O’zbekiston Xalq Harakati

MUHAMMAD SOLIH: “Dinimizning obro'sini tushiradigan harakatlar – fitnadir” (audio)

MUHAMMAD SOLIH: “Dinimizning obro'sini tushiradigan harakatlar – fitnadir” (audio)
05 Temmuz 2014 - 13:29 'da yuklandi va 4588 marta o'qildi.

MSO'tgan oy boshlarida Iroq hududida shiddat bilan yuz bergan voqealar dunyo jamotchiligida tashvish uyg'otdi. Ayniqsa o'zlarini “Iroq va Shom Islom Davlati” (“Ad davlat al Islamiya fil Iraq va Shom”) (IShID) deb atovchi jangari guruhning juda qisqa muddat ichida Iroq davlati shimoliy hududlarining juda katta qismini egallab olishi va minglab musulmonlarni qatl qilishi 80 mingdan ortiq a'zoga ega ushbu guruhning qanchalik tahlika manbai ekanligini ko'rsatib berdi.

Joriy yil Ramazon oyining birinchi kunida esa IShID vakili Abu Muhammad al-Adnoniy tashkilotning o'z nazoratidagi hududlarda “Islom xalifaligi” tuzilishini va Abu Baqra al-Bog'dodiyning xalifa deb e'lon qilinishini bildirdi. Islomiy xalifalikka da'vo qilayotgan ushbu tashkilotning bunday qarori G'arb olami bilan bir qatorda butun Islom ahli o'rtasida ham turli xil munozaralar va savollarni keltirib chiqardi.

Mazkur mavzu doirasida Turkiyada ko'zga ko'ringan olimlaridan biri Jubbali Axmad tomonidan berilgan izoh va sharxlar muhrlangan videolavhani 6 iyun' kuni saytimizda e'lon qilgan edik. Videolavhada Jubbali Axmad Iroq va Suriyada yuzaga kelgan IShID tahlikasining oldindan Hadisi Shariflarda xabar berilgan buyuk bir fitna ekanligini isbotlab beradi. Jubbali Axmad IShID ning Mahdiy lashkari ekanligini iddao qilganlarga Hadisdan misollar keltirib: “IShID Islomni yomon ko'rsatish uchun maxsus tuzilgan va soxta qora bayroq ko'targan terror tashkilotidir”, – deya javob qaytardi.

Ushbu videolavha ko'pchilik musulmonlarda kuchli qiziqish uyg'otdi va tahririyatimizga IShID harakati faoliyatiga doir bir qancha fikr-mulohazalar va savollardan iborat maktublar kelib tushdi. Maktublarning aksariyatida O'zbekiston Xalq Harakati rahbari Muhammad Solihdan IShID harakati borasida o'z munosabatini bildirish iltimos qilingan.

Xususan, o'zini Abdullo deb tanishtirgan mushtariy – “Tahririyatdan bir iltimosim bor edi. Shu masalaga Muhammad Solih akaning fikrlari qanday. Oldindan raxmat”, – deya murojaat qiladi. O'zini Rudolf Ramos deb tanishtirgan mushtariy esa – “Muhammad Solih aka, men Sizni dinni yani islomni biladigan va din bo'yicha mukammal bilimga ega inson sifatida bilaman. Xullas yaqin orada Iroq va Shom diyorlarida bulayotgan voyaealardan xabaringiz bor ya'ni Xalifalik to'g'risida. Shu mavzu bo'yicha ham siyosatshunos va ham dinshunos sifatida fikringizni bilmoqchi edim”, – deb yozadi o'z murojaatida.

Shularning inobatga olib, O'zbekiston Xalq Harakati rahbari Muhammad Solih IShID tashkiloti va uning Islom xalifaligini tuzish borasidagi iddaolari bo'yicha o'z mulohazalarini quyidagicha ifoda qildi:

Birinchidan, bu kimsalar “Ka'bani yiqamiz, chunki insonlar u erda Ollohga emas, toshga topinayapdilar”, – deya tahdid qilmoqdalar.

Ular nazarda tutayotgan tosh “Hojar-ul-asvad”( arabchadan so'zma-so'z “qora tosh”) dir. Agar Ka'ba (yoki tosh) but bo'lganda edi, uni Payg'ambarimiz (s.a.v.) yiqqan bo'lardi. Bu tosh Payg'ambarimiz zamonida ham, undan oldingi payg'ambarlar davrida ham bor edi. Rivoyatlarda bu toshning Odam Alayhissalom zamonidan beri mavjudligini yozadi. Ammo asrlar davomida Ka'bani ziyorat qilgan musulmonlar toshga topingani yo'q, balki Ollohga topinganlar. Bugun ham Ka'baga borganlar Ollohga topinmoqdalar. Bu nuqtada Hazrati Umarning o'sha toshga xitoban “sen bir toshsan”, deganini ham eslab o'tsak yomon bo'lmaydi.

Ikkinchidan, bu “xalifat” e'lon qilayotgan kimsalar bugunga kadar faqat MUSULMONLARni o'ldirdilar va o'ldirishda davom etmoqdalar. Ularning fikriga qarshi chiqqan har kim kofir emish! Aqidaga qarang! Musulmonga musulmon qoni harom ekanini bilmagan johillar qurgan davlati xalifat bula oladimi?

Uchinchidan, odamning boshini kesib, uni futbol to'pi o'rnida tepib o'ynayotgan axloqsiz kimsalarning quradigan davlati qanday musulmon davlati bo'lishi mumkin?

Bu guruhning rahbari o'zini Payg'ambar urug'idan ekaniga da'vo qilmoqda. Ammo uning musulmonlarni o'ldirishga va Ka'bani vayron qilishga fatvo bergani uning Payg'ambarimiz (s.a.v.)ga aqrobolik iddaosiga qattiq shubha uyg'otadi. Payg'ambarimiz (s.a.v.) insonning ijtimoiy kelib chiqishiga emas, uning qilgan taqvosiga, amaliga qarab u haqda baho berishni bizga vasiyat kilganlar.

IShID ning bugungi faoliyati dinimiz Islomning obro'sini tushirishga va unga nisbatan faqat nafrat uyg'otishga xizmat qilmokda, demak bu harakat fitnadan boshqa narsa emas.

To'rtinchidan, bu guruhning ichida “jihod farz” deb yulga chiqqan sofdil, samimiy musulmon yoshlar ham bor. Olloh ularning qalb ko'zlarini tezrok ochib, bu yanglish yo'ldan qaytarsin inshaOlloh.

Zero, Ollohga qarshi har bir harakatini “Ollohu Akbar!” kalimasi bilan bezashga urinayotgan bu kimsalarning zohiriy “muvaffaqiyatlari” biz musulmonlarga yuborilgan bir imtihondir. Bu fojiali voqealarning katta fitna ekanini har bir iymon va vijdon sohibi ko'rib turibdi.

Sahifa tahririyati

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 8 Yorum )

  • Meroj ;

    Solix janoblari aynan kunglimizdagini aytibdilar. Mukanna birodar taxallusingizni uzgartiring ,,ok rumollilar,, nimalar kilganligini va okibatlarini uylaymanki bilsangiz kerak? Usha Xoshimni kaeriga xavas kildingiz bilmadim

    17/07/2014 12:15
  • Ahmad ;

    Qamalish haqida, u kishining qóllaridan aslida yirdam berish kelmaydi, agar imkoniyatlari bólganda albatta yordam bergan bólardilar, u narsada ayblay olmaymiz. Alloh har ikkilarinida maqsadlariga muvaffaq qilsin. ikkilarini ham hurmat qilaman, sizga kelsak, keling, tahallusingizni ózfartiring, bir musulmonga hech yarashmabdi, sizga Manguberdini tavsiya qilaman, yengilsada dushmanini qalbini larzaga solib ma’nan ğalaba qilgan, “sendayin bir necha askarim bólganda edi, butun dunyoni mağlub qilgan bólardim” dedirgan kishi. Hurmat bilan Ahmad(hurmatda qolishni istayman)

    09/07/2014 12:52
  • Sadriddin ;

    Men yozgan sharxni nega chiqarmayapsila

    07/07/2014 22:07
  • Xolis ;

    Solih aka,o'zingiz yaxshi bilasiz, ammo bizdan eslatib qo'yish.
    Savol beruvchilar atayin fitna chiqarish uchun ham savol berishadi. Xususan,masjid imomlariga ham bunday fitna savollar beriladi.
    Masalan,sizga
    “Iroqdagi xalifalikka munosabatingiz,O'IH, IJI,Hizbut Tahrir… va hokazolarga qanday qaraysiz?” kabi fitna savollar yo'llaydi. Agar ularga ozgina hayrixohlik ko'rinishida munosabat bildirsangiz, “Ana, O'XH lideri terroristlarga hayrixoh ekan”, deb olamga ayyuhannos solishadi.
    Yuqoridagi savol egasi sizdan M.Sodiq M.Yusuf haqida so'rabti.
    Agar o'sha shayxni maqtasangiz,xukumatni shayxga nisbatan ish ochishi bir qadam engillaydi. Uni yomonlasangiz va sizga kelajakda xukumat tepasiga kelishlik nasib qilib qolsa,shayxni sizga nisbatan xalqqa yomonlab berishlikni talab qilishadi. Suriyalik olim R. Butiy xotimasini eslang.

    E'tiboringiz uchun tashakkur

    07/07/2014 10:40
    • Ahmad ;

      astağfirulloh

      07/07/2014 11:50
      • Ahmad ;

        “holis”dan noholis fikr

        07/07/2014 12:44
    • Mukanna ;

      haq gapni aytdingiz……..menimcha, bu juda katta sir emas, muhtaram shayx haqida orqavarotdan qanday gaplar borligini…….lekin bir narsani aytib o`tmoqchiman, juda katta e`tirozlar bildirilsa ham……..muhtaram shayximizni qo`lidan hech nima kelmayapti, menimcha, shuncha nohaq qamalayotgan dindorlarimiz soniga qarab…..u kishini vazifalari nimalardan iborat?? menimcha savol shunday berilishi kerak edi………
      P.S. Ahmad janoblari taxallusimga e`tibor bermaslar degan umiddaman…..

      09/07/2014 09:38
  • Ahmad ;

    Assalamu alaykum Muhammad Solih janoblari, men sizdan ayni javobni kutgandim alhamduLillah, Sizga meni yana bir savolim bor; bugungi kunda Ózbekistonda faoliyat olib borayotgan Muhammad Sodiq M. Yusuf Hazratlarining hizmatlari va yônalishlariga qanday qaraysiz? Fikringizni bilmoqchi edim. Biror bir holatning oldini olish maqsadida omma oldida javob berishni hohlamasangiz, elektron qutimga javob yóllasangiz kóp mamnun bólar edim, oldindan, kóp tashakkur!(javobingizni kutaman).

    07/07/2014 05:41
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube