O’zbekiston Xalq Harakati

“ERK” faoli ozodlikdan mahrum etildi

“ERK” faoli ozodlikdan mahrum etildi
24 Eylül 2013 - 10:07 'da yuklandi va 2426 marta o'qildi.

tillaevMuxolifatdagi «Erk» partiyasi faoli Faxriddin Tillaevning “jinoyati ishi” 20 sentyabr' kuni, kechki soat 17:00da Chilonzor tuman jinoiy sudida ko'rib chiqildi.

Sud ayblanuvchi F.Tillaev ustidan Respublika “Ma'muriy javobgarlik to'g'risida”gi Kodeksning bir necha moddasi bo'yicha, jumladan, “Mayda bezorilik”, “Tuhmat”, “Internetda noto'g'ri faktlarga asoslangan maqolalar e'lon qilish” ayblarini qo'ygan va 15 sutkaga ozodlikdan mahrum etgan.
F.Tillaevga qarshi O'zbekiston hukumati tomonidan bir necha bor tahdidlar bo'lib kelgan. Shu yilning 23 avgust kuni uning Toshkentdagi kvartirasiga begona ayol yalang'och holda bostirib kirgan va Tillaevni zo'rlaganlikda ayblab shikoyat qilgan edi.
Tillaev ushbu voqeadan keyin, shu zahoti mahalla qo'mitasi va profilaktika noziriga murojaat etgan. Ammo mahalla qo'mitasidagilar Tillaevning murojaatiga loqaydlik bilan munosabat bildirishgan.
9 sentyabr' kuni soat 16-00da Faxriddin Tillaevni Chilonzor tumani IIB xodimi mayor Ilhom Ostonaqulov va IIBning yana bir vakili “Chilonzor tumani Jinoiy ishlar bo'yicha sudi”ga borishi haqida xabar berish uchun kelganlar.
IIB xodimi “2013 yilning 23 avgust kuni bo'lib o'tgan voqea yuzasidan jabrlanuvchi Yuliya Lykovaning shikoyat arizasi bor” deb aytgan.
Shunda F.Tillaev “shikoyat arizasi bo'lsa, bering, ko'rib chiqay va o'zimni tushuntirish xatimni sizga yozdirib qolay” deganda, IIB xodimi I.Ostanoqulov “sudda ko'rasiz va tanishib chiqasiz” deb aytgan…
– Internetda bu xabarni o'qib, voqeani oxirigacha tushunmadim. Men sudda qatnashish uchun 17 sentyabrda mahkamaga borgandim, ammo u kuni boshqa sudlanuvchilar ko'p bo'lgani sababli, F.Tillaevning ishi boshqa kunga ko'chirilgandi, deydi Abdillo Tojiboy o'g'li.
20 sentyabr' kuni o'tgan mahkamada qatnashgan Abdillo Tojiboy o'g'lining bildirishicha, rus ayoli Faxriddinning uyiga bostirib kirib, provokatsiya kilgan. “Ammo bugungacha qo'limizda sud qarori yo'q”, deydi u.
Bugun Faxriddinning to'rtta telefonidan hech biri javob bermayapti.
Eslatib o'tamiz, Faxriddin Tillaev, «Erk» partiyasidagi faoliyatidan tashqari, O'zbekiston Xalq Harakati faoli, «Ozod fuqaro» huquq himoya tashkiloti raisi hamdir va O'zbekistonda mustaqil mardikorlar kasaba uyushmasini tuzishda faol ishtirok etgan.

O'XH xabar markazi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube