O’zbekiston Xalq Harakati

Paxta dalalaridagi qurbonlar va jabrdiydalar.

Paxta dalalaridagi qurbonlar va jabrdiydalar.
24 Eylül 2013 - 14:29 'da yuklandi va 1841 marta o'qildi.

paxta2013karshiO'zbekistonda paxta  kampaniyasi boshlangandan buyon bir necha baxtsiz xodisalar yuz berdi, yo'qotishlar bo'ldi. Ammo O'zbekiston ichidagi OAVlari ularning hech birini yoritmayapti. Paxta terimiga  kelgan talabalar uchun sharoit yo'q, ularning egan ovqatlari esa qaynatilgan makaron. Toshkentdagi tadbirkorlardan paxta terimchilarining oziq-ovqatlari uchun deb yig'ib olingan pullar esa kimning kissasiga ketgani noma'lum.

Toshkent kasalxonalariga keltirilgan bemorlarning uylariga qaytarib yuborilishi, ayrim tumanlarda hatto qariyalar ham paxta dalasiga majbur chiqarilayotganligi, paxtaga chiqmaganlardan esa ma'lum miqdorda pul yig'ilayotganligi… Bularning barchasi Karimov rejimining yildan yilga odamlarni qiynayotganligi, kuch bilan ushlab turganidan dalolat. Paxta kampaniyasi har yili O'zbekistonda rejim qanday ekanligini ochiqlaydi. Shunda ham paxta  kampaniyasini monitoringgi bilan shug'ullangan jurnalistlar va  faollarni turli  shantajlar bilan sindirishga harakat qilishadi.

Bu yilgi paxta kampaniyasining baxtsiz xodisasi Agrosanoat kollejining ikkinchi kursida o'qiydigan, «Saroy» qishlog'ida yashovchi Mahliyo ismli  qizning 9 sentyabr' kuni paxta terimida halok bo'lganligi bilan boshlandi. Mahliyo qo'lini yuvish uchun suv oqayotgan lotokka egilgan, biroq muvozanatini yo'qotib, yiqila boshlagan. Shunda u yaqinda turgan elektr simi o'tgan simyog'ochga yopishgan,  simning bir qismi izolyatsiya qilinmagani uchun qizni tok urgan.  Maxliyoni Qashqadaryo viloyat shoshilinch tibbiy yordam bo'limiga olib borishgan, biroq uni qutqarishning iloji bo'lmagan.

Undan keyin esa, Buxoro viloyatining Vobkent tumani Narchoq qishlog'ida 6 yashar bolakay Amirbek Rahmatov paxta ortilgan pritsepga chiqib uxlab qolib ustiga terilgan paxtaning  ostida bo'g'ilib o'lgan.

Qarshi Davlat universiteti Tarix fakul'teti milliy g'oya yo'nalishining 2-kurs talabasi shu fakul'tet 4-kurs talabalaridan 4 nafarini 16 sentyabr' kuni paxta dalasida pichoqlab qo'ydi. Pichoqlanganlardan biri voqea joyida halok bo'ldi.

Ozodlik radiosiga berilgan ma'lumot bo'yicha, universitetning 2 kurs talabasini paxta dalasida ilon chaqib olgan. Unga o'z vaqtida tez tibbiy  yordam  ko'rsatilgan emas. Ayni paytda u shifokorlar nazoratida.

Andijonlik talaba Mavluda Mirzaqobilova Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish” fakul'tetining 2-bosqich talabasi. U paxta dalasiga suv keltiriladigan temir bochka oyog'ini bosib qolganligi uchun bugun Toshkentdagi Jukovskiy shifoxonasida operatsiya qilinadi.

O'zbekistonda paxta asosiy qishloq xo'jalik mahsuloti va eksport xomashyosi sanaladi, uni sotishdan tushgan foydani hukumatning eng tepasidagilar nazorat qiladi.

Shuning uchun uni terib olishga mamlakat hukumati alohida e'tibor qaratadi.

Mamlakat hukumati o'z fuqarolaridan bu yil 3,35 mln. tonna paxta terib berishni talab qilmoqda.

 

O'XH xabar markazi.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube