O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Mavludi sharif – 3 (oxiri)

Mavludi sharif – 3 (oxiri)
30 Aralık 2015 - 14:32 'da yuklandi va 3452 marta o'qildi.

FitratABDURAUF FITRAT            

MAVLUDI ShARIF
yoxud Xayrul-bashar miroti (rasul oynasi)

(davomi)

Hazrat Abu Bakr Siddiqning – Alloh undan rozi bo'lsin – iymon keltirgani va undan keyin iymon keltirgan ulug' zotlarning zikri

Hunarlarga g'arq aql piri,
Dedi: Bundaydir tarix siri.
Islomga kirgan birinchi er,
Bo'lgandi hazrat Abu Bakr.
Sibyon[1]dan hazrat Ali bil,
Nabi amakisiga o'g'il.
Undan so'ng Zayd, Bilol va ba'd[2],
Hazrat Usmon, keyin kirdi Sa'd.
So'ngra Said bo'lgach musulmon,
Talha, Zubayda topdi iymon.
Uch yilgacha oliyqadr shoh,
Arab xalqin etmadi ogoh.
O'z da'vatini tutdi pinhon,
Bildi faqat bir necha inson,
Bitta-bitta kelib yashirin,
Qabul etdilar nabi dinin.
To'rtinchi yili parvardigor,
Dedi: Da'vating qil oshkor.
Xudodan olgach bunday farmon,
O'shal kun qildi dinin e'lon.
Borib masjidi Bayt ul-harom,
Chaqirdi arab qavmin tamom.
Dedi: Ey aslzoda arab,
Topshiriq berdi menga ul Rabb.
Etkazgumdir sizga batamom,
Jahon egasi amrin, vassalom.
Xudo – bilguvchi, qodir, yolg'iz,
Tengsiz, farzandsizu ayolsiz.
Bu but, butxona bari botil,
Ergashgan unga johil, g'ofil.
Kim sidq ila tutsa etagim,
Topar ikki jahon davlatin.
Kim da'voim inkor etsa gar,
Ertang do'zaxda vatan tutar.
Arablar bu so'zni eshitib,
Dilda g'azab o'tin qo'zitib.
Bel bog'ladilar yonib darddan,
Qasd olaylik, deb, Muhammaddan.
Ey nabiga dili vafoli yor,
Tur o'rningdan, salovot yubor.
– Muhammadinga salom de, Xudo;
Salom sayyidimiz, Mustafo.

*****

Nabiy alayhissalomning mushfiq amakisi va muhtaram haramining vafoti

Tarixda ustodim kecha tun,
Bu yoqdan ochdi so'z eshigin.
Shu g'avg'o bilan o'tdi o'n yil,
Amak jahondan uzib ko'ngil.
Foniy olamdan silkdi etak,
Ruhining qushi uchdi yuksak.
Ahmad amakdan bo'lgach judo,
Arab orttirib jabru jafo.
Dunyoda bo'lsa qancha izo,[3]
Muhammadga ko'rdilar ravo.
Biri oyog'iga otdi tosh,
Biri uyatli so'z etdi fosh.
Biri dedi: sehrgar, makkor.
Biri dedi: nokasu beor.
Xullas, arab berib ko'p azob,
Chekdi nabi cheksiz iztirob.
Lek Xadicha yonida erdi,
G'amxo'ri bo'lib yordam berdi.
Ammo bor-yo'g'i o'tib uch kun,
Nabini tark etdi u butun.
Xadicha ham orqalab ko'chin,
Yo'lga tushdi ul baqo uchun.
Xudo oldida topdi qabul,
Lek yolg'iz, tanho qoldi rasul.
Arab qavmi ko'rgach bir o'zin,
Qizitdi jabru jafo so'zin.
Lek Alloh elchisi qo'rqmadi,
Nubuvvat da'vosin qo'ymadi.
Ba'sdan o'n ikki yil tamomi,
O'tib, keldi me'roj oqshomi.
Ey dili nabiga vafoli yor,
Tur o'rningdan, salovot yubor.
– Muhammadingga salom de, Xudo;
Salom sayyidimiz, Mustafo.

*****

Me'roj

Baxtli-yu qutli bir tun edi,
Havoda fayz, mushk ustun edi.
Hurlar sochidek anbarfishon,
Oynadek har yog'i nurga kon.
Qarosi go'yo ko'z qarog'i,
Hayit tongidek xush har chog'i.
Hur ko'zin surmasidek shomi,
Tongidir nur dashtin gulfomi.
Ko'zi ochiq yulduzlar barin,
Qilib falak uzra ko'k sayrin.
Xush uyquda chog'i payg'ambar,
Jabroil keltirdi bir xabar.
– Xudoing der, ey faxri rusul,
Bu Yaldo[4] tuni – vaqti vusul.[5]
Uyquni tark et, bo'l sen bedor,
Rabbing kutar bu tun intizor.
Vasldir, uyquga itob qil,
Yuqori olamga shitob qil.
Eshitib Bathoning sayyidi,
Raddiga biron so'z demadi.
Xudosin amriga bo'ysunib,
Rafrafning tez ustiga minib.
Etgach Masjidi Aqsoga zud,[6]
Ayladi salovotu durud.
So'ng ko'tarildi Surayyoga,
Etgach birinchi qat samoga.
Uchrashdi Odam Oto bilan,
Ilk nabi, Safiullo bilan.
Yo'nalib ikkinchi falakka,
Suhbat qurdi Iso-la yakka.
Qadam qo'yib to'rtinchi samo,
Hazrat Idrisga bo'ldi oshno.
Etgach beshinchi sipehriga,[7]
Horun to'ydirdi o'z mehriga.
Tushgach oltinchi qat samoga,
Quloq tutdi hazrat Musoga.
Manzil bo'lgach ettinchi samo,
Ibrohim ayladi ko'p duo.
Ketdi so'ng yo'li ochiq tomon,
Lutflar etdi Hayyi[8] mehribon.
Qaytdi yana kelgan joyiga,
Oro kirdi shahar joniga.
O'z me'rojin uyg'ongani on,
Ashoblariga qildi bayon.
Bu so'zni qabul tutgan ilk yor,
Edi ul Abu Bakr dildor.
Ey nabiga dili vafoli yor,
Tur o'rningdan, salavot yubor.
– Muhammadga salom ayt, Xudo;
Salom sayyidimiz, Mustafo!

*****

Hazrat rasul alayhissalomning Madinaga hijrati

Haqiqatni bilguvchi ul pir,
So'zin qildi bu kabi taqrir.
Me'rojdan qaytib nabi hazrat,
Tushdi etmakka yana da'vat.
Ko'rdi hayotda shundan ko'p ranj,
Lek etmadi da'vat ishin lanj.
Arabga yoqmay bu, chor-nochor,
Qildi ushbudek qasdga qaror.
Yig'ilishib bir erga gurros,
O'ldirib, olgaylar zo'r qasos.
Ahd etdilar nabi qatliga,
Lek ravo ko'rmay rasuliga,
Xudo yubordi o'shal ayyom,
Jabroildan nabiga payom.
Dedi: Tur, senga ushbu damdan,
Hijrat izni keldi egamdan.
Bu tun Madinaga qil safar,
Yo'qsa bor bunda senga xatar.
Bu Bakrga bergali mujda,
Borib nabi ul yon bir zumda.
Ikkovlon Makkadan ketdilar,
Savr degan toqqa etdilar.
Tog' bag'rida bir g'or bor edi,
Ichi tundek qora g'or edi.
Abu Bakru rasuli Xudoy,
Ul g'or to'rida olishdi joy.
Ilohiy amrdan bir tortan,[9]
G'or og'zini bekitdi tordan.
Vadud[10] amridan bir juft kaptar,
In qurdi g'or og'zida yaksar.
Arab qavmi qochganin rasul,
Bilib, bo'lishdi g'amgin, malul.
Izlab har taraf zir chopishdi,
G'or og'zin ul holda topishdi.
Etmay odam borin hech gumon,
Qaytishdi orqaga shul zamon.
Rasuldan topmagach bir nishon,
Qoldi dillarida ko'p armon.
Ey nabiga dili vafoli yor,
Tur o'rningdan, salovot yubor.
– Muhammadga salom ayt, Xudo;
Salom sayyidimiz, Mustafo!

Olam shohi qolgach g'orda uch kun,
Haq mehri bo'lib takya,[11] ustun.
To'rtinchi kun quyosh porladi,
Dasht, sahroni nurga chulg'adi.
Chiqib, tuyaga bo'lgach savor,[12]
Har ikkovdan xoli qoldi g'or.
Abu Bakru payombar ravon,
Ketdilar Yasrib[13] shahri tomon.
Bir hafta shamoldek eldilar,
Madina yoniga keldilar.
Yasrib ahliga etgach bu gap,
Kelib, tashlashdi o'zin tap-tap,
Nabi poyiga surgali bosh,
Ansorliklarin[14] etgali fosh.
Ey nabiga dili vafoli yor,
Tur o'rningdan, salovot yubor.
– Muhammadga salovot de, Xudo;
Salom sayyidimiz, Mustafo!

*****

Xotima

Bu kitobkim, erur fayzga kon,
Iloh lutfidan topdi poyon.
Rasulga sevgimiz haqqi, qil,
Ilohim bandaligimiz qabul.
Qilgan esak-da qancha gunoh,
Faqat sendan istaymiz panoh.
Kechir, oliy lutfingdan bizni,
Uzmasmiz hech umidimizni.

(tugadi)

[1] Sibyon – bolalar.
[2] Ba'd – keyin, so'ng.
[3] Izo – haqorat, dashnom; Uqubat, azob.
[4] Yaldo tuni – eng uzun va qorong'i tun. Melodda 21-dekabr' oqshomiga to'g'ri keladi.
[5] Vusul – visolga etish.
[6] Zud – tez.
[7] Sipehr – osmon, falak.
[8] Hayy – hayot berguvchi Alloh.
[9] Tortan – tortanak, o'rgimchak.
[10] Vadud – mehribon. Alloh nomlaridan biri.
[11] Takya – suyanchiq.
[12] Savor bo'lmoq – minmoq.
[13] Yasrib – Madina shahrining islom payg'mabari kelgungacha bo'lgan nomi. So'ng “Madinat un-nabi” nomini olgan va shundan “Madina” deb ataladi.
[14] Ansor – yordam beruvchi.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube