O’zbekiston Xalq Harakati

Zulmning qiyofasi

Zulmning qiyofasi
09 Ocak 2016 - 4:00 'da yuklandi va 2890 marta o'qildi.

zulfiya qizlariFlyuger – shamol qaysi tarafga esayotganini ko'rsatib turadigan qurilma. Shamolning qaysi tarafga esayotgani haqida bilish uchun tinimsiz shamolu bo'ronlar bo'lib turadigan joylarda flyuger juda asqotadi.

Turkiylarda varrak uchirish qadimdan keng tarqalgan o'yin: bolalar ayni bahorda qirlarga chiqib varrak uchirishgan, o'zaro bellashishgan, albatta, bu narsalarning hammasi o'z sababiyatiga ega. Deylik, varrak uchirish bilan ko'ngil yozilgan, vaqt qiziqarli o'tgan, bolalar osmondagi varrakka uzoq vaqt qarash bilan ko'zlarini “chiniqtirganlar”, ya'ni ko'm-ko'k samo bag'rida jimitdek bo'lib turgan varrakni ilg'ash uchun ko'z tomirlari “mehnat qiladi”, bu esa o'z-o'zidan “chiniqish” deyiladi.

Asosiy mavzuimiz bu emas. Gap flyuger va varrakning shamol yo'nalishiga qarab harakat qilishida. Chunki varrakni tutib turadigan narsa ip, flyuger esa aynan shamol oqimi bo'ylab harakatlanishga mo'ljallangan.

Odam bolasining fe'li, agar u o'zini tarbiya qilmasa, xuddi varrak yoki flyuger kabi bo'lib qoladi.

Bu qanday yuz beradi?

O'zbekistonda Islom Karimov sovet davrining “atoqli” shoirasi Zulfiya nomida bir mukofot ta'sis qilgan. Bu mukofot faqat qizlarga beriladi. Mukofot egalari turli shakllarda rag'batlantiriladi, masalan, shoira qizlar, agar universitet talabasi bo'lishmasa, imtihonsiz oliy o'quv yurtiga qabul qilinadi, shapaloqdek qilib she'riy kitoblari chiqarib beriladi.

Xo'sh, mukofotga nomzodlar qanday saralanadi?

Bir guruh qizlar qalin-qalin papkalar hozirlab o'z tuman, mahalla va qishloqlarida xotin-qizlar qo'mitasiga eltishadi. Qo'mitada bu ishlar obdon “o'rganilib” tuman miqyosida bir nafar nomzod viloyat bosqichiga o'tkaziladi. Viloyatda har bir tumandan kelgan nomzodlar o'zaro bellashadilar, bu erda hammadan ustun kelgan qizaloqni finalga – Respublikaga o'tkazishadi. Finalda esa yilning “Zulfiya” mukofoti sovrindorlari aniqlanadi.

Qisqacha jarayon shu.

Albatta, finalga chiqish uchun qizlarning ota-onalari besh-olti million so'mlab pul ko'tarib xotin-qizlar qo'mitasi raislariga, hakamlar hay'atiga qarab yugurishlari haqida ezmalanib o'tirmaymiz, chunki buni O'zbekistondagi it ham biladi, itning tanasidagi bit ham biladi.

Mukofot sovrindorlari uchun qo'yilgan mezonlar quyidagicha:

• iloji boricha kambag'al yoki o'rtahol oiladan chiqsin;
• juda o'ta chiroyli yoki o'ta husnsiz bo'lmasin – istarali bo'lsin;
• shon-shuhratni, o'zini ko'z-ko'z qilishni sevsin;
• ozgina bo'lsa ham, iqtidori bo'lsin – busiz qiyin;
• moslashishga moyilligi kuchli bo'lsin;
• agar buning yonida uch-to'rt millionmi, besh-olti millionmi pul beradigan ota-onasi bo'lsa (mol yoki qo'ylarini sotib, albatta) ayni muddao.

Shu mezonlar asosida “Zulfiya” mukofoti sohibasi ham aniqlanib olgach, endi stsenariyning asosiy qismi boshlanadi: “Zulfiyaxonim qizlari” endi hukumat tadbirlaridan sira ham bo'shay olmay qolishadi – hali u tadbirga, hali bu tadbirga borib she'r o'qishlari, o'zlarining juda baxtiyor avlod ekanlarini ta'kidlashlari lozim bo'ladi. Televideniega chiqib she'r o'qishadi, har kuni bu bizning muqaddas ishimiz deya she'r bitishadi. Ularning she'rlari, albatta, istiqlol, vatan va yurtboshi haqida bo'ladi, ora-sira o'ldim-kuydim deb ham u-bu narsa qoralab turishadi.

O'sha qizlarni mukofot olgandan keyin taniy olmaysiz – ular juda ham sahnabop bo'lib ketishadi. Sun'iy ravishda jilmayib, o'zini o'ta xokisor va go'zal tuyg'ular sohibasi qilib ko'rsatib, o'rgatilgan nutqlarni to'tiqushdek takrorlashda tengi yo'q tajriba to'plashadi: “Istiqlol sharofati bilan… balo-battar… Yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar… Baxtli yurtning baxtli farzandiman… Yana balo-battar…”

Bu qizlarning umri shu tariqa o'tib bormoqda. Ularning nafisligi, samimiyligi, o'ta musaffo tuyg'ulari publikaga moslashish ortidan toptalib yo'qolib ketmoqda. Ammo, ming afsuski, bu qizaloqlar bu haqiqatni anglamaydilar. Xayollarida rahbarlarga xushomad qilish, nima amr kelsa, so'zsiz ado qilish, har kuni bisotlaridagi so'zlarni aylantirib yangi she'rlar ishlab chiqarish.

(Aslida, bu qizlar Zulfiya ijodi o'rtamiyonadan ham pastrok ekani haqida bilmaydilar yoki bilishni istamaydilar…)

Bu hol faqat qizlarning emas, yosh yigitlarning ham psixikasida aks etmoqda. “O'zbekiston belgisi” degan ko'krak nishoni bilan taqdirlangan yoshlar faqatgina rahbarlar aytgan gaplarni takrorlab “yashaydilar”. Ularning onglari faqat bir mazmundagi gaplarning turli sinonimlarini yasaydigan stanokka aylantirilgan.

Qisqasi, ular o'zlarining qiyofalarini yo'qotadilar.

Ya'ni O'zbekiston yoshlari o'z qiyofalaridan ayrildilar. Ular qiyofasiz insonlarga aylandilar. Zotan, belgilab qo'yilgan fikr chegaralaridan tashqari chiqa olmaydigan insonlar uchun yana qanday ta'rif berish mumkin?

Narkotik moddalarni qabul qilishda avvalo oz-ozdan boshlash kerak. Chunki yuqori dozadagi narkotik odamni o'ldirib qo'yadi. Karimov o'zbek yoshlarini qo'rquv narkotigi bilan mast qildi.

Bugun o'z qiyofasini yo'qotgan navqiron avlod boshi gangib qolgan, ko'ziga faqat o'z joni ko'rinadigan avlodga aylandi.

Vatan, xalq, yurt kabi tushunchalar qiymatini yo'qotdi. Bu so'zlarni shaldiratib aylantirishmoqda.

Butun mamlakat faqatgina bir xil jumlani takrorlaydi.

Odamlarga O'zbekistonda Karimov zolimlik qilyapti desangiz, qani zulm deyishadi. Ya'ni ular zulmning qiyofasini ko'rsat deb talab qilishadi. Ular nima uchundir hamma moddiy qiyinchiliklarni, tmamlakat idoralaridagi betartibliklarni, har qadamda “quloqlar” izg'ib yurganligini, o'zaro ishonch yo'qolib, uning o'rniga shubha-gumon egallayotgani va shu kabi minglab holatlarni zulm deb qabul qilishmaydi. Ularning fikricha, bu odatiy holdir. Hammasi yaxshi, hammasi joyida.

Bu kabi e'tirozlardan so'ng o'zim ham o'ylanib qoldim. Va zulmning qiyofasini axtardim. Bu qiyofani xalqimga ko'rsatib qo'yishim kerak. Shuning uchun zulmning asl basharasini topish uchun harakat qildim. O'zimcha quyidagilarni topdim:

Zulmning qiyofasi bo'lmaydi. U qiyofasiz bir balodir.
Zulmning qiyofasi – yurtdagi odamlarning o'z qiyofalarini yo'qotishlaridir.
Zulmning qiyofasi – qiyofasizlikdir.

Bu fikrlarni yana qisqacha sharhlashimiz mumkin: insonlar juda subutsiz bo'lib qolishdi. Bir zumda fikrlarini o'zgartiradilar. Qat'iy bir xulosa ustida turmaydilar. Sizga bu yuz bilan, boshqaga u yuz bilan borishadi.

Ichida zulmni, siqilishni his qilib tursa-da, tashqida Karimovni maqtaydi. Yoki dardini indamay yutadi. Agar noroziligini izhor qilsa, qo'liga kishan solib ketishlarini biladi.

Ba'zilar namozxonlarga bo'layotgan tayziq sababli ibodatdan voz kechib aroqxo'rlikka ham berilib ketishdi.

Ba'zilar o'z jonlarini saqlash uchun do'stlarini sotishdi.

Mana shu qiyofasizlik bo'lmay nima? Axir, bu zulmning mevasi emasmi?

Yurtda zulm kezib yurgani uchun ham ko'ngilda ming hadik.

Masalan, O'zbekistonda o'zgacha fikr egalari avvalo qora ro'yxatga olinadi, so'ng keyin uzoq vaqt kuzatiladi, birorta qarmoq tashlab ilintiriladi, so'ng qamoqqa borgach, kaltak ostida uning bo'yniga mingta ayb yuklanadi, so'ng qo'shimchasiga bu ayblarni “sodir qilishda” kimlar sherik bo'lgani ham “aniqlashtiriladi”, ya'ni musht va tepki, turli azoblashlar ortidan boshqa begunohlarga ham jinoyatchilik tamg'asi bosiladi.

Buni hamma biladi. Shu zulm emasmi? Ana shu ro'yxatga tushib qolmaslik uchun odamlar o'zlarini panaroqqa olishmoqda. Boyib ketishdan qo'rqishadi.

Shu zulm emasmi? Yo bu ham kammi?

O'zbekistonda Karimovning qudratiga, aqlu farosatiga ishonadiganlar juda ko'p. Uni vatanparvar deb o'ylashadi. U ma'naviyat uchun, qadriyatlar uchun kurashyapti deb o'ylashadi. Aslida esa Karimov islomga, millatga dushmanlik qilayotganini xayollariga keltira olmaydilar.

TVda namoyish qilinayotgan minglab saviyasiz qo'shiqlar, axloqsizlikni targ'ib etuvchi fil'mlarning rasmiy namoyishlari, masjidlarning yopilishi, din ulamolarining siquvga olinishi kabilar aynan Karimov siyosati natijasida yuz berayotgani haqida nima uchundir o'ylamaydilar. Aytilayotgan gap boshqa – amaldagi ish boshqa ekani ham tafakkur qilinmaydi.

Agar qalbda shijoat bo'lsa, bularni ko'rib turgan shaxslar xalqning haqini talab qilishi shart edi. Ming afsuski, xalq ichidagi intellegentsiya – shoirlar, olimlar, ijodkorlar birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib zolim rejimga qarshi chiqishni o'ylamaydi.

Muhammad Solih 1980 yilda “Buyurtma” degan bir she'r yozgan:

Siymo emas,
Bashara emas,
Qiyofa surati kerak, unutmang.
Cho'qqiga chirmashayotgan odamning
Haqiqiy tasviri kerakdir menga.

Cho'qqida qo'shiq aytayotgan,
Cho'qqidan qulab tushayotgan
Odamning tabiiy tasviri kerak.

Sevgiga chalingan yurakning
Turli holatlardagi rasmi,
Yalinayotgan tilning,
Faqat bir alfozda –
Yalinayotgan paytdagi surati.

Mazkur she'rda rad etilayotgan “siymo” va “bashara” konkret xarakterlar chizgisidir – sun'iy ravishda ulug'lashtirilgan, o'zini ulug'lashga buyurgan shaxslardir.

Qiyofa esa chinakam insonning, ozod shaxsning portretidir. Bu Qiyofa cho'qqiga chirmashadi, cho'qqida qo'shiq aytadi, qulab tushsa-da, u bundan qo'rqmaydi, chunki cho'qqiga qulab tushish xatari bo'yinga olib chiqiladi!

Muhammad Solih she'rda kasalga chalingani kabi sevgiga chalingan yurakning turli holatdagi rasmini talab qiladi, ammo tilning bir alfozda – yalinayotgan shakldagi suratini ko'rgisi keladi.

“Sevgiga chalingan” yurak jasur bo'ladi, mard bo'ladi, agar u ozodlik, erk sevgisiga chalingan bo'lsa, uni engib bo'lmaydi!
Shoir ana shu yurakni ko'rgisi kelgan.

Ming afsuski, bugun Vatanimizda – O'zbekistonda bunday yuraklarni, cho'qqidagi odam Qiyofasini topa olmaymiz, ming afsuski, yurtda buyruq berayotgan Tillar hukmron…

Flyugerlar hamda varraklar davri…

Xasan Ali

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • osiy ;

    Bu xakikatni bir mingdan bir uchi. Ex xe e yozib

    10/01/2016 17:33
  • Marif ;

    Afsus, Uzbekistanda xakikiy axvol mana shunday. Sovetlarga tirigida xizmat kilganlarni bugun murdasi xam ularga xizmat kilmokda

    09/01/2016 04:53
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube