O’zbekiston Xalq Harakati

Chexiya Prezidenti Zemanga Ochiq Xat

Chexiya Prezidenti Zemanga Ochiq Xat
13 Şubat 2014 - 12:23 'da yuklandi va 3047 marta o'qildi.

O'zbek diktatori Karimovning Pragaga kelishi munosabati bilan Sizning adresingizga aytilgan tanqidlar ko'paydi.  Sizni 2005 yilda o'z xalqini o'qqa tutib qatliom uyushtirgan va rejim muxoliflarini qiynash va o'ldirishni qonunlashtirgan bir “siyosiy arbob” bilan uchrashmaslikka chaqirmoqdalar.

Ammo Siz, janob Prezident bu davlatga Ovrupada ko'nikilganidan farqli o'larok, ayniqsa, Chexiya kabi inson haqlari bir milliy boylik saviyasida e'zozlangan bir o'lka lideridan tomonidan kutilmagan bir tepki ko'rsatdingiz.

Siz inson haqlari himoyachilarini “munofiq”likda aybladingiz, chunki ular sizningcha diktator Islom Karimovni Bryussel qabul qilganida indamay, uni AQSh mulozimlari Afg'onistondagi manfaatlari tufayli boshiga ko'targanida ularga sizga qo'yilgan talabni qo'ymaganlar.

Janob Prezident Zeman, Siz bir xususda yuz karra haqlisiz: chindan ham o'zbek diktatori hech qachon na Bryusselda, na Vashingtonda u haq etgan manfiy munosabatni ko'rmadi. Holbuki, Karimovning xalqni ezish tajribasidan 1 foizini ham egallamagan Lukashenko, Yanukovich kabi avtoritar liderlar bugun Ovrupa va AQSh uchun tom ma'nodagi diktatorlardir.

Munofiqlikning haqiqiysi bu emasmi, janob Zeman?

O'zbekistonlik muxoliflarga kelsak, bu jamoa eng dahshatli sharoitda – doimiy izolyatsiyada, muntazam tazyiq va qiynoq sharoitida, har on va har erda – ichkarida yoki xorijda – o'ldirilish tahlikasi ostida yashamoqdalar!

Bu insonlar Karimov rejimiga noroziliklarini 25 yildan beri to'xtamasdan bildirib kelmoqdalar. Agar Sizga qiziq bo'lsa, Ovrupa Ittifoqi va Oq Uy arxivlariga bir ko'z tashlang, u erda biz yozgan “ochiq” va “yopiq” xatlarimiznning katta qabristonini ko'rasiz.

Tabiiy, G'arbda “inson haqlari va demokratik qadriyatlar”ni rad qiladigan bitta ham siyosat arbobini topolmaysiz. Ammo ish konkret amalga kelganida, aksariyat siyosatchilarning so'zi amalidan yildirim tezligida uzoqlasha boshlaydi. Faqat bu liderlar olomoni ichida juda oz shaxslarga o'z so'zining egasi bo'lish nasib etadi.

Shunday shaxs Vatslav Gavel edi. Men bu shaxsni buyuk bir hurmat va shukron tuyg'usi bilan eslayman.

2001 yilda O'zbekiston davlati talabi bilan  Praga shahrida hibsga olindim. Meni bir paytlar Vatslav Gavel o'tirgan Pankras tyurmasining bir hujrasiga qamadilar. Kamina “davlat to'ntarishiga tashabbus qilgan bir terrorist” ayblovi bilan hibsga olingandim va O'zbekistonga ekstraditsiya qilinishim xavfi juda katta edi.

Ammo hibsga olingandan 5 kun so'ngra radiodan Chexiya prezidenti Vatslav Gavel chiqish qilib, “uzbek muxolifatchisining hibsga olinishi xato bo'ldi” dedi.  Bu bayonotdan so'ngra 40 kunga  qamoq hukmi chiqarilganiga qaramay, meni 14 kun so'ngra sudgacha Prezident Gavel kafolati bilan ozod qilishdi.

Bu voqeadan keyin O'zbekiston rahbari Karimov Gavelga qarshi shantaj qila boshladi. “O'zbekiston bilan tuzilgan ko'p million dollarlik tramvay sotib olish loyihasini bekor qilaman”, deb turib oldi. Bunga javoban Vatslav Gavel: ” Chexiya har qanday sharoitda bir totalitar liderga bir dissidentni taslim qilmaydi” dedi.

Vatslav Gavel shunday inson edi. So'zi va amali har doim bir bo'lgan bir lider edi. Bunday shaxslar faqat o'z xalqlarining emas, balki butun Bashariyatning nomuslaridir. Bizning nomusimizdir.

Saroyingizda O'zbek diktatorini kabul etarkan, bu xususni unutmasligingizni juda-juda istardim.

Eng yaxshi tilaklar bilan,

Muhammad Solih – O'zbekiston Xalq Harakati lideri

12.02.2014, Istanbul

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Ekxpert ;

    Siyosiy kochoqlarga MDX davlatlari juda havflik. Rossiya tashabbusi bilan tuzilgan “Sanhay hamkorlik tashkiloti” ham aynan kochok insonlarni bir-biriga topshirishdan iboratdur. Misol uchun men ham MDX davlatida siyosiy kochok bulganman. Ular meni ham Uzbekistonga topshirishga kup marta urinishdi, ammo uddasidan chika olmadilar. Kizigi shuki MXX chilar muholifat nikobi ostidagi insonlardan, menga karshi kup marta foydalanishdi. Men hozir garbiy Evropada erkin davlatda tinch yashayabman.

    15/02/2014 04:35
  • Anonim ;

    2001 yili Chexiyani g'ayridin prezidenti Vatslav Gavel Muhammad Solihni topshirmay qo'yib yuboribti,ammo 2006 yili bizning «musulmon» Karimov, Kanada fuqaroligini olgan va kasal qaynonasini ko'rish maqsadida Toshkentga kelgan asli shinjonlik uyg'ur Xusayn Jalilga shafqat qilmagan,balki Xitoyga topshirib yuborgan.
    Xitoy xukumati o'sha Karimov topshirgan 4 bolani otasi bo'lmish Xusaynni umrbod qamoqqa tiqqan.
    Shoshmay tur IAK,har bir jinoyatingni hisob-kitobi qilingan

    13/02/2014 19:46
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube