O’zbekiston Xalq Harakati

Biz kimmiz o'zi?

Biz kimmiz o'zi?
20 Eylül 2013 - 9:10 'da yuklandi va 2038 marta o'qildi.

01 Karimovning qilmishlarini yozgan bilan ado bo'lmaydi. Xalq boshiga tushgan g'am-g'ussasining cheki yo'q. Zulmdan qutilish uchun nima qilish kerak?

Men hayronman, 30 million odam ichida shu to'g'rida o'ylab, biron bir chora ko'rish yo'lini ko'rsatadigan odam yo'qmi. Muxolifat tarkibida professor, akademiklar tiqilib yotibdiku. Qolaversa, o'zini muxolifatchi deb bilmagan, ammo esli-xushli, vijdonli , shu bilan birga qullik azobini tortib yurganlar kammi?

Biz kimmiz o'zi?…

Ha, mana shundan boshlash kerak edi gapni.

Biz kimmiz?

Biz qo'rqoq xalqmiz.

A, labbay?

“Xalqni haqorat qilmang”,demoqchimisiz?

Bu haqorat emas, bu aynan haqiqat!

22 yildan beri bir sharlatanning musiqasiga o'ynab, qolganiga azob chekib, chidab kelayotgan xalq – qo'rqoq xalq bo'-la-di!

Kim qarshi bu fikrga, marhamat qilib, bir qadam oldinga chiqsin.

Men o'z xalqini ayblaydigan, haqorat qiladigan odam emasman.

Gapni ochiq-oydin, dangalini gapirishni yaxshi ko'raman. Agar, u edi, bu edi,deb ish qilinadigan bo'lsa, kerakli natijaga etishish qiyinlashadi. Bitta bizning xalqmas, boshqa xalqlar ham bizning vaziyatda shu holatga tushardi. Xo'sh, bizning holatga nima qilibti?!

Bizning bugungi holatimiz shundayki, bir muttaham, xalqning oshkoralik davridagi eyforik holatidan foydalanib, taxtga chiqib oldi va kuch ishlatar tizimlar, deputatlar, qonun chiqaruvchi tizimlarni laqillatib o'z mavqeini mustahkamlab oldi. Keti o'rnashib olgandan keyin mutlaq hokim bo'ldi-qoldi.

Unga qarshi chiqqan, nafaqat qarshi chiqqan, hatto qarshi chiqishi mumkin bo'lganlarni tamoman ezib tashladi.

Xalq esa hammasidan xabardor, umr esa qisqa. Och qornim – tinch qulog'im printsipiga (to'g'rirog'i printsipsizligiga) o'tib oldi xalq.

Qani endi hurmatli adolatparvarlar, muxolifatchilar, optimistlar bu xalqni demokratik uslubda joyidan qo'zg'otib yoki o'sha muttahamni o'rnidan ko'chirib ko'ringchi, qo'lingizdan kelarmikan?!

Men – “YO'Q”- deb javob beraman. Agar ishonmasangiz, tarixchilardan, psixologlardan, sotsiologlardan so'rab ko'ring.

Qo'rquv ostidagi odamni qaysi yo'l bilan zulmga qarshi kurashga chiqarish, qaysi yo'l bilan ko'chaga olib chiqish, qaysi yo'l bilan o'z haqqini talab qilishga o'rgatish mumkin? Ayniqsa poraxo'rlik, korruptsiya, zulm bolalab yotgan jamiyatda…

Shu joyda ozgina lirik chekinish qilamiz.

Tarixga nazar solsak. Dunyoni larzaga keltirgan Chingizxon, Temurlarga o'xshaganlar qanday qilib bu darajaga etishishdi?Hozirgi paytda bir chimdimgina bo'lgan mo'g'illar o'sha asrda, Chingizxon davrida qancha edi?

Chingizxon armiyasi askarlarining soni kimlarning hisobiga ko'payib ketdi

Janob tarixchilar, nega biz yarim haqiqat bilan yashashimiz kerak?

Chingizxon shunday siyosat tutdiki, natijada unga qarshi kurashadiganlar u tomon o'tib ketishdi.

Sabab? Sabab – inson psixologiyasida. Yuqoridan qancha vaj karson ko'rsatmang, xalq baribir o'zi uchun xavfsizroq, optimal variantni tanlaydi.

Xalq oilalardan iborat, buni hammamiz bilamiz. Inson hayotda oilam, bola-chaqam deb yashashga o'rganib qolgan. Ayniqsa o'zbek xalqi. Oila uchun tinchlik-osoyishtalik juda muhim o'rinda turadi.

Ikkinchi o'rinda moddiy ta'minot, ya'ni eb-ichar, kiyim – kechak, uy-joy, mol-mulk deganlariday. O'sha, Chingizxon davrida ham shunday edi. Himoyasi sust halqning ustiga bostirib kelgan chingizxonchilar yo o'lim yo tobe'lik deganda ko'pchilik tobe'likni tanlagan. Chunki bu tobe'lik ortida ham shaxsiy manfaatlar yotgan. – Sizlar mag'lub halqsizlar. Shuning uchun bizga o'lpon to'lab yashayverasizlar. Ikkinchi variant-agar bizga qo'shilishib boshqa davlatlarga qarshi urushda qatnashsalaring, talonda olingan boylikning bir qismi o'zlaringga qoladi.- Ana sizga siyosat. Albatta kunini zo'rg'a ko'rayotgan odamlar engil daromad yo'lini tanlaydilar. Bu yog'ini tarixdan bilib olinaveradi. Temurchi, u nima qilgan?! Yana o'sha mavzu,-Xalqqa tinchlik kerak. Tinchlikmi? Marhamat! -Men bosib olgan erlarda tinchlik bo'ladi. Daromadmi, marhamat.- Kim menga sodiq bo'lsa badavlat bo'ladi.

Ana shunday qilib uning armiyasi safi kengayib boraverdi, davlatlar tiz cho'kaverdi. To'g'ri, bu jahongirlarga qarshi jon-jahdi bilan kurashganlar ham bo'ldi. Ammo ularning ham siyosati shunga yaqin edi. Narigi tarafdagilar narigi tarafdan kutishar edi bu marhamatlarni. Karimov bekorga Temurni ulug'lab chiqmadi. U Temur tuzuklarini (balki Chingizxon siyosatini ham) juda mukammal egallagan shaxs.

Uning muxoliflaridan ustunlik tarafi shundaki , u o'z manfaatlari yo'lida har qanday razillikdan toymaydi.

Andijon qirg'ini bunga yaqqol misoldir.Uning tashqi siyosatdagi munofiqliklari ikkinchi misoldir. Bu gaplarni kimga aytayapman? Tiz cho'kib turgan, qo'ruvga engilgan xalqqa, bu zulmdan qutilish yo'llarini izlayotgan, zulmga qarshi kurashayotganlarga aytayotibman. Azizlar, siz kim bo'lishingizdan qat'iy nazar, oddiy ishchimi, dehqonmi, ilmiy xodimmi, o'qituvchi, xukumat raxbarimi, muxolifatchimi farqi yo'q. Ko'zingizni oching, qarang qarshingizda kim turibtiyu, yoningizda kim turibti!

O'sha o'sha odamlar. Faqat tarixda emas, bugungi kunda, shu zamonda.

Karimovda-o'z manfaatini xalq manfaatidan yuqori qo'yuvchi deputatlar, “gah” desa qo'liga qo'nadigan raxbarlar, kimo'zarga boylik to'plash ishqiga tushgan huquqshunoslar, sudya, tergovchilar, bos desa berayotgan katta-katta maoshlarini oqlash uchun tayyor turgan kuch ishlatar tizimi askarlari, yugurdak hokim, hokimchalar, mahalliy boshqaruv organlari xodimlari, salla desa kallani ko'tarib keluvchi rahbarlar, tonna-tonna oltin, gaz, neft, paxta…, tish-tirnog'igacha qurollangan, jang qilish borasida ustasi farang armiya, ayg'qchilik tashkiloti, besh so'm ko'rsatsang ishtoni tushib ketadigan oddiy yaloqxo'rlar etarli.

Uni engish uchun shunga qarama qarshi kuch kerak. Agar romantikani bir chekkaga qo'yib, real sharoitdan kelib chiqib ish ko'radigan bo'lsak, avvalambor biz-muxolifat a'zolari kuchimizni birlashtirishimiz kerak. Agar biz haqiqatdan ham dushmanni (Xalq dushmanini demoqchiman) engmoqchi bo'lsak o'z tarafdorlarimizga kurashish uchun sharoit yaratib berishimiz kerak. Chor rossiyasining qurolli armiyasiga qarshi ketmonlar bilan chiqqan Dukchi Eshonga o'xshab emas. Dushman tank diviziyasiga otliq eskadron bilan qarshi chiqqan Chapaevga o'xshab emas, zabardast yigitlarni zamon sharoitlardan kelib chiqqan holda, texnik vositalar, konspirativ kvartiralar, etarli darajada mablag' (toki kurashchining bir hayoli bola-chaqasiga non topish bo'lmasin), o'ta havf ostida qolganlarni zudlik bilan bexavotir erga etkazish, targ'ibot-tashviqot vositalari bilan ta'minlash, bema'nilarcha, barcha insoniy qoidalarga zid ravishda (yana o'sha deputatlar tomonidan) norozilik mitinglari, yig'ilishlarni ta'qiqlovchi( muxolif tomonning taz'yiqqa olinishini qonunlashtirib beruvchi)  qarorlarning tan olinmasligini o'z chiqishlari bilan bildirishlarini tashkillashtirish zarur.

Yo'q, biz o'zbekmiz – o'z o'zimizga bekmiz deyuvchilarga esa yana bir yo'l bor. Marhamat, agar imkoniyatingiz bo'lsa o'z tashkilotingiz bilan dushmanga har taraflama zarba beravering. Bu ham g'alabaga etaklovchi yo'l, ammo sal uzunroq yo'l.

Qanday bo'lmasin kurashish va g'alabaga erishish kerak.

(Davomi bor)

Ozodbek Elkezar

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 4 Yorum )

  • Mmmm ;

    Sizlar Halq bulsalaring chiqinglar bosh bulib , halq ergashar balkim. Uzoqda utirib olib internetga qarab utirgan bilan bir narsa bularmidi!

    22/09/2013 23:32
    • Andijonlik ;

      Sizni yozganlaringizga qo'shilaman. Shu xalqni ilg'or qismi bo'lgan ziyolilarni ahvoli achinarli bo'lgach, qolganlardan nimani kutish mumkin.

      23/09/2013 07:53
  • Yorqin ;

    Biz xali shakllanib-ulgurmagan xalqmiz. Yana bir yuz yillardan keyin xalq bo’lsak ajab emas.

    20/09/2013 15:15
    • Maksud Bekjon ;

      Biz shakllanib ulgurmagan xalk emas, balki, shaklini yukotgan xalk, desangiz, tugrirok buladi. Biz Jaloliddin, Amir Temur, bosmachilar davrlaridagi shaklimizni yukotgan bir xalkmiz. Biz uz an'analarimizga kaytishimiz kerak, kutilish shundadir.

      20/09/2013 19:42
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube