O’zbekiston Xalq Harakati

Birgina “Ey!” sabab berilayotgan qurbonlar

Birgina “Ey!” sabab berilayotgan qurbonlar
22 Eylül 2013 - 10:29 'da yuklandi va 2002 marta o'qildi.

Bu qurbonlar O'zbekiston kelajagi va farovonligi uchun emas, balki prezidentning qizlari va nabiralari G'arbda yirik qasrlar sotib olishi, ularning bamaylixotir hayot kechirishi uchun berilayapti.

Paxtani kimlar etishtiradi-yu, kimlar teradi-yu, uning huzurini kimlar ko'radi? Bu yangi davr boshqotirmasi deb o'ylayotgan bo'lsangiz, albatta adashasiz. O'zbekning paxtasi uning o'z mulki bo'lmay qolgani qachonlar edi. Ilgarigi davrlarda Sovetlar o'zbek paxtasiga egalik qilgan bo'lsa, mustaqillik yillariga kelib, ahvol butunlay o'zgardi. Endi o'zbek paxtasining egasi Sovetlar emas, balki o'sha davr nomenklaturasidan qolib ketgan bir oila bo'lib oldi. Bu oila haqida batafsil to'xtalib o'tishga zarurat bo'lmasa kerak. Kuz fasli – bu butun O'zbekiston mana shu oilaning baxtu-iqboli uchun paxtazorlarga safarbar qilinadigan fasl hamdir va unda kimlar o'ladi, kimlar qoladi – buning umuman ahamiyati yo'q!

Tag'in yaqin o'tmishimiz bo'lgan Sovet davrini xotirlaylik. Paxtani “Oq oltin”, paxtakorni “Bobo dehqon” deb alqasalar, ularga atalgan tag'in shunday bir dunyo shirin-shakar so'zlar ham bo'lardi. Mana shu shirin so'z uchun “Bobo dehqon” tinmay mehnat qilardi. Tag'in paxta terimi davri “mehnat fronti” deb ham atalardi va tabiiyki, bu frontda kimlardir o'lardi – ya'ni qurbon beriladi.

O'zbekiston istiqloli yillarida ham paxta uchun qurbon berilayotganlar soni kamaymagan bo'lsa-da, har qalay, paxtazorni “mehnat fronti” deguvchilar uchramay qoldi. Balki shunisiga ham shukr qilishimiz kerakdir(?). Har neki, shukr qilsak ham, qilmasak ham “mehnat fronti” hali ham o'sha suronli davrlar sur'atini, maqomini yo'qotgani yo'q. Bu yilgi paxta terimi mavsumi boshlanishi bilanoq, unda allaqachon uch nafar odamning o'lganligi qayd etildi. Bular albatta ko'pchilikka oshkor bo'lganlari, hali oshkor bo'lmagan qurbonlar ham bo'lsa kerak albatta.

Insoniyat “Internet” deb ataladigan yangi bir olamni kashf etibdi-ki, dunyo hamma uchun “bir qadam” bo'lib qolganligi ham vaziyatni yumshata olmayapti. O'zbeklar mustaqillikdan oldin va uning dastlabki yillarida umid qilgan G'arb dunyosi o'zbekistonliklarni qattol bir diktator oldida yakkama-yakka qoldirdi. Qoldirdi ham emas, G'arb dunyosi hattoki Vatanimizdagi bu diktator rejimini qo'llab-quvvatlab ham kelmoqda. Ayniqsa AQSh! Shundan kelib aytadigan bo'lsak, o'zbekistonliklarning umidlari ham o'ldi, orzulari ham sarob bo'ldi. Va aksincha, o'z eliga zug'um qilayotgan hukumatning omadi chopganidan chopdi.

Mamlakat yuz foizga korruptsiyalashgani bugun sir emas. Korruptsiya botqog'iga botib ketgan O'zbekiston uchun har narsa bo'lsin, daromad manbai bo'la oladi. Har yili bir keladigan “Oq oltin” xirmonini uyush davri ham kimlarningdir joniga oro kiradigan fasl bo'la oladi. Axir bugungi kunlarda O'zbekistonda bolasini paxtadan olib qolish uchun pora ko'tarib yurganlar ham oz emas.

Shu kunlarda Vatanimizdan kelayotgan xabarlarga ahamiyat qaratsak, elning boshiga tushgan bu ko'rgulikdan ham cho'ntagini qappaytirmoqchi bo'layotganlar oz emas ekan. Paxta terimidan qolish narxi kollej o'quvchilari uchun 100 dollar bo'lsa, Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun 200-300 dollarni tashkil etayapti. “Nima uchun ular bunday yo'l tutishmoqda?” degan savol tug'iladi. Javob esa bu: “paxtaning mehnati qiyin va uni terishdan qolgan yaxshiroqdir”.

Yoki, deylik, kimlardir o'zining o'rniga mardikorlarni yollab dalaga chiqarayotgan faktlari ham uchrayapti. Tag'in o'sha ahvol: kimlardir paxta terimidan qolish uchun pul to'lashga ham rozi. Ammo o'sha “kimlardir” paxta terimiga bormasa-da, o'z ish o'rnida qolib 8 soat ishlaydi. Ya'ni, u bir mardikorni davlatimizning paxtasini terib berishi uchun yollayapti. Ayni mana shu davrda mavsumiy ish shartnomalarini tuzish joriy etilsa va ishsizlar paxta terimiga jalb etilsa, bu qonuniy va insonparvar harakat ham bo'lardi. Lekin negadir hukumatimiz bunday yo'l tutishni istamaydi. “Negadir” deymiz-u, lekin o'sha “nega?”ning javobini bilamiz. Chunki majburiy mehnatga pul to'lanmaydi va ishchi-xizmatchilar, hamda talabalar shunchaki, tekinga ishlab berishadi.

Ha azizlar, bizning O'zbekistonda va o'zbeklarimizda aynan shunday. Vaholanki, o'sha paxta sabab birortamizning kosamiz ham oqarmaydi, ammo uni yig'ib olishga bizni majbur etishadi. Odatda yuqoridan shunday buyruq keladi. Bizdagi tartiblar shunday bo'lgan, hozir ham shunday va afsuski, kelajakda ham shunday bo'lib qoladiganga o'xshab turibdi.

“Hozirda bizda maktab bolalarini paxta dalalariga haydamay qo'yishgan, hattoki ota-onalar o'z bolalarining paxta dalasiga chiqmasliklarini kafolatlab tilxat ham yozib berishmoqda. Lekin o'qituvchilar navbat bilan borib paxta terishmoqda”, deydi Surxondaryolik bir ayol. Uning ta'kidlashicha, paxta terimida bolalar mehnatidan foydalanishga cheklov qo'yilgan. Biroq voqealarning borishini kuzatayotgan har inson borki, odamlarni majburiy mehnatga jalb etish to'xtamaganini, yoshlar orasida paxtazorda o'lim holatlari uchrayotganini bilib turibdi. “O'zbekiston ichkarisida matbuot erkin emas va shuning uchun ham biz bilmay qolayotgan hodisalar bo'lsa kerak”, deya qo'shimcha qiladi o'lim holatlarini bilmay qolgan ayol.

O'zbekistonda bolalar mehnatiga ta'qiq qo'yilishi uchun ko'plab jurnalistlar va inson haqlari kurashchilarining mehnati singdi. Bunda muxolif siyosatchilar ham katta faollik ko'rsatdi. Biroq, bolalar mehnati ta'qiqlangani bilan, ularning mehnatlaridan foydalanish hali butkul to'xtab qolgani ham yo'q! O'zbekiston bolalari mehnati nafaqat paxta dalalarida, hattoki shaharlarni obodonlashtirish ishlarida ham ayovsiz ekspluatatsiya qilinadi. Bu kabi amallarni odatda “shanbalik” deb ataladi. Qiziq, hukumatimiz Sovet Ittifoqidan butkul qutuldik desa-da, u davrning anchagina odatlarini o'zida saqlab qolgan. Masalan, shanba kuni bo'lmagan kezda ham “shanbalik” uyushtirib qolishlar, odamlarni qishloq xo'jaligida majburiy ishlatishlar, shikoyatbozliklar shular jumlasidandir.

O'zbekistonda odamlarni mehnatga majburiy jalb etish qonunlar bilan ham cheklanadi. Ammo bu qonunlarga amal qilmaydi. Masalan, O'zbekiston “Mehnat kodeksi” 7-moddasida quyidagi jumlalar bitilgan: “Majburiy mehnat, ya'ni biron-bir jazoni qo'llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash ta'qiqlanadi. Quyidagi ishlar, ya'ni: harbiy yoki muqobil xizmat to'g'risidagi qonunlar asosida; favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda; sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan; qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo'lgan ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi”.

Demak, O'zbekistonda odamlarni, hattoki yosh bolalarni majburan paxta terimiga jalb etish noqonuniy hisoblanadi. Ularni terimga yuborish uchun qonunga ko'ra terimchilar harbiy yoki muqobil xizmatni o'tayotganlar bo'lishlari kerak ekan. Yoinki, paxta terimi davri O'zbekistonda “favqulodda holat” deb bilinishi zarur. Juda bo'lmaganda esa, sud qarori bilan butun O'zbekiston paxtazorlarga safarbar qilinishi kerak. Qonunan ayni shunday bo'lishi kerak, lekin O'zbekiston Respublikasi o'z qonunlarini ham tan olmaydigan mamlakatlar sarasidan bo'lgani uchun, bu “mehnat fronti”da kimlardir jonini berishga ham majbur bo'layapti.

Shu yilning 9 sentyabr kuni Qarshi shahridagi Hilol agrosanoat kollejining 2-bosqich talabasi, 1996 yili Qarshi tuman, Saroy qishlog'ida tug'ilgan Muxlisa O'rol qizi Rajabova paxta dalasida tok urish oqibatida hayotdan ko'z yumdi. 15 sentyabr kuni Buxoro viloyatining Vobkent tumanida onasi bilan terimga chiqqan 1-sinf o'quvchisi, ya'ni 7 yashar bola paxta ortilgan pritsepda uxlab qolgan va shom qorong'usida uning ustiga paxta ortilgan. Natijada paxta tagida qolib ketgan bolakay bo'g'ilib o'lgan.

Omonov Kozim

Qarshi davlat universitetitining qurbon bo'lgan talabasi Kozim Omonov. “Odnoklassniki” sahifasidan olindi.

Yana bir holat. 16 sentyabr' kuni Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida sodir bo'ldi. Bunda Qarshi Davlat universiteti Tarix fakul'teti milliy g'oya yo'nalishining 2-kurs talabalaridan biri shu fakul'tet 4-kurs talabalaridan 4 nafarini paxta dalasida pichoqlab qo'ydi. Pichoqlanganlardan biri Omonov Kozim voqea joyida vafot etdi.
Bunaqangi qurbon berishlar har yili o'nlab sodir bo'lmoqda. Ammo davlatimiz bu berilgan qurbonlarning kafanligini ham qilib bermayapti. Xalq esa boshini qovushtirib o'z huquqlarini talab qilishga ham yaramaydi. Agar el majburiy mehnatga chiqmaslik harakatini qilganida bormi, unda bunaqangi qurbon berishlar ham tugab bitgan bo'lardi va hukumat ham elning talablarini inobatga olishga majbur bo'lardi.

Masalan, qurbon berilgan yosh yigitlardan biri Kozim Omonov Qarshi shahridagi ko'zga ko'ringan boy-badavlat oilalardan birining farzandi edi. Bundoq olganda, egani oldida, emagani ortida bo'lganlardan. U paxta terimida quyi kurs talabasini o'zi uchun paxta terdirishga majburlayman, deb o'lim topdi. Tasavvur eting-a, agar ular terimga chiqarilmaganida Omonov Kozim hozir tirik bo'lardi va uning o'limiga sababchi bo'lgan boshqa bir talaba ham militsiya tergovxonasida qiynoqqa tutilmayotgan bo'lardi.

Nega endi qiynoq dersiz? Gap shundaki, paxtada nobud bo'lgan Kozim Omonovning bobosi Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasida uzoq vaqt mehnat qilib iste'foga ketganlardan. Shuning uchun ham “majburiy mehnatda” majburan qotilga aylangan talabaning hozirgi ahvolini tasavvur qilib ko'ravering.

Kim aybdor? Asosiy aydor aslida hukumatimiz va uning rahbari ekanligini hamma ham ochiqchasiga tan ololmaydi. Bilingki, bu qurbonlar O'zbekiston kelajagi, boyligi va farovonligi uchun emas, balki prezidentimizning qizlari va uning nabiralari G'arb mamlakatlarida yirik qasrlarni sotib olishlari uchun, ularning bamaylixotir hayot kechirishlari uchun berilayapti.

tilhat yozish talabi

Qarshilik talabaning onasi Qarshidagi 2-Akademik litsey o'qituvchisiga hujjatlarni olganligi haqida tilxat yozib berayapti.

Kuni kecha Qarshi shahridan olingan yana bir xabar, Qarshidagi 2-Akademik litsey o'qituvchilari paxtaga chiqmagan talabalarning uylariga borib ularning hujjatlarini qaytarib berayotganlari bo'ldi. O'zbekistondagi o'quv dasturlariga paxta terimi kiritilmagan va ta'lim maskanlari, xoh u oliy bo'lsin, xoh o'rta maxsus – talabani paxta terimida ishtirok etmaganligi uchun o'qishdan haydashga haqli emas! Biroq nega talabalarga zug'um o'tkaziladi?

Hammasiga o'zbekka odat bo'lib qolgan ”Ey..!” sababchidir. Gap shundaki, o'zbeklarimiz biror masala ustida bosh qotirishni ham, muammoni bartaraf etishni istashmaydi va “Ey, qo'y shuni!” dedimi, tamom-vasalom! Shuning uchun ham hukumatdagi tekinxo'rlarning oshig'i olchi! Bu bilan esa o'zbek paxtasi qurbonlari soni ortib boraveradi. Birgina “Ey!” sabab, allaqachon uch jon qurbon bo'ldi, yana qanchasi jarohat oldi, hali oldinda tag'in yangidan yangi qurbon berishlar turibdi. Qani endi oliy haqiqat?

Insonlar odatda haqiqat yo'q deb qichqirishga odatlanishgan. Agar o'sha haqiqat va adolat uchun kurash boshlab qolsalar bormi, unda haqiqatning o'zi ulardan uzilmay qolgan bo'lardi. Buni tushunish uchun yana necha qovun pishig'i zarur ekan?

To'lqin Qoraev
Shvetsiya  

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube