O’zbekiston Xalq Harakati

Oydin Solih: “SIZ UNUTDINGIZ… Dunyo baxtli yashash uchun yaratilgan joy emas, imtihon joyidir”

Oydin Solih: “SIZ UNUTDINGIZ… Dunyo baxtli yashash uchun yaratilgan joy emas, imtihon joyidir”
11 Ocak 2015 - 23:07 'de eklendi ve 2931 kez görüntülendi.

5

Inson yoki jonli va jonsiz mavjudotlar makro va mikro dunyoda birlikda mavjuddir. Makro dunyo nima o'zi? Makro dunyosi molekulalar va atomlardan iborat. Atom moddaning eng kichkina parchasidir. Atom osti dunyosi mikro dunyo deyiladi. Mikro dunyoda bu dunyo qonuniyatlari amal qilmaydi.

U erda umuman boshqa qonunlar amal qiladi. Biz bu dunyoda masofa o'lchay olamiz, og'irlik o'lchay olamiz, issiqlikni o'lchay olamiz, bir molekulaning joylashgan joyini aniqlay olamiz, bir molekulaning harakat tezligini aniqlay olamiz. Ammo atom osti dunyosida buning imkoni yo'q. Atom osti dunyosida so'ngsizlik, zamonsizlik bor. Tasavvur qiling – siz inson sifatida bir vujudsiz va dunyo qonunlari ostida yashaysiz. Biroq, yanada chuquroqqa tushsangiz, umuman boshqa qonunlarning guvohi bo'lasiz – makonsizlik va zamonsizlik.

Mikro darajada qonunlar umuman boshqacha bo'lib, u erda dunyo qonunlari ishlamagani sababli biz mutlaqo bir dinga bog'lanishimiz lozim. Chunki insonning aqli mikro dunyoda hech narsani idrok qilaolmaydi. O'ylab ko'ringchi, so'ngsizlik nima o'zi? Makonsizlik nima? Tasavvur qila olasizmi? Tasavvur qila olmaysiz, aqlingiz etmaydi. U erda aqlimiz to'xtab qoladi va hech narsani anglamaydi. U vaqtda faqat va faqat bir e'tiqodga bog'lanish orqali biz bir tamal qura olamiz. Va albatta Islom dini eng go'zal dindir.

Alloh Janobi Haq marhamat qiladi: “(e'tibor qiling – bu juda muhim bir oyat):

“Ne'matimni benuqson, to'kis qilib tamomladim. Sizlarga din sifatida faqat islomni tanladim”.

“Ne'matlaringizni tamomladim” nima degani? Ma'nosi shuki, bu oyat nozil bo'lganidan so'ng boshqa hech narsa nozil bo'lmaydi. Ne'matlarimizni Alloh tamomladi, hadisda bu oyatga sharh beriladi. Muhammad s.a.v. deydilarki: “Mendan so'ng har qanday yangilik – bid'atdir. Har bid'at dalolatdir”.

E'tibor bering, qanchalik bir-birini to'ldiradi – oyat va hadis. Sunnatlarga rioya qilish nima sababdan shunchalik muhim? Chunki Muhammad s.a.v. Allohning, yaratuvchining qonunlariga amal qilgan. Allohdan keladigani har narsa – sodda va tekin, shaytondan keladigani har narsa chigal va qimmatdir. Mutlaqo shunday. Nimaningdir mana shunday chigal ekanligini ko'rsangiz mutlaqo uzoq turing.

Reklama ko'rasiz. Reklama qilingan narsani aslo olmang. Siz zaytun yog'ining reklamasini ko'rdingizmi hech? Men hech qachon ko'rmadim. Siz hayvon yog'i (ich yog'i)ning reklamasini ko'rdingizmi? Hech qachon! Holbuki, Qur'oni Karimda Alloh Janobi Haq ikki yog'ini mukarram qildi. Zaytun yog'i. Chunki bizning har bir hujayramizda zaytun yog'iga o'xshagan bir yog' mavjud. Va ich yog'i. Chunki butun hujayralarda, asosan miya hujayralarida ich yog'iga o'xshagan yog' uchraydi. Ich yog'i iste'mol qilmagan aqlli bo'lmaydi, kuchli bo'lmaydi. Giperaktivlik va otizm kasalliklari ham qisman bunga bog'liq.

Siz mening talaffuzimga tushunmay qolsangiz, shu zahoti meni to'xtating, kelishdikmi? Chunki bekordan bekorga gapirib nega vaqtingizni olishim kerak, buning hisobini qanday beraman?

Deterjanlar siz uchun daxshatli tuzoqdir. Deterjanlar bilan siz sog'lig'ingizni yo'qota boshlaysiz. Deterjanlar tarkibidagi moddalar to'qimalaringizda, asosan, jinsiy organlaringizda va miyada to'planadi. Miyada to'plangan moddalar sizni aqlingizdan ayiradi, jinsiy organlaringizda to'planganlar sizni qisir qiladi, hammangiz probirka chaqaloqlar tug'ishga boshladingiz yoki sezaryan qildirmoqdasiz. Odam alayhissalom va Havvo hazratlari davridan beri, nafaqat odam, balki butun jonzodlar tug'ilish yo'li bilan dunyoga keldi.

Ayollarga nima bo'lganki, ular endi tug'aolmaydilar?

Hech kim bu haqda o'ylab ko'rmaydi. Sababi deterjan qo'llanishgani uchundir. Deterjanlar tarkibidagi jinsiy garmonlar sizning organlaringizga zarar beradi va vujudingizda yashay boshlashadi. Shuning uchun keyinga davrda tug'ilgan bolalar o'zgarib ketdi. Bugungi bolalar oldingi bolalarga o'xshaydimi? Mutlaqo o'xshamaydi, ular robot kabilar. Bunga ayollar sababchi.

Bu homilador bo'lishidan oldin edi. Homilador bo'lganidan so'ng esa nano folik asid olishadi. Nima,siz uchun xurmo yo'qmi? Xurmo folik asidning manbai-ku? Folik asid bo'lsa bor, bo'lmasa ham zarurat yo'q. Ayollar temir vitamini iste'mol qilishadi. Temir tarkibida nima bor, surishtirib ko'rdingizmi? Nima sababdan har bir homilador ayolda qon kamligi kuzatiladi? Demak, bu holat juda muhim. Agar temir etishmovchiligi bo'lsa miya etarlicha ishlamaydi. Shundan so'ng vitaminlardan foydalanasiz. Nima sababdan vitamin? Turkiyada meva qolmaganmi? Shundan so'ng ayollar tug'ishga boradi. Deterjanlarni homiladorlik vaqtida ham qo'llangani uchun sintetik estrogenlar yuksaladi. Estrogenlar yuksalgani sababli androgenlar ham yuksaladi. Ana undan keyin ayollarning badanlarida tuklar paydo bo'ladi!

Chaqaloq tug'ilganidan so'ng ilk qiladigan ishingiz K vitamini berasiz. Nima uchun K vitamini? Nima bo'ldiki, hech qachon tanqis bo'lmagan K vitamini endilikda tanqis bo'lib qoldi? Siz K vitaminining nima ekanligini bilmaysiz, ammo biz bilamiz. Chunki biz musulmonmiz, tekshiramiz. Sintetik K vitamini, aslida sintetik ham emas, balki DNK rekombinant nanotexnik maxsulot bo'lgan K vitamini bir jonivor kabidir. Va u butun jarayonni boshqara boshlaydi va qorajigarni buzadi. Shundan so'ng qorajigarda enzimlar yuksaladi. Garmonlar yuksalishi bilan vannaga quyiladi va zararlar zanjiri boshlanadi. Birinchi bo'lib vitamin K beriladi, qorajigar buziladi. Yarim soat ichida gepatit B vaktsinasi beriladi. Nega? Ovro'pada va Amerikada doktorlar aytishardi – nega bu bolalarda gepatit B bor? Onasi gepatit B bilan kasallanmaganku? Nega?

Gap shundaki, chaqaloqning immun tizimi olti oydan so'ng ishlay boshlaydi, vaktsina olti oydan oldin beriladi, nega? Sog'liqni buzish uchun albatta. Olti oygacha butun vaktsinalar beriladi!

Turkiyada qo'llaniladigan vaktsina Ovro'pa mamlakatlarida qo'llaniladigan vaktsinadan farq qiladi. Bizning vaktsinada sinerusal bor – qo'rqinchli bir modda. Miya to'qimasini buzadi otizm kuchayadi. Otizm, epilepsiya, nevrologik kasalliklar va fe'l-atvor buziladi. Siz chaqalog'ingizni emizasiz. Emizishga harakat qilasiz, ammo chaqaloq emmaydi. Boshini orqaga chekadi. Nega unday qiladi? Deterjan va yumshatuvchi qo'llanasiz, sizning ko'kragingizdan, sutingizdan badbo'y hidlar tarala boshlaydi. Bu hidlarning qanchalik jirkanch ekanini bilsangiz edi.

Buni faqat ochlik qilganlar biladi. Bu erda ochlik qilgan bormi? Qanchalik jirkanch hidlar bor, shunday emasmi? Inson bu hidlarga chiday olmaydi, chaqaloq ham chiday olmaydi. Muhammad s.a.v. aytadilarki – “ba'zi hidlar bor, jinlarni chaqiradi va malaklarni haydaydi, ba'zi hidlar bor-ki, malaklarni chaqirib, jinlarni haydaydi”.

Bugungi hidlar (atirlar) jinlarni chaqirib, malaklarni haydaydigan xilidan. Chaqalog'ingiz dunyoga keladi va qo'rqinchli jinlar orasida qoladi. Siz deterjanlar qo'llanadigan bo'lsangiz, demak, sutingizda deterjan bor. Chaqaloq buni qanday emadi? Ona suti emmmagan chaqaloqlar esa quritilgan sut ichishadi. Bu sut tarkibida quritilgan sut kukuni, minerallar, vitaminlar va boshqa narsalar bor, ammo bu umuman ozuqa emas, sintetik elim! Bular chaqaloqqa ozuqa bo'lmaydi, to'qimalarda, organlarda, miyada va tomirlarda chiqindi to'playdi.

Bizga to'rt yoshli bir qiz bolani olib kelishdi. Uning buyragidan tortib vena tomirlarigacha quritilgan sut tiqilib qolgan. Endi o'ylab ko'ring, bu bolaning ahvolini!

Ilgarilari skleroz kasalligi faqat keksalarda uchrardi. Bugun esa, statistikaga ko'ra, bu kasallik ikki yoshdan boshlab kuzatiladi. Ammo bizning quritilgan sut ichgan va chaqaloq bo'tqasi egan chaqaloqlarimiz darhol bu kasallikka yo'liqishadi. Ularning holi dabdala!.

Siz bir o'ylab ko'ring, sintetik egan chaqaloqlarning buyraklari rivojlanmaydi, chunki buyraklari doimo qoldiqlarni doimo qoldiqlarni tashqariga chiqarish uchun ishlaydi.

Shu bois hujayralar rivojlanmaydi va buyrak etishmasligi yuzaga keladi.

Bu erda bir savol bor, “nega ozmayapman”, deyishadi. Chunki siz ona suti ichmagansiz. Shu bois buyraklaringiz rivojlanmagan va shu bois metabolik qoldiqlar buyrakda to'planib qolgan. Siz hech qachon oza olmaysiz.

Ota-bobolarimiz: “og'zinga bir harom luqma olsang qirq kun ibodating yo'qqa chiqadi”, – deyishgan. Bugun esa har kuni besh marotaba harom eyiladi. (Zararli emak – xaromdir)

Sunnatga ko'ra sunnat kiyimlari to'rtta matodan qilinadi. Birinchisi – jundir. Eng yaxshisi ham jundir. Ikkinchisi – paxta, uchinchisi – ketan, ayollar uchun to'rtinchisi ham bor: ipak. Xaticha xonim sizga eslatgan qushiqdagidek: “zaytun yog'i emayman, bosma-boston kiymayman”. Nega kiymaydi? Chunki tabiiy mato bo'lgan bosma-bostonni sintetik matoga almashtirish kerak edi. Ayollar boston o'rniga sintetik kiyishni boshlashdi va yalang'och bo'lishdi.

Muhammad s.a.v. deydilar – “Oxir zamonga yaqin juda ko'p tasatturli kiyingan yalang'ochlarni ko'rasizlar”. Bu nima degani? Oxir zamonda butun narsalar o'zining asliga qaytadi. Sintetik kiyimlar, tasavvur qiling – poliestr, polietilen, poli va poli..bular yog'dan (neft') ishlab chiqarilgan, yonadigan yog'dan yoki yonadigan zaharli gazdan. Oxir zamonda sizning sintertik kiyimingiz gazga aylanadi, erib ketadi, sizni bo'g'adi, sizni otash bo'lib o'raydi.

Yana bir narsa borki, biz insonlar va jinlar uchun ustimizni yopamiz. Jinlar uchun sintetik kiyimlar yopinchiq hisoblanmaydi (bunday kiyimlar shaffof).

Aslida, butun kasalliklar sodda: Ba'zi bemorlar kelib, “men shakar kasalligiga yo'liqdim”, deyishadi. Bu kasalga qanday yo'liqdingiz desam, “doktorga bordim, u shakar darajamni o'lchadi va shakar kasalim borligini aytdi”, deydi. “Doktorga bormaganingizda edi shakar kasalligiga ham yo'liqmagan bo'lardingiz”,deyman men Ba'zilar kelib, “mening qon bosimim bor”,deyishadi. Bu kasalga qanday duchor bo'ldingiz desam, “doktorga bordim, qon bosimimni o'lchadi va dori yozib berdi, umr bo'yi qo'llaysan”, deb aytdi, deydi. Bu qanday bema'nilik? Bir dori umr bo'yi qo'llaniladimi? “Mening doktorim shunday dedi”.. va hokazo.

Sen nima sababdan doktorga bording, deb so'rayman
“Bosh og'rig'i tufayli”, deydi xasta.
– Nima berdi?
– Og'riq qoldiruvchi dori berdi
-Keyinchi?
– Og'riq qoldiruvchi qo'llandim. Albatta, tomirlar zarar ko'rdi, so'ng dorilar ko'paydi, kasalliklar ham ko'payadi.
– Sen qancha dori ichasan,- deb so'rayman.
– 15 ta
– Ahvoling yaxshilandimi?
-Yo'q, aksincha yomonlashmoqda, ammo mening doktorim umr bo'yi qabrga qadar dori ichasan,- dedi
– Sen nima uchun hamma vaqt mening doktorim, mening doktorim deysan. U doktor bo'lganida qisqa bir muddat uchun bir dori berardi va sening kasalliging yo'q bo'lib ketgan bo'lardi. Ammo dorilarni umr bo'yi qo'llanarkansan, dorilar ham, kasalliklar ham ko'payib boraveradi, demak, ahvoling yanada og'irlashib boraveradi. Sen aqlingni ishlatasanmi? Savolim mantiqlimi? Albatta mantiqli.

Bugun mening bemorlarimdan tashqari butun ayollar antidepressantlarni qo'llanishadi. Endi erkaklar ham antidepressiantlarni qo'llanishni boshlashdi. Nega? Chunki insonlar aqlini yo'qotishdi. Antidepressiantda nima bor, bir tekshirib ko'rdingizmi? Tekshirmadingiz. Butun antidepressiantlarda giyohvand modda bo'lgan amfetamin bor.

Shu sabab, antidepressiant qo'llanganlarning axloqi buziladi, fe'l-atvori buziladi. Zotan, aqli qolmaydi..

Musulmon og'ziga solgan har bir narsani tekshirib ko'rishi lozim. Birinchi farz – budir. Og'zingizga bir narsa solishdan oldin uni tekshiring. Qaerdan kelgan, qanday ishlab chiqarilgan, kim tarafidan ishlab chiqarilgan va ichida nimalar bor. Buni tekshirmasdan “Bismillaxir Roxmanir Roxiym”ni aytaolmaysiz. “Bismillaxir Roxmanir Roxiym” – ikkinchi farz. Birinchi farz – tekshirish, ikkinchi farz – “Bismillaxir Roxmanir Roxiym” aytishdir. Tekshirmasdan “Bismillaxir Roxmanir Roxiym” desangiz, Allohga qarshi chiqqan bo'lasiz. To'ng'iz go'shtini er ekan, “Bismillaxir Roxmanir Roxiym” deyiladimi? Astag'furulloh, astag'furulloh, bu dahshat.

Siz buyrak kasalligim bor deysiz. Takror aytaman, bularning kulgili. Bular bugungi tibbiyotning tuzog'idir. Nima kasallik bo'lsa-bo'lsin birinchi navbatda dorilardan voz keching. Shundan so'ng uyda ishlatayotganingiz kimyoviy moddalardan voz keching, ularni uyingizdan chiqarib tashlang. Chunki sizni aynan ular kasal qiladi. Undan keyin ovqatlanishingizni tartibga soling. To'g'ri ovqatlanish juda muhim. Ozuqangiz sintetik bo'lmasligi, sun'iy yo'l bilan ishlab chiqarilgan bo'lmasligi lozim. Egan ovqatingiz sunnatga ko'ra bo'lishi kerak. Sintetik kiyimlar kiymaganingiz kabi, sintetik ovqatlarni ham emasligingiz kerak. Keyin hojamot qiling va zuluk qo'ying. Bor-yo'g'i shu. Xastalikning nimaligini unutasiz, hammasi o'tib ketadi.

Tabiiyki, bemorlar menga murojaat qilishadi, ularga xastalik sabablarini va nima sababdan bu holga tushganini tushuntiraman. Ularni mutma'in qilish uchun gapiraman. Aslida ularning menga ham, mening kitobimga ham ehtiyojlari yo'q. Ular sunnatlarga rioya qilishsa bas. Chunki Allohu Taolo Qur'onda, “Ne'matlaringizni tamomladim” degan, o'sha vaqtgacha Allohu Taolo nima yaratgan bo'lsa hammasini. Muhammad s.a.v. ham “Mendan so'ng har qanday yangilik bid'atdir. Har bid'at dalolatdir” deydi. Muhammad s.a.v. nimani degan bo'lsa, bu Allohdan, nima egan esa Allohdan, qanday yashagan bo'lsa u ham Allohdandir. Bori shu.

Bir yashil olmani tasavvur qiling, mazasi ham yo'q bir olma. Ammo bir muddat turgani sari yanada chiroyli bo'la boshlaydi, mazasi ham eng mazali bo'ladi. Shundan so'ng tushadi. Inson ham shunday bo'lishi lozim – yillar o'tishi bilan yanada go'zal, yanada aqlli, bir-biriga yanada marhamatli va huzurli. Bunday insonni bugun qaerda ko'rdingiz? Keksalarimiz naqadar qo'rqinchli ahvolda. Hammasi semiz-semiz.

Mening bemorlarim ozishadi. Semizlarga duch kelishsa, semizlar: “Voy qanchalik ozib ketibsan”, – deyishadi. “Sen qanchalik semiribsan, deng”, – deyman bemorlarimga. Semirishning aybi yo'q, ozishning aybi bor ekan. Qachondan beri bunday bo'ldi? Siz eski Usmonli fil'mlarini, rasmlarini ko'ring. Insonlar chayir va quruq, egnida qat-qat liboslar, shu qadan sog'lom va shu qadar quvvatli xotinlar va erkaklar. Ular endi qaerda? Hechkim sizdan “qanday semirding”, deb so'ramaydi, ammo “sen qanday ozib ketding”, deb so'raydi. Ochlik qilsangiz ham shu ahvol. Siz ko'p esangiz hech kim hech narsa demaydi, biroq emasangiz aybdorsiz.

Biz ochlik haqida manba topolmadik, deyishadi. Chunki axtarmagansiz manbani. Imom G'azzoliy hazratlari, Ibrohim Haqqi hazratlari, Abdulqodir Jiloniy hazratlari, Muhammad s.a.v va asxoblar. Muhammad s.a.v. “men bir kun ro'za tutaman, bir kun ovqat eyman. Ertalab taom esam, kechqurun emayman, kechqurun esam, ertalab emayman”, deganlar. Shunday ekan siz bir o'ylab ko'ring, ular ochmidilar yoki to'qmidilar.

Muhammad s.a.v. jome'ga keladi. Qaraydiki u erda xotinlar va ba'zi asxoblari bor. “Siz bu erda nima qilayapsiz?”, desa ular “ochlikdan qiynalayapmiz”, deyishadi. Mening bemorlarim o'n kunlik ochlik qilishadi. Bugun ochlikdan qiynalgan ko'rdingizmi? Oralarida ochlikdan qiynalgan bormi? Men uchratmadim. Hech kim ochlikdan qiynalmaydi. Demak, u vaqtdagi ochlik o'n kundan ham ko'proq bo'lgan bo'lishi mumkin. Shunda Muhammad s.a.v. “falonchinikiga boraylik va u erda ovqat eylik va bitiraylik bu ochlikni”, – deydi. Ular falonchiga borishdi, falonchi ham ularga xurmo berdi. Muhammad s.a.v. va asxoblari xurmo eyishdi. Xurmoni eyisharkan qo'y eti ham pishirildi, uni ham eyishdi. Shundan so'ng Muhammad s.a.v. “Vallohi va Billohi, bu qo'zining hisobi bor” deydi. Nega hisobi bo'ladi? Chunki ular xurmoga to'yishgan edilar. Sizga shuni aytishim kerak: ochlik qilish juda oson. Ammo davomli oz eyish juda qiyin. Eng qiyini budir. Faqat mo'min va xasta inson oz eya oladi.

Nima sababdan ochlik? Men bu haqda gapirdim aslida. Bugun odamlar har kuni besh marotaba harom (zararli emaklar) eyishadi, dedim. Bu harom butun vujudda jamlanib boradi va butun organlarga, to'qimalarga zarar beradi. Bu haromni yo'qotish uchun faqat ochlik bo'lishi lozim. Ochlikda titraysiz, yonasiz va siz o'sha haromning qanday qilib sizni tark etganini ko'rasiz, his qilasiz. Mening bemorlarim aytishadi: “Oydin xonim, sezyapman, har bir kasallik bir maxluq ekan, uning o'z hidi bor, ochlikdan so'ng sizni tark etib ketadi”. Ha, shunday.

Siz aldandingiz. Har tarafdan aldandingiz. Siz eng muhim narsani unutdingiz. Dunyo baxtli yashash uchun yaratilgan joy emas, imtihon joyidir. Bugungi kunda hamma bola tug'adi, unga ta'lim beradi, go'yoki bu ta'limning biron foydasi bor. Ta'lim berganidan so'ng uylantiradi, mashinalar olib beradi. Bularning nima ma'nosi bor? Bu dunyoning imtihon dunyosi ekanligini ortiq hech kim eslamaydi. Eslaganda edi, bunchalik xato qilmagan bo'lardi. Dunyo imtihon bo'lgani uchun xam hiylagardir. Bilasiz, Alloh Janobi Haq shaytonning bizni aldashiga izn berdi. Alloh Janobi Haq shunday marhamat qiladi: Shayton sizning ustingizdan hukm qila olmaydi. U faqatgina sizga gunohni chiroyli qilib ko'rsata oladi. Chiroyli ko'ringan gunohga siz qanchalik yopishib olasiz. Eganingiz, ichganingiz, kiyganingiz va qilgan har bir ishingiz gunoh ekanligini unutdingiz. Aqlni yo'qotdingiz. Aql faqat sog'lom miya bilan qaytishi mumkin. Kimyoviy moddalardan voz kechgan miya bilan.

Mutlaqo ochlik qilishingiz lozim. Faqat ochlik sizning parfyumga tobeligingizni kesadi. Shokolod va kola ichadiganlarning ham tobeligini faqat ochlik kesadi. Deterjanlarga tobe'likni ham faqat ochlik kesadi. Buni ochlik qilganlar biladilar. Va albatta haromni ham faqat ochlik yo'q qiladi. Vujudingizda harom bor bo'lsa xasta bo'lasiz, qoldiqlar bo'lsa – xasta bo'lasiz. U holda mutlaqo ochlik qilinishi lozim. Ikkinchisi esa hojamot: u vujudingizdagi tiqilib qolgan qoldiqlarni, buzilgan hujayra va toksinlarni sug'urib oladi. Zuluk esa toksinlarni eritadi va emadi. Zuluklar ba'zan kon olgan joyida jon berishadi. Shu qadar fidoiy hayvonlar. Masala oddiy: ochlik qilish, to'g'ri ovqatlanish, deterjanlardan voz kechish, hojamot qilish va zuluk qo'yish. Bori shu.

Alloh Janobi Haq Qur'oni Karimda marhamat qiladi: “Aslo mening halol qilganimni harom qilma, buni qilsang joying jahannamda bo'ladi”. Kitobimda qon guruhi va boshqalar haqida batafsil izoh bermaganman. E'tibor qiling – Angliyada, Amerikada, Ovro'pada batafsil beriladi, bizda ham ba'zi kitoblarda aslo…

Hamma zararli bo'lgan sun'iy ozuqa eyishadi. Ammo tabiiy ozuqa iste'mol qiladiganlar haqida gapiradigan bo'lsak, bu erda gap qon guruhi A bo'lganlar haqida bormoqda. Haftada bir marotaba go'sht eyilishi kerak. Go'sht juda qiyin singadi, ammo Alloh Janobi Haq izn berdi. Qon guruhi nol' bo'lganlar uchun – oq non, zotan oq non hamma uchun zararli. Sut maxsulotlari. U holda men aytamanki, faqat ertalablari eyish mumkin. Oz miqdorda va har kuni emas. Tuzga yod qo'shila boshlangandan beri tiroid kasalliklari ko'paydi.

Ammo hozir parfyum kasalliklarga sabab bo'lmoqda. Parfyum har joyda: siz qo'llanadigan dezodorontda, qo'llanganingiz deterjanlarda, kiyganingiz matolarda ham parfyum, nano sharflarda ham parfyum. Ba'zida “xushbo'y” Qur'onlar,”xushbo'y” joynamozlar, “xushbo'y” tasbehlar uchraydi. Nega “xusho'y?” Sizni kasal qilish uchun. Birinchisi, ruhiy kasal qilish uchun, ikkinchisi tiroid (bo'qoq) kasali qilish uchun, uchinchisi qisir qilish uchun.

Statistikaga ko'ra, 15 yil ichida, Turkiyada balki butun dunyoda chaqaloqlarning 95% probirka chaqaloq bo'ladi, faqat 5% normal chaqaloq dunyoga keladi. Nega? Bu kimga kerak? Hamma narsa probirka chaqaloqlar ko'payishga qarab ketmoqda. Yoshlar qisir qilinmoqda va probirka chaqaloqlarga yo'naltirilmoqda.

Hazrat Ali Muhammad s.a.v. ning bizga aytib berganlarini sizga aytsam, meni toshbo'ron qilgan bo'lardingiz, degandi. Tabiiyki men Ali roziyallohu anhu emasman, ammo men ham sizlarga ba'zi narsalarni aytsaydim, meni toshbo'ron qilardingiz.

Siz bu dunyoda shayton sizni aldashini va Alloh Janobi Haqning unga izn berganini unutdingiz.

U sizni har bir narsada yo'ldan ozdirishga urinadi, kitobimni o'qing, u erda qanday aldashi tushuntirilgan. Piyodalar bilan, suvoriylar bilan, o'ngdan-chapdan, orqadan-olddan sizni kurshab oladi.

Ammo siz uni unutdingiz. U sizga o'zini unuttirdi. Va siz uning tuzoqlariga tushdingiz.

Faruq Gunindi (Istanbul tabiiy sog'liq instituti prezidenti): Albatta bu konferentsiya yana davom etaverishi mumkin. InshaAlloh keyingi safarlarda ham takror uchrashish uchun tanaffus qilsak. Katta tashakkur bildiramiz, Kelganingiz uchun Alloh rozi bo'lsin.

Etiketler :
HABER HAKKINDA GÖRÜŞ BELİRT

 BU HABER HAKKINDA YAPILAN YORUMLAR

( 3 Yorum )

  • Munira ;

    Juda xam ajoyib maruza ukib rosa engillashdim onam buyrak kasali bn xasta kreatin mikdori kupayib buyrak ishlab berish faoliyati buzilgan kanday yul tutsa buladi

    23/04/2016 01:17
  • Nuur ;

    Oydin Solih xonimni joylari jannatda bulsin Allox rozi bulsin ,juda ta’sirli xaq ma’ruza bulgan ekan .

    20/02/2016 17:22
  • Feruza ;

    Kutib kolamiz

    12/01/2015 12:25
SON DAKİKA HABERLERİ
İLGİLİ HABERLER