O’zbekiston Xalq Harakati

Parijdagi terrorchilik “Hollivudcha” tomoshamidi?

Parijdagi terrorchilik “Hollivudcha” tomoshamidi?
10 Ocak 2015 - 20:45 'da yuklandi va 2488 marta o'qildi.
2

Frantsiya prezidenti jinoyat sodir qilingan joyda

Muhammad alayhissalom karikaturalarini e'lon qilgan Charlie Hebdo satira jurnali nashriyotiga 7 yanvar' kuni ertalab uyushtirilgan hujum jahon ommaviy axborot vositalarining asosiy mavzusiga aylandi. Xabarlarda qurollangan uchta erkak bino ichiga bostirib kirib o't ochishganiva hujum natijasida 12 kishi halok bo'lgani, 20 kishi jarohat olgani aytilmoqda.

Biroq, terrorchilik hujumi sodir bo'lgan kuniyoq ba'zi internet nashlarda asl hodisaning muqobil varianti bilan bog'liq xabarlar paydo bo'ldi. Xususan, Livejournal saytida e'lon qilingan xabarda terrorchilik hodisasidagi ba'zi shubhali holatlar haqida so'z boradi.

Olland stsenariyga rioya qilmagan ko'rinadi

Frantsiya prezidenti Ollandning voqea joyida terrorchilik hujumidan bor-yo'g'i 10 daqiqa o'tar-o'tmas paydo bo'lishi shubhalarning boshlang'ich nuqtasi bo'ldi. Hujum amalga oshirilgan kuni kechki xabarlarda Fransua Ollandning voqea joyiga oradan bir necha soat o'tganidan so'ng etib kelgani alohida urg'u bilan ta'kidlandi. Biroq, oradan “bir necha soat o'tib” Olland etib kelgan vaqtda hujumda jabr ko'rganlarni endigina tez yordam mashinalariga ortishayotgandi. 8 yanvar' kuni soat 05:26 daqiqa o'tganda Rossiya 24 telekanalida esa Ollandning voqea joyiga hujumdan yarim soat o'tib etib kelgani xabar berildi.

Xavfsizlik protokoliga ko'ra mamlakat birinchi shaxslarining terakt hududiga kirib borishlaridan oldin ehtimoliy minalashtirishga qarshi amaliyot o'tkazish talab qilinadi. Faqat ushbu tekshirish protseduralaridan so'ngina davlat rahbari terrorchilik hujumi sodir qilingan hududga kirib kelishlari mumkin. Biroq, Olland voqea joyiga kirib kelgan vaqtda hech qanday iskovich itlar ham, mina qidiruvchi mutaxassislar ham ko'rinmadi.

Jinoyat sodir bo'lgan binoning o'zi va uning atrofidagi butun mavzelar o'rab olinib tezkor-qidiruv amaliyotlari bajarilishi kerak bo'lgan joyda Olland paydi bo'ldi va matbuot anjumani ham o'tkazdi!

Hali hujumni uyushtirgan shaxslar qo'lga olinmasdan turib mamlakat prezidentining jinoyat joyiga kirib borishiga xavfsizlik xizmati qanday yo'l qo'yishi mumkin?

Keyingi voqealar esa shubhalarni yanada oshiradi.

Matbuot anjumani o'tkazayotgan Olland o'zining otashin nutqi davomida “musulmon varvarligiga va terrorchiligiga qarshi umum-ovro'pa kurashiga” Rossiyani ham qo'shilishga da'vat qilishini unutmadi.

Yanvar oxirigacha terrorchilik uchun vaqtimiz bor

Livejournal jurnalining dekabr' sonidan:

– Frantsiyada hali hech qanday yirik terrorchilik hujumi sodir bo'lmagan, shundaymi?
– Shoshilmang, hali yanvar' oxirigacha vaqtimiz bor.

Politsiyachining o'ldirilishi bilan bog'liq shubhalar:

– erda uzala yotgan politsiyachida hech qanday jarohat izlari yo'q, balki yiqilib tushgandir?
– politsiyachiga bo'sh o'q (xolstoy) otilganligini ko'rsatuvchi alomatlar bor;
– odamning boshiga oddiy to'pponchadan o'q uzilganda ham asfal't ustida qandaydir iz qolishi kerak. Bizning holatda esa oddiy to'pponcha emas, balki bor-yo'g'i 40 sm uzoqlikdan Kalashnikov avtomatidan o'q uzilgan! Biroq hech qanday iz yo'q!

Masxarabozlar voqea joyiga kiyinib kelishganmi yoki etib kelganlaridan so'ng kiyimlarini almashtirishganmi?

Videolavhaning so'ngi varianti ayni paytda Charlie Hebdo jurnalida ham o'rindoshlik asosida ishlovchi “Gaarets” isroil gazetasi jurnalistining qo'lida paydo bo'lib qoldi!

Negadir CNN politsiyachini boshidan otish sahnasini kesib tashladi…

… bu kimning oyoq kiyimi – meniki. Al-Qoida faxriylari va beshafqat professionallar Parijda tayyorgarlikdan o'tishmoqda. Bostonda ham har tarafga oyoq kiyimlar irg'itib ketilgandi.
5

Boshiga raqam qo'yilgan odam

Hujum natijasida jabr ko'rgan 32 ta jabrlanuvchi uchun atigi ikkitagina tez yordam mashinasi etib keldi (balki yoqilg'ini tejashgandir) va aravada boshiga 2 raqami qo'yilgan odamni olib ketishdi. Uni nima sababdan echintirishdi o'zi? Tanasida hech qanday jarohat izlari ham yo'q!

??????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????Guvohlarning so'zlariga ko'ra terrorchilar binodagilarni nomma-nom tanlab o'ldirishgan. Axir buning uchun kamida 20 daqiqa vaqt ketishi kerak emasmi? Buning ustiga terrorchilar hujumdan so'ng uzog'i bilan 30 soniya ichida yopib tashlanishi kerak bo'lgan ko'cha orqali mashinada bemalol chiqib ketishgan. Balki yo'lda ular prezident Olland korteji bilan ham ro'baro' bo'lishgandir.

“Hujum qilganlar yo'lda uchragan notanish bir odamlarga o'zlarining Al-Qoida a'zolari ekanligini aytib ketishgan”. Aftidan terrorchilar so'zga chechan ko'rinadi.

Voqealar rivoji ertalab soat 11:00 dan 11:15 gacha bo'lgan qisqa bir vaqtda bo'lib o'tdi. Ommaviy axborot vositalarida esa soat 14:09 da xabar berildi:
1. Hujum uyushtirilgan paytda ko'chada bironta inson zoti yo'q edi. Bu politsiyachilar ham dohil. Butue voqealar “motor” buyrug'i asosida tasvirga olish maydonchasidagi rejimdagi singari sodir bo'ldi.
2. “Guvoh” deb atalgan shaxslar tomonidan olingan video tasvirlarda esa montaj alomatlari yaqqol sezilib turibdi.
3. Parij shahri aholisida uyali telefon yo'q yoki undan qanday foydalanishni bilishmaydi.
4. Tez yordamga muhtoj bo'lgan jami 32 ta jasad bor, biroq tasvirlarda ularga ayni 3-4 ta tibbiy personal xizmat ko'rsatmoqda.

??????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????5. Binoning ichkarisida terrorchi bormidi?

Nashriyot derezasiga tashqaridan o'q uzilgan. Bu tashrif haqidagi ogohlantiruvmidi?

Nashriyot derezasiga tashqaridan uzilgan o'q izi

Charlie Hebdo jurnali mualliflaridan biri tasviriy san'atning “g'aroyib turi” bilan shug'ullanmoqda! Jurnal xodimlarida ruhiy muammolar ham borga o'xshaydi.

9

Charlie Hebdo jurnali mualliflaridan biri ish jarayonida

Ko'rib turganingizdek, voqealar rivojini haqiqat deb atashga to'siqlar, shubhalar va gumonlar serob.

Endi “dunyoning eng ilg'or ommaviy axborot vositalari” uchun musulmon dunyosi degan narsa yo'q. Buni quyidagi rasmdagi AQShning AR nashri xodimlari tasvirlangan rasm ham tasdiqlab turibdi!

10

AQShning AR nashri xodimlari

Quyidagi video-lavhada esa fosh qiluvchi tahlillardan yana birini tomosha qilishingiz mumkin:

O'XH axborot bo'limi

“Livejournal” materiali asosida tayyorlandi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 5 Yorum )

  • baha ;

    Toshkentdagi portlashdan ozgini vakt utib karimov etib kelgan edi..

    11/01/2015 18:20
  • Bir muxlis ;

    Protiv idei nado ideyno voevat'. S orujiem v rukax kajduyu mraz' budut nazyvat' musul'manskim terroristom. Ne vyklyuchayte kameru ya vam naydu chto snimat'. Vot chto govoryat redaktory novostnyx kanalov. Delayte vyvody gospoda.

    11/01/2015 11:28
  • Muxiddin ;

    Jurnalist Maksim Shevchenko o serii teraktov v Parije: «Ya zadayus' voprosom: a ne yavlyaetsya li vse eto chudoviщnoy postanovkoy?» Manba:
    http://tvrain.ru/articles/zhurnalist_maksim_shevchenko_o_serii_teraktov_v_parizhe_ja_zadajus_voprosom_a_ne_javljaetsja_li_vse_eto_chudovischnoj_postanovkoj-380382/

    11/01/2015 04:59
  • Muxiddin ;

    Komissar politsii El'rik Fredu, rassledovavshiy terakt v redaktsii Charlie Hebdo, nayden mertvym na svoem rabochem meste. Po predvaritel'nym dannym, sotrudnik pravooxranitel'nyx organov zastrelilsya s pomoщ'yu svoego je tabel'nogo orujiya.

    Fredu rassledoval delo ob obstrele redaktsii Charlie Hebdo, v chastnosti, obщalsya s sem'yami pogibshix i kak raz zavershal svoy doklad, kotoryy doljen byl predstavit' nachal'stvu v skorom vremeni.Manba:tvzvezda.ru

    11/01/2015 04:38
  • evril ;

    2001.09.11.AKSh. 1999.02.16.Tashkent.va Parij 2015.01. Uxshash emasmi? Yaxudiy va uning malaylarini navbatdagi fitnasi.

    11/01/2015 03:19