O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekistonda sud tizimi hamon islohotda

O'zbekistonda sud tizimi hamon islohotda
23 Nisan 2014 - 16:32 'da yuklandi va 2032 marta o'qildi.

sudebnaya-reformaO'zbekiston prezidenti 22 aprel' kuni sud'yalarning malaka hay'atlari to'g'risidagi Nizomning yangi tahriri tasdiqlangan qonunni imzoladi.

Mazkur Qonun Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan 25 fevralda qabul qilinib 10 aprelda Senat tomonidan ma'qullangandi. 23 aprel' kuni qonun “Narodnoe slovo” va “Xalq so'zi” gazetalarida e'lon qilindi va shu kunidan boshlab kuchga kirdi.

Gazetalarda sud'yalarning malaka hay'atlari to'g'risidagi Nizomning yangi tahrirdagi matni keltirilmagan va uning qonunlar to'plamida nashr qilinishi aytiladi.

Ushbu Nizom 2012 yil 30 noyabrdagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha tashkiliy choralar to'g'risida”gi prezident farmoni va 2012 yil 29 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sud'yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo'yicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida”gi farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilganligi ta'kidlanadi.

Sud'yalarning malaka hay'atlari to'g'risidagi Nizomning yangi tahrirda qabul qilinishini esa O'zbekistonda sud sohasida 2012 yildan beri davom etib kelayotgan navbatdagi islohotlarning tarkibiy qismi deyish mumkin.

Ma'lumki, 2014 yilning 11 aprel' kuni Oliy Majlis Senatining “O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o'zgartishlar kiritish to'g'risisida”gi Qarori bilan Oliy sud tarkibi yangilangandi. Shu kunning o'zida Oliy Majlis Senati tomonidan “O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi tarkibiga o'zgarish kiritish to'g'risida”gi Qaror ham qabul qilinib sud'yalar tarkibi yana to'rtta sud'yaga yangilangandi.

Hozirda qabul qilingan Nizomning ahamiyati shundan iboratki, aynan mazkur hujjat bilan O'zbekistonda sud'yalarning malaka hay'atlarini saylash tartibi, ularning faoliyatini tashkil etish va vakolatlari belgilab beriladi. Bundan tashqari, hujjat sud'yalarning intizomiy javobgarligi masalasini va bu bilan bog'liq ishlarni ko'rish tartibini ham belgilaydi.

Nizomda sud'yalarning malaka hay'atlari tomonidan nomzodlarning kasbiy, ma'naviy-axloqiy va shaxsiy fazilatlari o'rganilishini tashkil etish kabi muhim vazifa ham belgilanadi. Bu esa, bugungi kunda O'zbekistonda sud'yalari orasida tez-tez uchrab turadigan pora olish amaliyoti bilan bevosita daxldordir.

Ma'lumki, sud'yalarning pora bilan hibs etilish holatlari O'zbekiston voqeligida ko'p uchraydi. Mutaxassislar buni O'bekistondagi sud'yalarning ijtimoiy jihatdan etarlicha himoya qilinmaganligi bilan izohlaydi. Biroq, yuqorida ta'kidlaganimizdek 2012 yilda boshlangan sud sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichi aynan sud'yalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishning me'yoriy asoslarini shakllantirishdan boshlangandi.

Xususan, 2012 yilning 2 avgustida “Sud tizimi hodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash to'g'risida”gi Prezident Farmoni qabul qilingandi. Mazkur hujjatni qabul qilish orqali sud tizimi hodimlarini moddiy jihatdan rag'batlantirish (pora olish) amaliyotiga chek qo'yish nazarda tutilgan. Shu maqsadda sud'yalarni daromad soliqlaridan ozod qilish va ularga uzoq muddatli uy-joy kreditlari berish bilan bir qatorda fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo sudi sud'yalarining har oyda oylik maoshlarining 50% miqdoridagi ustama haqlari to'lanishi belgilab qo'yilgandi.

Biroq, hozirgacha mazkur rag'batlantirish choralari ham o'z sud'yalarning pora olish amaliyotini kamayishiga olib kelmadi. Xususan, 2013 yilning 28 dekabr' kuni jinoyat ishlari bo'yicha Buxoro viloyat sudi sud'yasi Dilfuza Rizaeva ham pora olish chog'ida hibsga olingandi.

Undan bir necha kun oldin esa, Fuqarolik ishlari bo'yicha Qashqadarë viloyati Qarshi tumanlararo sudining sud'yasi Faxriddin Jumanazarov ham katta miqdorda pora olishda ayblanib MXX tarafidan Qarshi shahridagi Paxtazor tumanida qo'lga olingandi.

Shu yilning 27 mart kuni esa Toshkent viloyatining fuqarolik ishlari bo'yicha O'rtachirchiq tumanlararo sudi sud'yasi A.Abilov o'z ish joyida 250.000 so'm (100 AQSh dollari) miqdorida pora olayotgan vaqtda MXH hodimlari tomonidan qo'lga olingandi.

Endilikda yuqoridagi Nizomning yangi tahrirda qabul qilinishi bilan sud'yalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantirish va nomzodlarni tanlash bilan bog'liq bir qancha talablar yangilanganligi aytilmoqda. Ushbu normativ o'zgarishlarning O'zbekistondagi sud tizimining yaxshilanishida qanchalik samara beradi buni vaqt ko'rsatadi.

Zamir Malik

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube