O’zbekiston Xalq Harakati

Shveytsariya Gulnora Karimovani gumonlanuvchi deb e'lon qildi

Shveytsariya Gulnora Karimovani gumonlanuvchi deb e'lon qildi
12 Mart 2014 - 17:38 'da yuklandi va 1802 marta o'qildi.

ghjklShveytsariya Bosh prokuraturasi noqonuniy pullarni o'zlashtirishda gumonlanayotgan to'rt o'zbek fuqarosi bilan birga O'zbekiston prezidentining to'ng'ich qizi Gulnora Karimova ustidan ham tekshiruv boshlaganini ma'lum qildi

Gulnora Karimova – rasman gumonlanuvchi

Shveytsariya prokuraturasi chorshanba kuni e'lon qilgan bayonotda aytilishicha, “O'zbekiston prezidentining to'ng'ich qizi Gulnora Karimovaga nisbatan pul yuvish gumonlariga asoslangan holda tergov boshlangan”.

Bayonotda aytilishicha, Gulnora Karimova 2013 yil sentyabrida gumonlanuvchiga aylangan. Lekin bu haqda endi ma'lum qilinmoqda.

“O'zbekistonning BMTdagi doimiy vakili sifatida, Gulnora Karimova o'tgan yilning yoziga qadar diplomatik immunitetga ega bo'lgan. 2013 yilning 16 sentyabr' kuni jinoyat tergoviga O'zbekiston prezidenti qizini ham pul yuvish gumonlariga asoslangan holda jalb qilishga qaror qilindi”, deyiladi bayonotda.

Shveytsariya huquq-tartibot idoralaridagi Ozodlik manbasiga ko'ra, Gulnora Karimova 2012 yilda qo'zg'atilgan jinoyat ishiga beshinchi gumonlanuvchi sifatida qo'shilgan.

Manbaning aytishicha, Shveytsariya rasmiylari avvalgi to'rt gumonlanuvchi shaxslarini ochiqlamagan bo'lsa-da, Gulnora Karimovaning taniqli shaxs ekanini inobatga olgan holda, O'zbekiston prezidentining qizini rasman gumonlanuvchi, deb e'lon qilishga qaror qilgan.

Ozodlikning boshqa manbalariga ko'ra, mazkur jinoyat ishidagi dastlabki to'rt gumonlanuvchi O'zbekiston fuqarolari Gayane Avakyan, Alisher Ergashev, Shohruh Sobirov va Behzod Ahmedovlardir.

Shveytsariya prokuraturasiga ko'ra, mazkur jinoyat ishi doirasida Shveytsariya bir nechta davlat huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilmoqda. Mazkur hamkorlik Farntsiyada 2013 yilning yoz oylarida bir nechta uyda tintuv amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, Shveytsariya prokuraturasi mamlakat Federal Adliya politsiyasi va Jeneva politsiyasi bilan hamkorlikda 2013 yilning avgustida Gulnora Karimovaning Jenevadagi uyida tintuv o'tkazganini ham tasdiqladi.

Ozodlik Frantsiya va Shveytsariyada Gulnora Karimovaga tegishli kvartira va qasrlarda tintuvlar o'tkazilgani haqida o'z vaqtida xabar qilgan edi.

Shuningdek, Shveytsariya prokuraturasi olib borayotgan tergov Shvetsiya prokuraturasi TeliaSonera shirkati O'zbekiston telekommunikatsiya bozoriga kirish uchun pora berganiga doir jinoyat ishi bilan bevosita bog'liqligi ham chorshanba kungi bayonotda rasman tasdiqlandi.

Shveytsariya rasmiylarining mazkur jinoyat ishini boshlashlariga 2012 yilning iyul' oyi oxirlarida ikki O'zbekiston fuqarosining Jenevadagi Lombard Odier bankidagi hisob raqamlariga daxl qilishga harakat qilgan paytda hibsga olinishi turtki bo'ldi.

Gulnora Karimovaga qarashli ekani aytiladigan Coca Cola Uzbekistan shirkati xodimlari Alisher Ergashev va Shoxruh Sobirov daxl qilmoqchi bo'lgan hisob raqamlari ham prezident qiziga aloqador bo'lgani gumon qilinmoqda.

Lombard Odier bankidagi bu hisob raqamlaridan ba'zilari Gulnora Karimovaning xos yordamichisi Gayane Avakyanga, ba'zilari esa MTS O'zbekiston shirkatining sobiq ijrochi direktori Behzod Ahmedovga rasmiylashtirilgan bo'lgan.

2012 yilning iyulida Gayane Avakyanning ham Lombard Odier bankiga kelgani, lekin Shveytsariya politsiyasidan qutulib qolishga muvaffaq bo'lganiga oid ma'lumotlar bor. Ayni o'sha kunlari Gulnora Karimova Parijda modalar shousida bo'lgan va Jenevadan qochgan Avakyan uning oldida paydo bo'lgan.

Shveytsariyada jinoyat ishi qo'zg'atilishidan ikki oy o'tib, 2012 yilning oktyabrida Shvetsiya prokuraturasi ham mamlakat hukumatiga qarashli TeliaSonera telekom shirkati O'zbekiston bozoriga kirish evaziga bu mamlakat prezidenti qiziga pora berganiga doir iddaolar xususida tergov boshladi.

Bunga Shvetsiya jamoatchilik televideniesining “TeliaSonera-o'zbek ishi” nomli jurnalistik surishtiruvi turtki bo'ldi.

Shundan so'ng shved jurnalistlari Ozodlik bilan hamkorlikda o'tkazgan surishtiruvlari natijasida TeliaSonera O'zbekistonda UCell mobil operatori egasi sifatida faoliyat olib borish uchun Gulnora Karimovaga 350 million AQSh dollarida pora berganiga ishora qiluvchi faktlar oshkor bo'ldi.

Shveytsariya bilan Shvetsiyadan tashqari, bu ishga aloqador jinoyat tergovlarining Frantsiya va Latviyada ham olib borilayotgani ma'lum.

Muzlatilgan aktivlarga Shvetsiya va Frantsiya ko'z tikmoqda
Shveytsariya prokuraturasi pul yuvishda gumonlanayotgan Gulnora Karimova qidiruvga berilganmi, yo'qmi aniqlashtirilgani yo'q.

Ayni paytda, Shveytsariya huquq-tartibot idoralaridagi manbaning aytishicha, mamlakat prokuraturasi O'zbekiston rasmiylari bilan bu jinoyat ishi doirasida muloqotga kirishgani yo'q.

O'zbekiston prokuraturasi ham o'tgan oyda Gulnora Karimovaga yaqin 10 kishini hibsga olib, ular ustidan mamlakat jinoyat kodeksining 184-modasi 3-qismi (Soliqlar yoki boshqa majburiy to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlash) va 178-moddasi 2-qismi (Chet el valyutasini yashirish) va boshqa ayblovlar bo'yicha tergov boshladi.

O'zbekiston prokuratuarsi hibsga olgan shaxslar orasida Karimovaning fuqaroviy eri Rustam Madumarov, xos yordamchilari Gayane Avakyan va Ekaterina Klyuevalar bor.

Ba'zi tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, Gulnora Karimovaning o'zi uy qamog'iga olingan.

O'zbekiston huquq-tartibot idoralari Gulnora Karimovaga daxldor jinoyat ishini qo'zg'atishi ortidan tahlilchilar Shveytsariya, Shvetsiya, Frantsiyada muzlatilgan pul va ko'chmas mulk istiqbolda rasmiy Toshkent ixtiyoriga topshirilishi mumkinligiga doir taxminlarni ilgari sura boshladi.

Shveytsariyadagi Ozodlik manbalarining aytishicha, Gulnora Karimovaning muzlatilgan aktivlariga Shvetsiya ham ega chiqmoqda. Bu vaziyatda muzlatilgan pullar noqonuniy topilgani va ularni qonuniylashtirishga harakat bo'lgani isbotlangan taqdirda, kimning ixtiyoriga topshirilishiga doir qaror qaysi tomonning fodasiga bo'lishini hozircha aytish qiyin, dedi Ozodlik manbasi.

Uning yana aytishicha, hozirda mazkur jinoyat tergovi yana kamid olti oy davom etishi taxmin qilinmoqda.

Shvetsiya prokuraturasi mamlakatdagi bankda Gulnora Karimovaga aloqador 30 million AQSh dollarini muzlatib qo'ygan. Bundan tashqari yana 300 million AQSh dollariga teng mablag'larni muzlatish to'g'risida sud sanktsiyasi bor.

E4C4374D-5487-40AA-8D4D-2BBAAD47FC18_w268_r1_cx0_cy76_cw97Bu saknktsiyaga ko'ra, Shvetsiya hukumati Gulnora Karimova va yoki TeliaSonera shirkatidan pora olganlikka aloqador boshqa gumonlanuvchilarga tegishli uchinchi davlatlardagi moliyaviy aktivlarni, imkoni bo'lgan taqdirda, Shvetsiya hukumati hisobiga o'tkazish ko'zda tutilgan.

Shuningdek, Ozodlik Shved jamoatchilik televidenisi jurnalistlari bilan hamkorlikda o'tkazgan surishitiruv doirasida oshkor qilgan, Gulnora Karimovaga tegishli ekani mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan dastxat egasi Shvetsiyadagi jinoyat ishi doirasida ham gumonlanuvchi, deb ko'rilmoqda.

Shuningdek, Ozodlik manbasiga ko'ra, Frantsiya hukumati ham Parij va boshqa shaharlarda Gulnora Karimovaga tegishli deb ko'rilayotgan o'tgan yili muhrlab qo'yilgan ko'chmas mulkni hukumat foydasiga musodara qilish jarayonini boshlagan.

Gulnora Karimovaga tegishli deb ko'rilayotgan uylardan biri Parijning eng hashamatli tumanlaridan biri bo'lgan 16-okrugda jyolashgan. Bulon o'rmoniga qaragan umumiy maydoni 800 kvadrat metrlik ikki qavatlik kvartiraning hatto Parij uchun o'ta qimmat sanalgan 30 million evroga olingani to'g'risida ma'lumotlar mavjud.

Frantsiya tergovchilari o'tgan yilning avgustida Parijdagi bu hashamatli kvartiradan tashqari, Gulnora Karimovaning Sen Trope kurort shahridagi villasi hamda Versal' shaharchasidagi qasrida tintuv o'tkazgan va ularni muhrlab qo'ygan edi.

Ozodlik tasarrufida Gulnora Karimovaning Hong-Kong¸ London va Moskvada ham umumiy narxi bir necha yuz million AQSh dollarini tashkil qiladigan ko'chmas mulki borligiga ishora qiluvchi hujjatlar bor.

ozodlik.org

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube