O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Bay, bay, bay! Qani edi bu o'zbek o'g'lonlari…”

“Bay, bay, bay! Qani edi bu o'zbek o'g'lonlari…”
05 Ocak 2016 - 13:53 'da yuklandi va 1963 marta o'qildi.

Madamin-bekAlixonto'ra Sog'uniy

TURKISTON QAYG'USI – 3

(davomi)

Allohni sevish, uning visoliga etish uchun og'ir, mashaqqatli poklanish yo'lini bosib o'tishimiz lozimdir. Har bir kishi o'z vaqtini sarhisob qilib turishi, chunki vaqt boyliqdur, bir kasbni egallashi, o'z qo'l kuchi bilan halol luqma topmoqligi bu ta'limot asoslaridandir», deganlarini eshitganmiz. O'z hayotlari davomida shunga amal qilib dorishunoslik, tibbiyot ilmlarini mukammal egallaganlar va hojatbaror shifokorligi tufayli ko'pchilik o'rtasida katta obro'-e'tiborga ega edilar. Kichkina hovlining tashqarisida doimo sog'in sigir bilan bir tana boqilar edi. Yoshligimda ularga em-xashak va ivitilgan somonga kepakni ixlos bilan o'zlari qorishtirib berayotgan ish ustida bobomlarni ko'p marta ko'rganman.

Erta bahor kunlari edi. Saharda bir qarindoshning to'y oshiga bobomlar bilan birga bordik. Kun sovuq, endi tong otmoqda edi. Ko'pchilik aytilgan bo'lsa kerak, ko'chada saf tortib, osh eyishga navbat kutib, odob bilan bobomlarni oldinga kuzatayotgan tumanat odamlarni ko'rib, hassaga ikki qo'lini qo'ygan holda to'xtadilar. «Bay, bay, bay! Qani edi bu o'zbek o'g'lonlari shu tartibda, shunday g'ayrat va ixlos bilan Vatan ozodligi uchun jangga kirsa!» deb, tizilib turgan uzun safga zavq bilan uzoq tikilib qolganlarini eslayman. Shunda bu manzara to'qsonni qoralab qolganiga qaramay, qomatini mag'rur tikka tutib turgan sobiq marshalning Vatan ozodligi uchun olib borgan shiddatli muqaddas janglarining qaysi yolqinli damlarini ko'ngliga solgan ekan, deb o'yladim.

Alixonto'ra keng bilimlar egasi, chinakamiga qomusiy olim edi. Yuqorida tilga olingan asarlaridan, tarjima qilgan kitoblaridan tashqari u kishining qalamiga mansub «Shifo ul-ilal», ya'ni «Illatlar shifosi» asari ham mavjud. Unda ikki yuzdan ko'p kasalliklar bayoni, tashxisi va davolash usullari berilgan. Ko'p tillarni chuqur bilganligi bois shu tillarda she'rlar ham yozganlar.

«Devoni Sog'uniy» nomli devon sohibi hamdir. Shu davr ichida bobomiz tomonidan yana Ahmad Donishning «Navodir ul-vaqoe» asari, Darvesh Ali Changiyning «Musiqa risolasi» asari o'zbek tiliga tarjima qilingan.

Alloma Sog'uniyning obro'-e'tibori oddiy xalq orasida nihoyatda yuqori edi. Ul zot faqatgina islomparvar bo'lmay, balki tom ma'noda insonparvar bo'lgani sababli oldiga uzoq-yaqin joylardan juda ko'p kishilar o'z dardlari va tashvishlariga davo, maslahat izlab kelishar edi. Ayniqsa «Temur tuzuklari» oynomada bosilib chiqqandan keyin mashhurligi yanada oshdi. Ko'plar fors, arab, turkiy tillarida bosilgan, turli sohalarga mansub qadimgi nodir asarlarning tarjima va sharhlariga yordam so'rasalar, boshqalar ilm izlab kelganini, tabobat, milliy tarix, diniy ilm sohalarida bilim olish uchun shogird bo'lish niyatida ekanini bildirardilar. Ko'p o'zbek shogirdlari uydan qatnab ilm olsalar, uzoq yurtlardan kelgan tojik, qirg'iz, qozoq, tungon, kavkaz xalqlariga mansub shogirdlari tashqari hovlidagi boloxonada yotib dars olardilar. Har payshanba kun iftorliklariga ko'pchilik qatnashishga intilar edi, chunki bu erda bo'ladigan ajoyib maroqli suhbat va majlislarda ulug' e'tiqod, milliy qadriyatlarimiz, shon-shavkatli tariximiz, diniy masalalar yuzasidan fikr va sharhlar aytilar edi. Keyinchalik bu suhbatlar kengayib, jumladan, muborak ramazon oyi iftorliklari mehmonga chaqiriladigan katta hovlilarda, dala bog'larida o'tkaziladigan bo'ldi. Bu kishining ishtirokidagi majlis va suhbatlarga katta ilm sohiblari, ayrim shoir va yozuvchilar, din arboblari, olimlar va boshqa obro'yli kishilar juda katta hurmat va ehtirom, haqiqiy ma'naviyatga chanqoqlik bilan qatnashar edilar. Kundalik hayotimizdagi o'zgarish va hodisalarga u kishi katta qiziqish va xalq manfaati nuqtai-nazaridan qarar edilar. Ular millatimizning erki, tinchligi va kelajagi uchun foydali bo'lsa butun vujudi bilan xursand bo'lib, olqishlar edi. «Huquqlar himoyasining eng kuchlik quroli hisoblangan ilm-hunar, maorif eshiklari hozirgi kunda inson olami yuziga butunlay ochiqdur. Shu sababdan tushungan Vatan o'g'lon-qizlarimiz zamonaviy har ilm-hunarni asosi bilan yaxshi tushunib, imkoniyat boricha bilib o'zlashtirishga boshqalardan ortiqroq kirishmoqlari lozimdur» deganlarini bilaman.

1976 yil fevral' oyining oxirgi kunlari, men Leningrad shahrida xizmat safarida edim. Bobomlarning ahvoli og'ir ekanligi to'g'risida xabar keldi. Tezda Toshkentga uchdim. Samolyotdan tushib to'g'ri bobomlarning Taxtapuldagi hovlisiga yo'l oldim. Qarindosh-urug', yaqinlar bilan to'lgan hovliga kirishim bilan otamning «O'g'lim, tezroq kir, bobong ketmoqda», degan nidosini eshitdim. Uyga kirishim bilan musaffo sokinlikda ko'zlari yumuq yotgan bobomlarga ko'zim tushdi. Atrof-yonlarida farzandlari. Ko'zlariga termulib otam nihoyatda past, mungli tovush bilan Qur'ondan «Yosin» surasini tilovat qilib turardi. Ko'zlaridagi yosh bilan shoshilinch holatda menga suv tutib, «Otamga suv tomiz», dedilar. Yig'lab turib muborak lablariga dokada sekin suv tutdim. Ohista ko'zlarini ochdilar. Otam bobomga tikilib turib, nihoyatda past ovoz bilan «O'g'lingiz Uvaysxon etib keldi», dedilar.

Bobomning ko'z qorachiqlari men tomonga yalt etib o'girildi. Bir «uf» tortdilar, muborak, xotirjam yuzlariga ikki tomchi yosh dumalab tushdi. Ko'zlarini asta yumdilar va shu zahoti kalimai shahodat ustida jon uzdilar. Hayotlarining oxirgi soniyalarida ul zotning oldida bo'lish va muborak lablariga oxirgi suvni tomizmoq menga nasib etganidan Allohga ko'p shukronalar qilaman. Bu ne'matni hayotligida qilgan ulug' duolarining ijobati, ul kishiga bo'lgan cheksiz muhabbatimning bir belgisi deb bilaman.

O'zbekistonning har joyidan va Markaziy Osiyo respublikalaridan etib kelishgan ko'p sonli kishilar bilan birga butun Toshkent ahli ul zotning tobutlarini Taxtapul mahallasidan elkalarida ko'tarib, vasiyatiga ko'ra Ko'kcha dahasidagi so'nggi maskani bo'lgan Shayx Zayniddin bobo qabristoniga oborib qo'ydi. U kishining janozasini vasiyatiga binoan taqvo birodarlari Temurxonto'ra o'qishlari lozim edi. Ammo asrlar bo'yi zolimlar tomonidan xalqimiz qalbiga singdirib kelingan qullik asorati bo'lmish jur'atsizlik oqibatida janozani Ko'kcha jome' masjidida marhum Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon mufti hazratlari o'qidilar.

Hazrat Imom al-Buxoriy nasliga mansubligimiz bilan hurmatdamiz, Temur avlodidan ekanligimiz bilan faxrlanamiz, Alixonto'ra Sog'uniy vatandoshimiz bo'lganligi bilan g'ururlanamiz. Mana shunday buyuk siymolar shu Vatandan chiqqanligi uchun, ular umuminsoniy qadriyatlar asoschilari va targ'ibotchilari bo'lganliklari uchun va biz ham shu millat ahlidan ekanligimiz uchun bu Vatanni sevamiz! Uni milliy madaniyat, din, axloq go'zalliklarining majmuasi bo'lganligi uchun, o'zlikni anglash g'ururini qalblarda uyg'otgani uchun yana ham ko'proq sevamiz! Yosh avlod shu muqaddas Vatanimizga, ulug' ajdodlarimizga munosib bo'lib fikr yuritmog'i, mehnat qilmog'i va hech kimdan kam bo'lmaslikni maqsad qilib kelajakka intilmog'i kerak! Shunda ulug' bobolarimiz ruhlari shod va Vatan kelajagidan xotirjam bo'ladi.

Shunday ekan «O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida» deb nomlangan 700 betlik yangi tarix kitobida 1960-1980 yillarda o'zbek xalqining mustabid sovet tuzumiga qarshi olib borgan kurashiga bag'ishlab muhtaram tarixchi olimlarimiz juda oz ma'lumot berganini qanday izohlash mumkin! Bundan shu jannatmakon Vatanni bizga meros qoldirgan ulug' ajdodlarimiz ruhlari iztirob chekishi, qolaversa mustaqil O'zbekiston tarixining bu sahifalarini o'qiydigan yosh avlodda ota-bobolarimiz mustabid tuzumga qarshi etarlicha kurashmagan degan noto'g'ri fikr tug'ilmaydimi?

Axir, bu tuzumdan norozi bo'lib, unga qarshi harakat qilgan boshqa shaxslar ham bo'lgan.

O'zbek millatiga mansub ekanmiz, uning kelajagi uchun hammamiz mas'ulmiz. Shu sababli millatimizning istiqbol tomon harakatida yo'l ko'rsatkich shamchiroqlaridan bo'lgan Alixonto'ra Sog'uniy haqida jamiyatimiz, birinchi navbatda, uning ongli qismi ziyolilarimiz umumiy, asosli bir fikrni bildirganlarida nur ustiga a'lo nur bo'lur edi.

Asarda yozilishicha, otamlar bobomlarni jallodlar qo'lidan tun qorong'usida qochirgan ekanlar va ul zotning vasiyatiga binoan tarix kitobining davomini yozishga muyassar bo'ldilar. Bizga bunday ulug' sharafli ishlar nasib qilmagan bo'lsa ham, bu kitobni nashrga tayyorladim va uni to'laligacha komp'yuterga kiritdim. O'z xotiralarim, muallif va asar to'g'risidagi ayrim taassurotlarim haqida ojiz fikrimni bu erda bildirdim.

Yana shuni aytishim kerakki, muallifning o'zi mazkur asarini qism yoki boblarga bo'lmagan. Asarni sinchiklab o'rganish va nashrga tayyorlash jarayonida uning mundarijasini berish lozim deb, uni taxminan 13 qismga bo'lib nomladim. Asarda ko'rsatilgan kursiv ajratmalar, tushunilishi qiyin so'zlar, ayrim shaxs va joy nomlari uchun izohlar ham biz tomondan berilgan. Kitob muqovasidagi manzara ham muallifning asosiy g'oyasini ifodalaydi. Hayotbaxsh Turonzaminda ulug' Turkiston eli qadim chinorining keyingi bo'g'in millatlari kallaklangani ko'rsatilgan. Bu zaminga taxdid solib bulutli osmon tagida ikki buyuk davlat manfaatlari qoya bo'lib turibdi. Ufqda ozodlik quyoshi tong otmoqda. Uning nurlarida kesilgan bo'g'inlar, albatta, ko'karib o'sishiga ulug' ishonch ramziy bildirilgan.

Bu kitobni bosmaga tayyorlash va chiqarishda menga yordam bergan, ko'maklashgan kishilarga minnatdorchilik izhor etishni o'zimning muqaddas burchim deb bilaman. Birinchidan, 6u kitobdan parchalar tayyorlab oldinroq xalqimizni u bilan tanishtirgan va bobomiz ilmiy meroslarini dunyoga tinimsiz targ'ibot qiluvchi amakimiz Qutlug'xonto'raning xizmatlari kattadir. U kishiga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Hozirgi kunda bu kitobning turkcha tarjimasi Turkiyada u kishining boshchiligida amalga oshirilmokda. Ikkinchidan, qarib qolgan chog'larida g'ayrat qilib, bu asarni arab imlosidan kirillga o'tkazgan va uni ukamiz Abdullaxon, jiyanimiz Ma'rufxonlar bilan birgalikda xatolarini to'g'rilab qayta bosgan akamiz Ahadxonto'raga katta minnatdorchilik bildiraman. U kishining bu tashabbusi kitobning tezroq bosilishiga turtki bo'ldi. O'g'illari qishloq xo'jalik fanlari doktori Furqatxon bobomizning bosh evarasi bu kitobning bosilishiga birinchi fidoyilardan bo'ldi. Kitobni chiqarish uchun zarur bo'lgan barcha moliyaviy masalalarda jonkuyarlik bildirib, yordamini ayamadi. Jiyanimning bu himmati va g'ayrati uchun unga ko'p tashakkurlar aytaman.

Barcha amakilarim, ukalarim, jiyanlarim, o'g'lim va o'rtog'i Saidumar otamiz boshliq bu ishning har xil jarayonida o'z maslahat va yordamlarini ko'rsatdilar. Ularga va bu erda nomlari aytilmay qolgan boshqa birodarlarimizga o'z tashakkurlarimni ayturman.

Alohida minnatdorchiligimni qo'lyozmani ko'rib chiqib, taqriz yozib o'zlarining qimmatli maslahatlarini bildirgan O'zbekiston FA Tarix instituti direktori, professor D.Alimovaga, tarix fanlari doktori S.A'zamxo'jaevga, arxitektura fanlari doktori P.Zohidovga va Tarix institutining etakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Q.Rajabovga bildiraman.

Tariximizning qorong'u yillarida Vatanimiz ozodligi, millatimiz haq-ququqi uchun kurashgan bu ulug' zotning kelajak avlod uchun vasiyat qilib aytgan yolqinli so'zlari xalqimizning o'zligini anglashi, Vatan tuyg'usining shakllanishi, g'ururimizning tiklanishiga xizmat qilar degan umidda bu kitobni chop qildirdim. Shu kichik bir xizmatimiz xalqimizga xushnud tushsa bobomiz vasiyatlarini va farzandlik burchimizni qisman bo'lsa ham bajardik va u kishining ruhlarini shod etdik, deb umid qilgan bo'lur edik.

Uvaysxonto'ra Alixonto'ra Sog'uniy nabirasi.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube