O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Mamlakatimizda ikki guruh baxtsiz odamlar bor

Mamlakatimizda ikki guruh baxtsiz odamlar bor
23 Ocak 2016 - 16:53 'da yuklandi va 2111 marta o'qildi.

full_523Abdurauf FITRAT

Najot yo'li

(4-qism)

Mamlakatimizda ikki guruh baxtsiz odamlar borki, harakatlari tanqid va tanbehga sazovordir. Birinchi guruh hayotlarining maqsadlari deb, eb-ichishni biladilar, ular bir luqma taom va yotadigan joy uchun insoniy vazifalarini eslaridan chiqaradilar, biron-bir ish haqida o'ylamaydilar ham. Kechasi erta uchun qorinlarining g'amida, kunduzi esa yotish to'shaklari g'amida bo'ladilar. Xulosa qilib aytganda, ular bu dunyo osoyishtaligini o'ylab, boshqa narsa bilan ishlari yo'qdir. Allohning o'zi saqlasin, bu pastkash jamoa o'zlarini insoniylikning baland martabasidan maxluqiylik darajasiga tushirganlardirlar. Bu jamoaning asli joyi insonlar ichida emas. Bu jamoa jamiyatga ko'p zarar etkazadi. Xudovand ularni oxirat saodatidan mahrum qilgan. «Ba'zi odamlar Alloh taborak va taolodan bu dunyoni talab qiladilar. Ularga oxirat saodati nasib qilmaydi»45.

Ikkinchi guruh shunday jamoaki, hayot g'oyasini faqat oxirat saodati deb biladilar, bu dunyo saodatiga erishish uchun hech harakat qilmaydilar, balki bu dunyo saodatini kofirlarga xos deb biladilar, boshqacha qilib aytganda, dunyoni kofirlar jannatiyu musulmonlar do'zaxi deb biladilar. Bular ham insoniylik vazifasini, bashariyat yaratilishining hikmatini idrok qilmaganlar, ularning fikri ham ilohiy hukmga to'g'ri kelmaydi. Ikki dunyo saodatini talab qilgan insongina komil musulmondir. Xudovandi hakim ham ikki dunyo saodatini talab qilganlarni madh etib, «Baqara» surasida buyurgan: «Ba'zi odamlar, ey Xudo, meni dunyo va oxirat saodatiga etkazib, do'zax azobidan najot bergin, deb duo qiladilar. Bu odamlar o'z kasblariga yarasha, ya'ni amaliga muvofiq nasiba oladilar, Xudo sari' ul-hisobdir»46. Bu oyati karimada ba'zi daqiq ishoralar va nozik nuqtalar mavjudki, ularning zikri foydadan xoli emasdir. Masalan, Xudovandi karim shu oyatda jamoani duo qilib, «nimaiki talab qilsalar, topadilar» demasdan, balki «o'zlarining sa'y-harakatlari evaziga topadilar» degan. Shundan ma'lum bo'ladiki, Alloh oldida mustajob bo'ladigan duo biz turkistonlilarning duolariga hech o'xshamaydi. Negaki, biz kechayu kunduz vaqtimizni behuda ishlarga sarflaymiz. Ba'd47, falon masjid yoki falon mozorga borib, maqsadimizni Xudodan so'raymiz-da, yana chiqib bema'ni va noloyiq ishlarimiz bilan mashg'ul bo'lamiz, maqsadimizga etish uchun o'zimiz sa'y-harakat qilmaymiz. Birovning biron-bir maqsadi bo'lsa, eng avval himmat kamarini beliga mahkam boylab, maqsadiga etishish uchun sa'y-harakat qilib, keyin duo qilsa, duosi ijobat bo'ladi. Bu erda ba'zi muhtaram o'quvchilarimiz aytishlari mumkinki, agar biz maqsadimiz hosil bo'lishi uchun sa'y-harakat qilsak, unda duo ham kerak bo'lmay qoladi. Balki sa'y-harakatlarimiz soyasida o'sha maqsadimizga etarmiz. Ularga javobim shuki, sizlar mas'alani noto'g'ri tushunibsizlar. Ko'pchilik maqsadlariga etishish uchun nihoyatda ko'p harakat qiladilar, biroq maqsadlariga erisholmaydilar. Sa'y-harakatlari natijasiz qoladi. Shunda sa'y-harakatimiz foydasiz va zoe' ketmasligi uchun duoyi xayr lozim.

Mas'alani bir misol bilan sharhlayman. Falon bir dehqonning ikki tanob eri bor. Yaxshi hosil olishni u juda xohlaydi. Agarda bu kishi bahordan ho'kizlari, qo'sh, omoch, urug' va boshqa asboblarini ekishga tayyor qilmay, falon bir masjidning burchagida yotib, «Ey Xudo, shu erimdan ellik man48 bug'doy hosil bergin», — desa ham bu duo qabul bo'lmaydi, ya'ni eridan o'zidan-o'zi bug'doy ko'karib chiqmaydi. Lekin ekin asbob-anjomlarini tayyor qilib, erni yaxshi haydab, urug'ni eksa ham, siz o'ylamang-ki, dehqonning ishi shu bilan tamom bo'ldi, endi u, albatta, yaxshi hosil etishtirib oladi, deb. Bunday bo'lmasligi ham mumkin. Masalan, sel kelib mazkur erni buzishi yoki chigirtka kelib ko'kargan bug'doyini eb ketishi ehtimoldan xoli emas. Shuning uchun dehqon samodan keladigan balo va ofatlarning oldini olish uchun duo qiladi, hazrati Vohib al-atoyo49 uning duosini qabul qilishi ham mumkindir.

Yana bir misol keltiraman. Falon yosh yigit katta olim bo'lishni orzu qiladi, iste'dodli, qobiliyati ham kamoliga etgan. Agarda pgu yigit madrasaga bormasa, pul sarflab kitob olmasa, mehnat qilmasa, mudarrislardan dars olmasa, balki falon mozorning bir chekkasida chin dilidan nola chekib, Xudo dargohidan ilmi laduniyni talab qilsa ham duosi qabul bo'lmaydi, o'limigacha u johil va nodon bo'lib qoladi. Ammo kitob olib, madrasaga borib dars o'qisa ham uni katta olim bo'lishiga hali ishonmang. Mumkinki, u kasal bo'lib yoki nafs havaslariga uchib, ilm olish yo'lidan toyib ketib, oxirigacha johil qolsa. Agar bu yigit g'aybdan keladigan ofatlarni bartaraf qilish uchun duo qilsa, duosi ijobat bo'lishi mumkin. Hazrat Payg'ambar (s.a.v.) ham shunday duo qilar edilar. Badr urushida ul zot qurol-aslahani tayyorlab, qo'shin tortib, kofirlar bilan ro'baro' kelib jang qildi, so'ngra g'alaba uchun duo qildi. Mazkur oyati karimaning ma'nosi ham shundadir. Xudovandi karim shu oyatning oxirida buyurgan ya'ni, «…Xudo duo qiladiganlarning ishlari va fe'llariga hamisha nazar qiladi va ularning hech bir amallari uning nazaridan chetda qolmaydi. Agarda ular duolariga muvofiq amal qilsalar, ya'ni maqsadlariga etish uchun qattiq harakat qilsalar duolari qabul bo'ladi, bo'lmasa qabul bo'lmaydi». Bu oyatning har bir so'zida, balki Qur'oni karimning har bir oyatlarida shunday oliy sirlar va buyuk hikmatlar mavjudki, o'quvchilarni o'ziga shaydo qiladi. Lekin ularning barchasini bayon etishga imkonimiz etmaydi. Shuning uchun ham yuqoridagilar bilan kifoyalanib, Qur'oni karim sir-asrorini biladiganlarga murojaat qilaman, behuda so'zlarni qo'yib, tezroq Qur'oni karim mutolaasi bilan mashg'ul bo'linglar!

(davomi bor)

45.Qur'oni Karim, Baqara surasi, 200-oyat. (tarj.)
46.Qur'oni Karim, Baqara surasi, 201-oyat. (tarj.)
47.Ba'd — keyin.
48.Man — og'irlik o'lchovi.
49.Vohib al-atoyo — g'oyibdan tuhfalar beruvchi.

 

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube