O’zbekiston Xalq Harakati

Turkiya va Rossiya: O'zbekiston nima deydi?

Turkiya va Rossiya: O'zbekiston nima deydi?
02 Aralık 2015 - 20:41 'da yuklandi va 3161 marta o'qildi.

turkeyKarimovning siyosati biqiq va torligi bilan xarakterlanadi. U xalqaro miqyosda umumiy ma'nodagi fikrlarni takrorlash bilan cheklanib kelgan. Karimovning aniq tashqi siyosiy pozitsiyasi mavjud emas.

Islom Karimov Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya bilan muayyan munosabatlarga ega, Evropa yoki Amerika davlatlari bilan keng miqyosdagi aloqalar olib borgani yo'q. Qolaversa, Karimovning siyosiy hamkorligi faqat Rossiya bilan bog'liq. Saylovdan keyingi ilk xorijiy safarini Janubiy Koreyaga yo'naltirgan Karimov qaysidir ma'noda Rossiyaning ta'siriga tushmasligini iddao qilgandek bo'ldi. Ufada bo'lib o'tgan Shanxay hamkorlik tashkilotining yig'ilishida Putin unga yaqin-orada davlat tashrifi bilan Moskvaga kelmaganligini gina qilib o'tdi. Shunda Karimov Putinni, Ufaning ob-havosini maqtay ketdi. Bu hol O'zbekiston uchun Rossiyaning birlamchi ahamiyati mavjud ekanlini ko'rsatadi.

Mustaqillikdan keyin to hozirga qadar O'zbekiston xalqining yashash darajasi Rossiyada ishlab pul jo'natayotgan mardikorlarning hisobiga ma'lum normada saqlanib turgani sir emas. Garchi o'zbek ishchilari Rossiyada qadrlanmasa ham, hukumat ularni chaqirib olishni yoki ularga ish berishni o'ylamadi, balki ularni Karimov “dangasalar” deb atab mas'uliyatni o'zidan soqit qildi.

Joriy asrning ettinchi-sakkizinchi yillariga qadar O'zbekiston Turkiya bilan yaqindan aloqa o'rnatgan edi. Turli sohalarda hamkorliklar yo'lga qo'yildi. O'zbekistonda turk litseylari, do'konlari ochildi, TVda turk seriallari namoyish qilina boshlandi. Biroq Karimovning o'zgaruvchan kayfiyatiga muvofiq ravishda bu ishlarning barchasi birdan to'xtatildi. O'zbekistondagi turk tadbirkorlariga ulkan jinoyatlar taqaldi, turk litseylari yopildi, bu litsey bitiruvchilarining deyarli hammasi qo'lga olindi, qamaldi, ularga “nurchilik” harakati a'zolari, istiqlol dushmanlari deya ayb qo'yildi. O'rni kelganda shuni ta'kidlash joizki, turk litseylaridagi ta'lim tizimi Karimov asos solgan ta'lim tizimini er bilan yakson qildi. O'zbek maktablarida hamma narsa betartib bo'lib yotgan kezda turk litseylarida o'zlashtirish yuqorida darajada bo'lgan. O'quvchilarning fikrlashi, millatparvarligi boshqalardan keskin farqlanib turgan.

Bu “o'yinlar” natijasida Turkiya va O'zbekiston munosabatlari bir qadar sovuqlashdi. Xo'sh, aslida O'zbekistonning Turkiyaga ko'rsatgan bu munosabati zamirida qanday sabab bor edi?

Karimov hukumati O'zbekistondagi turklar faoliyatiga Respublika mustaqilligiga xatar solish aybini taqagan bo'lsa-da, asosiy sabab – bugungi kunda Turkiyada istiqomat qilayotgan, O'zbekiston Xalq harakati lideri Muhammmad Solihning Istanbulga Olmoniyadan ko'chib kelgani bo'ldi. Bu 2007 yil bo'ldi. Ana shu vaqtdan boshlab Turkiyaning O'zbekistondagi faoliyatiga rasman zarba berish boshlandi.

Bu hol esa Karimovning o'z muxolifi qarshisida qanchalik qo'rquvga tushishini ko'rsatadi.

Garchi Turkiyaning O'zbekistonda turli sohalarda faoliyat ko'rsatishi taqiqlarga uchragan bo'lsa ham, bugun o'zbek iqtisodi Turkiya bilan bog'langan. Chunki o'zbek bozorlarida eng qimmatbaho va sifatli liboslar, buyumlar Turkiyada ishlab chiqarilganligini hech kim inkor eta olmaydi.

Bugun Rossiya va Turkiya munosabatlari keskinlashgan paytda O'zbekiston ularga nisbatan o'z munosabatini belgilib olish zarurati mavjud. Bu zaruratdan ko'z yumib yoki qochib bo'lmaydi.

Bunda Karimov uchun uch yo'l bor:

1)Rossiya bilan ittifoqqa kelishish va Turkiya bilan aloqalarni butkul uzish;

2)Turkiya bilan mavjud munosabatlarni saqlab qolish va Rossiya bilan bir qadar sovuqlashish hamda uning bosimiga duchor bo'lish;

3)betaraflik maqomi – minbarga chiqib O'zbekiston xalqaro janjallarga aralashmasligi, “tenglar ichra teng” ekanligini e'lon qilish, bu harakatni esa O'zbekiston xalqi, yoshlarining xavfsizligining ta'minoti deya “asoslash”.

Agar Karimov birinchi variant bo'yicha ish tutsa, uning xalqaro miqyosda va o'z xalqi orasida ham obro'si yanada tushib ketishi muqarrar. Birinchi variant Karimovning asl basharasi ochilib ketishiga sabab bo'ladi. Chunki sobiq SSR zulmidan O'zbekistonni xalos qilgan o'zim bo'laman deb kerilib yurgan Karimov bu harakati bilan xalqini eski zulm changaliga oshkora tutqazgan bo'ladi. Aslini olganda, teran kuzatuvchilar Karimov Rossiyaning xohishlariga aksar holatlarda ergashib kelayotganligini biladilar.

Agar Karimov ikkinchi variantni tanlasa, Rossiya unga keskin dushmanlik e'lon qiladi, Rossiyada mardikorlikda yurgan o'zbeklarning hammasi og'ir ahvolda qoladilar, ular Rossiyadan quvib chiqarilishlari aniq. Karimovning tabiati bu ikkinchi variantni hech qachon qabul qilmasligi haqiqatga bir qadar yaqinroqligini ko'rsatadi. Chunki u tabiatan Rossiyaga tobelik hissi ila yashaydi, Turkiyani yoqlash menga yaxshilik keltirmaydi deb xayol qiladi.

Uchinchi variant Karimov uchun eng maqbul echimdir. U bamisoli mudrab, esnab vaziyatni tomosha qilib o'tiradi. Ikki davlat o'rtasiga tushmasligini aytadi, har bir davlatning o'z ichki ishi borligini, bunga aralasha olmasligini e'lon qiladi, u ham kamdek buni o'zining ulkan qahramonligi va donoligi o'laroq tamsil etadi.

Bizning fikrimizcha, O'zbekiston hukumati yoki Karimov emas, O'zbekiston xalqi o'zining do'st va dushmani kim ekanligini aniq bilib olishi shart.

U o'ziga do'st tanlashda quyidagi jihatlarni hisobga olishi zarur:

1)kim unga qardosh?

2) kim bilan dini bitta?!

3) kim bilan tarixi va adabiyoti bog'lanib ketgan?!

4) kim bilan tarjimonsiz ham gaplasha oladi?

5) kim uni qadrlaydi, bag'riga bosadi?

6) kim unga samimiy yaxshilik qila oladi?!

Bu savollarning javobi O'zbekiston xalqining kim tarafda turishi zarur ekanligini ko'rsatadi.

Yana shuni ochiq ta'kidlash joizki, Rossiya qarshisida Turkiyani yolg'iz qoldirish turkiy millatlarning ulkan fojiasi bo'ladi. Butun dunyoning salkam yarmini tashkil qiladigan turkiylar – uyg'ur, xakas, o'zbek, turkman, kurd, qozoq, qirg'iz, ozarboyjon va boshqalar Turkiyaning tomonini olishlari shart!

Sanab o'tilgan xalqlarning hukumatlari bu ishga jazm qilmasalar ham, xalqning o'zidan shaxsiy tashabbus chiqishi lozim. Ijtimoiy tarmoqlarda turkiy millatlar birlashuviga chorlaydigan chaqiriqlar yangrashi, turli shaharlada Turkiyaning qo'llab-quvvatlovini o'zida ifoda qilgan namoyishlar o'tkazilishi darkor.

Bu ayni maqsadga muvofiq bo'ladi. Turkiy dunyoni o'ziga bo'ysundirib, yo'rig'iga yurgazishni istayotgan “qudratli” davlatlar bizni hurmat qilishga majbur bo'lsinlar.

Xasan Ali

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube