O’zbekiston Xalq Harakati

Erkinlikdagi Erksiz xalq…

Erkinlikdagi Erksiz xalq…
25 Eylül 2013 - 15:29 'da yuklandi va 1777 marta o'qildi.

130221160941__63392723_138056705So'nggi paytlarda  O'zbekistonda jurnalistika to'rtinchi hokimiyat sifatida  ko'p e'tirof etilmoqda. Ammo, mazkur soha amalda  ham “to'rtinchi hokimiyat” maqomidami?  Yoki bu maqomni  oqlay oladimi?  Shu va shunga  o'xshash jo'n savollarga qisqacha mulohazalarimni  e'tiboringizga  taqdim etsam.

Avvalo,  fikrimizni  yaqin  o'tmishdan, aniqrog'i mustaqillik davridan boshlasak. O'zbekiston mustaqillikka erishgach (aslida mustaqillik deyish mantiqan xato) jurnalistik  faoliyat bilan bog'liq uchta asosiy  qonun qabul qilgan. Ammo vaqt qonunlar qabul qilinishigina etarli  emasligini isbotlab berdi. Shu  o'rinda ingliz sud'yalaridan birining quyidagi gapi yodimga tushib ketdi: “Qonun- bu  jonsiz hujjat xolos, unga ruh va ma'noni  talqin qiluvchi beradi”. Bu  gapni  bugungi  kunda  nechog'li ahamiyatli  ekanligini Karimov  rejimi xaqiqiy  jurnalistlarni  qamash, surgun qilish orqali  isbotladi.

Ba'zan radio, televidenie orqali xalq ommasini savodxonlik darajasini oshirish muammolari xaqida  gapiriladi, unda  OAVlarining  ahamiyati  ta'kidlanadi.

Xaqiqatan ham  siyosiy bilimlarni oshirish targ'iboti matbuot orqali amalga oshirilishi qulay, buning imkoni ham katta. Lekin shu o'rinda  tug'iladigan  savolning javobi g'alati mulohazalarni keltirib chiqaradi.  Eng muhim amaliyot jurnalistlarning siyosiy savodxonligi darajasini  e'tibordan qochirmaslik darkor. Karimov rejimi esa jurnalistlarni siyosatdan uzoqlashtirdi, ularni boshqa bir mayda, ahamiyatsiz mavzular bilan mashg'ul bo'lishga majburladi.

Mana, O'zbekiston mustaqillikka erishgandan beri qaysi televidenie yoki radio orqali siyosiy mavzuda bahsli  ko'rsatuvlar tayyorladi?

Faqat yaqindagina “Arab bahori” boshlangandan so'ng, talvasaga tushgan rejim o'zini nomustaqil siyosatchi kabi mamlakat kanaliga chiqarib, go'yo siyosiy debat o'tqazdi. Bu bilan yana omi xalqni aldashga urindi. Nega  nomustaqil siyosatchi degan iborani qo'lladim, sababi rejim ichida  mustaqil fikrga ega  siyosatchining o'zi  yo'q, bo'lsa ham u Karimovning o'zi.

Nega bu qadar ishonch bilan gapirayotganimga hayron bo'lmang, kichkinagina  tajribamdan xulosa qilib aytamanki, agar mustaqil  siyosatchi bo'lganda siyosiy bo'xronlarni  bu  taqlidda  tanqid  qilmas edi. Tanqidga  zo'r  berish xolislikni unutishga  olib keladi.

Shuni ta'kidlash joizki, har qanday  soha jamiyatning  uzviy bir qismi hisoblanadi. Jamiyat miqyosidagi muammo sohada, sohadagi muammo jamiyat hayotida  aks etadi. Endi  xalqimizni siyosiy va  xuquqiy bilimi chidab bo'lmas darajada past bo'lishiga faqat OAV yoki  jurnalistlarni  balogardon qilish  yaramaydi.

Har kim ham ishidan. Oilasidan, mavqe'idan ayrilmaslik uchun rejim bilan hamkorlik qiladi. Agar siz  O'zbekiston OAVlari berayotgan yangiliklarga  nazar  solsangiz, go'yoki xuddi yildan yilga O'zbekistonda  erkinlik yuksalib borayotgandek tuyuladi.

Aslidachi?! Chindan ham biz erkinmizmi? Xaqiqatdan ham O'zbekiston Hukumati biz, ya'ni oddiy  xalq  uchun  qayg'uryaptimi? Yo'q aslo! Bizni  tashqi qobig'imizgina o'zgardi,  ichki  dunyoyimiz yoshligimizda tarbiyalash asnosida singdirilgan dastur asosida ishlab kelmoqda. Shu boisdan ham biz Erkinlikdagi Erksiz Xalqmiz!

Men quyidagi  jumlam uchun uzr so'rayman, o'zbek xalqi, umuman O'rta Osiyo xalqlarining farzand tarbiyalash mexanizmi, jamiyatdagi axloq normalarini umuman yoqlamayman. Kishilarimiz onggiga chuqur  o'rnashib olgan “buni qilish kerak, buni esa mutlaqo yo'q”, qabilidagi axloq  qoidalari hukmdor  qatlam tomonidan ishlab  chiqilgan boshqaruv  mexanizmining tarkibiy  qismi.

B u qoidalarni qabul qilgan tomon o'z ixtiyori bilan o'z xuquqlaridan boshqa tomon  foydasiga voz  kechadi.  Bu  axloq qoidalarini biz  farzandimizga  tarbiya  berish  asnosida singdirib boramiz va jamiyatga dasturlangan holatda “mahsulot” etqazib beramiz. O'zbekistonda shuning uchun ham muxolifat kishilari kam. Siyosiy muxolifatniku qo'yaturing, fikriy  muxolif, o'z  nuqtayi nazarini  sabot bilan himoya  qilish sust. Chunki ota-onamiz aytganda bizga: “O'g'lim, qizim katta gapirdimi xo'p de! Tortishib o'tirma!”. Mana sizga muammo. Ular aytishmaganki: “Agar noto'g'ri gapirsa bu noto'g'ri degin, o'z xaqqingni talab qil, kattalarni hurmat qil, lekin kattalarni ichida ham axmoqlari bor, ularga quloq solma”…

Endi  siyosiy muxolif oldida turgan vazifa, avvalo o'z  farzandlariga  mana shunday dasturlash tizimini joriy etmaslik, qolaversa yosh muxolif vakillarimizni dasturlash tizimidan xalos  bo'lishlariga yordam ko'rsatishi darkor.

(davomi bor)  Mahmud  Dovud

 

 

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube