O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

MAMLAKATDAGI VAZIYaT TAHLIKALI!

Mamlakatdagi vaziyat borgan sari izdan chiqib ketayapti. Viloyatlardagi hokimlarning bugungi kundagi eng asosiy vazifasi bir narsa: PAXTA bo'lib qolgan. BUGUN Butun mamlakat aholisi uchun yalpi SAFARBARLIK e'lon qilingan.

MAMLAKATDAGI VAZIYaT TAHLIKALI!
18 Eylül 2011 - 5:18 'da yuklandi va 1929 marta o'qildi.

Mamlakatdagi vaziyat borgan sari izdan chiqib ketayapti. Viloyatlardagi hokimlarning bugungi kundagi eng asosiy vazifasi bir narsa: PAXTA bo'lib qolgan. BUGUN Butun mamlakat aholisi uchun yalpi SAFARBARLIK e'lon qilingan.

Har yili bo'ladigandek bu yil ham bu PAXTA KAMPANIYaSINING o'z qurbonlari bor. Avvaliga surxondaryolik bir fermerni bir baqiroq VILOYaT Hokimi majlisda, ko'pchilik oldida(bu ham barcha tuman va viloyatlarda Mirziyoev ko'rsatgan ana shunaqa baqirish, so'kinish va hatto odamlarni ko'pchilik oldida urish va tepkilash tufayli odatiy holga aylanib bo'lgan!) uni so'kib, paxta masalasida qattiq urishgan, keyin esa Tuman Militsiya boshlig'iga buyruq berib(Bunday zo'ravonlik noqonuniy bo'lsada bu ham odatiy hol!)fermerni zaldan to'ppa to'g'ri izolyatorga sudrab ketishgan.

U erda bechora fermer o'z joniga qasd qilgan va nima sababdan bunday qilganini yozib qoldirgan. Oddiy sabab, bu uning ko'pchilik oldida va hech bir asossiz qattiq tahqirlanishi va ikkinchidan uning pulini bermasdan. u iltimos qilgan yonilg'i va moy topishda yordam bermasdan uni o'ta nochor ahvolga solib qo'yib, keyin undan u bajara olmaydigan narsalarni talab qilishlari uni o'z joniga qasd qilishga majbur qilgan.

Ikkinchi fojea ham paxta sababli. Andijon viloyatida birinchi kurs talabasini paxta dalasida yuqori kurs talabalari urib o'ldirishgan.

Ko'p yillik tajribadan ma'lumki. aynan paxta kampaniyasi davrida qizlarni o'z o'qituvchilari va zo'ravon talabalar tomonidan zo'rlash hollari ham kuchayib ketadi.

Bu faqat qisqa 10 kun ichidagina ruy bergan va bizga etib kelgan eng fojeali, o'lim bilan tugagan ma'lumotlar xolos.

Boshqa ma'lumotlar ham ko'p. masalan jurnalist Elena Bondarning sababsiz ayblanishi, ikki huquq himoyachisini aynan paxta kampaniyasida bolalar mexnatini tekshirishga borgani uchun ushlanishi kabi ma'lumotlar ham kelib turibdi.

Agar vaziyatga kengroq yondoshadigan bo'lsak, mamlakatda borgan sari boshboldoqlik, zo'ravonlik(ham hokimiyat vakillarining, ham militsiyaning, ham ayrim fuqarolarning) hollari kuchayib ketmoqda.

Har bir hokimiyat vakilining o'z bilganicha, hech narsadan tap tortmay zo'ravonliklar qilishi, istagan qonunni istaganicha buzishi va bunday qonunbuzarliklar va zo'ravonliklari uchun Karimov yoki uning atrofidagi oliy maqomli rahbarlardan hech qanaqa dakki eshitmasligini aniq bilgani uchun ham bunday ishlar kuchayib ketmoqda.

Aksincha, bunday zo'ravonliklar oliy hokimiyat vakillari tomonidan imi jimida qo'llab qo'vvatlanadi aslida! Chunki Oliy hokimiyat vakillari nochorlik, qashshoqlik va adolatsizliklardan joni hiqildoniga kelib qolgan xalq istagan paytda, qattiqqo'llik jilovi sal qo'yvorilsa xalq g'alayonlari boshlanib ketishi mumkinligini sezib turishibdi.

Bir misol: Yaqinda Urgutdagi bir bozorni 15 km tog' tomonga ko'chirish uchun tuman hokimi boshqarib turgan militsiya zo'ravonliklariga qarshi o'rtahol ishbilarmonlar oddiy sotuvchilar bilan birgalikda keskin bosh ko'tarishgan. Ish hatto militsiya bilan mushtlashishgacha borgan, bir sotuvchi ayolning qo'li singan, ko'plar, shu jumladan militsiya xodimlari ham kaltak eyishgan…

Ertasiga tuman xokimini hoviri pasayib, OMONni o'rniga oddiy milisalarni u erga yana yuborgan va oxir oqibatda bozor baribir ko'chirilgan.

Umuman mamlakatda bozorlarni yoppasiga, eski, xalq ko'nikib qolgan 50…100 yillardan beri turgan joyidan boshqa, xalq emas hokimiyat tanlagan joylarga ko'chirish ham odat tusiga kirib bormoqda. Bu esa fuqarolar uchun ko'p qiyinchiliklar tug'dirmoqda.

Navbatdagi xokimiyat buzg'unchiliklari daraxtlarga qarshi hujumlardir.

O'zbekistondek issiq o'lkada daraxtlarning naqadar mo'himligini o'zlarining konditsionerlar o'rnatilgan muzdekkina xonalarida o'tirib ularni yoppasiga kesdirishga buyruq berayotgan vazirlar va hokimlar tushunmaydilar. O'zbekiston hukumatining daraxtlarga qarshi kurashi ularning Tabiat va fuqarolarga qarshi og'ir ekologik jinoyatlari deb ta'riflanishi lozim va bu uchun javobgar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishlari kerak!

Ana shu kabi og'ir muammolarning kuchayib va keng tus olib ketayotgani bir narsadan ishora bermoqda: Mamlakat boshqaruvining markaziy hokimiyat tomonidan qonunlarga asoslangan holda boshqarilishi keskin izdan chiqib ketmoqda. Bunday hollar ilgari ham bor edi albatta ammo bugun bu keng tus olib ketmoqda.

Buning asosiy sabablaridan biri bu diktator Karimovning qariligi, bemorligi va holsizligi tufayli shundoq ham zo'ravonlik hukmron mamlakatda bu zo'ravonliklarni yanada kuchayib ketayotganligidir.

Diktator Karimovning buyruqlari, yakka boshqaruviga va birgina uning zo'ravonliklariga o'rganib qolgan vazirlar va hokimlar endi uning kuchsizlanib borayotganini ko'rib va sezib turishibdi. Shu sabab endi ularning o'zlari zo'ravonlikni borgan sari kuchaytirmoqdalar.

Bu holatni Armiyadagi «dedovщina»ga tenglashtirish mumkin. Uning ma'nosi shuki, Armiyaga chaqirilgan askarlar yoppasiga birinchi yarim yili «qari» askarlardan kaltak, tepki eb, ular nimani buyursa, o'sha narsalarni bajarishga majbur bo'lib yashaydilar. Ammo oradan yarim yil o'tgach yangi askarlar kelishi bilan ularning hayoti sal bo'lsada engillashadi. Chunki endi quldek ezilish navbati ana shu yangi kelganlar zimmasiga tushadi. «Ded»lar «dembel» bo'lishadi(demobilizatsiya, ya'ni uyga ketish) va 1..1,5 yarim yil xizmat qilganlar «ded» bo'lishadi. Kechagina o'zlari «zelenyy» bo'lganlar endi “ded” bo'lib olishadida, ilgari o'zlari qanday azob chekkan bo'lsalar endi ular ham yangi kelganlarga xuddi o'shanday azob beradilar. Ayrim zo'ravonlikka o'ch muttahamlar esa yanada oshirib zo'ravonliklar qila boshlashadi va natijada har yili Armiyada bir necha o'nlab askarlar og'ir jarohatlar oladilar, ayrimlari hatto qiynoqlardan jon taslim qiladilar ham.

O'zbekistonning bugungi hukumati “ded”lardan tashkil topgan Banditlar To'dasini o'zi bo'ldi, qo'ydi. Avval bir “ded” bor edi va u qariyb hamma vazirlar va hokimlarni urishib, so'kib va hatto tepib “tarbiya” qilar edi. Bugun ana o'sha, bir paytlar baquvvat “ded” bo'lgan Karimovdan kaltak egan, so'kish eshitgan vazirlar va hokimlar endi bu sharti ketib parti qolgan “ded”dan qo'rqmay qo'yishgan.

Endi bugun o'zlari “ded” bo'lib olgan bu zo'ravon hokimlar va vazirlar o'zlari bir paytlar egan kaltaklar va so'kinishlarni o'chini oddiy fuqarolardan, fermerlardan, zavod va fabrikalarni va hatto maktablarni direktorlaridan olishmoqda!

Ularni mushugini “pisht” deydigan odamning o'zi yo'q atrofda! Respublika bosh prokurori tepaga, Karimovga qarab ish ko'radi va u o'z tashabbusi bilan birorta bo'lsin jilovini yo'qotib qo'ygan vazir yoki hokimni tanobini tortib qo'ya olmaydi.

Viloyat prokurorlari va viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshliqlari viloyat hokimlarining, tuman prokurorlari va tuman ichki ishlar boshqarmasi rahbarlari esa tuman hokimlarining yugurdaklariga aylanishgan.

Xo'sh, bunday vaziyatda biror fermer, direktor, o'qituvchi yoki o'quvchini kaltaklayotgan hokim yoki prokurorni biror milisa xodimi to'xtata oladimi? Bir oddiy milisani bir zo'ravonni, u hatto hokim bo'lsa ham, shartta qo'lidan ushlab, uning zo'ravonligiga qarshi chiqishga, uni to'xtatishga haddi sig'adimi?

Oddiy xalqning g'amini eb, xalq va qonun tarafida turib ishlaydigan va zo'ravonlikning har qanday ko'rinishiga qarshi dadil turib qarshi chiqadigan va fuqarolarning haq va huquqlarini qonun, adolat va xizmat vazifasi yuzasidan himoya qiladigan birorta milisa bormi bugun O'zbekistonda?

Karimov ilgarilari ertalabdan “razborka” o'tkazar edi, ya'ni hamma hokimlar, vazirlar, bosh direktorlarni telefon orqali obdan so'kib xumordan chiqar, ularni shu yo'llar bilan boshqarar edi.

Endi qarib qolgan diktatorning ertalabki telefonlari jiringlamay qo'ygan, gohi gohida u telefonda ayrim o'ziga yaqin bo'lgan hokimlarga hirqirab u , bu narsani so'ragan bo'ladi xolos. Tovushlari eshitilmay qolgan, do'q po'pisalari borgan sari kamayib ketgan diktatorning vazirlari va hokimlari bugun o'z jilovlarini borgan sari yo'qotib qo'ymoqdalar.

O'zlarining talantlari va bilimlari tufayli emas balki laganbardorliklari, tanish bilishlari, pora berishlari va yaltoqxo'rliklari sababli vazirlik yoki hokimlik kursilarini egallab olganlar, o'z sohasini yuzaki biladigan, umrida Konstitutsiya va qonunlarni ochib o'qib ko'rmagan va ularni zarracha bo'lsin hurmat qilmaydigan rahbarlarning bugun kuni tug'di.

Ular bugun mamlakatni boshqarish, fuqarolar hayotini yaxshilash kabi ma'sul ishlar bilan emas, balki o'z hayotlarini yanada yaxshilash, yanada boyroq bo'lish, imoratlarni yanada go'zalroq qurish, bola chaqalari, qarindosh urug'larini ahvollarini yanada yaxshilash kabi ishlar bilan band bo'lib qolmoqdalar.

Shu sabab bizni kurashimizning yangi bosqichga o'tish vaqti kelmadikin?

Yoki men vaziyatni noto'g'ri talqin qilayapmanmi? Vatan ichidagilar, sizlar nima deysizlar? Mening chetdan turib kuzatishlarim to'g'rimi?

Sizlar o'z fikrlaringizni bu erda o'z nomingizni ko'rsatmasdan qoldirishingiz mumkin. Ular men va boshqalar uchun o'ta mo'him. Balkim kemani ortiqcha chayqatishning hojati yo'qdir? Yoki aksincha, kema cho'kib ketayotgan bo'lsa, tezroq cho'kayotgan insonlarga yordam berish kerakdir?

Meni kuzatishlarimga qaraganda mamlakatdagi vaziyat kundan kunga izdan chiqib ketayapti. Agar bizlar Vaziyat butkul izdan chiqib ketishini kutib o'tirsak, u holda mamlakatda to'satdan keng qamrovli fojealar yuz berishi mumkin.

U holda to'satdan ko'tarilgan xalq g'alayonlarini boshqarishni iloji bo'lmasligi xavfi kuchlidir. Undan ko'ra rejali ravishda xalq noroziligini to'g'ri tayyorlash va uni butun mamlakat miqyosida amalga oshirish haqida fikrlashish kerak deb uylayman.

Shvedlarning bir o'tkir gapi bor. Ular biror insonning hayotida biror tahlikali vaziyat yuzaga kelganini ko'rishsa undan:”Har du råd att tolerera detta?” deb so'rashadi. Buning ma'nosi: Sening shu qaltis vaziyatni ko'tarishga, shunga chidab yashashga qurbing etadimi? – deganidir. Boshqacha qilib aytganda ular “Nahotki shunday tahqirlashlarga chidab yashayverasan? Ey, hayf sengaey!” demoqchi bo'ladilar ammo uni yuqoridagidek madaniyatliroq qilib aytadilar holos.

Ho'sh, biz, O'zbekiston fuqarolari, hokimlar, vazirlar, prokurorlar va milisalarning mana shunaqa zo'ravonliklariga va bizlarni tahqirlashlariga chidab yashayverishga haqqimiz bormi?

Siz nima deysiz?

Hazratqul Xudoyberdi
2011-09-18

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Julqunboy ;

    Xukumat tepasida turgan kaltafaxmlar xayot shunday ketadi deb uylashayotir,tomirlari chirigan daraxt ustida turganidan bexabar…

    19/09/2011 17:18
  • xalkchi ;

    Uzbeklar ishni siyosiy ongni ustirish, ukimishli bulish va xakozo shunga uxshash ikkilamchi narsalardan emas(zotan, bu ish uzok yillar davomida olib borilyapti, samara esa, afsuski, yuk.) uz sha'nini, oilasi sha'nini ximoya kilishdan boshlashlari zarur. Uzbekiston sharoitida buni kanday amalga oshirish mumkin, aslida, bu unchalik murakkab narsa emas, ayniksa, xech kanday siyosatga aralashmagan dexkon uchun(uni xech kim terrorizmda ayblab, yoniga narkotik tashlab, kamab kuya olmaydi, chunki, bunday ishlar ichki ishlar vazirligi yoki milliy xavfsizlik xizmati tarafidan “tepa”dan kelgan buyruk bilan amalga oshiriladi) eng oddiy narsadan – zuravon boshlikning mushtiga musht bilan, xakoratiga xakorat bilan javob berishdan boshlashlari kerak. Bu yul, xar xolda, kuliga kurol olib, butun boshli bir rejimga karshi kurashishdan ancha oson ekanini tan olish kerak. Ya'niy, inkilob, avvalo induvidual shaklda amalga oshirilishi, ya'niy, shaxslarning uzini ximoya kilish shaklida boshlanishi kerak. Bu yulni utmagan, ya'niy, uz xukuki va sha'nini ximoya kilishga xarakat kilmagan shaxsning keyinchalik ommaviy xarakatga kushilishi kiyin, agar kushilgan takdirda xam bunday odamdan xalk va xarakat uchun biron foyda chikmaydi. Urgutdagi vokea juda ibratlidir, agar isyonchilar yana bir-ikki kun karshilik kilib turisha olganlarida edi, balki, xukumat uzining bozorni kuchirish kabi axmokona rejasidan voz kechgan bulardi. Xar kanday xukumat yoki raxbar uz zulmi va konunsizliklarini bu zulm va konunsizliklarni amalga oshirish imkoniga karab, amalga oshiradi, agar bunga imkon bulmasa (ya'niy, karshilikka uchrasa), u bu ishni kilmaydi. Shu ma'noda bugungi rejimning xalkka karshi zulm va konunsizliklari – bu zulm va konunsizliklarga xalk berib kuygan imkondan boshka narsa deb karash tugri bulmaydi. Boshlacha talkin nafakat xato buladi, balki, uta zararlidir xam. “”Xar bir xalk uz xukmdoriga loyik”, kabilidagi fikr xatto Kur'oni karimda xam aytilgandir. Shuning uchun xam xalk bugungi rejimga loyik bulish darajasida chikishi lozim, buning uchun esa, xarakat boshlash kerak, karshi aytilgan bir suz, javob sifatida kaytarilgan bir musht yoki tepki xam kup narsani uzgratirishi mumkin. Agar xalk bunga ishonmasa, vaziyat bundan xam ogirlashishi, butun mamlkakat xalokat ka'riga ketishi mukarrardir.

    18/09/2011 09:44
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube