O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekistonlik qirim-tatarlar Qirimga otlanishmoqda

O'zbekistonlik qirim-tatarlar Qirimga otlanishmoqda
25 Mart 2014 - 10:01 'da yuklandi va 1716 marta o'qildi.

uzblik-qrim-tatarlarO'zbekistondagi qirim-tatarlari jamoasida Qirimdagi vaziyat qizg'in muhokama qilinmoqda va ularning ko'pchiligi uzoq yo'lga tayyorgarlikni boshlab ham yuborishgan, deb xabar beradi Vesti.uz nashri.

“Xalqimiz qiyin davolarni boshdan kechirdi, – deydi 78 yoshli lutfiya Zodieva, – dastavval biz Stalinning buyrug'i bilan ota-bobolarimiz yurtidan ayrildik, Gorbachyov uni bizga qaytarib berdi. Lekin bizning xalqimiz chidamli, mehnatkash va biz o'zligimizni yo'qotmadik”.

Uning so'zlariga ko'ra, o'zi, bolalari va nevaralari o'beklar, qozoqlar, ruslar, tojiklar va nemislar orasida o'sib ulg'aygan. “Istaganlar o'qidi, oliy ma'lumo oldi va o'zlarini ko'rsatishdi”, – deydi u.

Darhaqiqat, 70-yillarda partiyaning Jizzax viloyati qo'mitasiga Sotsialistik mehnat qahramoni qirim-tatar S. Toirov rahbarlik qilgandi. O'sha vaqtda O'zbekiston rahbari bo'lgan Sharof Rashidov aynan unga o'z tug'ilib o'sgan viloyatini ishonib topshirgandi.

Nashrning yozishicha, qirim-tatarlari Mustafo Chachi va Anvar Aliev ham Sotsialistik mehnat qahramoni unvonini olishgan, yana besh kishi esa Lenin ordeniga loyiq ko'rilgan va bu ordenni faxrlanib taqib yurishgan. Favzi Bilolov va Urie Kermenchiqlilar esa “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist” unvonini olishgan.

80-yillarning oxiri, 90-yillarning boshlarida qirim-tatarlarining ommaviy ravishda Qirimga ko'chishlari boshlandi. Biroq, ularning bir qismi – yuz minga yaqin qirim-tatarlari O'zbekistonda qolishdi.

“Ko'pchiligimiz SSSR zamonida tug'ilganmiz, – hikoya qiladi 48 yoshli Iskandar Ablyazov. – Mening o'zim harbiy xizmatdan qaytganimdan so'ng qozoq qiziga uylandim, bolalarimiz rus tilida gapirishadi. Yoshligimda men ham Qirimga qaytish ishtiyoqi bilan yonardim. Keyin Qirimga bordim va saroylarda yashaydigan Jamilov kabi “dohiy”larning va'dalariga uchgan qarindoshlarimning qay aholga tushishganini ko'rdim. Chiroqsiz, suvsiz, ishsiz deyarli horlikda yashashmoqda. 20 yml Ukraina hokimiyati ostida tatarlar uchun hech narsa o'zgarmabdi”.

Uning ta'kidlashicha Qirimda yashayotgan akasi 80 dollar atrofida nafaqa oladi va keyingi oygacha amal-taqal qilib zo'rg'a etkazadi. “Qirim-tatarlarining Simferopoldagi “Hizb-ut-Tahrir” tarafdorlarining mitingida qatnashganini televizorda ko'rganimdan keyin Qirimga bormaslikka qaror qildim. Ayniqsa ixtiyoriy ko'chish dasturiga hujjat topshirib qo'ygan bolalarimning u yoqqa bormasliklari kerak degan qarorga keldim. Endi Qirim Rossiya tarkibiga kirdi, oilamizda deportatsiya haqidagi hujjatlar saqlanib qolgan va endi qaytsa bo'ladi. Qarindoshlarimdan biri Uzoq sharqda ishlaydi va u rossiyadagi qonunlar va maoshlardan juda ko'ngli to'q, bir necha marotaba meni ham yoniga chorlagan. Aslida shaxsan men O'zbekiston bilan xayrlashishni istamagan bo'lardim. Shu erda tug'ildim, katta bo'ldim, ko'pgina do'stlar orttirdim…”, – deydi Ablyazov.
25 yoshli Artur Eminov ham sodir bo'lgan o'zgarishlardan xursandligini yashirmaydi. u yaqindagina bir necha yil ishlab Rossiyadan qaytgan.

“Butan shu vaqt mobaynida men Rossiya pasportini olishni orzu qilganman. U hayotda ajoyib imkoniyatlarga yo'l ochadi. Rossiya fuqaroligini olish uchun mening bir qancha urinishlarim samarasiz yakunlangandi. Men O'zbekistonga qaytishga majbur bo'ldim. Endi esa kutilmaganda omad keldi – Qirim Rossiya tarkibiga kirdi. U yoqda butun xohlovchilarga burgut ramzi aks etgan pasportlar berishmoqda. Men ham shu kunni intizorlik bilan kutmoqdaman va yana men bu pasportni o'z tarixiy vatanimda olaman”, – deydi Eminov.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube