O’zbekiston Xalq Harakati

Oshkora ko'zbo'yamachilik

Oshkora ko'zbo'yamachilik
22 Ağustos 2014 - 16:11 'da yuklandi va 1780 marta o'qildi.

4Men bilan suxbatda bo'lgan Xorazm viloyati Bog'ot tumanida yashovchi bir do'stimning menga aytishicha u kishi hamma yurtdoshlarimiz kabi 1992 yildagi 12 foizli ichki yutuqqa ega bo'lgan zayom soxibi bo'lgan va shu yilning iyun oyida bu zayomlarni katta xursandchilik va katta umidlar bilan Xalq bankining bog'ot tuman bo'limiga oborib topshirgan edi.

Kunlar o'tib avgust ham keldi va katta orzular bilan Xalq bankiga bordi va u amin bo'ldiki bu (yutuqli) zayomlarini hech qanday yutuqqa ega emasligi o'zi xayol qilgandek qop qop pul ola bilmasligini tushunib etdi va shunda aniq bildiki davlatning bu qilayotgan o'yinlariga barham berish kerakligi buning uchun hamma bir yoqadan bosh chiqarib birlashishi kerakligini anglab etdi.

U yana bir aniq faktlar bilan davlat bu zayomlarga pulni xalqning o'zidan olib o'ziga arzimas narxdan berayotganini aytib qoldi. Bir boshdan gapirib berishini iltimos qilganimda o'zi yashab turgan Xorazm viloyatining Bog'ot tumanidagi banklar yani Xalq banki va Agro banklari tomonidan yutuqli lotereyalar sotilayotganini aytdi. Shunda men – axir banklarning majburlab loterieyalar sotishi har doim ham bo'lganku, desam do'stim – bu safar bu banklar ko'zbo'yamachilikning yangi usulini o'ylab topishganidan baxs etdi.

Uning aytishicha, bu bilan davlat xalqning pullarini olib o'ziga zayomi uchun qaytaradi. Katta ko'lamdagi bu lotereyalar savdosi boshida qizib turgan, biroq keyin asta-sekin odamlarning ham joniga tekkan. Yutuq chiqmaganidan so'ng odamlarning joniga tegishi ham tayin edi. Bank xodimlari buning ham ilojini topishgan. Bog'ot tumanining O'zbekiston ko'chasida joylashgan Xalq banki binosining oldiga yap yangi CHEVROLET COBALT mashinasiga lentalar o'rab qo'yib qo'yishgan.

“Keyin men ham qiziqish bilan Xalq banki binosining oldida stol stul qo'yib olib lotereya biletlarini sotayotgan qizlardan bittagina berishlarini so'radim va olib orqa tomonini o'qib ko'rsam yutuqlar ro'yxatida hech qanaqa CHEVROLET COBALT yo'qligini ko'rdim. Shundan so'ng qizlardan – qani bu erda faqat 50 mln so'mlik yutuq yozilganku hech qanaqa mashina yo'qku desam, ular menga – tog'a shu 50 mln.ni yutsangiz mana shu mashinani olib ketaverasiz deyishdi.

Bunday ishning samarasini ko'rishgan Bog'ot tumani O'zbekiston ko'chasida jaylashgan Agro bank xodimlari ham binosining oldiga CHEVROLET COBALT mashinasini qo'yib qo'yishdi. Bu narsa meni unchalik hayratga solmadi nimagaki hamma narsa menga kundek ravshan bo'lib bo'lgandi”, – deydi Bog'otlik do'stim.

Jalil Jalilov

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Bratan ;

    Xaloyiq eshitmadim demanglar jonajon g’amxör hökömat yangi zayomlar chiqararmish! Shoshiling ular soni cheklangan. Ixtiyoriy tarzda hamma oliwi majburiy

    22/08/2014 16:23
istanbul escort