O’zbekiston Xalq Harakati

Karimov davlat ramzimi?

Karimov davlat ramzimi?
19 Mart 2014 - 18:03 'da yuklandi va 2361 marta o'qildi.

karimboy-1

Har qanday davlat rahbari uchun birinchi navbatda xalq hurmati va mehrini qozonish nihoyatda muhim ahamiyatga kasb etadi. Bu har qanday rejimda ham o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Chunki, aynan xalq qo'llovi hokimiyat mustahkamligining kafolati sifatida ko'riladi. Davlat rahbarining xalq hurmati va mehrini qozonishi, uning xalq orasidagi obro'-e'tiborini mustahkamlanishi, eng asosiysi aholining barcha qatlami uchun qadrli bo'lgan imidjini yaratish maqsadida polittexnologlar, politkonsul'tantlar hamda turli xil imidjmeykerlardan iborat bir guruh shaxslarning ter to'kishi hech kimga sir emas.

Demokratik jamiyatlarda bunday jarayon oddiy bir holat sifatida qabul qilinadi, zero davlat rahbarining har bir bosgan qadami jamoatchilik nazoratidan chetda qolmaydi. Demak, bunday jamiyatlarda davlat rahbari o'z shaxsiyati to'g'risida ijobiy tasavvurni shakllantirish maqsadida aholi turmush darajasini yuksaltirish va farovon hayotni ta'minlash uchun mehnat qilishga majbur.

Yakkahokimlikka asoslangan totalitar rejimlarda esa davlat rahbari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining yo'qligi, ommaviy axborot vositalari faoliyatining tsenzura ostiga olinishi xalqni ob'ektiv holatni bilishdan mahrum qiladi. Natijada nazoratsiz hokimiyat egasiga aylangan davlat rahbari xalq orasidagi hurmat va obro'-e'tiborni qo'lga kiritish uchun o'ziga hos bo'lgan, ba'zida qonunga zid bo'lgan vositalarni ishga soladi. Boshqa so'z bilan aytganda, qattiqqo'l davlat rahbarning o'ziga hos sohta shaxsiyat kul'ti yaratiladi. Biroq, bunday usul bilan erishilgan obro'-e'tibor va shaxsiyat kul'tining umri juda qisqa bo'lishi tarixda ko'p marotaba o'z tasdig'ini topgan.

Odatda polittexnologlar sohta obrazlarni yaratishda bir qancha usullarni ishga soladi va bu usullarning o'zi ham vaqti vaqti bilan o'zgarib turishi mumkin. Masalan, deyarli bir vaqtda mustaqillikni qo'lga kiritgan Markaziy Osiyo davlatlarining aksariyatida dastlabki kunlardanoq avtoritar boshqaruv joriy qilindi. Natijada, hokimiyatni yanada mustahkamlash uchun davlat rahbarlarining sohta obrazlarini yaratishga alohida e'tibor qaratildi va bu borada turlicha usullar qo'llanildi.

O'zbekistonni qariyb 25 yil mobaynida boshqarib kelayotgan I. Karimovning soxta obrazi va shaxsiyati kul'ti to'g'risida ham turli bahs munozaralar bo'ldi, ko'plab maqolalar yozildi. Shu sababli ham bu safar asosiy e'tibor Karimov shaxsiyati kul'tini yaratishdagi qo'llaniladigan usullar emas, balki ularning qonuniy me'yorlarga zid bo'lgan ayrim jihatlariga qaratiladi.

Bu jihatlar hozirda ko'pgina davlat tashkilotlari va muassasalarida Karimov shaxsiyatining davlat ramzi sifatida havola qilinishi bilan bog'liq holatga aloqador. Shu o'rinda davlat ramzlari to'g'risida ham qisqacha to'xtalsak.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasida “O'zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o'z davlat ramzlari — bayrog'i, gerbi va madhiyasiga ega”, degan norma belgilangan. Bu esa O'zbekiston davlatining ramzlari yuqorida tilga olingan uchta element – bayroq, gerb va madhiyadan iboratligini bildiradi. Buning asosida esa ularning har biriga alohida qonunlar qabul qilingan. Xususan, 1991 yil 18 noyabrda “O'zbekiston Respublikasi bayrog'i to'g'risida”, 1992 yil 2 iyulda “O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi to'g'risida” va 1992 yil 10 dekabrda “O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to'g'risida”gi qonunlar qabul qilindi.

O'z navbatida, davlat ramzlaridan foydalanish tartibini takomillashtirish maqsadida 2010 yil 24 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasining davlat ramzlari haqidagi ayrim qonun hujjatlariga va O'zbekiston Respublikasining ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni qabul qilindi.

Jumladan, mazkur qonun asosida “O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi qonunga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilib, Davlat gerbining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo'l qo'yilmasligi, Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o'tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbiga o'xshash bo'lishi mumkin emasligi, Davlat gerbi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilab qo'yildi.

Bu bilan go'yoki davlat ramzlaridan foydalanish tartibi qonun himoyasiga olingan. Biroq, buning qonundan tashqarida qolgan jihatlari ham borki bu – davlat ramzlari suratlari tushirilgan rasmlar, portretlarni turli tashkilotlarda ilib qo'yish bilan bog'liq masala. Chunki aynan mana shu portretlar orqali davlat ramzlari haqida ommaga umumiy ma'lumotlar beriladi va davlat ramzlarining nimalardan iboratligi to'g'risida tasavvurlar uyg'otiladi.

karimboy-2

Hozirda ko'pgina vazirliklar, davlat tashkilotlari va muassasalarning devorlariga O'zbekiston ramzlari aks etgan portretlarni ilib qo'yish odat tusiga aylangan. Bu erda gap bevosita davlat ramzlaridan foydalanish haqida emas, balki mazkur ramzlar surati tushirilgan portretlarni ilib qo'yish haqida bormoqda. Albatta, davlat ramzlarining suratlarini ilib qo'yish O'zbekiston qonunchiligida belgilangan majburiy me'yor emas. Hattoki, bunday talab davlat muassasalarining ichki ustavlarida ham majburiy norma sifatida belgilanmagan.

Asosiy muammo prezident Karimov portretining davlat ramzlari qatorida havola qilinishidir. Bu esa, xalq ongida O'zbekiston Konstitutsiyasining 5-moddasida belgilangan davlat ramzlarining bayrog'i, gerbi va madhiyasidan iboratligi xaqidagi norma to'g'risida noto'g'ri tasavvur uyg'otishi mumkin.

Zamir Malik

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube