O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Karimov pensiyaga chiqishni istamaydi

Bu meni “Ozodlik”Radiosida quyilgan savolga(“Karimovning pensiyaga chiqishga haqi yo'qmi?”) javobimdir.

Ha, Karimov pensiyaga chiqishni istamaydi.

Karimov pensiyaga chiqishni istamaydi
17 Eylül 2011 - 5:10 'da yuklandi va 1608 marta o'qildi.

Bu meni “Ozodlik”Radiosida quyilgan savolga(“Karimovning pensiyaga chiqishga haqi yo'qmi?”) javobimdir.

Ha, Karimov pensiyaga chiqishni istamaydi.

Chunki u shunday tarbiya topgan. Sovetlarning rahbarlar oliy maktablarida ana shunaqa tarbiya berishar edi. Qariyb barcha sovet rahbarlari to o'limigacha o'z rahbarlik kursisini tark etmagan. Faqat tabiiy o'lim tufayli o'z kursisidan ag'anagan ular.

Leninga suiqasd bo'lgach, oradan bir necha oy o'tgach o'ldi.

Stalin ham o'lgunicha taxtida o'tirdi. Faqatgina Xrushev 70yoshga kirgan yili, u dam olishga ketganida ”sog'lig'i tufayli” deb ishdan olishdi. Undan keyin rahbar bo'lganlar Brejnev, Andropov, Chernenkolar ham to o'lgunlaricha rahbarlikda qoldilar.

Sovet Ittifoqi parchalanish arafasida Moskva tomonidan respublikalarning Kompartiyalariga birinchi kotib etib tayinlanganlardan bugun Islom Karimov va Nursulton Nazarboevlar hamon o'z rahbarlik kursilarida o'tirishibdi.Ozarbayjonda esa Moskva tomonidan xuddi Karimovdek tayinlangan Haydar Aliev o'rniga ilk bora kommmunistik diktatura merosxo'rligi amalga oshirilib, otasi o'rniga o'g'li Ilhom Aliev diktaatorlikni meros qilib oldi.

Endi bular ham xuddi sovet rahbarlari kabi to o'lguncha o'z kursilarini birovga bo'shatib bermaydilar. Hattoki 90 yoshga kirib(agar o'shangacha oyoqlarini uzatib, asfalasofilin bo'p ketishmasa), tillari g'o'ldirab, eslari kirib-chiqib qolgan, xizmatkorlar(aniqrog'i qo'riqchilari orasidan eng ishonchli 4 askar)maxsus zambilda ko'tarib yurishmasa o'zlari yura olmaydigan ahvolga tushganda ham ular o'z rahbarlik kursilaridan o'z ixtiyorlari bilan pastga tushmaydilar.

Chunki taxtga mehr qo'yish bu o'ta og'ir bir kasallikdir. Qo'vvatsiz, sharti ketib parti qolgan bir cholning hokimiyatning eng oliy darajasida o'tirishi hokimiyatdagi boshqa vazirlar va deputatlarni tashvishga solmaydimi degan savol tug'ilishi mumkin.

Tashvishga soladi. Ammo bu cholning mamlakat va xalqni yaxshi boshqara olmayotgani emas, balki uning hokimiyatni tark etishi mumkinligi ularni ko'proq tashvishga soladi. Chunki mavjud hokimiyatda o'tirgan vazirlar va deputatlarni mana shu davlat ishlariga beparvoligi kuchayib ketayotgan, xatolarni, katta kamchiliklarni, vazirlar va deputatlarning o'z xizmat vazifalarini yaxshi bajara olmayotganliklarini anglay olmayotgan qari chol ko'proq qoniqtiradi.

Chunki uning o'rniga yoshroq, qattiqqo'l, hamma narsani ko'rib turadigan va yaxshi tushunadigan rahbar kelsa u bu noshud vazirlar va kaltafahm deputatlar uchun jiddiy xavf tug'dirishi mumkinda! U bunaqa vazirlar va deputatlarni darhol ishdan bo'shatib yuborishi aniq!

Bu qari chol esa ularning xatolari va hatto jinoyatlarini na ko'radi, na tushunadi, na mamlakatda nimalar bo'layotganini bilgisi keladi. Har zamonda, xalqning ko'ziga hali ham qattiqqo'l va kuchli rahbar sifatida ko'rinib turish uchungina goh bu viloyat hokimini, goh boshqasini o'z atrofida o'ralashib yuradigan laganbardorlarning maslahatlariga binoan ishdan olib tashlaydi.

Ammo aslan mamlakatdagi haqiqiy vaziyat qanaqa ekanligini O'zbekiston Prezidenti, aniqroq qilib aytsak O'zbekistonning 22 yillik yakka hukmdori, Markaziy Osiyoda eng johil diktator deb nom chiqargan, dunyodagi eng shafqatsiz 10ta diktatorlar ichida “sharafli” 5nchi o'rinni egallab turgan Islom Karimov bilmaydi, bilishni ham istamaydi.

Uning bugungi kundagi yashash tartibi barcha qari odamlarga xos bo'lgan istak va ehtiyojga asoslangan. Ammo bu narsaga uning bir davlatning oliy rahbar darajasidagi qariya ekanligini hisobga olib qarasak uning kundalik hayoti taxminan quyidagicha ko'rinishda:

– Istagan paytida tinchgina mudrab olish, televizor ko'rish, tanlab olib kelingan raqqosalarning raqslarini tomosha qilish, doimiy ravishda do'xtir nazoratidan o'tib turish, massaj, muolija, dam olish, maishat, bog'da aylanish, kuniga bir marta 2 soatgina o'ta mo'him ishlar bilangina oldiga kiritiladigan o'z maslahatchilari bilan davlat ishlari haqida so'hbatlashish.

Qissadan hissa shuki, 73 yashar diktator Karimovning bugungi rahbarligi va ahvoli uning o'ziga ham, uning bu ahvolidan ustalik bilan foydalanayotgan barcha amaldorlarga ham juda qo'l keladi.

Xo'sh, shunday ekan kim ham hukumat doiralari ichida bu qariyaning hokimiyatdan ketishini istaydi? Hech kim!

Ammo yashash sharoitlari kundan kunga og'irlashib ketayotgan xalq bunday ahvolga yana qancha vaqt chidab turishi mumkin?

Mana bu savol Karimov pensiyaga chiqadimi, yo'qmi degan savoldan ko'ra mo'himroqdir!

Hazratqul Xudoyberdi

 

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube