Xorijliklarning o'zimizning murabbiylardan ortiq joyi yo'q” – deymiz.

Gap yo'q. Shunday ekan Qosimovning o'rniga o'zimizdan kimni tayinlash mumkin? Menimcha, bugungi vaziyatda termani yana Vadim Abramovga qaytarib bergan yaxshiroq. Iloji boricha zudlik bilan Karlenovichga qaytarib berish kerak. Chunki hozirgi terma a'zolarini o'zimizni murabbiylardan faqat shu inson shijoatlantira va o'ynata oladi. Futbolchilarning qalbiga yo'l topishni biladi, ularni so'kmaydi, urmaydi. Terma a'zolari ham uni qaytishini istashadi.

Shu sababdan termani Vadim Abramovga qaytarib berish eng to'g'ri yo'l bo'ladi. Kecha O'zbekiston-Iordaniya uchrashuvi tugugach muxlislar ham biroz vaqtgacha: “Abramov! Abramov!” – deya hayqirib, oldingi murabbiyni qaytarishni talab qilishdi. O'FF rahbariyati ushbu iltijolarga quloq solsa, bas.

Futbol chirog'i qachon yonadi?

10 sentyabr' kuni “Paxtakor” stadionida o'chgan chiroq, 15-20 daqiqalardan keyin yana yondi. Ammo kechagi o'yindan keyin o'zbek futbolida so'nggan chiroq endi qachon yonadi? Yana to'rt yildan keyinmi? Termamizga nisbatan muxlis va xalq iliqligi qachon qaytadi?

O'FF mana shu masalalar ustida ko'proq bosh qotirishi kerak. Faqat bilet taqsimoti va sotuvi haqida qayg'uravermasdan, termaga etarli sharoitlar yaratib berish, o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilish kabi bevosita vazifalar ustida ham ishlashi kerak.

Aks holda, o'zbek futbolida kecha, 10 sentyabr' kuni, o'chgan chiroq hali beri yonmaydi. Aks holda, o'zbek qishloqlarida chiroq o'chishi muntazam bo'lgani kabi o'zbek futbolidagi chiroqsizlik va qorong'ulik ham doimiylik kasb etadi.

Bobomurod ABDULLA

www.bobomurodabdulla.blogspot.com

Maqola  facebook ijtimoiy tarmog'idan olindi.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube