O’zbekiston Xalq Harakati

Toshkentdagi eng katta masjid qurilishini Alisher Usmanov moliyalashtirayotgani aytilmoqda

Toshkentdagi eng katta masjid qurilishini Alisher Usmanov moliyalashtirayotgani aytilmoqda
22 Nisan 2014 - 17:10 'da yuklandi va 2971 marta o'qildi.

tashkent masjid-1

Toshkent shahrining “Minor” mahallasida shahardagi eng yirik jom'e masjidi qurilmoqda. Qurilish tarxiga va u erda olib borilayotgan ish ko'lamiga ko'ra qurilayotgan inshoot boshqa masjidlarga qaraganda ancha mahobatliroq bo'lishi maqsad qilingani ayon bo'ladi. Qurilish loyihasidagi ma'lumotlarga ko'ra masjid 2,4 ming kishiga mo'ljallangan.

Ajratilgan hududdagi qurilish ishlari, 2013 yilning yoz oxirida boshlangan. Masjid qurilishi va uning atrofini obodonlashtirish ishlarini 2014 yil 1 noyabrigacha yakunlash ko'zda tutilgan.

Qurilish ishlari boshlanishi bilanoq ko'pgina internet nashrlari ushbu masjid qirilishi bilan bog'liq xabarlar berilgandi. O'sha vaqtdagi xabarlarda asosiy e'tibor masjid qurilishi munosabati bilan u erda buzilayotgan aholi xonadonlari va xizmat ko'rsatish ob'ektlariga qaratilgandi.

Ayni paytda rasmiy matbuot ushbu masjid qurilishining O'zbekiston Prezidenti tomonidan 2013 yil iyul' oyida imzolangan “Toshkent shahridagi “Minor” mahallasi hududida masjid qurish chora-tadbirlari to'g'risidagi Qarori”ga asosan amalga oshirilayotgani va masjid O'zbekiston davlat byudjeti va O'zbekiston musulmonlari idorasi mablag'lariga qurilayotgani haqida yozgandi.

tashkent masjid-2

Biroq, so'ngi ma'lumotlarga ko'ra, mahalla aholisi orasida masjid qurilishi aynan rossiyalik milliarder Alisher Usmanov tomonidan moliyalashtirilayotganligiga shubha qolmagan.

Ma'lumki, o'tgan yili avtohalokatga uchragab halok bo'lgan Alisher Usmanovning jiyani Bobur Usmanov 2013 yilning 8 may kuni “Minor” qabristoniga tuproqqa qo'yilgandi. Yagona merosxo'rning dafn marosimida Alisher Usmanov ham ishtirok etgandi. Alisher Usmonivning jiyanidan tashqari uning otasi va o'ziga yaqin bo'lgan qarindoshlarning xilxonasi ham ushbu qabiristonga dafn etilgan.

Alisher Usmanovning ukasi Bahodir Usmanovning honadoniga yaqin bo'lgan manbaning aytishicha, Alisher Usmanov aynan jiyanining dafn marosimidan keyin masjid qurishga ahd qilgan.

Uning aytishicha, masjid qurilishi oldidan ko'pgina uylar buzilganda va aholi norizo bo'lmasligi uchun uyi buzilgan odamlarga Yunusobod tumanidan kvartiralar sotib olib berilgan. Bu ishga Yunusobod tumanidagi bir nechta rieltorlik firmalari ham jalb qilinganligi aytiladi.

“Masalan, bir hovlida ikkita oila turadigan bo'lsa, ikkita kvartira berildi. Uyi buzilganlarning aksariyati kam ta'minlangan oilalar bo'lgani uchun xursandligini yashirmayapti”, – deydi suhbatdosh.

tashkent masjid-3

Guvohlarning ta'kidlashicha Bosh vazir Sh. Mirziyoevning shaxsan o'zi masjid qurilishining nazoratga olgan. Ayni masjidning qurilishi bo'yicha shahar va tuman hokimlarini yig'ib ulardan qurilishga katta e'tibor va ma'suliyat bilan qaralishini qattiq talab qilgan. Bundan tashqari, Bosh vazir ko'rsatmasiga ko'ra masjidning qurilish jarayonini suratga olish va se'yomka qilish qat'iyan taqiqlangan.

Yana bir e'tiborli jihati, bosh qurilishning pudratchisi “TREST12” OAJ hisoblanadi. Hozirda Bosh vazirning o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi raisi hamda Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari majmuasi rahbari – Botir Zokirov 2011 yil dekabr' oyida ushbu lavozimga kelgunga qadar “TREST12” OAJning 24,37% lik aktsiyasiga egalik qilib kelgan.

tashkent masjid-4

Masjidning bosh binosi – ikki qavatli xonaqohdan iborat. Loyihaga ko'ra, masjidda ikkita peshtoq, ikkita minora va bir gumbaz bo'ladi. Mazkur hashamatli masjid Kichik xalqa yo'lidan yaqqol ko'zga tashlanadi. Kichik xalqa yo'lidan burilishda masjid hovlisiga kirish darvozasi va asosiy peshtoqqa yuzma-yuz kelish mumkin. O'ng tomonda Bo'zsuv sohiligacha maysazordan iborat xiyobon, chap tarafda esa barcha qulayliklarga ega zamonaviy tahoratxona quriladi.

Qurilishda ishlayotgan me'morlarning so'zlariga qaraganda, masjidning tashqi va ichki ko'rinishi Toj Mahal singari oq rangda bo'lishi rejalashtirilgan. Hatto tahoratxona va hojatxonalargacha barchasi oq rangda bo'lishi topshirilgan.

Ikkinchi peshtoq hovlidan o'tib xonaqohga kiraverishda tiklanmoqda. Oltiburchak shaklidagi xonaqoh ustiga ulkan gumbaz o'rnatiladi.

Balandligi 38 metr bo'lgan ikki minora birinchi peshtoqning ikki yoniga tutash devorlar muyulishida qad ko'taradi. Hozirda minoralarning mustahkam poydevorlari quyilgan. Masjid hovlisining ikki tomonida milliy yog'och o'ymakorligi uslublarida bezatilgan ustunlar saf tortgan ayvon quriladi.

Qurilish ishlariga 300 dan ziyod ustalar va me'morlar jalb qilingan. Qurilishdagi ishchilarning ta'kidlashicha, masjidning “Qurbon Xayiti” kuni ochilishi va ilk Xayit namozi o'qilishi mo'ljallanmoqda.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Bir muxlis ;

    Etagidan bolani kulini olishga xam ulgurmay ulib ketgan usha avariyada merosxurni enida utirgan kizga xam atab cherkovmi senagogami kursin

    25/04/2014 12:25
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube