O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Bozorlarni o'zlari yoqmoqdalar

Bozorlarni o'zlari yoqmoqdalar
22 Ağustos 2014 - 9:58 'da yuklandi va 2224 marta o'qildi.

2O'zbekistonda bozor yonibdi, desalar, hech kim ajablanmaydigan zamonlar boshlandi. Bozorlarning yonib kulga aylanishi, odamlarning hizbu tahrir yoki vahobbiychilik bilan ayblanishidek bir gap bo'lib qoldi.

Shu kunlarda, bozorlarning qadr-qimmati o'zbek mardikorlarinikidan ham past darajaga tushdi. Davlat mulozimlariga yoqmagan kimsalarni jazoga tortish uchun jiddiy sabab axtarishga hojat qolmagani kabi bozorlarga o't qo'yish uchun ham jiddiy sabab qolmadi.

Bozor yonsa, eski muammolar ham bozorga qo'shilib kulga aylanadi. Tagi-tugi bilan yong'inga uchragan Sirengetti tabiati qaytadan uyg'onib, yam-yashil bo'lgani singari bozorlar yonsa, qayta qurish ishlari avj oladi. Yangidan qurilgan do'konlar, yana qayta boshqadan sotiladi. Qayta qurish uchun ajratilgan mablag'lardan kimsa bilmas chegirgan mas'ullarning kuni tug'ib, yangidan-yangi qasrlari qad ko'taradi, yangi dachalar paydo bo'ladi. Ikki barmog'ini burniga tiqib o'tirgan bozorqo'm va uning atrofidagilarning cho'ntaklari do'ppayib, bozorga olov bergan guruhlardan ular ichlarida minnatdor bo'ladilar.

Har safar tijoratchilarning va kimsa bilmas ba'zi bir ishlarga pul tikkanlarning uylari kuyadi, xolos. Bir umr ishlab, yiqqanlariga joy sotib olgan bechoralar, har safar chuv tushadilar. Yiqilgan kurashdan to'ymas deganlaridek, har safar butun topgan-tutgani suvga oqqanlarning o'rniga boshqalari hoziru nozir turadi.

Oradan bir-ikki yil o'tmay, yana bozorga o't ketadi. Ularning ham uyi kuyib, orqalarida navbatda turganlar yangi qurilgan do'konlardan sotib olish uchun qo'llarida borlarini tikaveradilar, tikaveradilar… Butun O'zbekiston bozorlaridagi voqealar eski charxpalak misoli, mustaqillik yillarida bir xilda aylanadi.

Ishsizlik haddan oshgan, sanoati, zavod-fabrikalari yigirma uch yil oldin kasodga uchragan mamlakatda yarim vayronaga aylangan bozorlardan boshqa xalqni chalg'itadigan boshqa ermak bo'lmagach, hukumat bozorlarni navbati bilan yoqib, odamlarni avrashga majbur bo'ladi. Zamonaviy bozorlar qad ko'tarsa, rastalarda meva-chevalar to'kis bo'lsa, xalqning ko'ngli ozodlikni, hurlikni tusab qolishini ular yaxshi biladilar… Shuning uchun hukumat butun kuch-g'ayratini hech qachon millatning, davlatning gullab-yashnashiga qarata olmaydi. Kuch-g'ayrat farovonlikka aylansa, faravonlikni millatning baxtiga aylantiradigan bilimning ularda yo'qligi, davlat boshida turganlarni shu kabi buzg'unchiliklar sodir etib, xalqni shu yo'l bilan ushlab turishga majbur etadi…

Aytishlaricha, Toshkentning dunyoga mashhur Chorsu bozorida Mustaqillik yillarida besh marta dahshatli yong'in sodir bo'lgan. Bu degani, Chorsu bozori 23 yilda besh marta buzib tashlab, qaytadan tiklandi, degani bo'ladi. Ammo, u hech qachon zamonaviy bozorlar kabi qayta tiklanmagan. Ajratilgan mablag'larning asosiy qismi, mas'ullar tomonidan har safar talangani uchun ham bunday qilishning imkoni bo'lmagan. Qolaversa, joriy hukumatning talabi ham shu. Vaqti etib muqarrar yonishi lozim bo'lgan bozorni zamon talablari asosida bunyod etishning hech qanaqa zarurti yo'q-da, axir.

Mamlakatdagi boshqa bozorlarning taqdiri ham oxir-oqibat Chorsu bozoriniki singari har safar ayanchli bir tarzda yakun topadi. Chorsu kabi poytaxt bozorlariga har safar o't qo'yilganda, odamlar ularning holidan xabardor bo'ladilar. Viloyatlardagi bozorlar ming marta yondirilsa ham, hech kim ularning oh-zorini eshitmaydi. Poytaxtdagi bozorlar bilan viloyatlardagi bozorlarning bir-birlaridan tafovutlanadigan jihati ham, mana shu. Ularning boshqa bir-birlaridan farqlanadigan tomonlari yo'q.

Yaqinda yonib kul bo'lgan Chinni bozori bilan To'sin bozorining ham boshiga yuqoridagi bozorlarning kuni tushdi. Bahonada ularni qayta qurib qaytadan sotadilar.

Hukumatga yaqin kimsalar, yana shu yo'l bilan boylik orttiradilar. Buni tushunmagan ba'zi birovlar, MXX bilan IIVligi bir-biri bilan kelishmay qolibdi, emish. Ichki ishlarining yangi vaziri milliy xavfsizlikning genrallarini qamabtimish. Shu uchun ular joy talashib, bir-birlarining hududlariga o't qo'yayotganmish. Shunday qilmasa, yangi ichki ishlar vaziri qon bosimi oshib, o'lim to'shagida yotgan Rustam Inoyatovni qamarmish, hammasining orqasida Gugusha turganmish, deb yuraveradilar.

Aslida, ularning hammalarining tili bitta ekanligini, ularning boshida prezidentning o'zi turganini, barcha jinoyatlar prezidentning buyrug'i bilan amalga oshirilayotganligini ko'plar bilmaydilar. Biladiganlar oshkor etishdan manfaatdor bo'lmaganlari uchun damini ichiga yutadilar…

Ergash Sulaymon

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • anonim ;

    Xabaringiz bor 2 yil avval Andijondagi Navro'z savdo markazi xuddi shunday yongan.
    Yong'inni ilk paytida tovarlari bor savdogarlar eplab, jon holatda u erga kirsa, ba'zi qimmatbaho tovarlari bor do'konlar qulfi buzilgan,mollari sochilib yotganini ko'rishgan ekan.

    22/08/2014 14:10
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube