O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'XH Praga namoyishi (video) 02.09.2011

Chexiyaliklar: “Bundan ham bardamroq bo'linglar!” – dedilar
O'zbekiston Xalq Harakatining davlatlardagi bo'limlari Karimov siyosatiga norozilik namoyishlarini o'tkazdilar. Xabarlar jahonning turli mamlakatlaridan kelib turibdi.

O'XH Praga namoyishi (video) 02.09.2011
02 Eylül 2011 - 13:10 'da yuklandi va 1928 marta o'qildi.

Chexiyaliklar: “Bundan ham bardamroq bo'linglar!” – dedilar
O'zbekiston Xalq Harakatining davlatlardagi bo'limlari Karimov siyosatiga norozilik namoyishlarini o'tkazdilar. Xabarlar jahonning turli mamlakatlaridan kelib turibdi.
Pragada namoyish o'tkazgan bo'lim raisi Abdusalom Karimov fikrlari bilan qiziqib, uni suhbatga tortdik.
-Assalomu-alaykum! Bir xil kiyimlar kiyib, shiorlar ko'tarib chiqibsizlar?
-Va-alaykum assalom! Ma'lumki, O'zbekiston Xalq Harakati shakllanganiga 100 kun bo'layapti. Shu vaqt oralig'ida dunyoning 10 ga yaqin davlatlarida bo'limlarimiz ochildi.
Shu kunlari bo'limlarimizning aksarisida Mustaqillik bayramiga qarshiligimizni ifodalab piketlar, norozilik namoyishlari o'takazayapmiz.
-Mustaqillik bayramiga qarshiligingiz boisi nima?
-Nega qarshi? Sababi, 22 yil ichida mamlakat mustaqil bo'ldi deb hisoblanib kelgan bo'lsa, oddiy xalq – fuqaro mustaqillikka erishmadi! Agar xalq ichiga kirib, xolislik bilan xalq so'ziga quloq solinadigan bo'lsa, ularning ichlari titrab, yara holda bayramni his qilmayotgan holatda hayot kechirayotganini ko'ramiz.
Bayramni his qilmayotganiga sabab, bugungi kunda O'zbekistondan 8-9 million odam tashqi davlatlarda mardikorchilik qilib, ish qidirib yuribdi. Shu odamlar tashqi davlatlarda yursa, qanday qilib O'zbekistonda mustaqillik bayrami bo'layotgan bo'ladi? Bolalar otasidan ayrilgan bo'lsa, 100000 odam turmalarda o'tirgan bo'lsa, qancha-qancha begunoh odamlar turmalarda yo'q bo'lib ketgan bo'lsa, shu holatlarni boshidan kechirib yashayotgan odamlarning ko'ngliga bayram sig'armidi?!
Shunga qaramay O'zbekistonda mustaqillik bayramini o'tkazayotgan odamlar O'zbekiston xalqining haqqiga xiyonat qilib, aholi moddiy boyliklarini sovurib, O'zbekiston xalqiga bergan va'dalarini buzgan holatda o'z xalqini ezishda davom etib, yuzaki ko'rinishda bayramni o'tkazmoqda.
-O'zbekiston televideniesidagi bayramona chiqishlarga munosabatingiz?
-To'g'ri, O'zbekiston radio-televidenie, gazeta va internet xizmati ichki hayotni bo'yab, yashirib chiroyli qilib ko'rsatyapti. Lekin bularning hammasi yuzaki, soxta ko'rinish. Aslida, barchasi boshqacha! Bugun Chexiyada yashayotgan bo'lsam, o'zbek migrantlari hayotiga qarab, hammaning ishda, bola-chaqa boqish tashvishida yurganini ko'raman. Ular O'zbekistondagi nohaqlik orqasidan o'z diyorlarini tashlab chiqib, bu erlarda tashvish chekib, muammolarini echib yuribdilar. Ularda bayram kayfiyati qayoqdan ham hosil bo'lsin?!
Shu vaziyatdan kelib chiqib, Pragadagi Tashqi ishlar vazirligi oldida piket uyushtirdik. O'zbekiston Xalq Harakati nizomidan, ma'lum bir norozilik matnlaridan berdi. Tashqi ishlar vazirligidan vakil chiqdi. E'tibor qaratdi, diqqat bilan quloq soldi. Atrofda yurgan minglab turistlar ko'rdi, eshitdi. O'tib ketayotgan odamlar orasida: “Biz sizlarni qo'llab-quvvatlaymiz! Bundan ham bardamroq bo'linglar!”-dedilar.
-Chexiya davlat organlaridan munosabat bildirganlar bormi?
-Bor. Hatto, Chexiya politsiyasi bu ishlar samara beradigan natijaga ega, deb dalda berdi. Ko'tarib chiqilgan shiorlardagi bolalar mehnati qoralanishini ko'rib, norasidalar mashaqqatga solinayotganidan xafaligini bildirdilar. Bolalar 5-6 oylab dalalarda vaqtini o'tkazib, etarli bilim olisha olmasalar-u, kattakonlar qo'llarini ko'ksiga qo'yib, bayram qilib yurishsa-ya! Bularning barchasi soxta ekanda!? – dedilar.
-O'zbekistondagi og'ir sharoitga o'zingizdagi aniq misollardan keltirsangiz?
-Men o'zim Andijonda yashaganman. 90-yillari 15 ming ish o'rinli XBK zavodi qurilgan edi. Odamlar o'sha joyda ishlab, tirikchiligini o'tkazib, 8 soatlik ishidan keyin ota-onasining duosini olishga ham ulgurgan. Qurilish bitganida rosa xursand bo'lishgan edi. Axir 15 mimng odam ish bilan ta'minlanyaptida! Ishlab, oila a'zolari bilan ishdan keyin bog'larga dam olishga chiqishga ham imkon topishgan. Bu narsalar SSSRning eng oxirgi yillarida ham bo'lgan edi.
O'zbekiston mustaqil bo'lganida odamlar yanada ish vaqti qisqarishi, erkinligi o'z qo'liga tegishligi, milliy boyliklardan keng ko'lamda foydalanib, qo'shni davlatlarga ham ehson qilishligi haqida qancha-qancha yaxshi xulosalarga kelgan edilar.
Afsuski, mana shu XBKning o'zida, ayni bugungi kunda, mingga yaqin odam ham ishlamaydi. 14000 odam sarson-sargardon, ishdan haydalib, ish topa olmay, bola-chaqa boqa olmay, chetlarga chiqib ishlab yuribdi.
Bu birgina XBKning o'zidagi ahvol. Yonimizda yana Kommunal zavodi, Aviatsiya zavodi, Mashinasozlik zavodi bor edi. Bularning har birida kamida 5000dan odam ishlar edi. Hozir Kommunal zavodida 500ta ham odam ishlamaydi. Bugungi kundagi O'zbekistonning holati o'ta achinarli! Yana mustaqillik bayramini nishonlayapmiz, deb butun dunyoga jar solib, odamlarni aldamoqda, aslida o'zini aldayotganiga ochiq dalolat bo'lyapti.
-Piketning erlik xalq orasidagi ta'sirini qanchalik baholaysiz?
-Yuqoridagi fikrlarimizni ifodalab piket uyushtirdik. Namoyish o'tkazayotganimizda, chexiyaliklar yonimizga kelib, qiziqib, savol-javob qilib turdilar. Televideniedan kelib suratga, tasvirga oldilar. Namoyishimiz juma – ish kuniga to'g'ri kelgan bo'lishiga qaramasdan, bizga e'tibor qaratganlar soni ko'p bo'ldi.
-Suhbatingiz uchun rahmat!
-Salomat bo'ling!

Suhbatdosh Boburiy

2011 yil 2 sentyabr' Pragadagi O'XH namoyishidan lavhalar

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Maxsum ;

    OLGAAAAA

    03/09/2011 15:20
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube