O’zbekiston Xalq Harakati

“Ularning qudrati – xoin “QULOQ”dir

“Ularning qudrati – xoin “QULOQ”dir
26 Aralık 2015 - 1:00 'da yuklandi va 3527 marta o'qildi.

mxxQo'rquvning ikki turi bor: Allohdan qo'rqish va bandadan qo'rqish.

Qo'rquv kuchli quroldir. Agar Allohdan qo'rqsangiz, bu qurol sizni gunohlardan qutqaradi, shaytoni lainning hiylalari ustidan g'olib bo'lishga yordam beradi.

Agar bandadan qo'rqsangiz, bu qurol faqat va faqat sizni mahv qiladi.

Bugun O'zbekistondagi ildizi chirigan tuzum aynan ana shu qurol yordamida tutib turilibdi.

Bugun Islom Karimov qurgan tuzum o'z umrini yashab tugatmoqda. Keling, mamlakatni idora qilib turgan eng ulkan tashkilotlardan bir-ikkitasinining faoliyatini o'rganib chiqamiz.

1.Devon

Islom Karimovning idorasi. U erda Karimovning maslahatchilari, kotiblari ishlaydilar. Barcha farmonlar, qarorlar shu erdan chiqariladi. Mazkur idorada fisqu fasod avj olgan. Maslahatchilar va ularning yugurdaklari orasida besoqolbozlik bilan shug'ullanadiganlar bor. Devon mamlakatning bosh markazi bo'lishi bilan birgalikda bosh fitnaxonasidir. U erda hamma bir-birining ortini kavlagan, tuhmat qilgan, “yuqori shaxslar” – bir-ikki maslahatchilardan bo'lak deyarli hamma juda tez almashadi. Bu erda kadrlarning faoliyati uzog'i bilan ikki yilga borishi mumkin.

Prezident devonida faoliyat yurituvchilar – Karimovni “boshqarib turuvchi” kuchlardir. Garchi ular Karimovning qullari bo'lsa-da, Karimov bu guruhning katta qulidir. U o'zi bilmagan holda o'z qo'l ostidagilarning nog'orasiga o'ynaydi. Karimov maslahatchilari muayyan guruh shaklida ko'plab jinoyatlarni amalga oshirib kelmoqda. Hokimlarni tayinlash, vazirlarni aniqlashtirish, turli farmonlarni chiqarish devon maslahatchilari, kotiblarining aralashuvlari bilan amalga oshadi. Devonda ishlaydigan har bir shaxs o'z vaqtida jonini xatar ichiga qo'yib ishlaydi. Chunki ularning deyarli hammasi Respublika Milliy xavfsizligi xizmati “quloqlaridir”. Bir-birining ustidan chaquvlar etkazishda musobaqalashishadi.

2.Vazirlar mahkamasi

O'zbekistonda hukumat vazirlar mahkamasi hisoblanadi. Vazirlar mahkamasiga bosh vazir Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarlik qiladi. Vazirlar mahkamasi tarkibida vazirlarning hammasi bevosita Islom Karimovning amru farmoni bilan ishlaydi. Shavkat Miromonovichning vazifasi – Islom Karimovning farmonlarining amalga joriy bo'lishini ta'minlashdan iborat. Islom Karimov Respublikadagi 12 ta viloyat, Qoraqolpog'iston Respublikasi hamda poytaxt Toshkentning rahbarlarini shaxsan tayinlaydi.

Vazirlar har yili almashadi. Karimovning ko'ziga yoqmay qolgan, devondagilari bilan kelisholmay qolgan vazirlar, boshqa amaldorlar bir lahzada “uchib ketishi” hech gap emas. Vazirlar mahkamasining ish tartibi qiziq: masalan, Xalq ta'limi vaziri degan mansabda injener ishlashi mumkin va bu Karimov tuzumi uchun o'ta tabiiy. Ammo bu vazir o'z ishini uddalay olmasa, devonagi akaxonlari yordamida boshqa kattaroq mansabga o'tkaziladi.

Vazirlar mahkamasida vazirlarning almashishi qanchalik oddiy va muammosiz bo'lsa, butun boshli vazirliklar tugatilib, yangittan boshqa vazirliklar tashkil qilib ham yuborilaveriladi. Shuningdek, hukumat tarkibiga kiruvchi qator qo'mitalar vaziyat talabi bilan tuziladi va ko'p oylik talab qilsa, yopib yuboriladi.

Karimovning ideologiya bo'limi vazifasini bajaradigan Ma'naviyat va Ma'rifat markazi degan tashkilot bor. Shu markazda Karimov g'oyalari xalqqa majburan singdiriladi, bu markazning viloyat va tumanlarda bo'limlari bor. Sobiq sovet ta'limini olgan mutaxassislar u erga mas'ul qilib qo'yilgan. Odatda, ular ko'p gapirishni va odamlarga o'zlarini ko'rsatib, cheksiz hokimiyat egasi kabi taassurot qoldirishni xush ko'rishadi. Ammo oyliklari juda kam. Ularning bo'limlarida ikki yoki uch kishi ishlaydi.

Karimovning hukumati tarkibidagi vazirliklar va ularga bo'ysunadigan idoralar juda tez tashkil etiladi va juda tez buzilishi uning biror reja asosida harakat qilmasligini bildiradi. Shunchaki, uning maslahatchilari va kotiblari tomonidan ishlab chiqilgan, odamlar ko'z o'ngida yasalgan “haykal” bor. Unga ko'ra, qonunlar ustuvor, hammasi joyida, kelajak esa gullab-yashnab yotgan bo'ladi.

Yana bir qiziq jihat shuki, Karimov tayinlagan hokimlar xuddi bedana kabi. O'zbek xalqi tili bilan aytganda: “Bedananing uyi yo'q – qayga borsa pitpildiq”.

Chunki Karimov tayinlagan hokimlarning hech biri tayinli emas. Har yili Karimov, albatta, biror hokimni almashtiradi. Chunki uning kadrlarni tanlash bilan bog'liq qat'iy printsipi yo'q. U hokimlardan so'zsiz itoatkorlikni talab qiladi.

Negadir, Karimov tayinlagan hamma hokim doimo ishni “xalta qiladi”. Masalan, Namangan hokimi 7 yildan beri hammayoqni rasvo qilibdiyu, Karimov buni yaqinda “bilib qolibdi”. Avvalgi yillarda esa Qashqadaryo va Surxondaryo hokimlarini almashtirgan edi.

Qisqasi, Karimov hukumati juda betartib ishlaydi. Ular nima uchun ishlayotgani haqida bilmaydi, buyruqlar juda ko'p va pala-partish. Bir buyruq ikkinchisini inkor qiladi. Ammo ikkisini ham bajarish kerak…

Karimovning boshqaruv sistemasi 25 yildirki, shunday tartibda ishlaydi.

3.Kuch ishlatar tizimlar

O'zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi faoliyati haqida turli afsonalar kezib yuradi. Mamlakatni qo'lda tutib turgan bu ikki tizim allaqachon yaroqsiz holga kelgan. Agar xalq ko'tarilib, ko'chaga chiqsa, bu tizim uni bostira olmaydi. To'g'ri, Karimov harbiy qismlar yordamida o'z xalqini qirib tashlashi mumkin. Chunki bu uning uchun oddiy bir ish. Ammo tubiga etib borsangiz, armiya ham chirigan. Chunki har yili paxta terimi bilan shug'ullanadigan, bayramlarda chiroyli qadam tashlaydigan askarlarning aksarida intellektual va jismoniy mahorat juda sust.

Garchi O'zbekiston armiyasining qudrati jahonda oldi qatorlarda turadi deb uqtirib kelinsa-da, bu safsatadan boshqa narsa emas. Bugun O'zbekistonda armiya bir yillik va bir oylik degan ikki turgan bo'linadi. Go'yoki bir oylik armiyada yigitlar askarlikka tayyor bo'lar emish. Bir yillik armiya esa chiniqish maktabi ekan. Armiyada xizmat qilayotgan va xizmat qilgan yigitlar tasdiqlashi mumkinki, tashqi tarafdan kuchli ko'ringan bu tizim ichdan emirilgan.

Harbiylar garchi mamlakatda eng yuqori oylik bilan ta'minlangan bo'lsa-da, ular orasida ham korruptsiya avj olgan. Xususan, yigitlarni armiyaga, Oliy Harbiy o'quv yurtlariga qabul qilishda, harbiy darajalarni oshirishda bemalol savdo ishlari gullab-yashnab yotibdi.

Askarlar vatanparvarlik emas, majburiyat bilangina xizmat qilib yurishibdi. Ularning deyarli hammasi yodlatilgan gaplarni takrorlaydigan, o'z shaxsiy mushohadasiga ega bo'lmagan kadrlardir. Harbiy sohaga qiziqishning bosh omili, albatta, xalq yoki Vatanga bo'lgan muhabbat emas, katta maosh hisoblanadi. Buni O'zbekistondagi yosh bola ham tasdiqlaydi. Chunki maktab yoki kollej o'quvchisi harbiylikni orzu qilyaptimi, nega deb so'ralsa, oyligi baland, turli qulayliklar bor deb javob berishadi.

Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi idoralar ham xuddi shu tartibda ishlaydi. Bu sohada ham poraxo'rlik gullab-yashnagan. Darajalarni oshirish, turli yuqori mansablarga tayinlanish – hammasi pora bilan amalga oshiriladi. Agar ko'chada qaqqayib metro tepasida turadigan yoki “uchastkavoy” nomiga ega militsiya xodimi o'z darajasini oshirishini istasa, albatta, biror kimsaning jinoyatchi ekanligini isbotlashi kerak. Ular tutgan odam jinoyatchi bo'lishi shart emas.

Bugun o'zbek militsiyasi odamlarni qo'rqitish, ozor berish va zulm bilan mashg'ul. Aslida esa bu soha odamlari kayf-safoni sevadi, iloji boricha o'z postini tashlab qochib, biror choyxona yoki restoranda o'tirishni xush ko'radi. Ular uchun vazifani bir amallab ado qilish, oylikni olish muhim. Yuqoridan keladigan amrlarning tuturig'i yo'q, ular gohida o'zlari nima qilishayotganiga ham tushunishmaydi. Ustiga ustak, har bir tuman IIB xodimlariga har kuni yuz – ikki yuz nafardan shubhalanuvchi shaxs tutib kelish plani qo'yilgan bo'lsa, bu ham g'alati. Ammo ular buni uddalashlari lozim.

Bu safsatalarning hammasi odamlar ichiga qo'rquv zaharini solish uchun qilinadi. Qo'pol va tarbiyasiz, inson sha'nini bulg'aydigan, iymon va e'tiqod tushunchasidan yiroq militsiya xodimlari esa ko'ziga ko'ringan “shubhali” shaxslarni hamon urib-so'kib yoki mazax qilib bo'limga eltish bilan shug'ullanmoqdalar. Mamlakatda ro'y berayotgan qotilliklar, o'g'riliklar va boshqa jinoyatlarning hech biri ochilmay qolib ketaveradi.

Milliy xavfsizlik xizmatidan mamlakatda Karimov va Inoyatov qo'rqmasligi mumkin. Mamlakat bu ilonning zahridan shunchalik ko'rqadiki, hatto, Xudoni unutib yuborishadi. Aslida, ta'rif qilinganidek MXX shunalik qudratlimi?

Ochig'ini aytish shart – O'zbekiston MXXning o'zi hech qanday qudratga ega emas. Bu bo'limda xizmat qiladigan xodimlarning sa'viyasi, talanti va salohiyati o'ta past yoki o'rtacha. Ularning oyligi o'ta yuqori, qiladigan ishlari esa odamlarni idoraga chaqirib ruhiy jihatdan bosim o'tkazib ezishdan iborat. Bu yo'nalishda xizmat qiladigan xodimlarning soni ko'p emas. Ammo ularga xos jihat – beshafqatlilik, buyruqni ikkilanishsiz bajarish hamda hech kimga ishonmaslikdir.

Yana bir jihati, MXX odamlar haqida temir sandiqlarda turli hujjatlarni yig'ish bilan mashg'ul bo'ladi.

MXX idorasida zerikib o'tiradigan, doimo hammaga shubha bilan boqadigan, kishilarni ezib rohat qiladigan qo'rqoq xodimlarning qudrati yo'q. Ularning qudrati – “quloqlar”dir. Toshkentdagi Milliy xavfsizlik institutini tugatmagan bo'lsa-da, hatto, hech qanday ma'lumotga ega bo'lmasa-da, O'zbekistonning hamma qishloqlari, ko'chalari, idoralari va oilalarida kamida bittadan “quloq” ishlaydi.

Ana shular MXXning “qudratli” qo'llaridir.

Bu odamlarning sevimli kasbi – o'z atrofidagilarni kuzatish – josuslik qilish, ma'lumotlarni to'plash va o'z hududidagi MXXga etkazishdir. Shuning uchun MXX mamlakat odamlarini kuchli kuzatuvda ushlab turibdi. MXX bergan axborot asosida butun mamlakatdagi siyosat mashinasi harakatlanadi.

Oddiy odamlar – gadoylar, o'qituvchilar, kosiblar, dehqonlar, novvoylar, talabalar MXXning josuslaridir. Shuningdek, pistachilar, nos sotuvchilar, ijtimoiy tarmoqlarda turli nomi ostida bir necha profil ochganlar, tuppa-tuzuk odamlar ham MXXga xizmat qilishadi. Ular bu xizmatlari uchun hech qanday HAQ OLMAYDILAR. Shunchaki, ular josuslikdan zavqlanishadi. Boshqalarning mahram sirlarini birovga ochishdan, boshqalarni bildirmay kuzatib turishdan sevinishadi. Ya'ni shunday pastkashlik ularni baxtiyor qiladi.

MXXning idoradagi xodimlari uchun esa yuborilgan ma'lumotlarni papkalarga joylash va ularni qiyoslab odamlar “taqdirini hal qilish” bilan shug'ullanishadi.

Tashqarida sirli ko'ringan va odamlarni qo'rquvda tutib turgan MXXning ishlash tarzi aslida ana shunday sodda va pastkashonadir.

Tan olish lozimki, MXXdagilarning sovuqqonligi, tubanligi oliy darajada. Ular odamlarni kiprik qoqmay o'ldirib yuborishda, hodisalardan xulosa chiqarishda mohir. Garchi ilm-fanning so'nggi yutuqlaridan foydalanishda bir muncha qoloq bo'lsalar-da.

Mamlakatda yashab turgan chirik tuzum aynan MXXning jonbozligi mevasidir. MXX esa xalq ichidagi “quloqlar”ga tayanadi. “Quloqlar” begona emas, xalq ichidagi xalqning bolasi, ya'ni xalqning xoin bolasidir.

Ammo ularning bu hiyla makrlari uzoq yashamaydi. Chunki Allohning makri oldida ularning makri ojizdir.

O'zbek xalqi ichidagi xoinlar xoinlikdan or qilmasa, xalq hech qachon yuksalish yo'liga chiqa olmaydi. Shu haqiqatni ham unutmaslik kerak.

Xalq o'sha xoinlardan qo'rqadi. Xoindan qo'rqqani uchun bugun xor bo'lib yashayapti.

Xalq xoinlari xalqning sara farzandlarini zolimlar qo'liga tutib bermoqda.

Ammo xoinning umri qisqa. Ularni Ilohiy Taqdirning o'zi mahv qiladi.

Xoinlar kuchiga tayangan, zulmga asoslangan tuzum, Karimov tuzumi tanazzul bilan yuzlashib bo'ldi. Endi uning batamom ag'darilib, Er yuzidan supurib tashlanishini kutmoqdamiz. Bu kunlar yaqin qoldi, Xudo xohlasa.

Ablulloh Nusrat

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Anaxolos ;

    quloq SSSRda bulmaganmi?
    Britaniya josuslarichi. Fransuzlarda bu qanday amalga owadi. Muallifga savol. Siz davlat tepasiga kelganizda qanday chora kurardiz.

    Qirg’iz prezidentiga uxwab orqezga tepib xaydashardi

    22/01/2016 18:10
  • snb ;

    Karimovni ota deganlar bular axvolari shu

    27/12/2015 18:42
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube