O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Xoru zorligimiz nosoz a'molimizdan

Xoru zorligimiz nosoz a'molimizdan
09 Ocak 2016 - 4:00 'da yuklandi va 1995 marta o'qildi.

Fitrat_AbduraufAbdurauf FITRAT

Najot yo'li

(1-qism)

Xoru zorligimiz nosoz a'molimizdan

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIM

Ammo ba'd1, o'tmishdagi hol-ahvollarni bilgan donolarga ma'lumkim, bizning ota-bobolarimiz har bobda, ayniqsa, ilm va ma'rifatda olam ahli uchun ibrat va namuna bo'lganlar. Ularning ilmu ma'rifatlari «qiylu qol»ning takrori va hoshiyaxonligi bo'lmay, balki ular har bir ilmning asosiy mohiyatini yaxshi bilib, undan yaxshigina istifoda va iste'mol qilardilar. Ular tezda malaka va mahoratga ega bo'lib, mo''tabar kitoblarning ta'lif va tasnifiga qodir bo'lganlar. Ba'zilari o'nta, yigirmata va hatto yuz adad kitob tasnif qilganlar. Ularning ko'pi (jahon) ilmi xazinasini to'ldirgan.

Mualliflar esa asarlarini valine'matlari bo'lmish asr podshohlari nomiga ham hadya qilardilar. Shu bahona bilan ular mamlakat va millatlarini ilmiy asarlari bilan bahramand etib, o'z navbatida, katta mukofotga loyiq bo'lardilar ham podshohlari nomini yaxshilik bilan kelajak uchun qoldirib, ularning mukofotlari shukrini bajo keltirardilar.

Borib-borib zamon o'zgardi, sa'yu harakatlar, ilmga bo'lgan intilishlar susayib, talqinchilikka aylandi, «ijod qilmoq» (degan tushuncha) zararli va aloqasiz manzumalar chordevorida qolib ketdi. Fazl arboblari ham podshoh nomiga biror-bir yolg'on qasida yozib peshkash qilmoqdan boshqa bir hunar topmadilar. Agarda ellik yilda biron-bir qalam sohibi chiqqan bo'lsa ham, u yo «Taz-kirat ush-shuaro» («Shoirlar zikri») yoki devon yozgan bo'lib chiqardiki, asarini o'qigan odam na diniga va na dunyosiga foyda olardi2. Mamlakatimizda bunday tushkunlik davr uzoq muddat davom etdi.

Xudoga shukurkim, hazrati podshohi amir Sayyid Muhammad Olimxon3 davrida Buxoro mamlakati xalqi ham ro'znomalar orqali olam ahvolidan xabardor bo'lib, shuni bildiki, boshqa mamlakatlarda yilida bir-ikki kitob yozib xalqqa manfaat keltiradigan minglab yozg'uchi olimlar yashar ekanlar. Shul sababdan Buxoro sohibi qalamlari ham harakatga kelib, tirishqoqliklarini ko'rsatib, ikki-uchta foydali kitob yozib nashr qildilar.

Banda shularning eng kamtarinlaridan biri bo'laman. Bu navbat ham ushbu axloqiya majmuasini tartib berib, «Rahbari najot» («Najot yo'li») deb nomladim.

Abdurauf Fitrat Sha'bonu-l-muazzam, 1332 yil4

AHVOLIMIZ BAYoNIDA

Hayotning (yakkama-yakka) kurash maydonida va jahon xalkdari orasida islom olamining farsax-farsax5 orqada qolganligini bayon qilishga ehtiyoj yo'qdir. Biz tur- kistonlilar esa boshqa islomiy jamiyatlarga nisbatan dunyoi jahon parishonlikka tushib, yo'limizdan adashgan- miz. Ajabo, bu parishonlikning sababi nedir?

Turkistonlilarning aksariyati bu savolga javob berishda ikki toifaga bo'linadilar! Millat va vatanlari uchun qayg'urgan bir toifa bu parishonlikni ilmsizlik va tanballik oqibati deb biladi. Haqiqatan ham, tushkunlik va xarobligimizning sabablaridan biri ilmsizlik va harakatsizlikdir. Lekin bularning ham asl sababi, ana o'sha tushkunligimizning asosiy sababidir. Ajabo, bu sabab nima ekan?

Bu masala xususida ikkinchi toifa turkistonlilarning nuqtai nazarini bahs mavzuiga kiritsak, ularning nima deyishlari ma'lum bo'ladi. Orqada qolganligimiz xususida bu tomonning asosiy qismi quyidagi fikrlarni keltiradilar:

Parishonligimiz va tushkunligimizga sabab yo'q, bu ilohiy xohishdir.

Xudo bu dunyoni kofirlar uchun jannat, mo''minlar uchun do'zax qilib yaratgandir.

Qiyomat yaqindir, musulmonlar bu dunyoda asta-sekin kamayib bormoqtsalar.

Hazrat Payg'ambarimiz «kulli yavmin badtar»6 deb aytganlaridek, musulmonlarning kuni kundan battar bo'lib bormoqda.

Ma'lumki, bu mulohazalar bilkul puch va botildir7. Unga javob berish u yoqda tursin, balki ularni eshitmoqlik o'zi to'g'ri emas. Banda ham ma'lum muddat xalq va millatning xarobligi sabablarini izlab topish uchun har tarafga yugurib, ko'p kishini so'roqqa tutdim, ammo hech kimdan qoniqarli javob ola bilmadim. Oqibat, biz turkistonlilarning musulmonligimiz va muqaddas Kitobga ega ekanligimiz va shu Kitobni yagona rahnamoyimiz deb tasdiqdashimiz xotiramga keldi. Endi shu muazzam va mukarram dasturulamal bo'lmish Kitobga tavajjuh8 qilishdan boshqa chora qolmadi. Bu xususda U (Qur'oni karim) bizga rahnamolik qiladimi-yo'qmi deb, kamoli qalb va vujudi bebizoat9 ila Qur'oni azim mutolaasiga mashg'ul bo'ldim va matlabimga erishdim. Qur'oni karim avval mening savolimga shu tariqa javob berdi: «Albatta, ne'mat berilgan qavm o'zlarini o'zgartirmagunlaricha Alloh ularning holini o'zgartirmas»10.

Insof yuzasidan islom olamiga diqqat bilan qarasak: oz sonli arab qabilalari Rasuli alayhissalom hidoyati bilan sharaf topguvchi islom diniga kirib, 23 yil mobaynida, ya'ni Hazrati nabiy zamonlaridan to hazrati Umar vafotlarigacha” bo'lgan muddatda dunyoning ikki yirik davlati bo'lgan Eronu Rumni mag'lub qildilar12. Shundan bani Umayya xalifaligi asrigacha13 islom saltanatining hududlari Chin (Xitoy)dan Hindgacha, Misrdan Andalusiyagacha cho'zildi14. Ummaviy va abbosiy xalifalari15 Bag'dodu Andalusiyada ajoyib madrasayu fayzlik maktablar ochdilar. O'z zamonasining olim va fan arboblarini dinu mazhabiga qaramay bir joyda jamladilar. Qisqa vaqg orasida bu ikki ulug' islom poytaxtlari dunyodagi ilm va ma'rifat markaziga aylandi. Nafaqat turkistonli musulmonlar, balki farangistonli nasroniylar ham ilm tahsili va bilim olib yashash uchun Bag'dodu Andalusiyaga kela boshladilar.

Ajabo, shuncha buyuklik (ne holda?). Shuncha azimat va ulug'lik qaerga yo'qoldi? Nechun ahli islomning dunyoi jahon donishi ilmlarining sharofati shu qadar baxtsizlik va jaholatga duchor bo'ldi?!

Hozir umumiy islom olamining ahvolidan o'tib, o'zimizning (shu kungi) holimizni tadqiq qilsak. Bir vaqtlar mamlakatimiz madaniyat quyoshining mabdai16, ma'rifat daryosining manbai sifatida tanilgan edi. Forobiylar, Buxoriylar, Abu Ali ibn Sinolar, Ulug'beklar mamlakatimizni jahon sahnasiga chiqargan edilar. Bizning mamlakatimiz minglab mashhur olimlarni chor-atrofga etkazib berib, qo'shnilarining ham sharafini ovoza qilib, dunyoga taratgan edi. Sanoatimiz shu darajada edi-ki, xalifalar shuncha azimat va shavkatli bo'lishlariga qaramay, libos, kiyim-kechaklarini bizning mamlakatimizdan olib ketardilar.

Ajabo, bu merosu saodatning baland cho'qqisidan qanday qilib tushib qoldik? Bu xususda o'zimizning ulamolarimizdan so'rasak, «kulli yavmin badtar», «bu xohishi ilohiy» va «qiyomat yaqindir» degan gaplardan boshqasini aytmaydilar. Lekin Qur'oni karimga murojaat qilsak, to'g'ri, yaxshi javobga yuzma-yuz qilib, bizga uni ko'rsatib qo'yadi. Agar shunga ham qanoat qilmasak, unda mana javobi: sabab shuki, o'tgan qavmlarning boshlariga azob yuborildi. (Negaki) har qavm solih amallarini yomon odatlarga alishtirar ekan, Alloh o'z ne'matlarini ulardan tortib olib, o'rniga azob yuborar17.

Xo'sh, hozir qaysi dalilni qabul qilamiz? Ulamolarimizning so'zlarini qabul qilib, boshimizga kelgan va kelayotgan har baloni ilohiy rizo deb ketaveramizmi, yo Qur'oni karim farmoyishlarini jon qulog'imiz bilan eshitib, shu baxtsizliklarimizga sabab yomon amallarimizdan deb hisoblaymizmi?!

Bu savolga ham Qur'oni karim kamoli qat'iyat va mahobat bilan javob beradi: «Alloh odamlarga zulm qilmaydi, balki ular o'zlari o'zlariga zulm qiluvchilardandir…»18 «Sizlarga etgan har bir musibat o'zlaringizning nosoz fe'lu amallaringizdandir, gunohlaringizning ko'plarini Alloh afv etadi. Agar gunohlaringiz evaziga musibatlar yuborilsa, holingizga voydir! Sizlarning amalingiz tufayli bu dunyo musibatlardan xalos bo'lmas edi. Sizlarga Allohdan o'zga himoyachi madadkor, balolarni daf etuvchi yo'qdir»19.

Chunonchi, tarix kitoblarida mana bu voqea mufassal keltirilgan: «Uhud jangining boshlanishidan oldin islom lashkari toqqa chiqib kofirlarga qarshi yuzma-yuz turib saf turdilar, islom askarining chap tarafida bir ingichka dara (yo'l) bor edi. Hazrati Rasuli alayhissalom jang qizigan paytda kofirlar shu daradan hujum qilmasin, degan mulohaza bilan Abdulloh ibn Jobir boshliq 50 nafar kamonchilarni daraning boshiga qo'yib, amr qiladilarki, «shu joydan qimirlamang, dushmanga daradan yo'l bermang» deb. Bundan so'ng kofirlar lashkariga bir oz shikast etgan edi, kamonchilarning ko'plari Payg'ambarning amrlarini esdan chiqarib, turgan erlarini tashlab, mag'lublarning chodir va anjomlarini talon-toroj qilish bilan mashg'ul bo'ldilar. Hali musulmon bo'lmagan Xolid ibn Valid20 bu fursatni g'animat bilib, 200 ta suvoriysi bilan o'sha daradan o'tib Abdulloh ibn Jobirni shahid qilib, musulmonlarga hujum qildi va islom lashkari shikast topdi. Sahobalar bundan dilgir bo'lib, o'zaro: «Alloh, bizga nusratni va'da qilgan edi, nima uchun biz shikast topdik» degan gaplarni ayta boshladilar. Ularga javob tariqasida quyidagi oyat nozil bo'ldi: «Vaqtiki, Uhud kunida, Badr kunida kofirlarga etgan musibatga o'xshash musibat sizga etdi, siz bir-biringizga bizga bu musibat qaerdan etdi, dedingiz. Ayt, ey Muhammad, bu musibat sizga o'zingizdan etdi, Alloh har bir narsaga qodirdir»21.

Chunonchi, shu oyatdan ham anglashiladiki, bizning e'tiborsiz va xoru zor ekanligimizning haqiqiy sababi o'zimizning nosoz a'molimizdandir. O'zimizni musulmon deb bilamiz-u, lekin muhim islom ahkomlarini tamoman tark qilganmiz. Agar ilohiy dargohga ruju' qo'yib, ahvolimizni isloh qilib, Qur'oni karim ahkomlarini o'zimizga yagona rahbar deb bilsak, taraqqiyotga umidvor bo'lish mumkin, illo bizni bu parishonlikdan hech bir avliyoning karomati xalos etmaydi! «Senga etgan yaxshilik Allohdandir, musibat esa o'zingdan»22 deyiladi Qur'oni karimda.

(davomi bor)

1.Keyin, so'ng ma'nosida.
2.Bu o'rinda Fitrat tazkiralar yozish zararli degan fikrni ilgari surayotgani yo'q, balki ming yillardan beri mavjud bo'lgan bu adabiy janr o'z taraqqiyotida davom etaverishi mumkin. Faqat XX asr boshlariga kelib aholini jaholat botqog'idan olib chiqadigan va g'aflat uyqusidan uyg'otadigan ma'rifiy risola va publitsistik chiqishlarga ehtiyoj kattaligini uqtirmoqchi, xolos.
3.Sayyid Muhammad Olimxon — Amir Abdulahad (1910 yili vafot etgan)ning o'g'li. Buxoro amirligida mang'itlar sulolasining oxirgi hukmdori (1910-1920). Afg'oniston poytaxti Qobulda 1944 yili 23 aprelda vafot etgan (tarj.)
4.1332 hijriy yili – milodiy 1914 yil iyul-avgust (tarj.)
5.Farsax — uzunlik o'lchovi, bir farsaxga teng.
6.Kulli yavmin badtar — kundan-kun battar.
7.Botil — nohaq, asossiz.
8.Tavajjuh — yuzlanish, qarash.
9.Vujudi bebizoat — bisotsiz vujud, mol-mulksiz odam.
10.Qur'oni karim, Ra'd surasi, 11-oyat.
11.Umar bin al-Xattob al-Foruq – chahoryor xalifalarning ikkinchisi, 644 yilning 7 noyabrida shahid bo'lganlar.
12.Eronu Rum mag'lubiyati — 640 yilga kelib Suriya va Falastin Vizantiyadan musulmonlar tomonidan tortib olindi. 651 yilda Eron hududlari Balx va Omulgacha arab xalifaligi tarkibiga kiradi (tarj.)
13.Umayya-Muoviya bin Abu Sufyon (taxminan 605—680) 661 yildan ummaviylar davrida arablar Pireney yarim oroligacha bosib olib, Frantsiya hududlariga bosib o'tganlar (tarj.).
14.Andalusiya — Ispaniya va Portugaliyaning islom lashkarlari tomonidan mahv etilib, musulmonlikni qabul qilgan qismi.
15.Abbosiy xalifalari — abbosiylar sulolasiga Abul Abbos (724— 754) asos solgan, 750—754 yillari uning o'zi xalifa bo'lgan (tarj.).
16.Mabdai — chiqish joyi.
17.Qur'oni karim, Anfol surasi, 52—53-oyatlarning mazmuni (tarj.).
18.Qur'oni karim, Yunus surasi, 23-oyat.
19.Qur'oni karim, Sho'ro surasi, 30—31-oyatlar (tarj.)
20.Xolid ibn Valid — arab sarkardasi. Islomni qabul qilmasdan oldin payg'ambar (s.a.v.) ga qarshi urush ochgan. Keyinchalik musulmon bo'lgach, xalifa Usmon davri (milodiy 644 noyabr' — 656 yil 17 iyun')da Suriya va Falastinning fath etilishida faol qatnashib Vizantiya qo'shinlarini mag'lub etgan (tarj.).
21.Qur'oni karim, Oli Imron surasi, 165-oyat (tarj.).
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Zoxir ;

    Uzini zieli xisoblab yurgan uzbekning sherlari fitratning shu ezganlarini ukganmikan. Bugun millat ichida shudaka shaxs bormikan.

    09/01/2016 04:58
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube