O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Mavludi sharif – 1

Mavludi sharif – 1
24 Aralık 2015 - 12:19 'da yuklandi va 2463 marta o'qildi.
ABDURAUF FITRAT

ABDURAUF FITRAT

ABDURAUF FITRAT            

MAVLUDI ShARIF

yoxud Xayrul-bashar miroti (rasul oynasi)

Bismillohur-rahmanur-rahim,
Dargohing hijobidir jahim[1].

Er, ko'k yaratguvchisi nomin,
Zikr etsak, topar dil komin[2].

Jahonni yaratgan dono U,
Bu ishda qodiri tanho U.

O'lmas, bordir bu Podshoh abad,
Yo'q Unda ayol, qardosh, farzand.

Jahonni yaratgan ul Xudo,
Jism ila jonni qilgan ato,

Qudrati-la erdan fazogacha,
Yasadi dil yayrar bir bog'cha.

Har burjiga keng ariq ila,
Berdi ko'p chiroyli manzara.

Yam-yashil, feruza rang koshin,
To'shab, ostini qildi naqshin.

Baland shift yasadi samodan,
Yog'duli mash'al oymomodan.

Bergach bu bog' kamoldan nishon,
Alloh qudrati bo'lib ayon.

Bermoq istab bu bog'ni kimga,
Ki bo'lsa loyiq bu naim[3]ga.

Berdi bashar-la erga ziynat,
Basharga esa madaniyat,

Tamaddun nuridan qilsin deb,
Yorug'-ravshan er chamanin deb.

Oyoq qo'ygach er uzra inson,
Uy qurib, tutdi unda makon.

Zaminni qildi o'tib oy-yil,
Harakati ila xush manzil.

Ne harakatkim, bu qora xok,
Bo'ldi andin oyna kabi pok.

Qilib sa'y[4], o'zi bahra oldi,
Ekib urug', o'zi o'roq soldi.

Erni shod etib, yashadi shod,
Ishlab olmagan kim mukofot?

Lek tashlab oldga necha qadam,
Unutdi ichganin Haqqa qasam.

Rosa qilib rohat, aysh, surur,
Tekin ne'matdan bo'lib mag'rur.

O'zin ko'rdi erda hukmron,
Boqmadi sira osmon tomon.

Nazdida tepadan hech bir zot,
Tushirmagan pastga uni bot.

Bilmadi Haq qadrini bashar,
Dard topdi vujudi, alhazar.

Asliyat, o'y va aqlu xirad,
Tark etib, qildilar uni rad.

Jaholat qoplab zotin shu tob,
Obod ko'nglin ayladi xarob.

Jaholat uchquni jon aro,
Tushib, qildi bor-yo'qdin ayro.

Qoldi bir hovuch kul sarbasar[5],
Madaniyatdan qolmay asar.

Bu baxtsizligi  kasri urib,
Er tarovatsiz qoldi qurib.

* * * * *

Arabistondan chiqqan nabaviy shariat

Johillik oyoq qo'yib jahonga,
Inib ko'pi Arabistonga.

Bu uchqundan ul nohiya lovlab,
Barbaru[6]  arab qavmin chulg'ab.

Biri og'asin qonin to'kdi,
Biri singil hijobin yirtdi.

Biri amakisin o'ldirdi,
Meros deb chirog'in so'ndirdi.

Biri berib otasiga zahar,
Qatliga bog'lab ani kamar.

Biri kunduz maydan badxumor,
Biri tonggacha o'ynar qimor.

Oqibat bandasevar Xudo,
Rahm etdi bu holga barpo.

Istadi bu xalq dardi minba'd,
Etmay davom, to'xtasin abad.

Basharga ko'rsatdi boshqa yo'l,
Istamadi bo'lmog'in ko'r, go'l.

Chun arabda jaholat ko'p edi,
Tuzatmoq ani ne xo'p edi.

Ahmadga[7] berib irshod[8] tug'in,
Ketkizdi el qorong'ulug'in.

Kelib Muhammad davrida shavkat,
Tiklandi qayta madaniyat.

Ey, nabiga dili vafoli yor,
Tur o'rningdan, salavot yubor.

– Muhammadga salom de, ey Xudo;
Salom sayyidimiz, ey Mustafo.

* * * * *

Nabining nasabi bayoni

Muhammad – ikki saroy shohi,
Hidoyat ishining panohi.

Bashar olamin sarvaru sardori,
Bashar oynasin sayqalkori.

Edi hazrat Abdulloh otosi,
Abdmutallib esa bobosi.

Cho'ng bobo Hoshim, Abdulmannof,
Har birin ko'ngli hiyladan sof.

Qussay, Kalob ularga bobo,
G'olib, Fahrdan ko'rib dunyo.

Molik, Nazr bularga padar,
Kanona-yu Xazima, Modar.

Ilyos bin Mazar ibni Nizor,[9]
Ma'd, A'dnon bu silsilada bor.

A'dnon jaddi Ismoil Zabih,
Desalar shaksiz bo'lur sahih.

Pokdir janob rasul nasabda,
Zoti dog'siz, a'lo hasabda.

Sharif xonadonidan hech zot,
Bulg'amagan o'zin biror vaqt.

Otasi, bobosin bobosi,
Haq yo'ldan etib intihosi.

Ketishdi etaklari toza,
Salohda[10] najotga[11] andoza.

Ne xush ul xonadonkim, hech on,
Tushmasa anga dog'u nuqson!

Ul sharafni bu pok xonadon,
Topdi rasul qutidan chunon.

Ajdodin yaxshi vasfi cheksiz,
Bashar a'losidan bu shaksiz.

Ey, nabiga dili vafoli yor,
Tur o'rningdan, salovot yubor.

* * * * *

Payg'ambarlik nurining Abdullohdan Ominaga inishi

Ayon bo'lishin istab Xudo,
Ilohiy do'st siri olam aro.

Dedi: Olam yog'dusi Quyosh,
Chiqarsin Batho[12] ufqidan bosh.

Oy ma'qullab tanlov[13] so'zini,
Pardadan chiqarsin yuzini.

Axir quyosh nega bekinsin,
Oy nega bo'lsin zulmat nishin[14].

Qorong'u tun umri tugandi,
Porlamoq vaqti belgilandi.

Taratsin er yuziga nurin,
Haydasin jaholat g'ururin.

Xudo bergan bu amru farmon,
Ado bo'ldi o'tmay hech zamon.

Ota belidan ul pok gavhar,
Omina sadafiga indi yaksar,

Ne toza, ne pok sadaf erdi,
Ilohiy gavharga hadaf[15] erdi.

Ul nur ingan o'shal kecha-tun,
Baxtu iqboldan erdi gulgun.

Bir kechakim, go'yo iyd tongi,
Oydin, sof, hayron kishi ongi.

Havosi nasimi mushk taratar,
“Ket, ey g'am” deya na'ra tortar.

Tog'u tosh, sahro nurga to'lgan,
Bari shodlik libosin kiygan.

Jin, malak, darranda, parranda,
Bir-biriga etkazgan mujda.

Yulduzlar sipohi ko'p quvnab,
Ko'k gumbaz aro tortgan keng saf.

O'rtada Oy xatibdek raso,
Nurdan tutib suyanchiq – aso.

Turar quvnoq, yuzi bosafo,
Xushxabar xutbasin etib ado.

Omina shu oqshom tush ko'rdi,
Qulog'iga bir sado kirdi.

“Ey, bul diyorning saidasi,
Hayoting niholin mevasi,

Etar sendan olamga zuhur,
Olamga baxsh etajak surur.

U bashar sayyidi, oliysi,
Dunyo yaralishin boisi.

Kelib jaholatni qilar yo'q,
Qadamidan tirilar bor-yo'q.

U kelganda misoli yulduz,
Nuridan tun bo'lar kunduz.

Zamin, osmon aytar madh, hamd,
Shu sabab nomin qo'y Muhammad.

Ey, nabiga dili vafoli yor,
Tur o'rningdan, salovot yubor.

* * * * *

Nabi otasining vafoti va payg'ambarning sharif tavalludi 

Kecha oqshom keksa tarixdon,
Qildi menga bu yanglig' bayon.
Etgach ikki oyga homila,
Ro'y berdi qayg'uli voqea.
Nabi otasi hazrat Abdullo,
Yoshlik ayyomi qilmay vafo.
Ota rizosi-la savdo deb,
Madina shahri qaydo deb.
Ketdi ul yurtga, bo'ldi bemor,
Kasalidan o'lim namudor[16].
G'arib shaharda topdi vafot,
Qoldirib farzand, xotin, hayhot.
To'qqiz oyga etgach homila,
Tug'ish vaqtin bildi Omina.
Ko'rdi oy ziyosidek bir nur,
Nogah chiqdi yoqadan masrur.
Ko'tarilib samoga bir dam,
Olam zulmatiga berdi barham.
Nur etganda ul gardun aro,
Charxda bo'ldi uch ayol paydo.
Olisa, Maryam, yana bir hur,
Yonida to'kishdi savlat, qo'r.
Har biri berib bashorat, der:
Bu bolang jahon g'amini er.
U bo'lar basharga dalolat,
Homiy, shafe ro'zi qiyomat.
Bu o'g'lingdir habibi Alloh,
Jumlai jahonga rahnamo.
Bu o'g'ling chiroqdir yo'l aro,
Xalqqa rahbar, rusulga[17] peshvo.
Bu o'g'lingdir shohi koinot,
Olam topar fayzidan hayot.
Xudo lutfi yor bo'ldi, shod bo'l,
O'g'ling dilidek sen obod bo'l.
Doya bo'libon bu uch pari,
Tug'ildi ikki olam sarvari.
Sharif qadamin qo'ygach bu shoh,
Zamin otdi osmonga kuloh.[18]
Ey nabiga dili vafoli yor,
Tur o'rningdan, salovot yubor.
Har tuking osti bo'lib og'iz,
Aytgil nabiga: Xush kelibsiz!
Nur il-yaqinga marhabo de,
Homiyi dinga marhabo de.
Faxri kavnu makon, marhabo,
Fayzi ikki jahon, marhabo.
Zikri oromi jon, xush kelding,
Ismi tilda har on, xush kelding.
Jabrailga oshno, xush kelding,
Rafraf[19] mingan dono xush kelding.
Barchaga abad qibla, marhabo,
Barcha umidga ka'ba, marhabo.
Saxo osmoniga quyosh, marhabo,
Dinga homi-yu bosh, marhabo.
Fayzu rusul faxri, marhabo,
Murshid, himmat bahri,[20] marhabo.
Ey, nabiga dili vafoli yor,
Tur o'rningdan, salavot yubor.

(Davomi bor)

[1] Jahim – do'zax; do'zax olovi.
[2] Kom – istak, maqsad.
[3] Naim – ne'mat.
[4] Sa'y – harakat, tirishish.
[5] Sarbasar – boshdan-oyoq.
[6] Barbar – ko'chmanchi arablarning bir urug'i.
[7] Ahmad – Muhammad payg'ambarning (s.a.v.) Injilda kelgan nomi.
[8] Irshod – etuklik yo'lini ko'rsatish.
[9] Payg'ambar xonadoni shajarasi ushbu shakldadir: Muhammad bin Abdulloh bin Abdulmutallib bin Hoshim bin Abdimannof ibn Qussay bin Kalob bin Ka'b bin Luy bin G'olib bin Fahr bin Molik bin Nazr bin Kanona bin Xazima bin Madar Katar bin Ilyos bin Mazr….Ismoil bin Ibrohim…
[10] Saloh – to'g'rilik.
[11] Najot – qutulish. Bu erda “rosti rasti” (to'g'ri yo'ldan yursang do'zax azobidan qutulasan) hikmatiga ishora.
[12] Batho – Makka, Madina joylashgan mintaqa nomi.
[13] Forscha matnda “Mustafo” berilgan. Mustafo so'zi “tanlangan” ma'nosini bildirib, Muhammad (s.a.v.) payg'ambarga nisbatan aytiladi.
[14] Nishin – o'tiruvchi.
[15] Hadaf – nishon.
[16] Namudor – ko'ringan, bilingan.
[17] Rusul – rasullar.
[18] Kuloh – bosh kiyimi.
[19] Rafraf – payg'ambarni me'rojga olib chiqqan vosita nomi; Buroq (oti).
[20] Bahr – dengiz.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube