O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Xarobot va jahlu g'aflat girdobida

Xarobot va jahlu g'aflat girdobida
13 Ocak 2016 - 13:12 'da yuklandi va 2271 marta o'qildi.

SamarqandAbdurauf FITRAT

Najot yo'li

(2-qism)

Xarobot va jahlu g'aflat girdobida

Alloh bergan ne'matlarning eng buyugi AQLdir, shu aql odamlarni maxluqlar orasida mukarram va musharraf qilgandir. Xudovandi taborak va taolo bizga aqlni haqni botildan, manfaatni zarardan ajrata olish uchun, nimaiki haq va foydali bo'lsa, ixtiyor etib, nimaiki zarar va botil bo'lsa, tark etish uchun bergan. Bas, sen aqlu donishning rahnamoligida foydaga erishsang, u foydani (aql bergan) Allohdan ko'r. Zero, foyda aql mahsuli bo'lib, uni Alloh senga baxshida etgandir. Agar aqlga xilof yo'lga yurib zarar ko'rsang, u zararni o'zingdan ko'r. Zero, sen Alloh rahnamo qilgan aqlga muxolif bo'lding va shundan zarar topding. Buni ifodalovchi oyati karima shudir: «Yaxshilik va taqvo qilganlar (ya'ni Alloh rizoligi yo'lida yurganlar)ga mukofotimizni ziyoda qilamiz, faqiru zalil qilmaymiz, ular jannat ahllaridan bo'ladilar. Va kufrga ketib, zulm qilganlar (ya'ni Alloh rizoligiga xilof yurganlar) jazolarini olurlar, faqiru zalil yurarlar, ularni Allohning g'azabidan hech kim xalos qilolmaydi»23.

Albatga, ushbu masala xususida ko'plab oyat va hadislar keltirish mumkin, biz «xonada bo'lsa bir kas, unga bitta harf ham bas» maqoliga muvofiq shular bilan kifoyalandik. Qani, shundan keyin ham ko'hna raftorimizni davom ettiraversak, badbaxtlik va besaodatligimizdan kerakli ibrat ololmasak va Alloh rizoligi uchun yurmasak, nima bo'lar ekan?!

«Biz shaharlarning halok bo'lishini istaganimizda o'sha katta shaharlarga amrimizni yubordik, ular bizning farmonimizga amal qilmadilar, binobarin, bizning g'azabimizga mustahiq bo'ldilar. Bas, o'sha shahar va uning aholisini xarob qildik»24.

«Ko'p qavmlar mening rizoligimga xilof ish qildilar, muhlat berdim, shoyad tavba qilsalar deb, ular tavba qilmadilar. Keyin g'azabimga duchor qildim. Butun olamlar mening farmonimga tobe'dir. Aytgin, ey Muhammad, men sizlarni Allohning g'azabidan ogohlantirish uchun yuborilganman… »25

Yoki «Vaqti kelib Fir'avn qavmi g'azabimizni keltirgan edi, biz intiqom oldik va ularni batamom g'arq qildik, ularni bu olamdan yo'q qilib yubordik, sarguzashtlarini o'zlaridan keyin keluvchilarga ibrat qildik»26, — deyiladi muqaddas Kitobda. Bu oyati karimalardan ma'lum bo'ladiki, ilohiy amrga itoatsizlikning oqibati halokat ekan. Darvoqe', islom olamining qaysi bir joyiga falokat etgan bo'lsa, uning sababi ilohiy ahkomlarga tajovuz qilinganligidadir. Abbosiy xalifalar vaqtlarini isrofgarchilik va safohat27 bilan o'tkazmaganlarigacha mahv bo'lmagan edilar. Andalusiya (musulmonlari) nizo va nifoqni o'zlariga kasb qilib olmagunlarigacha salohiyatlaridan tushganlari yo'q edilar. Eronlilar Qur'on hukmlari chegarasidan chiqmagunlaricha davradan tushgan emas edilar. Hind musulmonlari islom haqoyiqlarini xurofot va bani Isroilning afsonalari28 evaziga fido qilmasa, majusiylardan ham battar holga tushmas edilar…

Axir insof va taammul29 qilib aytish kerakki, biz o'zimizni musulmon deb bilamiz-u, lekin islohot amrlarini ko'rib, bilib turib ko'plariga amal qilmaymiz, ilohiy hukmlardan kamoli beboshlik bilan chiqib ketamiz, ittifoqimiz yo'q, taqvo qilmaymiz; o'rtamizda o'zaro yordam yo'q, haq talabini bajarish yo'lida birga qadam bosmaymiz; riboxo'rlik30 qilamiz, sharob ichamiz, g'iybat va hasad qilamiz. Shariat man' etgan barcha ishlarni qilamiz va (shuning uchun ham) axloqiy razilliklarga giriftormiz.

Vujudimizdagi shuncha nuqson bilan o'zimizni komil musulmon deb bilamiz, birov bizni bu insofsizliklardan man' qilsa, uni kofir deymiz. Har nafasda 70 marta musulmonman, deb lof uramiz-u, xayolimizga esa, «bir komil musulmonchalik amal qilaylik» degan o'y kelmaydi.

Bir mulohaza qiling: musulmon kishi Alloh taoloning yagonaligiga, anbiyolarning nubuvvatiga, samoviy kitoblarga va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, ya'ni bularning barchasiga ishonsa, biz hammamiz bularning bariga iymon keltirganmiz, deydi. Ha, bilamiz, siz bularning barchasiga iymon keltirgansiz va arabcha «omantu billohi va maloikatihi» (ya'ni Alloh va uning maloikalariga iymon keltirdim)ni yaxshi uqib tushunasiz. Lekin afsuslar bo'lsinki, men sizning iymoningiz samarasini ko'rmayapman, ya'ni iymoningizga muvofiq amal qilmaysiz. Vaholanki, hazrati Payg'ambarimiz buyurganlar: «Iymonu amal bir-biri bilan yaqindir (vobastadir), biri ikkinchisiz to'g'ri bo'lmaydi» («Al-jome' as-sag'ir»dan)31.

Shu masala yuzasidan yana bir misol keltiraylik. Siz Buxoroda mirshab borligiga va uning amriga xilof borgan har bir kishini hibsga olishiga shubhasiz ishonasiz. Endi qarang, shu mirshab «kechki vaqt uydan chiqmanglar», — deb buyruq bersa, siz mazkur hukmga qarshi kechqurun uydan chiqasizmi yoki yo'q? Albatta, chiqmaysiz. Zero, mirshab va hibsxonani haq deb bilasiz. Har kim uning hukmiga qarshi borsa, qamoq jazosiga mubtalo bo'lishiga ishonasiz. Musulmonlik lofini urib yurasiz-u, nazaringizda, yomon ko'ringan odamni kofirlikda ayblaysiz. Agar Haq taologa, qiyomatning haqligiga shu mirshabga va hibsxonaga iymon keltirgandek iymon keltirsangiz, agar ilohiy hukmlarga shu mirshab va hibsxonaga e'tibor berganchalik e'tibor qilsangiz, nega ilohiy amrlarga xilof ish qilasiz?!

Tarsam karasi ba Ka'ba ey a'robi,

K-in rah ki tu meravi ba Turkiston ast.

[Ey a'robiy, qo'rqamanki, bu yo'l bilan Ka'baga etmassan, Bu seni eltayotgan yo'l Turkiston yo'lidir!]12.

Bandaning badbaxtligimiz sabablariga bag'ishlab aytgan shuncha ma'ruzasidan keyin muhtaram o'quvchilardan biron fikr chiqishiga shubha qilaman. Lekin bu xastaliklarimizga qarshi qanday chora ko'rish kerak? Bu xarobot va jahlu g'aflat girdobidan xalos bo'lib, taraqqiyot, saodat va tinchlikka erishmoq uchun nima qilmoq kerak? Bu xususda ham katta-katta ulamolarimizdan ba'zilari «ahli islom bu holatdan xalos topmaydi, zero bizning zamon — islom zaiflashgan oxir zamondir» deb aytadilar. Ulardan gaplariga dalil keltirishlarini so'rasak, darhol «kulli yavmin badtar» iborasini pesh qiladilar. Lekin biz ularning gaplariga quloq solmay, masala echimini Qur'oni karimdan izlaylik.

«Ushbu Qur'on ikki dunyo saodatidan bayon qilguvchidir. Bu ochiq-oydin Kitobning dalolat va ma'vizalaridan33 bahra olganlar, ana o'shalar Allohdan qo'rquvchilardir. Sizga har bir musibat etsa, o'zingizni haqir sanang (hisoblang, ya'ni o'zingizga ishonchsizlik qilmang, bee'tibor bo'lmang) va mahzun bo'lmang (xafa bo'lmang), agar Allohga iymoningiz komil bo'lsa (Qur'on amrlariga muvofiq amal qilsangiz) ikki karra saodati a'loga erishasiz»34. «Ey iymon keltirganlar, (mening tomonimdan) Payg'ambar keltirgan har bir amrni qabul qiling va sizlarga man' qilingan narsalarga yaqin bormang, amri ilohiyga xilof ish qilishdan qo'rqingki, zero, Allohning azobi qattiqdir»35. Bu oyati karimalardan ma'lum bo'ladiki, agarda biz Qur'on hukmlariga amal qilsak, parishonlik va tarqoqlikdan Alloh rizoligi bilan xalos bo'lamiz.

Gapni muxtasar qilsak, bugun boshimizga kelgan falokat va badbaxtliklarning yagona sababi shuki, hikmatli hukmlardan va Qur'on natijalaridan uzoqlashib ketdik. Agar biz dunyo va oxirat saodati talabida bo'lsak, barcha g'arazli va fasod ishlarimizni bir tarafga qo'yib, samimiy qalb bilan unga mute' bo'lib, Qur'on hukmlariga bo'ysunib, ijtimoiy hayotimizni shunga muvofiq tarzda tartiblaylik. Bandai ojizning kuchsizligi va bu (xabarlarni) bilmaganligidan yuqoridagi maqsad uchun Qur'on hukmlari va hadislarni jam' qilib, shu varaqlardan bir risola tartib berdim. Agarchi bu risola (mening ojiz qalamimga mansubdir) e'tiborsiz bo'lsa ham, biroq Qur'on oyatlari va hadislardan iboratligidan arbobi diyonat nazariga tushadi, deb umid qilurman.

Men taniydiganlardan ba'zilari shu joyga etganda kulib: «Sen xohlaganingni yozib, qudrating etguncha dod-faryod qilsang ham Turkistonimizda sening so'zlaringga e'tibor beradigan odam topilmaydi», — deydilar. Bu birodarlarimga beradigan javobim ham Qur'oni karimdandir: «Kofir va gunohkorlar Qur'oni karim oyatlarini o'qib, uni tushunib, shundan keyin ham takabburlik qilib, (aytilganlarga) pisand qilmay quloqlarini kar qilib olsalar va shu gunohlarida (qattiq) turib olsalar, xabar berginki, ey Muhammad, ularga shiddatli azob bordir»36.

Shu bilan banda (Alloh, barchamizga tavfiq bersin) o'z vazifamni ado etishga kirishaman.

(davomi bor)

23.Qur'oni karim, Yunus surasi, 27-oyat (tarj.).
24.Qur'oni karim, Al-Isro' surasi, 16-oyat (tarj.).
25.Qur'oni karim, Haj surasi, 48—49-oyatlar (tarj.).
26.Qur'oni karim, Zuxruf surasi, 55—56-oyatlar (tarj.).
27.Safohat — engiltaklik, ahmoqlik.
28.Bani Isroilning afsonalari — Isroil farzandlari haqida yaratilgan afsonalar.
29.Taammul — sabr, bardosh.
30.Riboxo'rlik — sudxo'rlik.
31.«Al-jome' as-sag'ir» — «Kichik hadislar to'plami». Ismoil Buxoriy asari.
32.Bayt Shayx Muslihiddin Sa'diy Sheroziynikidir (tarj.). Bu bayt Fitratning avvalgi asarlarida, jumladan, «Hind sayyohining bayonoti»da ham keltirilgan. Qarang: Fitrat. Tanlangan asarlar. 1- jild. —T.: «Ma'naviyat», 2000.
33.Ma'viza — hikmat, pand.
34.Qur'oni karim, Oli Imron surasi, 22-oyat (tarj.).
35.Qur'oni karim, Hashr surasi, 4-oyat (tarj.).
36.Qur'oni karim, Josiya surasi, 7—8-oyatlar (tarj.). 
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • javod ;

    hozigacha ham biz Fitrat yozgandaqamiz. suratimiz o'zgargan, ichimiz o'shanaqa, saviyamiz u vaqtlardagidan ham battar.

    13/01/2016 14:36
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube