O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Hayot nima?

Hayot nima?
18 Ocak 2016 - 17:13 'da yuklandi va 1990 marta o'qildi.

full_523Abdurauf FITRAT

Najot yo'li

(3-qism)

MUQADDIMA
HAYoT VA HAYoT G'OYaSI

Koinotning hayotdan iboratligiga hech shubha yo'qdir. Hayot bo'lmasa, boshqa biror narsa ham bo'lmaydi. O'zi koinotning asl binosi ham hayotdir. Shuning uchun ham biz risolamizning birinchi bahsini hayot mavzusiga bag'ishladik.

Hayot nima?

Mutakallimlar (kalom) mazhabi37ga qaraganda, hayot his va harakatni talab qiluvchi sifatdir. Qadimgi hukamo fikriga binoan, hayot bu mizojga tobe', his va idrokning nav'i va tabiatidir.

Asrimiz hukamolari ham aytadilarki, koinot hayotdan iborat. Hech bir narsa yo'qki, unda hayotdan bir asari bo'lmasa. Ammo mutakallimlar mazhabida bo'lgan qadimgi hukamolar qaysi bir jismda his va harakat bo'lsa, unda hayot ham bo'ladi, qaysi bir jismda shu ikkalasi bo'lmasa, hayot ham bo'lmaydi, deb aytadilar. Aslida his va harakati bor narsani «tirik» deydilar. Lekin bu hayot maxluqiy hayot deb ataladi. Inson ham aksar maxluqlar bilan shu ma'noda bir xil, farq qilmaydi. Lekin biz inson hayoti va aksar maxluqlarning o'rtasida katta farq borligini mushohada qilar ekanmiz, quyidagi fikrlarga kelamiz.

Agarda hozirgi o'tayotgan hayotimiz ustidan mushohada qilsak, javob ham oson bo'lar edi. Lekin hayot ma'naviy bir sohadir, uni ko'rib va kuzatib bo'lmaydi. Shuning uchun bu farqlar sababini insoniyat tarixi va o'tmishidan qidiramiz. Bashariyat olami ibtidosidan boshlab hozirgi shaklda edimi? Ya'ni bani Odam hozirgidek shaharlar, qal'alar, madrasalar, shuncha ilmu san'at va saltanatlari bilan olamga kelganmikan? Hech qachon! Bechora ibtidoiy odam kuchsiz, zaif bir maxluq edi. Ba'zan sovuqdan titrasa, ba'zan quyosh nurida qovrilib, yashin va chaqmoqdan, yomg'ir va qordan, zulmat va vahshiy maxluqlar hamlalaridan kechayu kunduz qo'rqib joni halqumiga kelar edi. Buning ustiga soatma-soat ochlik va chanqoqlikdan qiynalar edi. Issiq-sovuqdan muhofaza qiladigan bir chodiri yo chaylasi, qorong'uda yorituvchi bir chirog', vahshiylar hujumidan muhofaza etadigan quroli ham yo'q edi. Xulosa shuki, odam xalq bo'lishining ibtidosida zaif va miskin jondorlardan biri edi. Boshqa maxluqlar kuchli changal va tishlari yordamida manfaatlarini ta'min etib, zararlarini daf qilardilar. Odam esa shunga ham qodir emas edi.

Ajabo, hazrati Xoliqi hakim insonni shunchalik ojiz yaratib, bu bechoraga ham biror-bir qurol, aslaha ham berganmikan, toki u orqali o'zini himoya etib, yashashi mumkin bo'lsa? Albatta bergan. Alloh insonga eng buyuk va eng qimmat qurolni bergan. Inson shu orqali olamni mag'lub qilib shikastlashi mumkin. Bu qurol nimadan iborat? U AQLdir. Odamzod chorasizligidan tang qolib, aqlini ishlatishga majbur bo'ldi, uning soyasida asta-sekin manfaatlarni qo'lga kiritib, ko'rgan zararlarini daf qildi: uy qurdi, tabiat ofatlaridan qutuldi. Qurol yasab darrandalar hujumidan ozod bo'ldi. Faqat shular bilan chegaralanmay, bora-bora yashinu momaqaldiroq, suv va olovdan najot topib, ularni olimona panjasi bilan tasxir38 etdi. Agar biz bashariyatning avvalgi ojiz davri bilan bugungi kuch-qudratini solishtirsak, bu farqning ulkanligidan larzaga tushamiz va insoniyat olamining o'zgarishini inkor etish mahol bo'ladi.

Insoniyat olamidagi bu o'zgarishlar taraqqiyotmidi yo tanazzul? Ya'ni insoniyat oldinga harakat qilibdimi yoki orqaga? Albatta, oldinga harakat qilgan va hozirgi kungacha biror joyda tavaqquf39 qilmagan. Masalan, ancha yillar oldin otasharoba (poezd)ni biz naqliyotning oxirgi vositasi deb o'ylar edik. Bir oz o'tmasdan inson ilmining kuchi bilan tayyorani ixtiro qildi va o'ylagan aqidamizni inkor etdi. Bas, ma'lum bo'ladiki, bani Odam ibtidodan to hozirgi kungacha taraqqiy qilib kelgan va taraqqiy qiladi ham. Shunday qilib, odamda hayot g'oyasi bor ekan, ya'ni hazrati Xoliqi hakim insonlar uchun bir baland martabani va bir a'lo manzilni ko'rsatgan ekan, inson ham unga qarab harakat qiladi, taraqqiy etadi. Ajabo, bu hayot g'oyasi, ya'ni bu a'lo manzil nima ekan? Bu savol javobini shu muqaddimadan bilsa bo'ladi. Bu muddaoni bilish uchun tasdiq nazarimizni yana bashariyat tarixiga tashlaymiz. Lekin bu daf'a boshqacha usulda muhokama qilamiz.

Kitobi samoviy (Qur'on)da mazkur bo'lganki, hazrati Xoliqi halim40 odam yaratishdan boshlab faxru-l-mursalin41 (Muhammad) alayhissalom zamonigacha har bir qavm uchun zamonlariga muvofiq Payg'ambar va dinini yuborib turgan. Masalan, avval hazrat Odamni maxsus dini bilan yubordi. Odam alayhissalom farzandlari bir muddat ijtimoiy ishlarida bu dinni qo'lladilar. Bir necha muddatdan so'ng odamlar shu din doirasidan chiqdilar. Hazrati Dovari hakim42 yangi din va boshqa Payg'ambarini yuborib, zamona va vaqt taqozolariga rioya qilishni talab qilib, oldingi din hukmlarining ba'zilarini bekor qildi. Bu tartib hamma samoviy dinlarning kamoli va oxiri bo'lgan islom dini zuhur topgan zamongacha mavjud edi. Shu erda kishining xayoliga bir savol keladi: nima uchun Xudovand bani Odamni hamisha bir din itoatiga amr qiladi? Nima uchun odamlarga maxluqlarga o'xshab harakat qilib yashash uchun erk bermaydi? Albatta, bu farmon hikmatsiz bo'lmagan. Janobi qodiri hakim bashariyat hayotini oliy bir g'oyaga vobasta qilib qo'ygan, ya'ni odamlar uchun bir daraja tayin etgan, toki ular o'zlarini bu oliy g'oyaga va darajaga etkazsinlar. Bashariyatga bu yo'ldan chiqib ketmasligi uchun buyuk Payg'ambarlar vositasi bilan samoviy dinlarni yuborgan. Bani Odam bu ilohiy shohko'chadan chiqib ketganida yangi rahbar, ya'ni boshqa Payg'ambarini yuborib yangitdan to'g'ri yo'lni ko'rsatgan.

Bu muqaddimadan odamzotning hayot g'oyasi mavjud bo'lib, samoviy dinlar uning hayotida g'oyaviy rahbari ekanligi ma'lum bo'ladi. Samoviy dinlar bizni qaerga olib boradilar? Tadqiq qilsak, ma'lum bo'ladiki, samoviy dinlar bizni qaerga olib borsalar, o'sha joyda hayotimizning g'oyasini topar ekanmiz. Bas, samoviy dinlar bizni qaerga olib boradilar, deb (qayta) so'rashingiz mumkin. Bu savolga dinning ta'rifi javob beradi. Din nima? Din axloqiy hukmlardan iborat bo'lib, o'z tobelarini «saodati dorayn», ya'ni ikki dunyo saodatiga etkazadi. Shunday qilib, hayot g'oyasi, ya'ni inson hayotining samarasi shu «soadati dorayn» ekan. Mana shu jihatdan inson hayoti maxluqot olamidan farq qiladi. Ya'ni odamlar ikki dunyo saodatiga erishishga loyiq va qobildirlar. Maxluqlarda esa bunday iste'dod yo'q. Bu farq ma'lum bo'lgach, kimki ikki dunyo saodatiga etish uchun harakat qilmasa, maxluqdan farqi qolmaydi, deb aytish mumkin.

«Val-qad karrama bani Odam»43 va «Laqad xolaqno al-insona fi ahsani taqvim»44 degan oyatlarning ma'nolari ham shundaydir. Demak, odam umrining samarasi, ya'ni insonning hayot g'oyasi ikki dunyo saodati ekan, kimki o'zini odamlar qatoridan deb bilsa, bu dunyo va oxiratda ham o'zini baxtli va tinch bo'lishi uchun harakat qilishi lozim.

(davomi bor)

37.Mutakallimlar (kalom) mazhabi — notiq (so'zlovchi) mazhabi, bu erda: mo''taziliylik mazhabi.
38.Tasxir — qo'lga kiritish, egalik qilish.
39.TavaqquF “ to'xtash, tek turish.
40.Halim — yumshoq, muloyim.
41.Faxru-l-mursalin — payg'ambarlar, rasullar bizning faxrimiz.
42.Dovari hakim — hakim (donishmand)lar shohi, ya'ni Xudo.
43.«Val-qad karrama bani Odam» — oyati karimaning zohiriy ma'- nosi: «Biz odam farzandlarini aziz qildik».
44.«Laqad xolaqno al-insona fi ahsani taqvi(m)» — Oyati karima- ning zohiriy ma'nosi: «Biz insonni go'zal taqvo bilan yaratdik».
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube