O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Voyaga etmagan qiz 19 ta qotillik jinoyatiga jalb qilingan

Voyaga etmagan qiz 19 ta qotillik jinoyatiga jalb qilingan
26 Ağustos 2014 - 7:40 'da yuklandi va 2162 marta o'qildi.

4O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir yil mobaynida ancha shov-shuvlarga sabab bo'lgan yolg'iz qariyalarga nisbatan sodir qilingan qasddan odam o'ldirish va bosqinchilik jinoyatlari sodir qilgan jinoiy guruh ishi bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni ma'lum qildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar tarqatdi.

Bosh prokuratura boshqarmasi boshlig'i Azizbek Nazarovning so'zlariga ko'ra, Jamoliddin Qosimov va uning sherigi Nargiza O'razova tomonidan sodir qilingan jinoyatlarning qurbonlari Toshkent shahri, Buxoro, Samaraqand, Sirdaryo, Farg'ona va Toshkent viloyatlarida yashovchi jami 186 ta keksa ayollardan iborat.

Joriy yilning 27 iyun' kuni jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudi J. Qosimov va N. O'razovalar jinoiy to'dasi a'zolariga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo'yicha hukm chiqargandi. Unga ko'ra yuqorida tilga olingan shaxslar qasddan odam o'ldirish, bosqinchilik, o'g'irlik va boshqa og'ir jinoyatlarda aybdor deb topilgan. Shu jumladan ayblanuvchilar ilgari ochilmay qolgan 20 ta odam o'ldirish jinoyatida aybdor deb topilgan va ularning 19 tasida O'razovaning voyaga etmagan qizi jinoyatga jalb qilingani aniqlangan.

Surishtiruv-qidiruv tadbirlari mobaynida jinoyatlarga aloqador 60 ming odam so'roq qilingan.

Eslatib o'tamiz, poytaxt pensionerlarini deyarli bir yil davomida qo'rqib yashashga majbur qilgan jinoyatchilar o'tgan yilning kuzida qo'lga olingandi. Surishtiruv mobaynida aniqlanishicha, erkak va ayol juftligi kommunal xizmat, tibbiyot muassasa hamda ijtimoiy ta'minot xodimlari sifatida o'zlarini tanishtirgan holda yolg'iz qariyalarning ishonchini qozonib ularning uylariga kirib olishgan. Undan keyin esa zo'ravonliklardan tortib qotillikkacha bo'lgan turli jinoyatlarni sodir qilishgan.

Sud hukmiga ko'ra jinoyatda ayblanayotgan erkakka nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi, ayolga nisbatan esa qattiq tartibdagi koloniyada o'talishi sharti bilan 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Undan tashqari, Bosh prokuraturaning jabrlanuvchilarga etkazilgan moddiy va ma'naviy zararni undirish uchun kiritgan da'vo arizasini ham qanoatlantirgan.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Bir muxlis ;

    Uznyus.net saytida bir rus bola buvisini kotili sifatida kamalgani va bu kottillik xam shu juftlikka boglik bulishi mumkinligi xakida turkum makolalar berib borildi. Shu xakda ma'lumot bersangiz.

    26/08/2014 09:28
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube