O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekiston inqilob bo'sag'asida

O'zbekiston inqilob bo'sag'asida
03 Aralık 2015 - 20:51 'da yuklandi va 2262 marta o'qildi.

Karimov_IYoki o'lim bilan olishayotgan iblis malayi portreti

Arab tilidagi «qolaba» – «aylanish, o'zgarish, to'ntarish» ma'nolarini o'zida mujassam etgan. Mazkur o'zak asosida yasalgan «Inqilob» so'zi bevosita «Siyosiy to'ntarish» ma'nosini ifoda qilishi lug'at kitoblarda keltirilgan. Buni arab tili mutaxassislar yaxshi bilishadi.

Albatta, biz ayni paytda til qoidalari haqida bahs etmoqchi emasmiz – buni sezib turibsiz. Gap O'zbekiston inqilob ostonasiga etib kelgani bilan bog'liq.

Karimov boshqarayotgan tuzum ich-ichidan chirib, emirilib bo'ldi. Bu isbot talab qilmaydigan oddiy haqiqatga aylandi. Hukumat tuzilmalarining nosoz faoliyati, rahbarlarning qo'g'irchoq kabi almashtirilishi, yolg'onchilik asosiga qurilgan «siyosat» mamlakatni tamoman holdan toydirdi.

Siz o'lim bilan olishayotgan odamni ko'rganmisiz?

Masalan, u tuzalmas kasalga duchor bo'lsa, o'lim nafasini har lahza sezib tursa, o'zini qanday tutadi?

Agar iymoni butun kishi bo'lsa, Alloh bilan qovushish lahzalarini intiq kutib yotadi.

Agar u shayton izmidan yurib kelgan bo'lsa, uning talvasasi eng qo'rqinchli va ayanchli talvasa bo'ladi. U yashab qolish uchun jamiki choralarni amalga oshirishga hozirdir. Barcha ukollarni, tabletkalarni qabul qiladi, kerak bo'lsa, jarrohlik stoliga qayta-qayta yotadi, goh zolimona, goh yalinch bilan o'zini hayotda saqlab qolishlarini yolvoradi. Uning so'nik ko'zlari, kasallik sababli zaxil tortgan rangi, qoraygan qovoqlari, dog'li yuzlari odamni dahshatga soladi. U o'limning o'zi tomon yurib kelayotganligini sezadi, uning nazarida o'lim poshnali tufli kiyib kelmoqda, hatto, qadam tovushlari eshitiladi: «taq-tuq, taq-tuq, taq-tuq…»

Va bu tovushlar naq uning peshonasiga uriladi. Tepasida o'limning sovuq nafasini his qiladi. O'sha paytda u tushadigan dahshat chohining chuqurligini yolg'iz Alloh biladi. Lekin o'sha lahza siz uning ko'zlari va yuzlaridagi ifodani ko'rsangiz, tovoningizga qadar muzlaysiz…

Va u odam ming azob ichida jon beradi. Va u barcha dunyoning oson azoblaridan qutulib mangu jahannama azoblarini totgani yo'l olishi muqarrar. Zotan, iblis izmida kun kechirgan kimsaning holi shu bo'lajak.

Bugun O'zbekiston hukumati – Karimov va uning tuzumi ana shu holni boshdan kechirmoqda. Bu tuzumning joni qabz etilajak onlar juda ham yaqin qoldi. U inqilob shakldi etib kelyapti. Inqilobning oyoq tovushlari Karimovning yuragini ulkan dahshatga solyapti. O'limdan qutulib qolishga uringan kishi singari hamma dori-darmonni qo'llashga ko'rsatma bermoqda.

Karimovning sog'lig'i keyingi yillarda keskin yomonlashgani ayni haqiqat. Bu xalq ko'z o'ngidan pana tutilsa ham, tasdiqlovchi bir qancha oshkora dalillar mavjud.

Masalan, Karimov saylovdan keyin qasamyod tadbirida juda betartib gapirdi, jumlalari chalkashib ketdi, yuzlarida esa og'ir kasallik asoratlari sezildi. U kuchli ukollar sababli oyoqda 2 – 3 soat davomida turib va'z o'qidi.

Karimov Ufaga borganda uni kutib olish jarayoni Rossiya telekanallari orqali namoyish qilinganda quyidagi holatlar ko'zga tashlandi: u samolyot zinalaridan juda ham ehtiyotorona tushib keldi, ko'zlari xiralashgani sababli ko'rishga qiynalar edi, yiqilib tushmaslik uchun o'ta diqqat bilan qadam bosdi; mustaqillik bayrami tantanasida raqs tushaman deya munkib ketdi; gohida esa atrofda nima bo'layotganini tushunmayotgan gangib qolmoqda; Namanganga qilgan safari chog'ida esa aytadigan gaplari tugab qolgani uchun jumlalarini bir-biriga ulash uchun qattiq qiynaldi. Chunki u bir necha marta boshidan o'tkazgan insul't Karimovning fikrlashi va harakatlanishiga keskin ta'sir ko'rsatgan.

Karimovning 2015 yil 7 yoki 8 dekabr kunlari bayram nutqini o'qishi kutilmoqda. Balki bu sana 6 ga surilishi ham mumkin, nima bo'lganda kuzatadiganlar undagi bemorlik belgilarini yaqqol topa oladilar.

Karimov o'z ixtiyorida ishlovchilari qo'lida qo'g'irchoqqa aylanganiga ancha bo'lgan. Karimov qo'l ostidagilari uni o'z hokimiyatlarini saqlash uchungina jon-jahdlari bilan ushlab turishibdi. Shuningdek, ular Karimov o'lgach, hokimiyat boshqaruvini o'z qo'llariga olish uchun keskin kurash boshlaganlar. Karimovning o'rnini egallash ishtiyoqidagilar ko'p, biroq ularning kuchlari o'zaro teng – g'olibning aniqlanishi qiyin kechmoqda. Qolaversa, Karimov qarib kuchdan ketib borayotgan bo'lsa ham, uzoq yillik tajribasi sababli o'z mulozimlari o'rtasida turli fitnalar, o'yinlar uyushtirib turibdi. Bu ham uning o'rniga da'vo qilayotganlarning hamma harakatlarini chippakka chiqarmoqda.

Kuni kecha O'zbek muxolifati lideri Muhammad Solihga suiqasd qilinganida o'zbek hukumatining qo'li borligi hali to'liq tasdiqlanmagan bo'lsa-da – holbuki, buni taxmin qilishga barcha asoslar etarli – shuni aytish mumkinki, bu ish endi Karimovga emas, uning atrofidagi da'vogarlar uchun ko'proq kerak. Chunki Karimov o'lgandan keyin yoki u ag'darilgach, Muhammad Solihning avvaldan mavjud bo'lgan ulkan mavqei va qolaversa, bugun o'zbek yoshlari o'rtasida uning obro'si va ta'siri oshib borayotgani unga hukumat tepasiga kelishi imkoniyatini beradi. O'zbekiston xalqining katta qismi Muhammad Solih qo'l ostida birlashish va uning yo'lboshchiligida harakat qilishga tayyor bo'lib turibdi. Faqat Karimov rejimi o'rnatgan qo'rquv buni oshkor qilishga yo'l bermayapti. Xalq Karimov rejimi chok-chokidan so'kilib borayotganin salgina bilsa, bas, o'zini ezib kelgan hukumatni tezda ag'darib tashlaydi.

Buni yaxshi bilgan bugungi O'zbekiston hukumati Muhammad Solihga suiqasd qilishga urinishi tabiiy bir holdir. Shuningdek, uning o'g'li Temur Solih o'z otasi kabi milliy ozodlik harakatlarini davom ettirishidan cho'chigan tuzum uni ham birdan oradan ko'tarishga harakat qilayotgani bejiz emas.

Bugungi kunga kelib kurashlar keskinlashdi. Hal qiluvchi vaziyat yaqinlashib kelyapti. Teran kuzatuvchilar g'alaba har qanday holatda ham Karimov va uning tuzumi muxoliflari qo'lida bo'lishi ehtimoli ulkan ekanligini bemalol xulosa qila oladilar. Chunki Karimov va uning tuzumida qarshi kurashadigan kuch zaxirasi tugagan. U hozir ukol va dorilar bilan o'z umrini uzaytirishga chiranmoqda.

Karimov va uning tuzumi amaldan ketgach, butun Respublika ishini qayta shakllantirishga to'g'ri keladi. Bu – og'ir mehnat, lekin undan ko'z yumib bo'lmaydi. Boshqa chora yo'q. Qo'rqmasdan, g'ayrat va shijoat ila, halollik va samimiy ixlos bilan xizmat qilish chin vatanparvarlik namunasi bo'lajak, Xudo xohlasa!

Ana shu sharoitda O'zbekiston farzand bo'lgan har bir insondan to'g'ri qarorga kelish talab qilinadi. Har bir holatni teran o'ylab, zulm yoki haqsizlik emas, adolat va Haq tarafda turishga tayyor bo'ling!

Xudo xohlasa, yaxshi kunlar yaqin qoldi.

Xasan Ali

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube