O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

«Ul Haqning so'zini aytadi…» (3)

«Ul Haqning so'zini aytadi…» (3)
28 Kasım 2014 - 17:21 'da yuklandi va 1730 marta o'qildi.

333Muhtoj aylama

Qodir Jabbor, sendan tilagim ko'pdir,
Sen meni nomardga muhtoj aylama.
Xazinangdan bergil, mening rizqimni,
Bandangni bandangga muhtoj aylama.

Adashtirma, to'g'ri yo'lim egriga,
Egrini tenglama, hargiz to'g'riga,
Kishi moli nasib etmas o'g'riga,
Halolni haromga muhtoj aylama.

Nomard ko'prigidan o'lsam, o'tmasman,
Karvon bo'lsam, halol ishdan qaytmasman,
Qo'lidan bir kosa sharob ichmasman,
O'ng qo'lni chap qo'lga muhtoj aylama.

Yaxshi niyat, sendan tilagim ko'pdir,
Achchiq so'zlar tildan chiqqan bir o'qdir,
Tuqqanning tuqqanga bahosi yo'qdir,
Og'ani, iniga muhtoj aylama.

Maxtumquli, Haqdan tila, borini,
Tilar bo'lsang, tila, o'z imoningni,
Obod ayla, ikki ko'zim nurini,
O'ng ko'zim chap ko'zga muhtoj aylama.

Yog'iydir, yog'iy

Dunyo, dushman turar, g'ofil odamzod,
Mol bilan ovladi, yog'iydir, yog'iy.
O'n sakkiz ming derlar, kulli olamni,
Gunohi, fasodi yog'iydir, yog'iy.

Qul, qorabosh moling, oting, eshaging,
Ot, yarog'-asbobing, to'ning, to'shaging,
Sevgili xotining, o'g'ling-ushog'ing,
Dunyoning bor zoti yog'iydir, yog'iy.

Dunyo bir saroydir – soz bilan suhbat,
Sipohiga – dasgoh , shohlarga shavkat,
Shohlardan aylansa arkoni-davlat,
Barisi aylandi, yog'iydir, yog'iy.

Ot qarisa qolar, to'ydan, bayroqdan,
Bo'ri tishdan qolar, burgut tirnoqdan,
Boylar past ko'rinar quldan, qirnoqdan,
Bandisi, ozodi, yog'iydir, yog'iy.

Qabrda yorilar bag'ring pudagi,
Joningga balodir hassosi-sog'i.
Yigitlik mavsumi etishgan chog'i,
Tegsa xazon bodi, yog'iydir, yog'iy.

Maxtumkuli, haqiqatdan suz so'zing,
“O'ng ko'zimsan” desang, tirnar chap ko'zing,
Mosuvoni tashlab, qo'ygil mijozing,
Bir Haqdan o'zgasi yog'iydir, yog'iy.

Dunyodir

Ey yoronlar, musulmonlar,
Kelib-ketmali dunyodir.
Qurbi etgan mard yigitlar,
To'kib-sochmali dunyodir.

Hech kim bunda tutmas o'rin,
Sog'likda, to'kib-soch barin,
Buncha yig'nab, netdi Qorun,
To'kib-sochmali dunyodir.

Bu dunyoning g'amin ersan,
Odam o'g'li, bil, o'larsan,
Par to'shakni qattiq, dersan,
Erni quchmali dunyodir.

Zulm yog'ar boshlaringga,
Og'u qotar oshlaringga,
Bunda etgan ishlaringga,
Hisob bermali dunyodir.

Maxtumquli, o'qib Qur'on,
Xudodan tilagin iymon,
Har yigit o'lsa, benishon,
O'rni o'chmali dunyodir.

Holimga mening

Karam ayla, yo Rab, qudratli Subhon,
G'arib, g'amgin kechgan holimga mening.
Aqlim hayrondadir, dilda pushaymon,
Bilmaslikda kechgan solimga mening.

Mahsharda bo'lmasang Sen menga dalda,
Yo Rab, nechuk bo'lar ishim shu holda,
Imonim yukini etkazgan yo'lda,
Yo'lto'sar qo'ymagil, yo'limga mening.

Din qilichin ursam, tanda zo'rim yo'q,
Muhtojga non berar, qo'lda zarim yo'q,
Faqirmanam, sendan o'zga yorim yo'q,
Bir tasalli bergin, ko'nglimga mening.

Istasa, teng to'shlar boshga oltin toj,
Faqirlik mulkidan menga bergin boj,
Yo Yaratgan, nomardga etma muhtoj,
Tilagim, duch etma, zolimga meni(ng).

Ojizmanam, sendan o'zga kimim bor,
O'z bergan joningga jabr etma, Jabbor,
Maxtumquli aytar, karamli G'affor,
Boqma, qilganimga, fe'limga mening.

MAXTUMQULI

Turkmanchadan Maqsud Asror o'zbekchalashtirdi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube