O’zbekiston Xalq Harakati

Goga Hidoyatov qanday dafn qilindi?

Goga Hidoyatov qanday dafn qilindi?
17 Aralık 2015 - 20:16 'da yuklandi va 2430 marta o'qildi.

Goga_HidoyatovMayyitni sarson qilganlar

Yaqinda taniqli o'zbek tarixchi olimi, xalqaro miqyosda tan olingan Goga Abrorovich Hidoyatov 85 yoshida olamdan o'tdi. O'zbekistondagi tarixchilarning aksari bu shaxsni o'zlari uchun ustoz deb bilishadi.

Goga Hidoyatov joriy yilning 9 dekabr kuni vafot etdi. Ma'lumotlarga qaraganda, olim oqshom oltilardan keyin foniy dunyodan boqiy dunyoga rixlat qilgan.

Janoza vaqti esa vaziyatdan kelib chiqib kunning ertasiga – 10 dekabr' soat 10.00ga belgilangan. Aytilgan vaqtda janoza namozi o'qilgan va mayyit O'zbekiston ziyolilarining aksariyati dafn etilgan Chig'atoy qabristoniga olib borilgan. Ammo qabriston ma'muriyati mayyitni qabul qila olmasliklarini ma'lum qilishgan. Chunki “yuqori”dan qo'ng'iroq qilinib, Goga Hidoyatovga qabristondan joy bermaslik haqida buyruq berilgan. Guvohlarning shohidlik berishlaricha, olimning mayyitini Toshkent qabristonlariga qo'yish taqiqlangan.

Bu gap ma'lum bo'lgani uchun Goga Hidoyatov bilan birga ishlagan ko'plab shogirdlari, hamkasblari azaxonaga ham, janozaga ham, qabristonga ham borish fikridan voz kechadilar. Janozaga kelgan 50 kishi atrofidagi musulmonlar uning tobutini qabristonga olib kelgan edilar, lekin aytilganidek, mayyitni olib ketish talab qilingan.

Goga Abrorovichning sanoqli sadoqatli shogirdlaridan biri bu masalada olim avval faoliyat ko'rsatgan Toshkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rahbariyatiga murojaat etgan. Universitet rektori devonga – Prezident huzuriga Goga Abrorovichni Toshkent qabristonlaridan biriga, masalan, Chig'atoyga dafn qilish uchun ruxsat so'rab xat yuborganini aytgan.

Oradan 2 soatlar o'tgan, ammo ruxsat kelmagan. Shunda hech qanday xat bilan murojaat qilinmagani ma'lum bo'lgan. Agar murojaat qilinsa, bu murojaat egasi ishdan olib tashlanishi mumkin edi.

Chunki Goga Hidoyatov mavjud tuzumga muxolif fikrlari bilan tanilgan, qolaversa, qizi Nigora Hidoyat “Ozod dehqon” harakatiga rahbarlik qilgan edi. Shu kabi qator faktorlar uni O'zbekistonda kuzatuvga olish uchun etarli asos hisoblangan. Aytishlaricha, olim umrining so'nggi yillarida faol mehnat qilgan, oxirgi yirik kitobi – “Turklar tsivilizatsiyasi”ni yozib tugallagan. O'limidan oldin esa musulmonlikka isbot bo'luvchi kalimai shahodatni ko'p bora aytgan.

Ko'p ovoragarchiliklardan so'ng olimni Chig'atoyga ko'mish uchun ruxsat kelgan. Bu ruxsatni olish uchun uning shogirdlari Vazirlar mahkamasi, Prezident devoni va boshqa idoralar o'rtasida, xalq tili bilan aytganda, “zir” yugurganlar. Katta qiyinchilik bilan ijozat olingan. To bu ruxsat kelgunga qadar mayyit qabriston eshigida 6 soatga yaqin turib qolgan.

Tuman Hokimi tomonidan qabristondan er ajratishga ruxsat berilmagach, Goga Hidoyatov jasadi onasi Sora Eshonto'raevaning qabri ustiga dafn qilindi.

Tuman Hokimi tomonidan qabristondan er ajratishga ruxsat berilmagach, Goga Hidoyatov jasadi onasi Sora Eshonto'raevaning qabri ustiga dafn qilindi.

Janozadan bir kun o'tib O'zbekiston radiolarida Goga Hidoyatovning vafoti haqida rasmiy xabarlar e'lon qilingach, marhum ruhiga bag'ishlab berilgan oshga yuzlab odamlar kelishgan, ta'ziya bildiruvchilar ham ko'payib ketgan.

Goga Abrorovich tirikligida o'z qarashlari bilan O'zbekistonning bugungi hukumatiga xavf solib turgandir balki, vafotidan keyin hukumat uzoq o'ylab, mayyitning zarari yo'qligiga ishonch hosil qilgach, dafn uchun ruxsat bergan bo'lsa kerak.

Mazkur holat Islom Karimov boshchilik qilib turgan o'zbek hukumatining asl basharasi qanday ekanligini yaqindan bildiradi.

Xasan Ali

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Musulmon o'zbek ;

    O'zbekistonni boshqarayotgan odamsimonlar musulmon ham emas, o'zbek ham emas. Suff-ey, unday rahbariyatga

    18/12/2015 01:06
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube