O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekiston Xalq Harakatining Bayonoti

O'zbekiston Xalq Harakatining Bayonoti
16 Aralık 2014 - 11:31 'da yuklandi va 2994 marta o'qildi.

(Qo'g'irchoqlar saylovi haqida)

Xuddi 20 yil davomida bo'lgani kabi O'zbekistonda 21 dekabrga belgilangan “parlament saylovlari bezbetlarcha qilinayotgan navbatdagi ko'zbo'yamachilikdir.

Tashqaridan qaraganda, saylov bor. Ammo bu qo'g'irchoqlarning saylovi.

Tashqaridan qaraganda, raqib bor, ammo “raqiblar” qo'g'irchoq raqiblardir.

Hatto musobaqa ham borga o'xshaydi, ammo bu musobaqa qo'g'irchoqlarning musobaqasidir.

Sahna orqasida qo'g'irchoqboz diktator bu qo'g'irchoqlarning ipidan tortib, istagan maqomiga soladi.

“Saylov”da qatnashish huquqini qo'lga kiritgan partiyalarning hammasi rejim tarfidan tayinlagan qo'g'irchoq partiyalardir. Bu partiyalarning qaysi biri g'alaba qozonsa, bu g'alaba qattol rejimning g'alabasi bo'ladi. Qattol rejimning g'alabasi esa o'zbek xalqining mag'lubiyatidir.

Rejim qattoldir, chunki I.Karimov hokimiyatga kelgandan beri o'tgan 25 yilu 6 oy ichida turli yo'llar bilan o'ldirilgan insonlar soni o'rta miqyosdagi bir urushda yo'q qilingan odam sonidan kam emas. Eng so'nggi qatliom Andijonda namoyish etildi va bu yara hali ham xalqimizning qalbida bitmadi va haliveri bitmayajak!

G'arb davlatlari I.Karimov rejimining butun jinoyatlaridan voqifdir, ammo na o'tmishda, na bugun bu davlatlar Karimov rejimiga qarshi o'z qadriyatlaridan kelib chiqqan holda ovoz chiqarmadilar. Bugun ham G'arb qo'g'irchoqlar sayloviga “cheklangan kuzatuvchi kontingenti” yuborishga qaror qilib, O'zbek xalqining dushmani bo'lmish diktatura rejimini qo'llaganini ko'rsatdi.

O'zbek xalqi 25 yil va 6 oy davomida favqulodda holatda yashamokda. Bu muddat ichida xalqning moddiy va manaviy va zahiralari halokatli ravishda erib, tamom bo'lish arafasida. Jamiyatda yo'qsillik, jaholat va eng yomoni – umidsizlik hokim. Bu holatdagi xalq na erkin saylov, na-da hurriyatni uylaydi.

Aholining aksariy qismi och qornini to'ydirish va nochor oilasini boqish bilan band.

Bu yulda odamlar har qanday yo'lga, hatto jinoyatga ham qo'l urishga tayyor holga keldilar.

25.5 yillik tajriba shuni ko'rsatdiki, I.Karimov rejimini saylov yo'li bilan o'zgartirish imkonsizdir. Chunki I.Karimov hech qachon saylov o'tkazishga yo'l qo'ymaydi.

I.Karimov rejimini faqat xalk isyoni – inqilob yo'li bilan o'zgartirish mumkin.

Uni G'arbga shikoyat qilib o'zgartirib bo'lmaydi. Uni iltimoslar, murojaatlar, bayonotlar bilan emas, faqat kuch bilan O'zbekning elkasidan tushirish mumkin.

25.5 yil davomida G'arb demokratiyasiga inonib, vaqt yo'qotganimizni – naqadar achchiq bo'lmasin – tan olish payti keldi.

25.5 yil davomida demokratiya haqida o'qigan butun ma'ruzalarimiz safsata ekanligini fojiali bir shaklda anglamoqdamiz. Chunki yo'q narsa haqida gapirish safsatadir.

I.Karimov rejimining muxolifi bo'lgan butun guruhlar bu haqiqatni – naqadar achchiq bo'lmasin – tan olishlari kerak.

O'zbekiston Xalq Harakati bu qo'g'irchoqlar “saylovi” munosabati bilan O'zbekiston aholisini faqat bir narsaga da'vat qiladi: saylov boykotiga,

Boshqa butun harkatlarning befoyda ekanini 25 yillik tajribamiz bizga o'rgatdi: na saylov uchastkalariga borib ovoz berish jarayonini taftish qilish, na-da soxtalashtirish ishlarini fosh qilish, na-da chet ellik “kuzatuvchilar”ga shikoyat qilish – hech biri natija bermaydi.

Chunki ming taftish qiling, ming shikoyat – rejim baribir to'ldirilgan byulletenlarni qutiga tashlab, o'z planidagi qo'g'irchoq “parlamentni” “saylaydi”.

Biz qattol rejimning bu o'yiniga dastak bo'lmaylik, hurmatli hurriyat tarafdorlari!

Har bir kishi avval o'z oilasida keyin ish joyida odamlarni saylovga bormaslikka targ'ib etsin.

Shundayki, belgilangan kun bu soxta “saylov” uchastkalari qabriston jimligiga ko'milsin!

Nihoyat, O'zbek xalqi tamsilchisiman deb maydonga chiqqan muxolif fikrli guruhlar hurriyat yulidagi 25.5 yillik kurash uslubini o'zgartirib, yangi strategiya buyicha ish boshlamas ekan, hurriyat hayol bo'lib qolaveradi.

O'zbekiston Xalq Harakati bu yangi yo'l xaritasini chizib, ortiqcha shov-shuvsiz, imkonlari chegarasida odim otmokda.

O'zbekiston Xalq Harakati bu ozodlik yo'lida butun xalqparvar insonlarni o'z saflariga chaqiradi.

O'zbekiston Xalq Harakati

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Muxammadsharif ;

    Kurash boshlandi ! Xammamiz kuzbuyamachi, saylovsiz saylovlarga baykot e'lon kilamiz ! Ozodlikni kadrlovchi xar bir inson , imkon kadar uz noroziligini bildirishga xarakat kilishi kerak ! Zolim tuzumdan, diktator Karimov boshchiligidagi kalamushlardan xazar kilamiz ! Ularga xizmat kilmaymiz ! Nokonuniy prezident va xukumatni tan olmaymiz! Karimov , atrofigdagi xaromtomok chuchka va kalamushlaringni olib tuyogingni shikillat, vakt borida ! Yuksa keyin kech buladi , xollaringa maymunlar yiglaydi !

    16/12/2014 21:25
  • Qasoskor ;

    Bayonatdan ruhlandim.Karimov rejimini yo’qotishning boshqa yo’li yoq….

    16/12/2014 18:55
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube