O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Mavludi sharif – 2 (davomi)

Mavludi sharif – 2 (davomi)
26 Aralık 2015 - 11:30 'da yuklandi va 3976 marta o'qildi.

FitratABDURAUF FITRAT            

MAVLUDI ShARIF
(davomi)

Nabaviy tavalludi kechasi voqealari zikri va uning ko'kaltoshi[1] bayoni

Kecha tarixga tashlab nazar,
Tushdi ko'zga bu yanglig' xabar.
Mustafo tug'ilgan ul kecha,
Bo'ldi g'ayri ishdan bir necha.
Porslar otashgohida olov,
Mavlud chog'i o'chdi darrov.
Pors shohi Anushirvon qasri,
Ko'rmagan ul kabi hech asre.
Ahmad er uzra qo'ygach qadam,
O'n to'rt toqi quladi shu dam.
Butxonalarda but va sanam,
Qulashdi yuz tuban bo'lib xam.

* * *

Jahonga kelgach nabi ul tun,
Emizdi Omina necha kun.
Lek Ominaning suti qochib,
Sayba necha vaqt ko'ksin ochib.
Nabi to'rt oyga to'lgan chog'ida,
Bo'ldi Marvuha quchog'ida.
Keyingi doya bani Sa'ddan,[2]
Edi yulduzi ravshan, sa'ddan.[3]
Kelib, jon deb oldi zimmaga,
Nabilar so'nggisin emizmaga.
Eltib nabini sahrosiga,
Ko'ngil ochar ob-havosiga.
Ul dahada payg'ambar mudom,
Yayradi tinch, izzatda tamom.
Sharafidan uch yilu necha oy,
Yashadi Halima ham tinch, boy.
Doyalik oxiriga etgach,
Halima ishin ado etgach.
Nabini bobosiga eltdi,
Ona iltifotiga etdi.
Ey, nabiga dili vafoli yor,
Tur o'rningdan, salavot yubor.

* * * * *

Hazrat nabaviy onasi va bobosining vafoti

Olti yoshida Nabiulloh,
Onasiga bo'lib ul hamroh.
Madina borib, qaytar zamon,
Yo'lda bir erni etgach makon.
Omina charchoq zahmatidan,
Og'ir kasallik mehnatidan.
Ola boshlab so'nggi nafasin,
Zaif holda chiqarib sasin.
Vidolar aytib Muhammadga,
Bu foniydan ketdi abadga.
Nabi qalbi yondi bu darddan,
Qoldi yolg'iz qotib hayratdan.
Aslzoda bobo farzandin,
Siylab boshini dilbandin.
Ko'p lutf ila qilib tarbiyat,
Ko'rguzdi yordam-la marhamat.
Nabi umri sakkizdan o'tgach,
Bobo rizqi jahondan bitgach.
Yana bir o'g'liga topshirib,
Nabi borasida pandni oshirib.
Asra deb uni har balodan,
Ko'z yumarkan o'zi dunyodan.
Bu vasiyatni ado etdi,
Muhammad sirin ifsho[4] etdi:
Bu bo'lg'ay olamda payg'ambar,
O'shal ba'sat[5] kunga etsang gar.
Hech shak keltirmay, qil iqtido[6],
Vasiyatim so'zsiz et ado.
Degach bu so'zni jaddi rasul,
Dil-jondan qildi o'g'il qabul.
Amak sevardi nabini ko'p,
Jon ila asradi uni xo'p.
Ey nabiga dili vafoli yor,
Tur o'rningdan, salavot yubor.
– Muhammadga salom de, ey Xudo;
Salom sayyidimiz, al-Mustafo.

* * * * *

Hazrat nabaviyning ilk bor Shom tomonga Abutolib bilan safari

Nabi yoshi o'n ikkiga ravon,
Etgach bo'lib raso bir o'g'lon.
Amakisiga beray deb madad,
Tijorat ishin qilib maqsad.
Shom safarin ixtiyor etdi,
Amakisi ul diyor eltdi.
Shom yo'lida uchradi bir shayx,
Ismi Buhayro, Xudo der shayx.
Kaliso[7] erdi joy-makoni,
Dinda mazhabidir nasroniy[8].
Shayx rasulga nazar solgan on,
Harakotidan qilgach ayon.
Dedi: – Ey arablar, bu o'g'il,
Erur olamda Haqdan rasul.
Baxtli ul shaxs, dilu jon ila,
Ergashsa unga bor imkon ila.
Yana dedi amakisiga:
– Ish olmasin desang aksiga.
Sen uni Shom shahriga eltmagil,
Yahudlarga duchor etmagil.
Yangi rasulga ular g'anim,
Ko'rsa tez bilar bu bola kim.
Yangi rasulni qavmi Yahud,
O'ldirmoq istar qilib hasud.
Qo'rqaman bu badniyat qavmdan,
Etkazmagay zarar deb zimdan.
Ishni bu yanglig' ko'rgach amak,
Anglab etdi nedir kelajak.
Buhayro pandin etdi qabul,
Buni nabi ham topdi ma'qul.
Amak Shom shahri yo'lin tutdi,
Rasul ularni dashtda kutdi.
Ey nabiga dili vafoli yor,
Tur o'rningdan, salovot yubor:
– Muhammadga salom de, Xudo,
Salom sayyidimiz, Mustafo.

* * * * *

Janob payg'ambarning Xadicha tomonidan Shomga ikkinchi marta safari

Rasul yigirma to'rtga to'ldi,
Yana safar nasibi bo'ldi.
Xadicha ismli sayyida,
Oliy maqomli o'z elida.
Nabini o'z ishiga yollab,
Tijorat yumushiga chog'lab.
Yubordi karvonda shahri Shom,
Ammo etmay manzilga tamom.
Ko'rib yo'l ustida bir maqom,
Tushdi unga olay deb orom.
Shayx Buhayroning xonaqosi,
Erdi bu yo'lning keng yaqosi.
Bu olamdan ketib Buhayro,
Qoldirib o'rnida nasturo[9].
Yangi rohib tom uzra turib,
Baxt asar tojir yuzin ko'rib.
Na'ra tortdi: Ey ahli korvon,
Xudo bo'lsin sizga mehribon.
Ul oliyjanob yosh tufayli,
Yaralmish zamin, zamon xayli.
Mehri o'rnashdi boshu dilda,
Kelib, joy tuting bu manzilda.
Payg'ambari oxiri zamon,
Bo'ldi tez rohib sari ravon.
Shayx Ahmadga bo'lgach ro'para,
Gaplashdi har bobdan bir pora.
Nabi elkasin ochgach o'zi,
Nubuvvat muhrin ko'rdi ko'zi.
Dedi: bu shaxs payg'ambar bo'lur,
Barcha xalqlarga rahbar bo'lur.
Shom shahriga qilmasin safar,
Bor anda yahudlardan xatar.
Rohib aytganin janobi rasul,
Qildi o'sha kun dildan qabul.
Shom yo'lidan voz kechib butun,
Shunda dam oldi ikki-uch kun.
Makkadan keltirgan bor molin,
Xudo ochib baxtu iqbolin.
Barin qimmat bahoga sotdi,
So'ng darhol vatan sari qaytdi.
Neki safarida berdi ro'y,
Xadichaga qildi go'ftigo'y.
Nabi sidqiga bo'lgach amin,
Mehrin tutib diliga yaqin.
Xadichada bo'ldi bu xayol:
Bersa unga imkoni visol.
Ey nabiga dili vafoli yor,
Tur o'rningdan, salovot yubor.
– Muhammadga salom de, Xudo;
Salom sayyidimiz, Mustafo.

* * * * *
Hazrat rasul alayhissalomning Xadichaga uylangani

Tarix sirin bilguvchi dono,
So'z mag'zin bu tarz qildi ado.
Ko'rgach ul sayyidai Makka,
Nabi mehri tushganin yurakka.
Nafisaga ham qildi bayon,
Nafisa ham bo'ldi ko'p shodon.
So'ng etkazdi borib rasulga,
Nabidan ham etib qabulga.
Bilgach payg'ambar amakisi,
Bitdi nikoh rasmin kamko'si.
Topib Xadicha visol baxtin,
Quvonchdan xush qildi o'z vaqtin.
Nabi ham bo'ldi bu holdan shod,
Xadicha uyin etib obod.
Ey, nabiga dili vafoli yor,
Tur o'rningdan, salovot yubor.
– Durud de Muhammadga, Xudo;
Salom sayyidimiz, Mustafo.

* * * * *

Nabaviy alayhissalomning payg'ambarlik vakolati 

Nabi qirq yoshga to'lgan ayyom,
Keldi hazrat Yazdondan[10] payom.[11]
Qildim seni, – dedi ul Xudo,
Jahon xalqlariga rahnamo.
Xalq yo'ldan adashdi, yo'l ko'rsat,
Ne bo'lsa xarob, obod qil, tuzat.
Jahonni qopladi jaholat,
Jahd qil, tirish, yo'qolsin zulmat.
Bashar qavmi tutdi xato yo'l,
Sen hidoyat vositasi bo'l.
Ramazondan o'n ettinchi kun,
Ro'y berdi ul nubuvvat bir tun.
“Fatahno”[12] tug'li shohga maqom,
Bo'lib Hiro g'ori shul oqshom.
Ibodat qilarkan Xudoga,
Qulog'i to'ldi bir sadoga.
Tovush uzoqdan kelar edi,
Nabi har yoqqa qarar edi.
Ko'rinmadi hech narsa, lek boz,
Eshitildi ul nogah ovoz.
Nabi diliga tushib qo'rquv,
Ko'z-la etib har yon tintuv.
Ovoz egasidan hech xabar,
Topmadi-yu ko'rmadi asar.
Uch bor qarab oldu iziga,
Tushdi ko'zi nur dengiziga.
Nogah undan hazrat Jabroil,
Chiqdi bo'lib bashar shamoil.
Dedi: Men Jabroil, bo'l bardam,
Yubordi ul yaratgan egam.
Haq senga salomin yubordi,
Mo'l-ko'l qilib ne'matin berdi.
Payg'ambarlik davlatidir u,
Rahbarlikning shavkatidir u.
Bo'lgaysan jahonga rahnamo,
Tur, ilohiy ishni et ado.
Butu butxonasin buzg'il sen,
Tur, buzildi jahon, tuz qil sen.
Olam kutar seni intizor,
Tur, buzuq dayrga bo'l me'mor.
Ey er yuzining rahmati, tur,
Nazar sol olamga sen bir qo'r.
Er jaholat o'tida yondi,
Tamaddun nuri ortga yondi[13].
Tur, ey najoti insoniyat,
Dunyo obodligin qil niyat.
Madaniyat-la erga ber zeb,
“Nasr min Alloh, fathan qarib.”[14]
Bu bashar – bu umidli, bodil[15],
Nedin bo'ldi ojiz, noqobil.
Dunyo, obodlik boisi odam,
Say'i dunyo obro'si odam.
O'z tadbir panjasi-la har dam,
Po'lat ko'ksini tilguvchi odam.
Jang maydoniga kirganda ham,
Toshni talqon qilguvchi odam.
Nedin bo'ldi buncha xarob, zor,
Sharafu izzatsiz, bee'tibor.
Nega bo'lg'ay bu kabi g'ofil,
Xudovu din ishidan zoil.
Jaholat oldida nega u,
Zaifu bemor, lanju majruh,
Tur, ey nabilarga xotimat,
Zaminu zamonni yangilat.
Ey Batho sayyidi, qil madad,
Bashar qavmiga sen beadad.
“Vad-din huv-val-aql” na'rasin,
Urib yor bedinlik zahrasin.
Degil ul basharga: Dahr aro,
Xudo amri etmas bizdan ayro.
Muhammad bildi yolg'iz Xudo,
Elchisi qilmish olam aro.
Yo'lga tushdi Xadicha tomon,
Kelib, bu sirni qildi ayon.
Ey nabiga dili vafoli yor,
Tur o'rningdan, salovot yubor.
– Muhammadingga salom de, Xudo;
Salom sayyidimiz, Mustafo.

(davomi bor)

[1] Ko'kaltosh – ko'krakdosh; Bu erda birovning bolasini emizuvchi enaga ko'zda tutilgan.
[2] Bani Sa'd – Sa'd avlodi.
[3] Sa'd – baxt.
[4] Ifsho (fosh) – ayon.
[5] Bas'at (ba'as) – payg'ambarlikning kelishi.
[6] Iqtido – ergashish.
[7] Kaliso – masihiylar ibodatxonasi; cherkov.
[8] Nasroniy – masihiy; xristian.
[9] Nasturo (nasroniy) – masihiy; xristian.
[10] Yazdon – ikki olamni yaratgan Xudo.
[11] Payyom – xabar.
[12] Fatahno – ochdik. Qur'oni karim oyatlariga ishora.
[13] Yonmoq – qaytmoq.
[14] Nasr min Alloh, fathan qariban – g'alaba Allohdan, fath yaqindir. Qur'oni karim oyati.
[15] Bodil – dovyurak, qo'rqmas, botir.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube