O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekistonda xavfsizlikni ta'minlash xisobiga iqtisodiy erkinlik cheklanmoqda

O'zbekistonda xavfsizlikni ta'minlash xisobiga iqtisodiy erkinlik cheklanmoqda
11 Nisan 2014 - 20:20 'da yuklandi va 2274 marta o'qildi.

professionalnyy_riskO'zbekistonda xavfsizlikni ta'minlash fenomeniga davlatning ichki siyosatidagi oliy maqsad sifatida qaralishi yigirma yildirki jamiyatning deyarli barcha sohalari rivojidagi asosiy to'siqqa aylanib ulgurdi. Bu haqda ko'plab tanqidiy maqolalar yozildi, murojaatlar qilindi. Biroq, hali-hanuz xavfsizlikni ta'minlash masalasi haqida so'z borganda qolgan har qanday sohadagi muammo davlat nazaridan chetdagi ikkinchi darajaligicha qolaveradi.

So'z yuritayotganimiz mavzu doirasida 8 aprel' kuni Vatandosh saytida “Sarmoyadorlar uchun O'zbekiston jozibasini yo'qotdimi?” nomli maqola chop qilindi.

Maqola muallifi asosiy e'tiborni shaxsning konstitutsiyaviy huquqi hisoblangan iqtisodiy erkinlik mavzusiga qaratadi.

Muallifning fikricha, O'zbekiston misolida, bu masalada ikki jarayonni kuzatish mumkin. Bir tomondan O'zbekistonni keng iqtisodiy imkoniyatlarga ega davlat sifatida targ'ib qilishga qaratilgan sa'y-harakatlar – tashqi investitsiyani jalb qilish, xorijiy bizneslarga keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ba'zi qadamlar ko'zga tashlansa, ikkinchi tarafdan, nafaqat xorijiy, balki mahalliy kompaniya va shaxslarning mol-mulkini olib, G'arb, xususan, Amerikaga otlanayotgani holatlari ko'payib borayotganidir.

Buning sababini esa muallif O'zbekistonda xavfsizlikni ta'minlash hisobiga iqtisodiy erkinlik huquqi paymol qilinayotganligi bilan izohlaydi.

Maqolada Markaziy Osiyo davlatlarida ma'lum bir davr oralig'ida ishlab chiqarilgan maxsulot va xizmatlarning umumiy qiymati va jalb qilingan investitsiya miqdori bo'yicha ko'rsatkichlar keltiriladi va qiyosiy tahlil qilinadi.

Xususan, 2012 yilda O'zbekiston hududida ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning bozordagi qiymati 51 milliard AQSh dollariga to'g'ri kelgan. Bu ko'rsatkich Qozog'istonda 203 milliard, Turkmanistonda 35 milliard, Tojikiston va Qirg'izistonda 6 milliard AQSh dollariga teng bo'lgan.

Xalqaro valyuta fondining 2011 yilgi hisobotida 45.32 milliard dollarlik O'zbekiston yillik yalpi ichki mahsulotining 3.9 foizini xorijiy sarmoyalar tashkil etgan. Bu ko'rsatkich Qozog'iston misolida 7.3%, Turkmanistonda 11.35%, Qirg'izistonda 11.19%, Tojikistonda esa 0.17 %dan iborat bo'lgan.

Bundan tashqari, AQSh Prezidenti qoshidagi Savdo vakillik idorasi hisobotida keltirilishicha, 2012 yilda AQShdan O'zbekistonga 71 million, Qozog'istonga esa 11.4 milliard dollar sarmoya kirgan.

O'zbekistonda sarmoyaga muhtoj, mablag' kiritilsa rivojlanish istiqboli porloq bo'lgan sektorlar ko'p. Masalan, aniqlangan mineral depozitlarining o'zi 3 trillion dollarlik bozor hisoblanadi. Shuningdek, neft'-gaz, qishloq xo'jaligi, elektr, oziq ovqat, og'ir va engil sanoat, mashinasozlik kabi bir qator yo'nalishlarda tashqi sarmoyadorlar uchun qulay imkoniyatlar mavjud.

Shuncha salohiyat, jozibali bozor bo'laturib, xorijiy sarmoyadorlar O'zbekistondan o'zini olib qochayotgani, O'zbekiston bozoriga kirganlari ham chiqib ketishga taraddudiga tushayotganining oldini olish maqsadida maqolada quyidagi takliflar ilgari suriladi:

1. O'zbekiston tashqi investitsiyani jalb qilish, erkin iqtisodiy imkoniyatlarni yaratish ahdida jiddiy bo'lsa, ishni mahalliy bizneslar uchun o'z huquqlarini himoya qilishning kafolatlangan tizimini yaratishdan boshlashi kerak.

2. Xorijiy sarmoyadorlar bu erda ish boshlamoqchi bo'lsa, avvalo, o'lchovni mahalliy bizneslar faoliyatiga qarab oladi. Buning uchun tadbirkorlar huquqini himoya qiluvchi davlat boshqarmalari va qonunlarning borligi kifoya qilmaydi. Balki tadbirkorlik huquqlarini sudda erkin va adolatli himoya qilish imkoniyati va kafolatining mavjudligi yanada muhimroqdir.

3. “Tadbirkorlarimiz o'z huquqlarini bilmaydi” qabilidagi gaplarni ko'p eshitamiz. Aslida tadbirkor har bir huquqini yaxshi bilishi shart emas. Qonunda belgilangan huquqlaridan samarali foydalanishi va ularni himoya qilishi uchun tadbirkor malakali advokat xizmatiga murojaat qiladi. Demak, avvalo, ana shu huqiqiy himoya tizimlari mustahkamlash hamda ular faoliyatiga davlat idoralari va mansabdor shaxslarning behuda aralashuviga yo'l qo'ymaslik kerak.

4. Erkin iqtisodiy faoliyat yuritishning kafolati qonun ustiga qonun qabul qilish bilangina amalga oshmasligini tushunish uchun etarlicha tajribaga ega bo'ldik. Xavfsizlikni birlamchi bilgan davlat idoralari va erkinlikni talab qiluvchi fuqarolik jamiyati o'rtasidagi muvozanat mustaqil sud faoliyati bilan belgilanmas ekan, xavfsizlikni ta'minlash nomidan iqtisodiy erkinlik huquqlari poymol bo'lishda davom etaveradi.

5. Tom ma'nodagi iqtisodiy erkinlikkina haqiqiy taraqqiyot keltiradi. Pul iqtisodiy erkinlik xavf ostida bo'lgan jamiyatlarga qarab emas, balki xavfsizlik bilan erkinlik o'rtasida nozik muvozanatni qura olgan va erkinlikning xavfsizligi ta'minlangan davlatlarga qarab oqadi. Erkinlik xavfsizlik uchun xavf emas, balki xavfsizlikning kafolatidir. Hokimiyatning asl egalari bo'lgan xalqning huquq va erkinliklari toptalishiga hamda xususiy mulk daxlsizligi tamoyilining buzilishiga olib boruvchi yo'l hech qachon farovon hayotga olib bormagan.

Maqola muallifi sanab o'tgan takliflar mamlakatning iqtisodiy salohiyati hamda tabiiy boyliklaridan unumli foydalanish va asosiysi O'zbekistonda iqtisodiy erkinlikni ta'minlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. Biroq, bu takliflarni hayotga tadbiq qilish uchun esa hukumatda etarlicha siyosiy iroda bo'lmog'i lozim. Ayniqsa, O'zbekiston kabi xavfsizlik tizimlari orqali kuchli nazorat ostida boshqariladigan va korruptsiya domida botgan davlatlarda tubdan siyosiy islohotlar o'tkazilmas ekan, iqtisodiy erkinlikka yo'l ochilishi amrimahol.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 4 Yorum )

  • yuldosh ;

    Qani edi ochkuzlar xkumat boshida utirmasa. Men xitoyda bio energiya stanok urnatish blan shg'ulanaman, $1500 ga xam svet xam energiya foydalanadi el. Mana shu uskunani uzimiz yigib yasaymiz va urnatib beramiz. Chimkentdanman lek vatanimga oborib xalqa urnatsam deyman, lek iloji bulmadi. Nima emush xama proekt va natija sxemalarini topshirishim kere ekan. Undan menga nima naf, shunday xam qildik keyn man qamoqa ravona bulishimga kim kafil?

    19/04/2014 19:07
  • abdulla ;

    I.A.K+M.S+O’.I.X=dustlashishi kerak

    12/04/2014 20:12
  • valijon ;

    Uzbekistonda odamlar xor svetsiz gazsiz melisadan kurkib kun kechirmokda.

    12/04/2014 12:29
  • Ekxpert ;

    Uzbekistonda tadbirkorlik bilan shugullanishga umuman yul yuk STOP. Fermerlikga ham, Turkiyadan kelgan janoblar, Uzbekistonda biznes kilaman deb, ayrimlari kamaldi va jarimaga tortildi. Ahir Uzbekistonda Diktatura hukumron bulsa, kanday kilib biznes bilan shugullanib buladi. Sal boyisangiz “kora+maskalar” kelib urib-urib bor molingizni oladi va Prokuratura sizga jinoiy ish ochadi. Toki Diktator Karimov tuar ekan, Uzbekistonda hech bir uzgarish bulmaydi.

    12/04/2014 07:15
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube